Meniki boʻlgan BTS
✈️ Toshkent Xalqaro Aeroporti — Tonggi soat 06:15
Havo hali sovuq, aeroportda esa hayajonning o‘zi hukmron edi. Yelkalarda sumkalar, qo‘llarda chipta, yuraklarda esa bir xil orzu: BTSni nihoyat ko‘rish.
O‘zbekistonlik qizlar navbatma-navbat kelib, keng oynali zalda bir-birlarini izlay boshlashdi.
Birinchi bo‘lib Minsu yetib keldi. Boshida kapyushon, qo‘lida telefon. U chuqur nafas oldi — bu nafas erkinlik hidiga o‘xshardi.
Pov Minsu: Salom men Minsu (asl ismim Muxlisa lekin baʼzi sabablarga koʻra oʻzgartirganman) Oʻzbekistonlikman yoshim 24da. Fel -atvorim quvnoq va baʼzan jiddiy. Mehribonlik uyida katta boʻlganman. Hayotda koʻp qiyinchiliklarni boshdan kechirdim. Hayotimning qiyin damlarida doim BTS yonimda boʻldi. Ularni qoʻshiqlari menga ilhom va kuch bergandi. Ayniqsa Jin, uning koʻp jihatlari huddi menikidek. Mana bugun uni uzoqdan boʻlsa ham koʻrish uchun airaportdaman.
> “Bugun men orzum sari ketayapman… Jin hyung, men kelayapman.” — dedi u o‘ziga sekin jilmayib.
Bir necha daqiqa o‘tmay, Seoyeon va singlisi Miran paydo bo‘lishdi. Ikkisi ham katta chamadon, qo‘llarida pasport. Miran ko‘zlari yonib, atrofga qarardi.
Pov_Seoyeon:
— Mening ismim Seoyeon ( asl ismim Gulsanam) . Yoshim 20da. Men oilada katta farzandman va meni kichik singlim bor. Ismi Miran ( asl ismi Muxlisa ). Biz O'zbekistonlikmiz. Singlim va menga k-pop juda yoqadi, ayniqsa, BTS, ya'ni biz ARMYmiz. Meni biasim Suga. Negaligini o'zim ham bilmayman, huddi u meni o'ziga bog'lab qo'ygandek. Uni kulishi va uni jiddiy ko'rinishi meni aqildan ozdiradi.
Vahiyoyat biz o'z orzularimiz sari yo'l oldik. Biz Janubiy Koreaga ketayabmiz. Singlim, men va yana 2 ta qiz. Hozir airaportda biz uchrashishimiz kerak. Miran va men hozir airaportga ketayabmiz.
Pov_Miran:
-Salom mening ismim Miran ( asl ismim Muxlisa ).Yoshim 18da.Men oilada kichik farzandman va meni opam bor.Ismi Seoyeon ( asl ismi Gulsanam).Biz Oʻzbekistonlikmiz.Opam va men koʻproq K-pop eshitamiz ayniqsa BTSni,lekin menga yena bir guruh yoqadi bu Stray kids.BTSdan biasim Kim Taehyung.U haqida gapiraman deganimda negadir tilim aylanmay qoladi va men unga tarif bera olmayman shunchaki sevaman. Hozir boʻlsa opam bilan ha aytgancha yaqin doʻstlarimiz bilan birga Orzuyimiz sari ilk qadamni bosmoqchimiz yani Koreaga Bts konsertiga ketyapmiz ureeeeeee!Biz hozir Airportdamiz.
— MINSUUU! — Miran yugurib borib quchoqladi.
— Vooooooy, ozgina tinchroq, odamlar qarab qolishyapti! — dedi Minsu kulib.
Seoyeon ham ohista quchoq ochdi.
— Nihoyat uchrashdik. Bugun hammasi boshlanadi, to‘g‘rimi?
— To‘g‘ri. — dedi Minsu — Hech qachon orzularni kechiktirmaymiz deb aytgandik.
— Assalomu alaykuuuuum, ARMYlar! — quvnoq ovozi bilan Yeon Ah qo‘llarini ko‘tardi.
