August 27

ππ‘πˆπ†πˆπŽππˆπ„π‘πŽ

𝐏𝐀𝐑𝐓 β€” 𝟏

Aeroportdan tashqariga chiqqan zahoti yigitning yuziga sovuq shamol urildi. Qor sekin-sekin yogβ€˜ayotgan boβ€˜lsa-da,aeroportning ichi ham tashqarisi ham odamlar bilan toβ€˜lib-toshgan edi. Odamlar shoshilib taksilarga chiqardi, kimdir kimnidir kutardi, yana kimdir telefonida baland ovozda gaplashardi. Yigit esa bularning birortasiga eβ€˜tibor bermay mashinasini qidirdi.

Koβ€˜p oβ€˜tmay, koβ€˜zlari tanish qora mashinaga tushdi. Uning yonida haydovchisi Yuxi odatdagidek jiddiy qiyofada turardi.

Yoongi mashina tomon yaqinlasharkan, qor zarralari yelkasiga qoβ€˜nar, oyoqlari ostida qor mayin gβ€˜ijim ovoz chiqarardi.Yuxi uni kelayotkanini koβ€˜rib hurmat ko'rsatgancha eshikni ochdi.

-Koreyaga xush kelibsiz janob

Yoongi hech narsa demasdan mashinaga o'tirdi va orqasidan mashina eshigi yopildi. Yuxi ham o'z joyini egallagach qayerga olib borishi kerakligi haqida buyruq kutardi.

-janob...

-uyga –Yuxi gapini tugatmasdan nima demoqchiligini bilgan Yoongi qisqa javob berdi

Mashinada bir zum tinch bo'ldi.Dvigatelning ishga tushirilgan ovozi eshitildi. Yoongi boshini yon tomonga suyab, oynadan tashqariga qaradi.Yuxi rulda boβ€˜lsa ham yonidagi odamning kayfiyatini sezmaslik imkoni yo'q. U ikki yildan beri Yoongining yonida edi va jimligi ortida qanchadan-qancha charchoq borligini bilardi. Lekin ortiqcha savol bermaslikni afzal koβ€˜rdi.Shahar yoβ€˜llarida mashina sokin harakatlanardi.Uzoq masofaga yurishga ulgurmasdan svetoforning qizil chirogβ€˜i yonib, mashina asta sekin toβ€˜xtadi.Oβ€˜sha payt Yuxining telefoni jiringladi.Telefon mashinani neytraliga ulangandi, Yuxi telefon ekranidagi yozuvga qaradi va shunchaki qizil tugmani bosib qo'ydi.Yashil chiroq yongach mashina yana ishga tushdi.Orada biroz sukunatdan so'ng Yoongi gap boshladi.

- nega javob bermading ? – hanuz oynadan tashqariga qaraganicha so'radi

- janob u meni rafiqam edi...baribir tayinli gap gapirmasdan, boshimni og'ritadi – rulni yana qattiqroq siqib yutinib qo'ydi - samalyotda charchagan bo'lsangiz kerak, qorningiz ochmi?

Shu payt yana telefon jiringladi. Yoongi boshini burib,Yuxiga qaradi.

- javob ber – jiddiy oxangda gapirdi

Ortiqcha gapirishni istamagan Yuxi qo'ng'iroqga javob berdi.Telefonni ikkinchi tomonidagi qizni ovozi butun mashinani to'ldirdi.

- nega telefonni ko'tarishingiz bunchalar qiyin yoki o'ynashlaringiz bilanmisiz?

- Yesol Yesol men hozir ishdaman

- lekin ishonolmayapman, ha mayli... Bugun qanday kun ekanligi esingizdami?

Bu ovoz Yoongining quloqlarida yangradi. U asta sekin yuzini oynadan tortib, Yuxiga emas, telefon ekraniga qaradi.Bu ovozni adashtirib boβ€˜lmasdi.Yoongi koβ€˜zlarini yumib, bir zum jim qoldi. 3 yil oldin huddi shu kuni jonidan ortiq ko'rgan sevgilisidan ayrilgandi.O'z hayyolari bilan ovora bo'lgan Yoongi, Yuxini gaplarini eshitmadi

- janob axvolingiz yaxshimi

- u kim...aaa Ismi nima... – dovdiragancha nima deyayotkanini chunmagan Yoongi savolni o'zgartirdi – to'g'rirog'i xotiningni rasmini ko'rsam bo'ladimi?

