You are mine
Tong otib, derazadan tushgan dastlabki quyosh nurlari mehmonxona devorlarini iliq oltin tusga bo‘yay boshlaganda, Yuna hali ham divanda yotardi. U kechadan beri uyg‘oq edi — ko‘zlarini yummoqchi bo‘lganida ham yuragi g‘alati bir xavotir bilan urar, har lahza eshik ochilib Jk kirib keladigandek tuyulardi.
Lekin oxiri, charchoq g‘olib chiqdi. U divanda o‘tirgan holida uxlab qolgan edi — boshini yon tomonga egib, qo‘lini yostiq sifatida ishlatgancha. Soch tolalari yonoqlariga tushgan, lablarida esa o‘sha tiniq, ammo ozgina xafalik aralash ifoda bor edi.
Atrof jim edi. Faqat soatning sekin “tik-tak” ovozi eshitilardi.
Shu payt mehmonxona eshigi ohista ochildi. Og‘ir, ammo ehtiyotkor qadam tovushlari kirib keldi. Jk edi. U tun bo‘yi qaytmagan, yuzida charchoq va g‘azab izi bor edi, lekin ko‘zlari Yuna tomonga tushgach, ichidagi barcha shovqin jim bo‘lib qolgandek bo‘ldi.
U bir muddat to‘xtab, unga tikildi. Yuna tinchgina uxlab yotardi. Jk uning yuziga qararkan, yuragida nimadir ezildi — bu hissi unga begona edi.
Uning dunyosi sovuq, qon va sadoqat bilan qurilgan edi, ammo bu qiz... hammasini o‘zgartirib yuborayotgandi.
U asta yoniga bordi, tiz cho‘kdi va yuzidagi bir to‘lg‘on sochni orqaga surdi. Yuna ozgina harakatlanib, go‘yo tanish haroratni sezgandek, yana sokin holatga qaytdi.
Jk yuzida biroz tabassum bilan pichirladi:
— Qanday qilib sen meni bu holga solganingni bilmayman, Yuna...
So‘ng u sekin o‘rnidan turdi, stol ustiga qora jildli faylni qo‘ydi — ichida kechagi voqealar, hujum ortidagi odamlar haqidagi ma’lumotlar bor edi. Biroq birinchi marta u bu faylga emas, uxlab yotgan Yunaga ko‘proq e’tibor qaratardi.
U asta divanga yaqinlashib, ko‘rpa bilan uni yengil yopdi.
— Endi xavfsizsan, — dedi u past ovozda. — Men sendan uzoqda bo‘lsam ham, ko‘zim doim sendan uzilmaydi.
So‘ng orqasiga o‘girildi. Ammo eshikka yetganda, yana bir bor ortiga qaradi. Quyosh nuri Yunaga tushib, uning yuzini yoritgan, u esa go‘yo butun bu qorong‘u uyga nur sochayotgandek edi.
Jk yuragini bosib, asta xonani tark etdi.
Ammo unga noma’lum edi — Yuna yarim tunda uyg‘onib, uning “hush kelibdi” degan so‘zlarini eshitganday bo‘ldi...
Bu ularning orasidagi yangi, sinovli, ammo chinakam bog‘lanishning boshlanishi edi.
Yuna asta ko‘zlarini ochdi. Quyosh allaqachon yuqoriga ko‘tarilgan, mehmonxona derazasidan tushayotgan yorqin nurlar xona ichini iliq yoritib turardi. U bir zum o‘zini qaerda ekanini eslay olmay, atrofga alangladi. So‘ng nigohi qarshisidagi stulda o‘tirgan Jkga tushdi.
U qora ko‘ylakda, yenglari tirsagigacha qayrilgan, diqqatini stol ustidagi hujjatlarga jamlab o‘tirardi. Peshonasidagi soch tolalari ozgina tushib ketgan, lekin u bunga parvo qilmas, har safar varaqlarni almashtirganda chizilgan jag‘ chizig‘i yanada ravshanroq ko‘rinardi.
Yuna unga bir muddat jim qarab qoldi. Uning sovuq va jiddiy qiyofasida nimadadir sokinlik, hatto tinchlik sezilardi. Kechagi g‘azabli, vahshiy Jk endi yo‘q edi. Bu yerdagi Jk — jim, fikrga cho‘mgan, hatto biroz charchagan odam edi.
Shu payt Jk boshini ko‘tardi. Ko‘zlari to‘g‘ridan to‘g‘ri Yunanikiga tushdi.
— Uyg‘ondingmi? — dedi u past ovozda, ammo odatdagidek jiddiy ohangda.
— Ha... — dedi Yuna, o‘zini noqulay his qilgan holda o‘rnidan turib. — Siz... tun bo‘yi uxlamadingizmi?