Pov_Yeon Ah: Salom men Yeon Ah Oʻzbekistonlikman. Yoshim 20da quvnoq, qiziquvchan va samimiy ( jahlim chiqqanida mendan uzoqroq boʻlishni maslahat beraman🤭). Oilada yolgʻiz farzandman, shu bois biroz erkaroqman. ARMYlar safiga qoʻshilganimga ham mana 7 yil boʻlibdi. Shu yillar ichida ular yuragimdan joy olib ulgurishdi. Ayniqsa Jimin, unga bir koʻrishdayoq oshiq boʻlganman. Uning har bir tabassumi, hatti harakatlari va raqslari meni doim oʻziga rom etadi. Mana bugun uni uzoqdan boʻlsa ham koʻrish uchun airaportdaman. Ammo men yolgʻiz oʻzim emasman yonimda chunki yonimda 5 yil oldin opa-singil tutilgan qizlar bor.
Barchasi kulib unga yugurishdi. Quchoqlar, shovqin, hayajon… xuddi ko‘p yillik opa-singillar uchrashgandek.
— Qizlarr, tayyormisizlar? Bu kun tarixga kiradi! — dedi Yeon Ah ko‘zlarida chaqnash bilan.
— Ureeeeeee!!! — dedi Miran, xuddi kichkina quvonch bombasi kabi.
Pasport nazoratiga yaqinlashishayotganida, kimdir so‘radi:
— Xo‘sh, parvozda birinchi kim o‘zini tanitadi?
> Har bir qiz navbatma-navbat o‘z hikoyasini aytishga qaror qildi. Bu safar faqat bir konsert haqida emas. Bu — taqdirlar uchrashuvi edi.
Ular samolyotga chiqishganida, yuraklar bir xil urardi.
Samolyot osmonga ko‘tarilgan payt esa, barchasi derazaga qarab jim bo‘lishdi.
> “Bu orzularimiz ko‘tarilayotgan lahza…”
🇰🇷 Seoul Aeroporti — bir necha soat o‘tib
Eshik ochildi. Yengil sovuq shamol yuzlariga urildi. Yorqin yorug‘lik, koreyscha ovozlar, ko‘p odamlar… va qo‘llarida plakat ushlab turgan ikki qiz.
Raya va Yuna kimnidir kutayotgandek tik turishardi. Yunalarning qo‘lida kichik plakat:
> “Welcome ARMY friends 💜”
Pov Yuna.
— Salom mening ismim Yuna Kang Yuna. 20 yoshdaman. Oilada yagona farzandman. Koreada tugilb o'sganman. Hozirda tarjimonlik sohasida ishliman. Yaqin dugonam Raya. Sa'natni juda hurmat qlaman va kpopni sevaman. Raya ham shunday. Bts konglimga iliq nurlarini sochgan guruh. aslida ularga qizishim 13 yoshligimdan boshlangan vaqt shunchalik tez o'tyabtimi bilmayman ammo men ular bn ulg'aydim . Memberlar bari ajoyib. Bias tanlashga keganda ko'zim faqat Jungkookni ko'rgan aslida army bo'lishimning ham asl sabachisi u. Birinchi bor uni ko'rganimda ta'riflash qiyin bo'lgan hisni sezganman. Koreada yashaganim uchun ham ularni konsertiga borish muammo bolmagan. Rayaning esa biasini Jhope. Bizning quyoshimiz. O'zidagi barcha nurlarni bizga beruvchi quyoshimiz.. Raya bn birinchi bor korishganimda btsga qiziqasanmi deb soragandim u ha dganida xursanchiligim ichimga sigmagandi. Biasim esa jhope deganida uni yanayam yaxshi korganman. Men bir kun armyla uchun ochilgan dunyo boylab chatga qoshilganman va u yerda boshqa davlatda yashaydigan armylar bn tanishib qoldim. Ular juda samimiyki ularni huddi oldindan tanidigandekman. Ular O'zbekiston davlatidan. Ular uchun ozbek tilini organyabman ularni yanayam yaxshiroq tushunish uchun. Eng quvonarli joyi esa ular bn tez kunda korishamiz. Qanchalar baxtli ekanimni ta'riflash qiyin. Yaqinda BTS barcha memberlari armiyada xizmatni o'tab qaytishadi va qaytish konsertini beradi bu qanday ajoyib. Ana shuning uchun ham doʻstlarim Koreaga kelishyabti. Raya va men ularni aeroportda birga kutib olishga kelishib oldik va ular kelshiga atiga bir necha kun qoldi.
Pov_Raya.
