June 3, 2020

Rasmiy munosabat “Yashnab turgan daraxtzor o‘rnida do‘kon! Bog‘imiz payhon qilinsa, biz qanday oila boqamiz?..”

Xonqa tumani prokuraturasining 2020 yil 05 martdagi 24/-19 – sonli topshirig‘ida qayd qilingan Xonqa tumani , Olaja qishlog‘i, Oydin hayot mahallasida yashovchi fuqaro Masharipova Zulayho va boshqalarning o‘zlariga tegishli bo‘lgan binolari old tomonida tuman hokimligi tomonidan tadbirkorlik qilish uchun yer maydoni ajratib berilganligidan norozi bo‘lib yo‘llagan murojaatini o‘rganib chiqish natijasida, Xonqa tuman hokimining 2017 yil 30 oktyabrdagi 1368Q-sonli qaroriga asosan Xonqa tumani, Olaja qishlog‘i, Oydin hayot mahallasi hududidan fuqaro Erjanov Qodir Azamatovichga “savdo do‘koni” qurilishi uchun qishloq xo‘jaligi yer tarxining 251K-konturida 400 kv.metr yer maydoni ajratib berilgan.

Ushbu tuman hokimining 2017 yil 30 oktyabrdagi 1368Q-sonli qarori qabul qilinishida, o‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 25 fevraldagi 54-sonli qarori asos qilib olingan

Vaholonki o‘sha paytda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 07 oktyabrdagi “Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun tanlov asosida yer uchastkalari berish tartibotlarini va qurilish uchun ruxsatnomalar olish tartibini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 285- sonli qarori 2-bandiga asosan 2016 yil 1 yanvardan boshlab yuridik va jismoniy shaxslarga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun aholi punktlarida doimiy foydalanishga maydoni 1 gektargacha va 1 gektar bo‘lgan yer uchastkalari faqat tanlov asosida berilishi belgilangan

Tuman hokimining 2018 yil 28 iyundagi 1117Q-sonli qaroriga asosan Xonqa tumani, Olaja qishlog‘I, Oydin hayot mahallasi (Davlat dasturiga asosan) hududidan fuqaro O.Yaqubovga (fuqaroning ism sharifi to‘liq qayd qilinmagan) “Maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchasi “ qurilishi uchun 200,0 kv.metr yer maydoni ajratib berilgan

Ushbu tuman hokimining 2018 yil 29 iyundagi 1117Q-sonli qarori qabul qilinishida, O‘zbekiston Respublikasi vazirlar Mahkamasining 2013 yil 25 fevraldagi 54-sonli qarori asos qilib olingan va Davlat dasturiga asosan ajratilganligi qayd qilinib, aynan qaysi Davlat dasturi asoslanganligi ko‘rsatilmagan.

Tuman hokimligining 2018 yil 30 iyundagi 1122Q-sonli qaroriga asosan Xonqa tumani, Olaja qishlog‘i, oydin hayot mahallasi (Davlat dasturiga asosan) hududidan fuqaro Saidov Baxtiyorga “Savdo do‘koni va tikuvchilik sexi “ qurilishi uchun 200,0 kv.metr yer maydoni ajratib berilgan.

Ushbu tuman hokimining 2018 yil 30 iyundagi 1122Q-sonli qarori qabul qilinishida, O‘zbekiston Respublikasi vazirlar Mahkamasining 2013 yil 25 fevraldagi 54-sonli qarori asos qilib olingan va Davlat dasturiga asosan ajratilganligi qayd qilinib, aynan qaysi Davlat dasturi asoslanganligi ko‘rsatilmagan

Tuman hokimligining 2018 yil 31 avgustdagi 1456Q-sonli qaroriga asosan Xonqa tumani, Olaja qishlog‘i oydin hayot mahallasi hududidan fuqaro Bakiyeva Muqaddamga “Savdo do‘koni” qurilishi uchun 100,0 kv.metr yer maydoni ajratib berilgan.

Ushbu tuman hokimining 2018 yil 30 iyunidagi 1122Q-sonli qarori qabul qilinishida, O‘zbekiston Respublikasi vazirlar Mahkamasining 2013 yil 25 fevraldagi 54-sonli qarori hamda obod qishloq dasturi asos qilib olingan

Tuman hokimining 30.10.207 yildagi 1368Q-sonli, 28.06.2018 yildagi 1107Q-sonli, 29.06.2018 yildagi 11117Q-sonli, 29.06.2028 yildagi 117Q-sonli, 30.06.2028 yildagi 1122Q- sonli, 31.082018 yildagi 1456Q-sonli qarorlari qaror osti hujjatlari o‘rganilganda 4r-156 avtomobil yo‘li o‘tganligi sababli “Savdo do‘koni”, “Savdo do‘koni va tikuvchilik sexi”, “Maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchasi “