November 11, 2025

Nafrat

Muallif: Ka Yeon Ah
9-qism.

Hamshira Sunani aravachada sekin yo‘lak bo‘ylab muolajaxonaga olib ketar ekan, atrof jimjit edi. Faqat aravachaning g‘ildiraklari ostidagi tovush eshitilib turardi. Shu orada burilishda kimdir paydo bo‘ldi. U baland bo‘yli, ozg‘in, ammo ko‘zlarida g‘am aralash quvonch porlayotgan yigit edi.

— Suna! Nihoyat o‘zingga kelding! — dedi u hayajondan nafasini rostlay olmay. — O‘sha yaramas seni olib ketgandan so‘ng rosa havotir oldim, bilasanmi? Har kuni seni izladim, har kuni umid qildim...

Hamshira to‘xtadi. Suna esa yigitga hayron qarab qoldi. Uning yuzida hech qanday tanishlik ifodasi yo‘q edi — faqat g‘alati bir noqulaylik.

— Kechirasiz... lekin biz tanishmizmi? — dedi u muloyim ohangda, ammo ichida nimadandir xavotir bilan.

Jung Sukning yuzi shu ondayoq oqarib ketdi. U bir necha soniya gapira olmadi, so‘ng o‘zini tutishga harakat qilib, jilmaydi:
— Men... men sening do‘stingman. Esingdami, men — Lee Jung Suk. Biz bir joyda ishlardik.

Suna boshini asta chayqadi.
— Yo‘q... kechirasiz, men... hech narsani eslay olmayapman.

Hamshira muloyimlik bilan aravachani yana oldinga surdi.
— Janob, bemorga ortiqcha bosim o‘tkazmang. Shifokorlar hali uning xotirasi to‘liq tiklanmaganini aytishgan.

Jung Suk bir qadam ortga tashladi, lekin nigohini Sunadan uzolmadi. U aravachaning asta uzoqlashayotganini ko‘rib, yuragida og‘riq his qildi.

“Nahotki meni butunlay unutgan bo‘lsa?..” — deb o‘yladi u.

Uning ko‘z o‘ngida o‘tmish xotiralari jonlandi: Suna bilan kulib turgan damlar, maktab hovlisidagi birga o‘tirgan kunlari, u Taehyung tomonidan olib ketilgan qo‘rqinchli lahza... Hammasi go‘yo bir zumda ko‘z o‘ngidan o‘tib ketdi.

Aravacha burilishdan yo‘qolib ketdi. Jung Suk esa joyidan qimirlamay qoldi. Uning yuragi o‘rtanayotgan edi — nafaqat sevgisini, balki o‘zining eng yaqin insonini ham yo‘qotganini endi chin dildan his qilayotgandi.

Ammo u o‘zicha qasam ichdi:
“Agar u meni tanimasa ham, men uni yana topaman. Taehyung bu safar undan foydalana olmaydi.”

Shu on Jung Sukning nigohi qat’iylashdi. U endi jim qolmaydi — bu safar Sunani o‘zi himoya qiladi.
Hamshira Sunani sekin aravachaga yotqizib, muolajaxonaga olib kirar ekan, xona ichidagi yumshoq nur va sokin atmosfera Suna uchun biroz tinchlantiruvchi bo‘ldi. Shifokor stol ortida turardi, qo‘lida bemorga tegishli papkalarni ushlab, muloyim jilmayardi.

— Salom, Suna xonim, — dedi u yumshoq ohangda. — Men sizni kutayotgan edim. Bugun biz biroz muolaja qilamiz, shuningdek, xotirangizni tiklashga yordam beradigan ba’zi mashqlar ham bor.

Suna shifokorga hayronlik bilan qaradi, so‘ng esa sekinlik bilan aravachada koʻzini yumdi. Hamshira esa uning yonida turib, aravachani sekin harakatlantirib, xonaga joylashtirdi.

— Tayyorlaning, — dedi shifokor. — Hammasi asta-sekin bo‘ladi. Sizni qo‘rqitadigan hech narsa yo‘q.