— Mening ismim Raya. Yoshim 20da, Koreyada tug‘ilib o‘sganman. Ijod va musiqa mening hayotimning asosiy yo‘nalishi. Biasim J-Hope — u men uchun yorug‘lik, energiya va ijobiy kuch. Har gal uning yuzida tabassum ko‘rsam, dunyo yanada chiroyli tuyuladi. Bugun aeroportga ketyapman, chunki tez orada chet eldan do‘stlarim keladi. Ularni kutish — bu ham baxt.
Ular O‘zbekistonlik qizlarni ko‘rishlari bilan yuzlari yorishdi. Qizlar yugurib kelishdi, quchoqlar yana bir bor birlashdi.
Raya kuldi:
— Nihoyat keldingizlar! Sizlarni kutishdan oyoqlarim ham charchab ketdi.
Yuna esa samimiy jilmaydi:
— Koreyaga xush kelibsiz! Endi haqiqiy sarguzasht boshlanadi.
Yeon Ah hayajon bilan dedi:
— Biz tayyormiz! Qani, qayerga ketamiz?
Yuna ko‘z qisdi:
— Birinchi manzil: mehmonxona.
— Ikkinchi manzil: taqdir.
Ular kulib chamadonlarini sudrab oldinga yurishdi…
Aeroport tashqarisiga chiqqach, avtomatlashtirilgan eshik “shhh” degan tovush bilan yopildi. Qizlar chamadonlarini g‘ildirak tovushi bilan orqalaridan sudrab, mashinaga yo‘l olishdi. Kayfiyat — quvonch, charchoq va hayajon aralash.
Minsu yonidagi Yuna tomon egilib so‘radi:
— Yuna, Leyla qayerda o‘zi? Nega kelmadi?
Yuna jilmayib, kamarini taqdi:
— U mehmonxonada kutyapti. Baribir sizlar juda charchagansizlar, shuning uchun to‘g‘ri u yerda kutaman dedi.
— Ooh, juda aqlli qizda oʻzi — dedi Seoyeon kulib. — Biz ham bir odam bo‘lishimizga oz qoldi.
Mashina Koreya ko‘chalaridan o‘tayotganda Miran telefon kamerasiga yuzini yaqinlashtirib storyga gapirdi:
— Assalamu alaykum dunyo, biz Koreyadamizsss! 🤭💜
Yeon Ah uni yengidan tortib qo‘ydi:
— Haliyam ishonolmayapman… bu hammasi tush bo‘lsa-chi?
Minsu asta, jilmayib:
— Yo‘q, tush emas. Bu — biz istagan hayotning boshlanishi.
Yuqori darajadagi mehmonxona ularga o‘zining sokin musiqa, keng lobby va xushmuomala xodimlari bilan qarshi oldi. Kirish eshigidan o‘tgach, Minsu birinchi bo‘lib Leylani ko‘rdi.
Pov_Leyla.
— Men Leyla, 22 yoshdaman, koreysman. Hayotimni ilm, kitob va fikrlash bilan boyitaman. Til va madaniyatlarni o‘rganish mening sevimli mashg‘ulotim. BTS orasidan biasim RM — uning donoligi, mulohazaliligi va liderlik fazilatlari menga juda yaqin. Bugun esa odatdagidan ham ko‘proq hayajondaman. Chunki yangi do‘stliklar, yangi uchrashuvlar oldinda.
Leyla kitobi qo‘lida, oppoq ko‘ylagi ostidan tabiiy nafislik bilan jilmayib turardi. Ular bir-biriga yugurib quchoqlashdi.
— Nihoyat! — dedi Leyla iliq ovozda. — Xush kelibsizlar! Sayohat qanday o‘tdi?
— Uchib kelganimiz hali ham quloqlarimda “vuuuu” ovoz berib turibdi, — dedi Miran kulib.
Registrator oldiga borishdi. Pasportlar, tabassumlar, kalit kartalar.
— Room 712, sizlarga nasib qilibdi — dedi resepsion xodim jilmayib.
Yuna ko‘z qisib shivirladi:
— 7? 1? 2? Ehmm… bu belgi bo‘lishi mumkin bilasizmi?
Qizlar liftga kirishdi. Lift ko‘tarilar ekan, yuraklar ham sekin tebranayotgandek edi.
Yo‘lak jim, lux dizayn, devorlarda chiroqlar. Qizlar xona tomon yurishardi. Miran chamadonini sudrab ketarkan, hayajondan boshi ham qizib ketgandi.
Kalit kartasi tiqildi, bip, eshik ochildi. Barchasi xonaga kirishga shoshildi.
