March 3, 2020

KO’CHMAS MULK OBYEKTI KADASTR PASPORTINING YANGI NAMUNASI TAQDIMOTI BO'LIB O'TDI

Joriy yilning 3 mart kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida "KO’CHMAS MULK OBYEKTI KADASTR PASPORTINING YANGI NAMUNASI" mavzusida matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Mazkur anjumanda Davyergeodezkadastr qo'mitasi raisi o'rinbosari Sh.Habibullayev yangi tipdagi kadastr kartalari haqida ma`lumot berib o'tdi.

O‘zbekiston Respublikasining yangi shakldagi kadastr hujjati NFC - smart chipi o‘rnatilgan plastik kartadan iboratdir. U eski uslubdagi kadastr pasportidagi barcha ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi, shuningdek, interaktiv davlat xizmatlarining yagona portaliga ulanish imkoniyatiga ega.

Ushbu texnologiyaning afzalliklari orasida kommunal to‘lovlarni yangi kadastr kartasi orqali to‘lash imkoniyatini ta’kidlash mumkin, bu to‘lovlarni amalga oshirish jarayonini sezilarli darajada soddalashtiradi va kommunal instansiyalarning ish samaradorligini oshiradi.

Kommunal xizmatlarni mulk bilan bog‘liqligi ularni hisoblash va to‘lash sohasidagi islohotlarni o‘sishini ta’minlaydi va samaradorligini oshiradi.

Yangi namunadagi kadastr pasporti (plastik karta) amaldagi qog‘oz versiyaga nisbatan bir qator afzalliklarga ega:

- Saqlash uchun qulay va hujjatni qalbakilashtirish ehtimolini pasaytiradi;

-Karta o’z ichiga viloyat, shahar va tuman bo‘limlari bo‘yicha mulk egalarining ma’lumotlarini to‘liq hisobini olgan yagona bazani shakllantirish va tizimlashtirish imkoniyati yaratadi;

Old tomoni
Orqa tomoni

- Yangi namunadagi kadastr kartasi uchun chiqarilgan tizimni interaktiv davlat xizmatlariga ulash imkoniyati paydo bo‘ladi, bu qulayliklarni sezilarli darajada oshiradi hamda yuridik va jismoniy shaxslar uchun ortiqcha byurokratik jarayonlarni kamaytiradi;

- Banklardan kredit olish bilan bog‘liq byurokratik to‘siqlar(noqulayliklar)ni bartaraf etish, kredit olish uchun mulkni garov evaziga qulay kiritish imkoniyatini beradi;

-Yer uchastkalari, turar joy va noturar joylarning mulk egalarini qayd etish va soliqlarni hisoblash qulayligi, mulk ijarasidan soliqqa to‘lov amalga oshirish uchun tizimni soliq organlarining ma'lumotlar bazasiga integratsiya qilish imkoniyati vujudga keladi;

- Kommunal xizmatlar, soliqlar, davlat bojlari uchun to‘lovlarni qulay va to‘liq amalga oshirish uchun tizimni yagona billing tizimiga birlashtiradi;

- Notarial rasmiylashtirish, qayta rasmiylashtirish va boshqa eski namunadagi hujjatni talab qiladigan notarial operatsiyalarni bajarishda qulaylik yaratadi;

- Yangi namunadagi kadastr kartasi mulk va mulk egasi to‘g‘risidagi barcha zarur ma'lumotlarni o‘z ichiga oladi va davlat organlari bilan bog‘langan bo‘lib notarius tomonidan amalga oshiriladigan notarial operatsiyalarni bajarilishini osonlashtiradi;

-Davlat organlari xodimlari tomonidan tovlamachilikni istisno qilinishini (kamayishini) ta’kidlash mumkin.

Matbuot anjumani davomida ushbu kadastr pasportlarini chiqarish jarayoni amalda ko`rsatib berildi.

Kun tartibiga muvofiq Davlat kadastrlari, geodeziya va kartografiya milliy markazi direktori M.Valiyev 21 ta davlat kadastrlari haqida shuningdek

Tegishli qonun hujjatlarida davlat kadastrlari avtomatlashtirilgan geoaxborot tizimini yaratish va shu orqali ma'lumot almashinuvini ta'minlash belgilab qo‘yiglan bo‘lsada qariyb barcha davlat kadastrlari geoaxborot tizimlari joriy etilmaganligi;
Fanlar Akademiyasi Zoologiya, Botanika va Seysmologiya institutlari yetarlicha kompyuter va dasturiy ta'minot vositalari, moddiy texnika bazasi bilan ta'minlanganligi;

Vazirlik idoralardagi islohotlar natijasida yetkazib berish quvurlari, texnogen xavf yuqori bo‘lgan zonalar, energetika ob'yektlari davlat kadastrini tubdan isloh qilish zarurati mavjud ekanligi haqida alohida to'xtalib o'tdi.

Shu bilan birga matbuot anjumani davomida OAV xodimlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan tegishli javoblar berildi.