November 5, 2025

Meniki boʻlgan BTS

Muallif: Swan_family
Chapter 2

2-qism "Kutilmagan uchrashuvlar"

Kun bo‘yi xonadan chiqmay, o‘zlarini tinchlantirishga uringan qizlar nihoyat biroz o‘ziga kelishdi. Hamma jim bo‘lib yotgan edi — kimdir musiqa eshitdi, kimdir serial ko‘rdi, kimdir shunchaki shiftga tikilib o‘yladi.

Kechga yaqin Minsu o‘rnidan turib, qo‘llarini bir-biriga chalq-chalq urdi, xuddi jangga chaqirgandek:
— Qizlaaaar! Ko‘rinishidan hamma o‘zini biroz qo‘lga olgan. Endi esa… mehmonxonani aylanib chiqamiz!

Seoyeon yostiqqa suyanib unga qaradi:
— Nega endi?

Minsu jiddiy ohangda:
— Chunki biz Seuldamiz! Mehmonxona juda zo‘r, kim bilsin, balki gʻkafe bor, spa bor, kutubxona bor… hayot bor! Ustiga-ustak, biz turistmiz, xonada chirib yotolmaymiz.

Raya jilmayib bosh irg‘adi:
— To‘g‘ri, sayohatga chiqqandik-ku. Kelinglar.

Miran esa hamon xavotirda edi:
— Agar… BTSga to‘qnash kelsak-chi?

Xona jim bo‘lib qoldi. Hammada ham shu savol, lekin aytishga qo‘rqishgandi.

Minsu qahraton jiddiylik bilan Miranning yoniga borib, uning yelkasiga qo‘l qo‘ydi:
— Shunchaki o‘zingni tabiiy tutasan.
Keyin ko‘z qisib:
— O‘zingdan o‘tgan tabiiy odam yo‘q baribir

Qizlar kulib yuborishdi, havotir biroz tarqaldi.

Yuna sochlarini silliq qilib bog‘lab, oyna oldida o‘zini tuzatdi:
— Mayli, lekin hech kim qichqirmaydi, hushidan ketmaydi, kamera qo‘shmaydi, tushunarlimi?

Seoyeon:
— Va hech kim yugurmaydi.

Raya:
— Va hech kim “oppa” demaydi… iltimos.

YeonAh jilmaydi, yuragi yana o‘sha ertalabki lahzani eslab, biroz tez urib ketadi.
— Men shunchaki… o‘zim bo‘laman. Qolganini taqdir hal qiladi

Leyla xursand ohangda qo‘lini ko‘tardi:
— Xo‘p, komandaaa! Hamma tayyormii?

Minsu:
— 3… 2… 1… ARMY girl mode: ON!

Hamma kulib, turib, paltolarini kiydi.

Eshik asta ochildi.
Qizlar mehmonxona yo‘lagiga chiqishdi. Yorug‘, jim, hashamatli koridor, yumshoq gilam, yengil musiqaning uzoqdan kelayotgan ovozi…

Hech kim bilmasdi, bu yo‘lakda hozir tug‘ilgan sokin qadamlar tez orada hayajon, kulgu va… taqdir to‘lqinlariga aylanadi.

Ular lift tomon yurishdi.

Nafaslar tinch. Ammo yuraklar — Yo‘q.

Bugun kechasi… kimdir kimnidir taqdirini sezdirmay silkitadi

Mehmonxona zali shovqinli, yorqin va hayajonga to‘la edi. Qizlar pastga tushishganda ko‘plab mehmonlar yig‘ilganini ko‘rishdi — xodimlar mikrofon tutib turardi.

Bir payt kutilmagan e’lon yangradi:

> 🎤 “Diqqat, mehmonlar! Soat 16:00 da mashhur Double Strength Challenge — juftlik sport musobaqasi bo‘lib o‘tadi! Juftliklar tasodifiy tanlanadi. G‘oliblar galereyada faxriy suratga tushadi va maxfiy sovg‘alar bilan taqdirlanadi!”

Zalda qarsaklar yangradi.

Qizlar hayratda bir-biriga qarashdi.
— Qiziqarli bo‘lsa kerak-da? — dedi Raya. — Men qatnashmayman, — dedi Miran. — Agar… ular bo‘lsa-chi?

Minsu kuldi:
— Hech narsa bo‘lmaydi, kim ham bizni tanib qoladi?
Yuna kulib:
– Men qatnashmoqchiman. Sizlarchi ? – Yoʻq, bu juda faol– dedi Minsu
Ammo yuqorida, sport zaliga qarab ketayotgan Jungkook ham aynan shu e’londan hayajonlanib turardi.