Bu gapdan soβ€˜ng mashina ichida ogβ€˜ir sukunat choβ€˜mdi. Yuxi dastlab Yoongiga qarab, koβ€˜zlarini kattaroq ochdi – xuddi β€œchunmadim, nima?” degandek. Keyin yengilgina kulimsiradi.

- ha, nima uchun janob –telefonidan rasmni qidirgancha bir yo'lga bir telefonga qarab gapirdi

- ortiqcha savollarsiz tezroq

Yuxi indamadi, oxiri bir rasmni topgandek boβ€˜ldi. Bosh barmogβ€˜i ekran ustida toβ€˜xtadi,biroq Yoongiga koβ€˜rsatishga shoshilmadi.

– hech kimdan bunday talab eshitmagandim. Siz nimaga bunchalik… qiziqayapsiz?

– Chunarsiz gaplarni qoβ€˜y… – deya sekinroq ovozda dedi – koβ€˜rsat rasmni.

Yuxi kulib,telefonni sekin koβ€˜tarib, Yoongiga uzatdi.Yoongi Yuxining qoβ€˜lidan telefonni oldi. Bir qarashdayoq rasmdagi yuzni tanidi.

– …Yesoya – deya lablari orasidan shivirladi,koβ€˜zlari esa ekranga tikilar edi.

Yuxi unga hayron qaradi
– Nima dedingiz? Yesoya ? Yoβ€˜q, janob. Bu Yesol

- nima? Yesol? – sekin pichirladi u - ammo u Yesoya...buni aniqlashtirishim kerak - Yoongi telefonni Yuxiga berdida yana osha jiddiy qiyofada oyna tomon o'girildi.

π— π—œπ—‘`π—Ÿπ—”π—₯ 𝗀𝗔𝗦π—₯π—œ

Yuxi mashinani qasrning baland, qora temir darvozasi oldida sekin toβ€˜xtatdi. Darvoza ikki tarafga asta ochildi. Yoβ€˜l ikki tarafida qadimiy daraxtlar, ulkan marmar haykallar qator boβ€˜lib joylashgandi.

Yoongi mashinadan tushgach qasrdek uyga biroz qarab turdi. Yuxi ham mashinadan tushib uning oldiga turgancha uyga qaradi.Uy shahardan chetroqda bo'lgani uchun hech qanday shovqin yo'q.Yuxi qo'l soatiga qaragach Yoongiga yuzlandi

- janob bugun rafiqamni tug'ilgan kuni edi, ertaroq ketishim kerak, maylimi?

- kutib tur,bugun meni sevgilimni ham tug'ilgan kuni, birga nishonlaymiz.

- lekin janob

- havotir olma har qanday to'lovni bo'ynimga olaman – deya uy ichiga kirib ketdi

Hali ham hech narsani anglamagan yigit shunchaki mashinaga borib o'tirishni afzal ko'rdi. 5 daqiqaga qolmay Yoongi ham kiyimlarini yangilab chiqdi.

- yo'l yo'lakay rafiqamni olib ketamiz, maylimi?

- albatta,sevgan qizimni ham

Shu bilan mashina ichi sukutga cho'mdi.Biroz yurishgach unchalik katta bo'lmagan binolar oldida to'xtashdi, shunda Yuxi gap boshladi

- janob 5 daqiqa

Yuxini nimani nazarda tutganini sezgan Yoongi bosh chayqadi.Yuxi kulib bino ichiga kirib ketdi.So'ng deyarli 5 daqiqaga qolmay bino ichidan o'zi tanish qiyofani ko'rdiyu mashinadan sekin tushdi. Ammo bino ichidan chiqayotkan qiz unga e'tibor bermadi.Mashinaga biroz qolganda endi uni oldida turgan odamga e'tibor bergan qizni rangi oqarib ketdi.Ko'z ko'zga tushgan on vaqt deyarli to'xtab qoldi.Ammo shu on " Oyijon " deya baqirgan kichik bolakayni ovozi hammasini buzdi.

π€π”π“π‡πŽπ‘:𝐉𝐀𝐄𝐔𝐍 π˜π„π’πŽπ‹
𝐂𝐇𝐀𝐍𝐍𝐄𝐋:π‹π”πŒπˆπ„π‘π„ π…π€ππ…πˆπ‚π’