Ammo shu payt… Yeon Ah to‘xtab qoldi. Nafasi qaltiradi. U yo‘lakning narigi tarafida kimnidir ko‘rdi. Yorqin sariq yorug‘lik ostida, qora ko‘ylak, tanish bo‘y, tanish yurish, tanish aura.
Jimin.
Yeon Ahnining nafasi ichida to‘xtab qoldi.
— E… J-Jimin? — dedi u ovozini zo‘rg‘a chiqarib.
Qizlar birdan to‘xtab unga o‘girildi.
— Qani? — dedi Miran birdaniga sakrab.
Ular qarashganida yo‘lak bo‘sh edi. Hech kim yo‘q. Faqat sokin chiroqlar va qorong‘ilik.
Yuna kulib bosh chayqadi:
— Ayyy, Yeon Ah… shuuunchalik ko‘p o‘ylagansanki, endi o‘ngingda ham ko‘rasan, a?
Yeon Ah labini tishlab, yuragini ushlab turdi.
Bu tasavvur bo‘lishi mumkin emasday edi. Juda real edi.
— Men… men rost ko‘rdim… — dedi u pichirlab.
Minsu kulib unga quchoq soldi:
— Hali ko‘p ko‘rasan, ammo bu safar orqaga qaramay xona ichiga kir. Bizning ertak endi boshlanmoqda.
Qizlar xonaga kirishdi, eshik orqalaridan ohista yopildi.
Yo‘lakda esa…
Shu ondayoq tanish hidi va poyabzal sadosi sekin eshitildi.
Jimin hakikatan ham o‘sha yerdan o‘tayotgandi.
Xona eshigi yopilgandan so‘ng, ichkarida mayin xonadon hidlari va yangi joyga xos jimjitlik hukmron edi. Qizlar chamadonlarini ochib, har kim o‘z burchagiga joylashdi.
Miran yostiqni ko‘tarib sevinchdan o‘sha zahoti unga bosh qo‘ydi:
— Voy, shu yostiqdan ham Koreya hidi keladi-ya!
— Ey, oʻzingni bossangchi! — dedi Seoyeon uni yengil turtib. — Hali yostiq bilan uchrashding, albatta ertaga Taehyung bilan ham uchrashsang nima qilasan -a?
Miran darrov qizarib ketdi:
— Eh… gapirmang endi! Hali ko‘rishaylik, u yogʻiga hudo podsho
Yuna kuldi:
— Ha, hozir vaqt ularga emas. Hozir vaqt ovqatga
Yeon Ah chamadonini yopib qo‘ydi va chuqur nafas oldi.
> Seoul… nihoyat men bu joydaman.
Uning ko‘zlarida orzudek yaltirash bor edi.
Minsu esa deraza oldiga o‘tib, quyosh botayotgan osmonni tomosha qildi. Shahar chiroqlari yongan, minoralar porlagan, olomon tovushlari eshitilardi.
— Bu shahar ham bizni kutganga o‘xshaydi, — dedi u asta.
Leyla jilmaydi:
— Bu shahar — orzular yig‘ilgan joy. Va biz ham shu orzuning bir bo‘lagiga aylanyapmiz.
Shu payt qizlarning qorni birvarakayiga g‘urillab qoldi.
Miran qoshini ko‘tarib:
— Eee, kim ovoz chiqardi?
— O‘zing boshlading-ku — dedi Yeon Ah kulib. — Yuringlar endi, kechki ovqat vaqtimiz boʻldi.
Qizlar pardoz qilib, yengil kiyimlarda liftga tushishdi. Mehmonxonaning past qavati yorug‘, zamonaviy va sokin jazz musiqasi ostida bo‘lgan restoran edi. Tashqarida Seouldagi kechalar xuddi yulduzli kino edi.
Raya asta dedi:
— Hozir men sizlarni haqiqiy koreys kechki ovqati bilan tanishtiraman
— Kimchi? Ramyon? Bibimbap? — Miran hayajon bilan sanay boshladi.
Yuna kulib yelkasiga urdi:
— Hammamizga yetadi, tinchlan
Qizlar stolga o‘tirdilar. Issiq bug‘ ko‘tarilgan idishlar, rang-barang taomlar, har tomonga taralgan hidlar…
— Ajoyib, — dedi Seoyeon birinchi luqmani tatib. — Ta’mi… haqiqiy seriallardagi kabi!