U lablarini tishlab jilmayib qo‘ydi:
— “Kim men bilan raqobatga tayyor ekan?”

Bir necha daqiqadan so‘ng unga xodim yaqinlashdi:
— Sizning juftingiz tayinlandi. Ismi Yuna.

Jungkook to‘xtab qoldi.
— Yuna? Hm… tanimayman. Qiziq bo‘ladi, shekilli

Yuna sport zaliga kirganida, Jungkook uni allaqachon kutayotgandi.

Sokin qarash, to‘g‘ri qadam, qora sport kiyimi — Yuna hech qanday hayajon bildirmasdi.

Jungkook jilmayib:
— Salom. Jungkookman. Men bilan juft bo‘lib qolganingga afsus qilyapsanmi?

Yuna sovuqqina:
— Bu juftlik emas. Bu — g‘alaba olish uchun ittifoq.

Jungkook kuldi:
— Demak jiddiy o‘yinchi. Qiziq bo‘ladi.

Musobaqa boshlandi.

🏃‍♂️ Yugurish juft bo‘lib — nafaslar uyg‘unlashtirildi.
🤸‍♀️ Yelka mashqlari — kuch va sabr kurashi.
💪 Orqa-orqaga suyanib squat — 50 marta.

Dastlab Yuna qattiqqo‘l, muzdek tutishga harakat qildi. Jungkook esa hazil bilan uni erita oladiganini bilardi.

Ammo 3-bosqichda Yunaning oyog‘i sirg‘alib ketdi.
U yiqilayotgan payt Jungkook uni tutib oldi.

— Ehtiyot bo‘l, — dedi u muloyim.

Yuna boshini egdi, ohista:
— Rahmat… lekin bu menga baho bo‘lolmaydi.

— Bu baho emas. Menga sen to‘g‘ri kelishing, xavfsiz bo‘lishing muhim, — dedi Jungkook.

Shu ondan boshlab ular sinxronlashdi. Endi ular musobaqa uchun emas… bir-birining ko‘zidagi ishonch uchun harakat qilardi.

Natija e’lon qilindi:

> 1-o‘rin: Jungkook & Yuna!

Zal qarsaklarga to‘ldi.
Fotograf ularni suratga olishga tayyorlaganda Jungkook astagina dedi:
— Sen jiddiysan, so‘zlaring sovuq… lekin nigohing — u juda ko‘p narsa aytadi.
— Balki bu surat shunchaki esdalik emasdir?

Bu safar Yuna birinchi marta… muloyim tabassum qildi.

Ichida:
> “Men g‘alaba qozondim deb o‘ylagandim… lekin aslida yo‘qotganim ham ko‘p bo‘ldi.”

Mehmonxonada yana bir an’ana bor edi:

> Eng uyg‘un juftliklar suratga olinadi va galereyada saqlanadi.
Kuratorlar birinchi boʻlib Jiminni koʻrib qolishdi va undan ushbu anʼanaga oʻz hissasini qoʻshishini soʻrashdi. Jimin rozi boʻldi va kuratorlar unga mos juft izlay boshlashdi. Va aynan shu payt kuratorlar nigohi YeonAhga tushdi. Nafis, sokin, lekin ichkariga yashiringan uyatchanlik…

— “U Jimin bilan ideal kadr bo‘ladi!”
Bir kurator unga yaqinlashdi va unga ham Jiminga berilgan taklifni berdi.
Lekin YeonAh darhol rad etdi:
— Yo‘q. Men suratga tushmayman…

Uning ovozi titrardi. U o‘zini yetarlicha go‘zal deb bilmasdi.
Shunda ortidan tanish, sokin, ammo jiddiy ovoz eshitildi:
— “Haqiqatan rasmga tushishni istamaysizmi… yoki sizga sizni pastga tushirgan fikrlar ruxsat bermayapti?”

YeonAh sekin burildi.
Bu Jimin edi.

U unga yonma-yon turdi, ko‘zlarini mag‘rur va xotirjam tikdi.
— Ko‘pchilik buni orzu qiladi — dedi Jimin, — lekin siz undan qochyapsiz. Demak siz kameradan emas… o‘zingizdan qo‘ryapsiz.

YeonAh nigohi pastga tushdi.
— Men… hech qachon o‘zimni chiroyli deb bilmaganman. Boshqalar qarasa… o‘zimni yo‘qotaman.