Jk yelkasini qisdi, qo‘lidagi hujjatni yopdi.
— Ba’zi masalalarni hal qilishim kerak edi. — U jim bir zum unga qarab turdi, so‘ng so‘radi:
— Kecha uxlay olmadingmi? Meni kutib chiqding, shundaymi?
Yuna boshini egdi.
— Ha... xavotirlandim. Siz qaytmadingiz.
Jk yuzida bir lahzalik yumshoqlik paydo bo‘ldi, u bu hisni yashirishga urindi, lekin nigohlari baribir buni fosh etdi.
— Endi hammasi joyida, Yuna. Ular men o‘ylaganchalik kuchli emas. Menga tegishsa — o‘zlari yutqazishadi.
U stuldan turib, stol yoniga keldi va Yuna qarshisiga to‘xtadi.
— Ammo sen... — dedi u asta, qo‘lini yuzingga tekkizib. — Senga bu olamning sovuqligini his qildirishni istamayman. Kechagi holatlar uchun ham kechir. Men ba’zida haddan oshaman.
Yuna nigohini ko‘tardi.
— Sizga nima bo‘lganini, nima uchun bu qadar g‘azabda yashashingizni tushunmoqchiman. Ammo siz har safar yuragingizni devor ortiga yashirasiz.
Jk biroz jim turdi, so‘ng chuqur nafas oldi.
— Ba’zan yurakni yashirish — uni saqlab qolishning yagona yo‘li, Yuna. Men ham shunchaki o‘rganib qolganman.
U yuzini biroz burib, derazaga qaradi.
— Lekin bilaman... sen bu devorni sindiryapsan. Sekin, lekin aniq.
Yuna yuragining urishi tezlashdi. Uning lablari ohista harakatlandi, lekin hech narsa demadi. Chunki o‘sha daqiqada, ular orasida so‘zlardan kuchliroq narsa — his bor edi.
Jk sekin orqasiga qaradi va tabassum qildi.
— Tayyorlan, — dedi u muloyim, ammo buyruq ohangida. — Bugun seni bir joyga olib boraman. Endi bu uy — sening qafasing emas.
Yunaning yuragidan nimadir o‘tib ketdi. Qayerga olib borishini bilmasa ham, bu safar unga ishonishni tanladi. Chunki u sezdi — Jk endi shunchaki sovuq mafioz emas, balki uning hayotini asta-sekin o‘zgartirayotgan inson edi.
Yuna Jkning yonida turgancha unga qaradi. Uning ko‘zlarida biroz hayrat, biroz esa ishonchsizlik bor edi.
— Qayerga borishimizni so‘rasam bo‘ladimi? — dedi Yuna, ovozida ehtiyotkorlik sezilardi.
Jk stoldagi hujjatlarni tartib bilan yig‘ishtirib, o‘rnidan turdi. U har doimdagidek sokin, ammo qat’iy ohangda javob berdi:
— Kechqurun tanish insonlarim bilan bazm bo‘ladi. O‘sha yerga boramiz.
Yuna bir zum jim qoldi, so‘ng biroz qo‘rquv bilan so‘radi:
— Ya’ni… mafia olamidagi bazm-a?
Jkning lab burchagi biroz ko‘tarildi, bu tabassummi yoki kulimsirashmi — bilish qiyin edi.
— Ha, aynan shunday. — dedi u sokin ohangda. — Ular mening sheriklarim. Bugungi kecha men uchun muhim. Va men seni o‘zim bilan olib boraman.
Bu so‘zlar Yunaning yuragini tez urdirdi. U hayrat bilan:
— Meni ham?.. Ammo nega?
Jk unga yaqinlashdi, yuzini egib, ko‘zlariga tik qaradi:
— Chunki men senga ishonaman. Sen endi men uchun begona emassan, Yuna. Mening yonimda bo‘lishingni istayman.
So‘ng u orqasiga o‘girilib, qo‘lini bir marta qarsak chaldi. Shu zahoti eshik ochildi va ikki nafar xizmatkor ichkariga kirdi. Ularning qo‘llarida turli xil liboslar — uzun, nafis, qimmatbaho matolardan tikilgan ko‘ylaklar bor edi.
Xizmatkorlar kiyimlarni yumshoqlik bilan divanga qo‘yishdi. Biri tillarang atlasdan, biri qora ipakdan, yana biri esa qizg‘ish bordo rangda edi — har biri o‘ziga yarasha nafis va sirli edi.
Jk ularga bir qarash tashladi va so‘ng Yunaga yuzlandi:
— Bulardan birini tanlab kiy. — dedi u sokin, ammo buyruq aralash ohangda. — Bu kechada sen mening yonimda bo‘lasan, va men istayman hamma buni bilsin.