Suna asta nafas olib, muloyimlik bilan bosh irg‘adi. Ichida esa biroz qo‘rqinch va hayajon aralashib ketgan edi. U hozir faqat shifokor va muolaja jarayoni haqida o‘yladi, ortiqcha fikrlar va o‘tgan voqealarni bir chetga surib turishga harakat qildi.

Hamshira aravachani to‘g‘ri pozitsiyaga qo‘ydi, Suna esa asta sekin qo‘llarini stulga qo‘ydi. Shifokor esa bemorning holatini kuzatib, muolajani boshlashga tayyorlandi.

— Juda yaxshi, Suna xonim. Endi biz asta-sekin ishni boshlaymiz, — dedi shifokor muloyim ohangda. — Sizni har qanday holatda qo‘llab-quvvatlayman.

Suna chuqur nafas olib, biroz tinchlandi va shifokorga qarab boshini egdi. Shu on, uning ichida ozgina umid paydo bo‘ldi: endi hammasi asta-sekin o‘z joyiga tushadi, balki xotiralar qaytar va u yana hayotga qaytishi mumkin edi.

Taehyung Jimin bilan birga Sunaning muolajasi tugagandan keyin uni birga sayrga olib chiqmoqchi edi. Ular yo‘lak bo‘ylab sekin yurishar ekan, to‘satdan bir tanish figura ularga yo‘nalib kelayotganini ko‘rdi. Bu Jung Suk edi.

Taehyung tez orqaga qarab, yelkasini biroz tiklab, qattiq ovoz bilan so‘radi:
— Sen bu yerda nima qilyapsan?

Jung Suk esa sovuq, ammo qat’iyatli ohangda javob berdi:
— Senga nima? Men shunchaki Sunani ko‘rishga kelgan edim. U yaxshi ekanligini bilishni xohlardim. Shifokorlar xonasidan chiqqanini ko‘rib, yo‘qolmaganini bilishim kerak edi.

Taehyung ko‘zlarini toraytirib qaradi, yuragi bir zum o‘rtanib ketdi. U Jung Sukning nafaqat niyatini, balki Sunaga bo‘lgan his-tuyg‘ularini ham sezdi. Ichki hislari aralashib ketdi: rashk, xavotir va ehtiyotkorlik — bularning barchasi bir vaqtning o‘zida uning yuragini to‘ldirdi.

— Agar sen unga zarar yetkazishni xohlaysan, eshit, — dedi Taehyung qattiq, lekin nazorat ostida, — men buni to‘xtataman. Sen unga yaqinlashishga haqqing yo‘q.

Jung Suk esa biroz jilmaydi, ko‘zlarida yumshoqlik bilan:
— Men unga zarar yetkazmayman, Tae. Faqat shuni bilishni xohlardimki, u sog‘-salomat. Sen unga nima qilganingni bilmayman, lekin men faqat uning yonida tinch bo‘lishini istayman.

Taehyung bir lahza sukutda qoldi, keyin boshini egib, ichida aralash hislarni yumshatishga harakat qildi. Jimin esa yonida turib, vaziyatni diqqat bilan kuzatdi, har ikki tomonning niyatini his qildi.

— Xo‘p, — dedi Taehyung oxir-oqibat sekin, — faqat shuni eslataman: unga hech qachon zarar yetkazmasang bo‘ldi. Shu bilan huddi oldingidek shunchaki uni kuzatishing mumkin.

Jung Suk bosh irg‘adi:
— Yaxshi
Shunda ular bir lahza jim bo‘lib, yo‘lakda bir-birlariga qarab turishdi — har biri Sunani himoya qilish niyatida, lekin har biri o‘z his-tuyg‘ularini boshqacha ifodalashga harakat qilardi.

Ammo keyin yo‘lakdagi havoning tarangligi birdan oshdi. Taehyung ko‘zlarini toraytirib, jim, keskin ohangda gap boshladi:

— Yana… unga yaqinlashishni hayolingdan chiqar, — dedi u qat’iyat bilan, so‘zlarini har bir harf bilan ta’kidlab aytarkan.