Jimin boshini bir oz qiyshaytirib, muloyim ovozda dedi:
— Men ham suratlarda ba’zan o‘zimni yo‘qotganman. Lekin bugun… kimnidir topayotgandekman.

U kamerani chiqardi. Ammo yo‘naltirmadi.
— Men sizni suratga olmayman. Avval siz o‘zingizni ko‘rishingiz kerak.

YeonAh ilk bor… chin tabassum qildi.
— Men hali tayyor emasman, — dedi u sokin.
— Lekin siz bo‘lsangiz… balki bir kun tayyor bo‘laman.

Jimin jilmaydi.
— Shoshma. Eng chiroyli suratlar yurakda olinadi.

Ular kameraga emas… bir-biriga qaradilar.
Va aynan o‘sha lahza — suratga olinmasdan, eng chiroyli kadrga aylandi

Bu vaqtda esa mehmonxonaning boshqa tomonda keng zal shovqinli va rang-barang edi. Rasm musobaqasi avjida: har bir ishtirokchi o‘z burchagida ishlayotgandi. Lekin bir qiz hamma ko‘zi tushmagan — u yuqoridagi devorda baland narvonda turib, chuqur fikr bilan inson ko‘zini chizayotgan edi.

Ranglar bir-biriga moslashmaydi: bitta ko‘z ko‘k, ikkinchisi moviy-yashil, soyasi esa kulrang.
— “Yana ko‘zlar…” — dedi u past ovozda, tabassum bilan.

Bu qiz — Miran edi. O‘zbekistonlik, BTSni sevuvchi, lekin mashhurlikka bog‘lanmagan. U uchun Taehyung — noodatiy, sokin, kuzatuvchi va yurakni bezovta qiladigan yigit edi.

Shu payt baland zinapoya tomon bir odam yurdi. Bu Taehyung edi. U doim rasm ko‘rganda yurakni titratadigan chizg‘i izlar edi.

U ko‘tarildi. Qadam-baqadam. Va birdan yuqoridagi devorda bitta ko‘z unga tikilib turganday tuyuldi.
— “Bu ko‘z… juda…” — pichirladi u.

Miran asta burilib pastga qaradi:
— “Ko‘zingiz tushdimi?”

Taehyung hayron:
— “Sen… kim?”

— “Miran. O‘zbekistonlik. Ko‘zlar haqida jiddiy qiz,” — dedi u kulib.

Taehyung kulimsirdi:
— “Men seni oldin ko‘rmagandim.”

— “Lekin men sizni ko‘rganman,” — dedi Miran yuragi hapriqib.

U rasmini tugatib, narvondan tushmoqchi edi, ammo oyog‘i sirg‘alib ketdi.

Taehyung bir zumda uni ushlab qoldi. Qo‘llari qizning beliga o‘raldi.

— “Ehtiyot bo‘l. Bunday rasm chizadigan rassom yerga tushmasligi kerak,” — dedi u.

Miran kuldi:
— “Sizni ko‘rib, yuragim tushdi.”

— “Demak, men xavfli odamman?” — so‘radi u jilmayib.

— “Yurak uchun ha,” — dedi u shirin kulib.

Taehyung ko‘zlarini qizning rasmiga qadadi:
— “Bu ko‘zlar… qanday odamniki?”

— “Yashirin og‘riqli, lekin ichida chiroq bor odamniki,” — dedi Miran.

— “Demak… men buni uzoq ko‘ray,” — dedi Taehyung asta.

Shu ondan boshlab ular orasida nozik, ammo kuchli bir aloqaning boshlanishi paydo bo‘ldi.

Bu vaqtda mehmonxonaning yuqori qavatidagi kutubxonada Leyla kitob bilan yolg‘iz edi. "Demian"ni qo‘lga olib, deraza yonidagi kresloga joylashdi. Yuragi hayajon va xavotir bilan to‘la edi — BTS yigitlari bilan bir joyda bo‘lish unga hali ham tushunarsiz tuyulardi.

Kitob ustida soyadek tushgan qo‘lni ko‘rib, ko‘zlari keng ochildi. Bu Namjoon edi.
— "Oh... kechirasiz," — dedi u muloyim.
— "Siz ham 'Demian'ni o‘qimoqchi edingizmi?" — so‘radi Leyla titroq bilan.

— "Ha... inson o‘zini topish haqida yozilgan fikrlar meni doimo qiziqtiradi," — Namjoon jilmaydi.