— Serial emas, — dedi Yeon Ah ko‘z qisib, — bu bizning hayotimiz
Ovqat yeyayotganda ular sokin suhbatlashishdi, kulishdi, orzular haqida gaplashishdi. Hali hech biri bilmasdi, ularning sarguzashti endi boshlanayapti.
Hech kim BTS haqida baland ovozda gapirmasdi… lekin ichlarida yurak bir xil ritmda urardi.
O‘sha payt restoran eshigidan qora ko‘ylak kiygan, niqob taqqan bir necha odam kirib keldi.
Qizlar ko‘z tashlab ulgurishmasdan ular boshqa yoqqa o‘tib ketishdi.
Tonggi quyosh Seouldagi osmono‘par binolarning orasidan sekin chiqib, shaharni oltin rangga bo‘yab borardi. Sokindir, hushyor, yangi kunning hidida orzu va hayajon.
Xona ichida qizlar hali chuqur uyquda.
Faqat Yeon Ah uyg‘onib, sekin o‘rnidan turdi.
Yostiq ustidan sochlarini tarab qo‘ydi.
Chuqur nafas oldi — Koreya tongi boshqacha edi. Toza. Iliq. Orzuga o‘xshash.
U balkonga chiqib, derazani ochdi.
Shabada yuziga ohista urildi. Pastda mashinalar jim o‘tib, uzoqdan qushlarning chinqiriqlari eshitilardi.
U atrofni kuzatarkan, birdan ko‘zlari qarama-qarshi balkon tomonga tushdi.
U yerda kimdir turardi.
Keyin yana biri chiqdi.
So‘ng yana…
Tanish keng yelka.
Tanish qomat.
Tanish ko‘ylak stili.
Sochlari shamolda silkinayotgan Taehyung.
Yonida esa Jungkook issiq qahva tutib, jim tongga tikilgan.
Ichkarida esa Jin kimdirga kulib qo‘yardi.
Deraza yonida Namjoon kitob varaqlayotgandek.
Hatto J-Hopening quyoshli kayfiyati bu qadar uzoqdan ham bilinardi.
Yeon Ahning yuragi shu zahoti bir urib to‘xtagandek bo‘ldi.
So‘ng kuchli urdi.
Ko‘zlari keng ochildi.
— E-ey… e Xudo-yim… qizlar…
U ichkariga yugurdi. Qalin ko‘rpalar ostida uxlab yotgan qizlarni birin-ketin tebrata boshladi.
— Qizlar! Tezroq turinglar! Turiiiiinglar! U yerda… u yerda… u yerda!!!
Miran ko‘zini yarim ochdi:
— Nima bo‘ldi, olam tugayaptimi?..
— Undan ham muhim! — dedi Yeon Ah titrab. — T-ta-tash-tashqarida… BTS!
Minsu o‘tirib ketdi.
Seoyeon ko‘rpani tortib tashladi.
Leyla darrov ko‘zlarini ochdi.
Raya "Ha-ha, hazillashyapsan" demoqchi bo‘ldi, lekin Yeon Ahning yuzidagi ifodani ko‘rdi.
Bu hazil emasdi.
Barchasi balkonga yugurishdi.
Va…
ko‘rishdi.
Bir necha balkon narida— BTS tongni qarshi olayotgan edi.
Taehyung havoga qarab tikilgan.
Jungkook qo‘lidagi kofeni xo‘pladi.
Jin derazadan tashqariga qarab jilmaydi.
Jimin ichkarida nimadir kiyinyapti.
Hoseok qo‘liga telefon olib, osmonga qaratib rasmga olayapti.
Hamma qizlar shu zahoti qotib qoldi.
Bir zum shovqin yo‘q.
Faqat ko‘ngillar urmoqda.
Miran shivirladi:
— Bu… bu… bu realmi?..
Minsu sekin dedi:
— Tinchlaning… ovozlarni ko‘tarmang… ular bilib qolishmasin…
Seoyeon qo‘llarini og‘ziga qo‘ydi, ko‘zlari yaltiradi:
— Suga ham shu yerda bo‘lishi kerak… odamlar… men hozir yiqilib tushaman shekilli…
Raya qo‘llarini ko‘ksiga qo‘ydi:
— Biz… ularga shu yaqinmiz… haqiqatan… shu yaqinmiz…
Yuna pichirladi:
— Bu… tasodif emas… bu taqdir.
Va aynan shu payt…
Jimin balkon eshigini ochib chiqdi.
U havodan chuqur nafas oldi.