Jung Suk bir qadam oldinga chiqib, yuzini qattiq tutib, past ovozda javob berdi:

— Aslida unga sen yaqinlashmasliging kerak. Unga zarar yetkazadigan odam sensan, — dedi u qat’iyat bilan.

Taehyungning ko‘zlari yonib ketdi. U bir lahza jim turdi, so‘ng qattiq nafas olib, qo‘lini Jung Sukga qarab cho‘zdi:
— Sen… — dedi u, so‘zi to‘xtadi, ammo harakat bilan Jung Sukning yoqasidan oldi, qo‘li bilan uni sekinroq yoniga tortdi. — Men bunga ruxsat bermayman. Men uni himoya qilaman, endi kim bo‘lmasin…

Jung Suk biroz qimirlandi, lekin Taehyungning qat’iyligi oldida jim turdi. Ular bir-biriga qarab turishdi, havoda esa qarama-qarshi niyatlar va kuchli hislar aralashib ketgan edi.

Taehyungning ko‘zlarida g‘azab va himoya hissi, Jung Sukning ko‘zlarida esa qat’iyat va xavotir birlashdi. Shu lahza, bir vaqtning o‘zida ularning ikkalasini ham tushunishga, lekin hech kimning yengilmasligini his qilishga majbur qildi.

— Endi shuni tushun, — dedi Taehyung so‘ng, qo‘lini Jung Sukning yoqasidan sekin oldi. — Agar unga bir zarar yetkazilsa, men sening oldingda bo‘laman. Shuni unutma.

Jung Suk bir oz boshi bilan bosh irg‘adi, jim turdi va oxir-oqibat:
— Yaxshi... Kelishdik, — dedi past ovozda.

Yo‘lakdagi taranglik biroz pasaygandek bo‘ldi. Taehyung va Jung Suk bir-biriga qarashar ekan, Jimin jim ovoz bilan gapirdi:

— Tae, ketishimiz kerak. Sunani ham muolajasi tugagandir.

Taehyung biroz sukut saqladi, so‘ng chuqur nafas olib, qo‘lini yelkasiga qo‘ydi. Ichida aralash hislar — rashk, himoya, va biroz xafagarchilik — birlashib, yuragini sikardi. Ammo u bilardi: Sunani endi faqat u bilan bo‘lishi emas, balki uni xavfsiz saqlash va uni to‘liq tiklanishiga imkon berish eng muhim edi.

Jung Suk esa biroz orqaga qadam tashladi, nigohi Taehyungni kuzatib turardi. Uning ko‘zlarida hali ham xavotir va ehtiyotkorlik aralashgan edi, lekin u bilardi: hozircha u Sunaga yaqinlashishi noto‘g‘ri bo‘ladi.

Jimin esa do‘stini oldinga qarab olib, yo‘lakdan sekin yurdi. Ularning har bir qadamida atrof jim, faqat aravachaning g‘ildiraklari ostidagi yumshoq tovush va muolajaxonadan chiqqan biroz shovqin eshitilardi.

— Shunday qilaylik, — dedi Jimin, so‘zlarini ehtiyotkor ohangda aytib. — Bugun u xotirjam bo‘lsin. Biz esa ketamiz va uni bir oz tinchlantiramiz.

Taehyung boshini egdi va sekin kuldi, lekin ko‘zlarida hali ham ichki taranglik bor edi.

— Ha, haqiqatdan ham, bugun faqat uni tiklanishiga imkon beraylik. Men endi uni himoya qilaman, lekin zo‘rlik qilmayman, — dedi u ich-ichidan o‘zini tinchlantirgancha.

Ular ikkovi birgalikda yo‘lakni davom ettirishdi, har biri o‘z-o‘ziga yangi qarorlarni va his-tuyg‘ularni qayta ko‘rib chiqardi.

Yo‘lak oxiriga yetib kelishar ekan, Jimin ortga qaradi, Taehyungning yuzini kuzatdi va past ovozda dedi:
— Tae… unga endi sabr qilishing kerak. Har bir harakatimiz ehtiyotkor bo‘lishi shart.