Leyla yuragi gup-gup urayotganini his qildi. Shu payt ular kitob va fikrlar orqali bir-birini yaxshiroq tushuna boshladi.

— "Sizni kutubxonada tasodifan uchrataman deb o‘ylamagandim..." — dedi Leyla.

— "Bu yer sokin. Sizni ko‘rish esa yoqimli tasodif," — dedi Namjoon.

Ular soatlab kitoblar, hayot va ilhom haqida suhbatlashdi. Har bir so‘z, har bir kulgu — ularning orasidagi ko‘rinmas iplarni bog‘ladi. Shu sokin kutubxona ichida birinchi ko‘rishda yuraklar allaqachon yaqinlashgan edi.

Mehmonxonaning katta zalida esa “Dance Night Challenge” tashkil etilgan edi. Barcha hohlovchilar raqs qilishi, juftliklar bilan tanishib, musobaqa tarzida raqs tushishi kerak edi.

Raya zalga kirganda hamma narsa go‘yo undan uzoqlashdi. U sahna tarafga qarab yurdi, yuragi har doimgidek ritmda urardi. Raqs — uning tinchligi, raqs — og‘riqdan qochish edi.

— "Sen yolgʻiz raqs tushishing kerak emas," — orqa tomondan ovoz yangradi.

Orqasiga o‘girildi. Bu J-Hope edi, boshi biroz egilgan, tabassumi porlab turardi.

— "Menga raqib kerak," — dedi Raya.
— "Demak, sening baxting bor. Men — professional raqobatchi," — dedi J-Hope jilmayib.
— "Keling unda, Hope-ssi," — dedi Raya.
– Oʻxoʻ meni tanir ekansan, lekin men ismingizni ham bilmayman– dedi J-hope.
– Raya– dedi u qisqa qilib.

Raqs boshlandi. Ilk harakatlar sinovday edi — ikki yo‘lchi bir-birini o‘rganardi. J-Hope harakatlarni jilmayish bilan bajarar, Raya esa ehtiyotkor va mukammallikka intilardi. Asta-sekin ular sinkronlashdi.

J-Hope uning qulog‘iga engildi:
— "Sen raqsda gapiryapsan."
— "Gapirishdan qo‘rqaman," — dedi Raya jiddiy ohangda.
— "Nega?"
— "Gapirganimda odamlar yuragimni ko‘radi."

Ular bir burilib, harakatni kuchaytirdilar. Har bir raqs — ularning hislarini, ichki og‘riq va quvonchlarini ifodalayotgandi.

O‘sha kechasi — raqs g‘alabasi ularning yuragida edi.

Tungi soat 2:47. Mehmonxona jim. Yorug‘liklar o‘chgan, xona atrofidagi shovqinlar ham sustlashgan.

Seoyeon yolg‘iz o‘z o‘ylarida. Ko‘zlari shiftga tikilgan, yuragi esa og‘ir. Fikrlari o‘sha bitta xabarda aylanardi:

> "Boshlang‘ich bosqich. Bosh miya o‘ng tomonida saraton. Hozircha nazorat ostida, lekin vaqt…"

Bu so‘zlar yuragini ezib yuborgan edi. U bu haqiqatni hech kimga aytolmagan. Yuragi uni sevardi, lekin bunday holatda kimdir seni sevishini istash egoizmday tuyulardi.

U uxlay olmasdi. U sekin, shivirlagandek ohangda nafas olib, yuragini tinchlantirishga urinar edi. Shu payt pastki qavat yo‘lagidan sokin pianino tovushi keldi.

Bu tovush... yuragiga tegdi. U o‘sha ohangni ichidagi qorong‘ilikni yoritadigan sehr sifatida his qildi.

Seoyeon sekin qadam tashlab, piano zaliga yaqinlashdi. Eshik ochiq edi. Pianino ortida Suga o‘tirgan edi. U boshini quyi egib, barmoqlari bilan sehr kabi klavishlarni bosardi. Har bir harakatida og‘riq yashiringan edi.

Seoyeon eshik yoniga borib, deraza oldidagi stulga o‘tirdi. Faqat tingladi. Suga unga qarab ham qo‘ymadi. U kelganini bilgan, lekin hech narsa so‘ramaslikni tanlagan edi. Chunki so‘zlar ham ba’zan keraksiz bo‘ladi.