Yuna bir necha soniya jim qoldi. Uning qo‘llari liboslar orasida to‘xtab qoldi. Har biri go‘zal edi, ammo shu go‘zallik ortida nimadir sovuq, xavfli his bor edi. U shunday dunyoga kirayotganini bilardi — bu dunyo hashamat va tahdid birlashgan joy edi.
Ammo baribir u o‘zini chekinishga majbur qilmadi. Ich-ichidan bir narsa unga “ishon” derdi.
— Xo‘p... — dedi Yuna nihoyat, ovozi juda past chiqdi. — Tanlayman.
Jk unga bir lahzalik jilmayish bilan qaradi — bu jilmayishda faxr ham, hayrat ham, g‘amxo‘rlik ham bor edi.
— Ajoyib. — dedi u, orqasiga qarab yurarkan. — Kechqurun seni kutaman, Yuna. Menga ajoyib hamroh bo‘lasan.
Eshik yopildi. Xona yana sokinlikka cho‘mganida, Yuna kiyimlarga qaradi. Biri ko‘k osmon kabi tiniq, biri kechqurun osmonga o‘xshash qorong‘i, yana biri olovrang — go‘yo uning ichidagi hislar kabi.
U asta qo‘lini qora ipak libosga tekkizdi. Yuragida g‘alati tuyg‘u uyg‘ondi — bu qo‘rquv ham, hayajon ham edi. Chunki bu kecha, u Jkning qorong‘u, sirli olamiga ilk qadamini qo‘yishi kerak edi.
Yuna oynaga qarab turgan edi — qora ipak libos uning tanasiga mukammal yopishib tushgan, yenglari yengil, yoqasi esa nafis tarzda ochiq edi. Sochlarini pastdan yig‘ib, nozik taqinchoqlar taqqanida, u o‘zini boshqa bir olamdagi insondek his qildi. Uning ko‘zlari yaltirab, yuragi esa har urishda tobora tezlashar, ammo bu yurak zarbalari qo‘rquv bilan hayajonning aralash tuyg‘usi edi.
Shu payt eshik asta ochildi. Jk kirib keldi. U odatdagidek qora kostyumda, yoqasini ozgina ochgan, sochlari biroz orqaga surilgan — unga nihoyatda jiddiy, ayni paytda jozibali ko‘rinish berardi.
Bir necha soniya u jim turdi, ko‘zlari bilan Yunani boshdan-oyoq kuzatdi. Nigohida sovuq mulohaza va yashirin hayrat bor edi. So‘ng, sekin jilmayib:
— Senga yarashibdi. Hatto o‘ylaganimdan ham ko‘proq. — dedi u past ovozda.
Yuna biroz uyalib boshini egdi, lekin ichidan bu so‘zlar yuragini ilitdi. Shunda Jk unga yaqinlashdi, lekin ohangini jiddiyroq qilib davom etdi:
— Endi esa diqqat bilan eshit. Bazm — bu oson joy emas. U yerda men kabi odamlar bor, lekin ular sening kimligingni bilishmaydi. Shuning uchun men senga bir nechta qoidalarni aytaman.
Yuna boshini ko‘tarib, unga tikildi.
— Qoidalar? — dedi u sekin.
Jk jiddiy ohangda so‘z boshladi:
— Birinchidan, — dedi u barmog‘ini ko‘tarib, — faqat men ruxsat bergan odamlar bilan gaplashasan. O‘zingcha suhbat boshlama. Har bir so‘zingni ehtiyot qil. Chunki bu dunyoda har bir so‘z qurolga aylanishi mumkin.
U bir lahzaga to‘xtab, Yunaning ko‘zlariga qaradi.
— Ikkinchidan, hech bir erkak senga yaqinlashishiga ruxsat bermaysan. Agar kimdir yaqin kelsa — chetga chiq, menga ishora qil. Ularning niyatini bilmaymiz.
Jkning ovozi tobora sovuqlashdi.
— Va uchinchidan, — dedi u, bir qadam yaqinlashib, Yunaning iyagidan asta ko‘tararkan, — ruxsatsiz hech qayerga ketmaysan. Hatto tualetga ham. Agar men seni yonimda ko‘rmasam... demak, kimdir seni olib ketgan bo‘ladi. Shuni unutma.
Yuna og‘ir yutindi. Bu so‘zlar garchi himoya ohangida aytilgan bo‘lsa-da, unda qorong‘u hukmronlikni his qilardi.
— Tushundim, — dedi u past ovozda.