Atrofga ko‘z yugurtirdi.
Va bir zum.
Atigi bir zumga.
Uning nigohi qizlar turgan balkon tomonga tushdi.
Yeon Ah qotdi. Nafasi to‘xtadi.
Jimin nimadir sezgandek boshini engil qiyshaytirdi
Qizlar jim turishardi, lekin yuraklari… yuraklari butun mehmonxonani titratardi.
Yeon Ah asta dedi:
— Bugun… bu yerda… bir mo‘’jiza boshlandi
Qizlar shoshqaloqlik bilan xonaga yugurib kirishdi. Nafaslari tez, ko‘zlari esa hayajon bilan yonardi.
— Tezroq-teezzroq! — dedi Minsu pichirlab, lekin shoshilganidan devorga urilib ketdi.
— Uff Minsu, buncha dramatiksan-a, — dedi Yuna kulimsirab, lekin o‘zi ham eshikka suyanib, chuqur nafas oldi.
YeonAh esa hali ham hayajondan titrardi.
— Men... men chinakamiga ko‘rdim... — dedi qo‘lini yuragiga qo‘yib. — U... Jimin edi...
Yuna asta kuldi:
— Kim bilsin, balki haqiqatan ham taqdir sizni uchrashtirayotgandir...
Ammo hech kim javob qaytarmadi — chunki ichkarida hammaning boshi g‘uvillardi. Balkonda ko‘rgan lahza hammani hushidan ketkudek bo‘ldi.
Ular joylariga qulab tushishdi, yuraklari tinchlanmagan.
Mehmonxona xonasi jim, faqat qizlarning pichirlari eshitilardi
Jimin hali ham balkonda turgandek, o‘sha tomon qarab qo‘yardi. Nigohida noaniq, lekin nimadir iliq his qolgan edi.
— Menimcha, biz bu qavatda yolg‘iz emasmiz shekilli, — dedi u nihoyat ichkariga qaytib.
Hoseok darhol qiziqib qaradi:
— Nega unday deyapsan, Jimin-a?
Jimin asta o‘tirib, so‘zlarini izohladi:
— Hozir balkonga chiqqanimda... roppa-rosa qarshimdagi balkonda qizlarni ko‘rdim. Uch-to‘rt nafari. Lekin men ko‘zlarimni yumib ochguncha... yo‘q bo‘lishdi.
Suga ovozini pastlatib kuldi:
— Yaxshi, endi xayollar ko‘ra boshladingmi? Muxlislarni juda sog‘intirib qo‘yganga o‘xshaydi.
Namjoon boshini chayqadi:
— Menejerlar butun qavatni band qilishgan. Boshqa odamlar bo‘lishi mumkin emas. Bu yer xavfsiz zonamiz...
Taehyung esa jim turib, shisha oynaga qaradi — u har doim boshqalardan farqli sezardi.
— Balki... taqdirdir? — dedi u sekin.
Jungkook kulib qo‘ydi:
— Yo‘q, bu Jiminning romantik dramatik kayfiyati
Jimin noaniq jilmaydi, lekin ko‘nglida bir his paydo bo‘lgandi — biror narsa hali boshlanmagan, lekin boshlanishi kerakdek.
— Uff, yuragim chiqib ketdi! — dedi Miran yuzini yostig‘iga bosib.
— Xuddi doramaday edi… — dedi Leyla sekin kulib, yuziga issiq qizillik yugurib.
YeonAh esa balkonga qaytib qaradi. Deraza oynasi sokin, ammo yuragi bo‘ron.
— Agar bu faqat tasavvur bo‘lsa ham… juda haqiqiy edi, — dedi u ovozi pichirlab.
Shu payt Yuna:
— Qizlar, ertaga ularga ko‘rinib qolishimiz mumkin... — deb gap boshladi.
Minsu tezda bosh chayqadi:
— Yo‘q! Yo‘q-yo‘q-yo‘q! Dastlabki kuni shunaqa bo‘lishi juda ko‘p bo‘lib ketadi! — dedi qo‘llari bilan havoda harakat qilib. — Dastlab ehtiyotkor boʻlamiz!
Hammaning kulgisi chiqib ketdi, muhit yumshadi.
— Xo‘p, — dedi YeonAh chuqur nafas olib. — Demak, hozircha shunchaki jim kuzatamiz.
Ular bir-biriga qarashdi.
Hammaning ko‘zida sirli, sekin yonayotgan umid bor edi.