Bu ikki singan inson — biri tanasida, biri qalbida og‘riq bilan yashar — shu kechasi hech narsa demadi. Lekin sukunatdagi musiqa ularning yuragini ohang bilan bog‘ladi. Bu sevgi emasdi. Bu tushunish edi. Qabul qilish edi. Ichki og‘riqqa taskin bo‘lish edi.

Pianino tovushi asta so‘nib bordi. Suga barmoqlarini ko‘tarib, sekin o‘girildi. Ko‘zlari Seoyeonni topdi. Qiz unga tikilib qarab turardi, yonoqlari nam. Faqat boshini egdi.

Suga o‘rnidan turdi, pianinoni yopdi. Uning qadam tovushi sekin, ehtiyotkor edi. U qiz yoniga kelib, hech nima demasdan, sekinlik bilan uning yonidagi stulga o‘tirdi.

Hech qanday savol yo‘q, hech qanday javob yo‘q. Faqat ikkita yurak — singan, charchagan… va musiqada taskin topgan.

— “Ajoyib kuydi,” — dedi Seoyeon, ko‘zlarida iliqlik va hayajon aralash nur bilan.

Suga muloyim jilmaydi va qo‘lini cho‘zadi:
— “Rahmat, Min Yoongi. Siznikichi,” — dedi u sekin, ammo ishonch bilan.

Seoyeon ham qo‘lini uzatdi, muloyimlik bilan qo‘lini ushlab turdi. Ichki yuragi tez urardi, ammo u buni sezishga imkon bermadi. U his qilardi: bu oddiy minnatdorchilik emas, balki ichki dunyolarining bir-biriga yaqinlashish belgisi edi.

— “Bilaman… Seoyeon meniki,” — dedi u past ovozda, jilmaygancha.

Suga bir zum jim qoldi. Ko‘zlari Seoyeonni quchib olganday, ichidagi barcha so‘zlarni aytardi, lekin ularning o‘rnini hislar egalladi. Faqat u va u orasida bir to‘xtovsiz tushunish paydo bo‘ldi — so‘zsiz, ammo chuqur.

Seoyeon yuragini tinchlantirishga urinar edi, ammo u Suga bilan birga o‘tirganida, o‘zini tinch his qildi. Har bir nafas, har bir titroq — ular orasida paydo bo‘lgan yangi iplarni bog‘lardi.

Ushbu kecha — mehmonxonaning sokin pianino zali, Suga va Seoyeon orasidagi ilk jim va samimiy muloqot, ularning hislarining asta-sekin yuzaga chiqishi — bu ular uchun oddiy suhbat emas, balki yurakda saqlanadigan sirli lahzalar edi.

Tungi soat 3:10. Lift eshiklari ochildi va Minsu xonasiga qaytish uchun ichkariga chiqdi. Shu payt eshik ortidan sekin, ammo biroz shoshilinch ovoz eshitildi:

— “Hoy… to‘xtab turing, liftni ushlab turing, iltimos!”

Minsu hayron bo‘lib liftni toʻxtatdi va tashqariga qaradi. U yerda Jin turardi.

— “Salom, men Kim Seokjin,” — dedi u muloyim jilmayib.

— “Lee Minsu… tanishganimdan xursandman,” — dedi Minsu hayajon bilan.

Lift eshiklari yopildi va u asta harakatlana boshladi. Jimlik hukm surardi. Minsu va Jin yonma-yon turganlarida, vaqt asta-sekin sekinlashganday tuyuldi.

Shu payt lift birdan silkindi va to‘xtab qoldi.

— “Voy, xudoyim… endi nima bo‘ladi?” — dedi Minsu ichkarida hayajon aralash qo‘rquv bilan.

Jin tinch, muloyim ohangda javob berdi:
— “Havotir olmang. Hozir hammasini hal qilamiz.”

U liftning favqulodda holat tugmasini bosdi. Shu payt lift boshqaruvchisining ovozi eshitildi:
— “Eshitaman, nima bo‘ldi?”

— “Kechirasiz, lekin lift negadir to‘xtab qoldi,” — dedi Jin, ovozida ham muloyimlik, ham tiniq ishonch bor edi.

Minsu qalbi tez urardi. U liftda Jin bilan birga qamalib qolgan edi. Ichida bir hil hayajon va xavotir aralash hislar paydo bo‘ldi. Jin esa unga qarab jilmaydi va dedi:
— “Bunday holatlarda eng muhim narsa tinch bo‘lish va bir-birimizga ishonish. Hamma yaxshi bo‘ladi, Minsu.”