Taehyung boshini qattiq irg‘adi, va ich-ichidan o‘ziga qasam ichdi: “Men uni yana hech qachon yo‘qotmayman. Har safar bo‘lsa ham, himoya qilaman".
Shunday qilib, Taehyung va Jimin muolaja xonasiga yetib kelishdi. Yo‘lak jimjit edi, faqat uzoqdan apparatlarning mayin signallari eshitilib turardi. Taehyung eshik yonidagi devorga suyanib, chuqur nafas oldi. Yuragi tez urar, qo‘llarini cho‘ntagiga tiqib, tinchlanishga urinar edi. Jimin esa unga qarab mayin ohangda dedi:
— Tinchlan, Tae. U hozir seni ko‘rsa, o‘zi ham tinch bo‘lmaydi. Yuzingda tashvish ko‘rinmasin.

Taehyung boshini qimirlatdi, lekin ko‘zlaridagi xavotir yashirinmadi. U ich-ichidan “U yaxshi bo‘lsin, faqat u sog‘-omon bo‘lsin,” deb takrorlardi.

Bir necha daqiqa o‘tib, muolaja xonasining eshigi sekin ochildi. Hamshira chiqdi va jilmaygancha dedi:
— Hamma narsa yaxshi o‘tdi. Faqat biroz charchagan, lekin holati barqaror.

Taehyung darhol o‘rnidan turdi. Eshikdan asta qadam tovushlari eshitildi. Suna asta-asta chiqdi — yuzida biroz rang yo‘q, ammo nigohi yumshoq edi. Uning sochlari biroz tarqoq, lablarida esa charchoq aralash nozik tabassum bor edi.

Taehyung beixtiyor unga yaqinlashdi, lekin harakatlari ehtiyotkor edi. U Suna qarshisida to‘xtab, sokin ohangda dedi:
— Qanday his qilyapsan? Og‘riq yo‘qmi?

Suna unga qarab, bir zum jim qoldi. So‘ng sekin boshini chayqab dedi:
— Yo‘q, hammasi joyida. Faqat… biroz boshim aylanayapti, xolos.

Taehyung uning yoniga egilib, qo‘lini yelkasiga qo‘ydi. Shu on ularning ko‘zlari to‘qnashdi. Bir lahzaga vaqt to‘xtagandek bo‘ldi — go‘yo ular orasidagi sukut ham his-tuyg‘ularni ifodalab turgandek edi.

Jimin esa ularni kuzatar ekan, mayin jilmaydi. U bilardi: Taehyung uchun bu holat shunchaki g‘amxo‘rlik emas, bu — yuragining o‘zini himoya qilish instinkti edi.

— Agar o‘zingni yaxshi his qilayotgan bo‘lsang, — dedi Jimin, ohangni yengilroq qilishga urinar ekan, — biroz toza havo olib chiqamizmi? Kasalxona hidi ham odamni charchatadi.

Suna asta kuldi:
— To‘g‘ri aytdingiz. Boshimni ochsam, o‘zimni yaxshiroq his qilaman, deb o‘ylayman.

Shu payt Taehyung uning qo‘llarini asta ushlab, sekin dedi:
— Unda yur, men bilan. Agar o‘zingni yomon his qilsang, darhol ayt, xo‘pmi?

Suna bir zum unga qarab turdi, yuragi beixtiyor tez urdi. U bu nigohni tushunmasdi — lekin yuragi bu yigitga ishonish kerakligini aytardi.

Shunday qilib, ular uchov — Taehyung, Jimin va Suna — kasalxonaning orqa bog‘iga tomon yo‘l oldilar. Quyosh botayotgan edi, iliq shabada barglarni mayin tebratar, havo esa xotirjamlik va yangi boshlanish hissini olib kelardi.

Bu uch kishi uchun — ayniqsa Taehyung uchun — bu sokin sayr ich-ichidagi bo‘ronni bosishning yagona yo‘li edi.

Ammo shu payt Jiminga Namjoon qoʻngʻiroq qilib qoldi va darhol studioga yetib kelishlarini buyurdi. Jimin sababini soʻraganda esa Namjoon: bu Suna degan qiz haqida dedi. Ammo qizigʻi Taehyung Suna haqida faqat Jiminga aytgandi.