Jk bir lahzalik jimlikdan so‘ng, mayin ohangda dedi:
— Men bularni seni qo‘rqitish uchun emas, himoya qilish uchun aytyapman, Yuna. Bu dunyo tashqaridan chiroyli ko‘rinsa ham, ichida sovuq qonli odamlar yashaydi. Men esa seni ulardan asramoqchiman.
U Yunaning yelkasiga qo‘lini qo‘ydi, so‘ng mayin ohangda davom etdi:
— Endi yur. Bazm boshlanmoqda. Bugun kecha men faqat sheriklarimni emas… seni ham ularga tanishtiraman.
Bu so‘zlarni eshitgan Yunaning yuragi yana tez ura boshladi. U jim, ammo sokin qadamlar bilan Jkning ortidan yurdi. Har bir qadam bilan u o‘zining yangi, noma’lum taqdiriga tobora yaqinlashayotganini his qilardi.
Eshik ortida esa allaqachon qora avtomobil turgan, orqada esa kechaning qorong‘u osmoni — Yunaning hayotida boshlanayotgan yangi, xavfli, ammo sehrli tunning guvohi bo‘lishga tayyor edi.
Jkning ovozi odatdagidek past, ammo qat’iy edi.
— Qani, marhamat, atirgulim, — dedi u, eshikni sekin ochib, yon tomonga chekinarkan.
Yuna bir lahzaga joyida qotib qoldi. “Atirgulim” — bu so‘zni u ilgari hech kimdan eshitmagan edi. Jkning lablaridan chiqqan bu so‘z g‘alati iliqlik bilan aralashgan sovuqlikni o‘zida mujassam etgandek tuyuldi.
U asta yon tomonga qaradi — eshik tashqarisida uzun yo‘lak, devorlari bo‘ylab yaltirab turgan qimmatbaho chiroqlar, gilamning yumshoqligi esa qadam tovushlarini yutib yuborardi.
Jk unga qo‘lini uzatdi:
— Qo‘rqqan bo‘lsang ham, men bilan yurasan. Bugun kecha — sening sinoving, Yuna.
Yuna shubha va hayajon aralash holatda uning qo‘lini tutdi. Ularning barmoqlari bir-biriga tegishi bilan yuragi tez ura boshladi. Jk esa buni payqagandek, sekin jilmaydi — lekin bu jilmayishda hissiyot emas, nazorat bor edi.
Yo‘lakdan o‘tisharkan, xizmatkorlar birin-ketin egilib, ularga yo‘l berishardi. Yuna endi Jkning bu uyda, bu dunyoda naqadar qudratli ekanini yanada chuqurroq his qildi. U bilan birga yurgan paytda o‘zini himoyalangandek tuyulsa ham, ich-ichida nimadandir cho‘chirdi — go‘yo bu himoya bir vaqtning o‘zida qamoq ham edi.
Ular pastga tushishdi. Marmardan yasalgan keng zinalar, baland shiftli zal, o‘rtada yirik shisha eshik ortida qora limuzin kutib turganini ko‘rish mumkin edi. Jk eshikni ochib, yana yumshoq, lekin buyruq ohangida dedi:
— Kirishdan oldin bir marta chuqur nafas ol. Hech kimga nimani his qilayotganingni ko‘rsatma. Bu kecha — meniki, va endi sen ham shunday bo‘lishing kerak.
Yuna boshini egib, sekin chuqur nafas oldi. Yuragi hali ham gursillab urardi. U o‘zini tinchlantirishga urindi, lekin bu bo‘sh urinish edi.
Jk unga yon eshikni ochib berdi, so‘ng egilib, qulog‘iga pichirladi:
— Atirgulim, endi bu dunyoga qadam qo‘y. Bugun hamma seni ko‘radi. Lekin esingda bo‘lsin — ular nigohi bilan sening chiroyingni ko‘rishadi, ammo yuragingga faqat men kira olaman.
Bu so‘zlardan so‘ng Yuna limuzinga qadam qo‘ydi. Jk esa orqasidan kirib, eshikni yopdi. Mashina asta harakatga tushdi, derazalardan shaharning tungi chiroqlari o‘ta boshladi.
Yo‘l bo‘ylab sukut cho‘kdi — faqat mashina g‘ildiraklarining tovushi eshitilardi.
Yuna esa oynadan tashqariga qarab o‘tirar, yuragida esa bitta savol aylanardi:
“Men kim bo‘lyapman? U menga muhabbat bilan qarayaptimi, yoki bu faqat kuchning bir ko‘rinishimi?”
Jk esa unga qarab jim o‘tirardi. Lablarining chetida biroz jilmayish o‘ynardi.
— Bugun hammasi boshqacha bo‘ladi, — deb o‘ylardi u ichida. — Bugun Yuna nihoyat kimning atirguli ekanini anglaydi.