Minsu Jin bilan birga lift ichida jim turib, vaziyatni qabul qilishga harakat qildi. Shu payt, u tushundi: ba’zida eng kutilmagan lahzalar insonlarni bir-biriga yaqinlashtiradi.
Birozdan so‘ng lift tuzatildi va yana ishga tushdi. Jin Minsu tomon jilmayib qaradi:
— “Siz qaysi qavatga edingiz?” — so‘radi u.

— “7-qavatga,” — dedi Minsu, ovozida biroz hayajon aralash jilmayish bilan.

Jin kulib qo‘ydi:
— “Qanday tasodif… men ham o‘sha qavatga!”

— “Ha, qanday ajoyib tasodif,” — dedi Minsu. Ammo uning ichki hislari biroz boshqacha edi; u bu “tasodif”dan allaqachon xabardor edi. (Sababi ertalabki hodisa — balkonga chiqqanida yigitlarni korgani)

Lift sekin-sekin 7-qavatga yetdi. Eshiklar ochilganida, ular bir-biriga muloyim jilmaydi. Minsu yuragini tinchlantirib, Jin bilan birga qavatdagi koridorga chiqdi. Shu payt Minsu ichidan shunday o‘yladi:
> “Hayotdagi eng kichik “tasodiflar” ko‘pincha eng katta xotiralarni keltiradi.”

Jin esa Minsu tomon qarab, jilmaygancha dedi:
— “Endi siz xonangizga qaytasizmi, yoki bir oz suhbatlashamizmi?”

Minsu yuragini chuqur nafas bilan tinchlantirib javob berdi:
— “Bir oz suhbatlashsak bo‘ladi…”

Shu tariqa, liftdagi tasodif Minsu va Jin o‘rtasidagi ilk samimiy va tabiiy suhbatga olib keldi, ularning yuraklari asta-sekin yaqinlashdi.

Jin va Minsu biroz suhbatlashib, kulib-yuzlab, xonalariga qaytishdi. Minsu lift eshigini ochib xonaga kirganda, qizlar bir-birlariga yuzlanib o‘tgan voqealarni baham ko‘rishardi.

— “Voy, bugun haqiqatan ham g‘ayrioddiy kun bo‘ldi!” — dedi Yeon Ah, labini tishlab kulib.
— “Ha, balkonga chiqqanimizda sizlarni ko‘rganimni aytsam, ishonarsiz endi!” — yana takidladi bu Yeon Ah.

Seoyeon esa Seuldagi raqs kechasi haqida gap boshladi:
— “Men kechqurun pianino zalida Suga oppani eshitib, yuragim shu qadar tinchlandi… Hech qachon shunday sokin bo‘lganim yo‘q edi,” — dedi u shivirlagandek.

Raya esa o‘zining raqs tajribasini aytdi:
— “J-Hope oppa bilan raqs tushish… bu birinchi marta shunchalik tabiiy his qilganman. Yurak ritmi bilan harakat qilganimizni sezdim,” — dedi u jilmayib.

Yuna esa Jungkook bilan bo‘lgan sport musobaqasini so‘zlab berdi:
— “U bilan juftlikda ishlash… hayajonli edi. Dastlab sovuq bo‘lib ko‘rinsa ham, oxirida bir-birimizni tushunib ketdik,” — dedi u.

Miran esa Taehyung bilan rasm voqeasini so‘zlab berdi:
— “U… meni baland narvonda rasm chizayotganda ushlab qoldi. Yuragim shu qadar tez urdi… Ha, u haqiqatan ham noodatiy inson,” — dedi u, hali ham hayajon bilan.

Leyla esa Namjoon bilan kutubxona hodisasini aytdi:
— “Men kitob o‘qiyotgandim, u ham shu yerda… Biz bir-birimiz bilan soatlab suhbatlashdik. Juda sokin va yoqimli edi,” — dedi u sekin jilmayib.

Qizlar bir-birlariga qarab, kulib, hayajonini bo‘lishar edi. Har biri o‘zining kichik sirini aytib, boshqalarning hislariga quloq tutar edi. Shu payt Minsu ichidan shunday o‘yladi:

> “Bugun kechgan voqealar — shunchalik tasodifiy, lekin shunchalik esda qolarli. Har birimiz bir-birimizning hislariga guvoh bo‘ldik.”

Xona to‘la quvonch, hayajon va biroz sirli tuyg‘ular bilan to‘lgan edi. Shu tarzda qizlar bir-birini yanada yaqinroq his qila boshladi, va ertangi kun uchun yangi sarguzashtlarga tayyor edilar.