Yoshlar-sohamizni olg`a yetaklovchi g`oya egalari
Bugun, 27-yanvar kuni O`zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo`mitasi raisi A.Abdullayev qo`mita tizimidagi hududiy boshqarma, korxona va tashkilotlar Yoshlar ittifoqi boshlang`ich tashkiloti yetakchilari hamda sohadagi faoliyat olib borayotgan faol yoshlar bilan yoshlar bilan uchrashdi. Uchrashuvda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga yo’llagan murojaatnomasi hamda 2019-yil 27-dekabr kuni Yoshlar bilan o‘tkazgan yig‘ilishida ko’tarilgan masalalar va belgilab berilgan topshiriqlar kelajagimiz uchun muhim tarixiy ahamiyat kasb etib, mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga ko‘tarilishida asosiy poydevor bo’lib xizmat qilishi aytib o`tildi.
Qo`mita raisi bugungi kunda eng muhim yo‘nalishlardan biri axborot texnologiyalari sohaga tadbiq etish, geodeziya, kartografiya, kadastr, yer tuzish yo`nalishlarida yetuk kadrlar tayyorlash ekanini qayd etdi. Chunki, dunyo bo‘ylab kun sayin yangi va yangi nou-xaular yuzaga kelmoqda, jahon iqtisodiyotining raqamlashuvi va boshqa ko‘plab omillar texnologiyalar sohasi oldiga yuksak vazifalarni qo‘ymoqda.
Uchrashuvda yoshlarning tashubbuslari juda muhim ekanligi ta’kidlandi. Tizimda yoshlar bilan alohida ishlashning samarali tizimini yo‘lga qo‘yish kelajakda o`z samarasini beradi.
Muloqot davomida yoshlar tomonidan sohani rivojlantirishga oid takliflar, malakali kadrlar yetishtirishda ilm-fanning o`rni, sohada kelib chiqayotgan muammoli masalalar, kelajakda ko`zda tutilayotgan istiqbolli rejalar, sohaga investitsiyalarni jalb qilish kabi masalalar bo'yicha fikr-mulohazalar bildirildi.
Qo‘mita raisi Abdushukur Abdullayev yoshlar tomonidan bildirilgan tanqidiy mulohazalar yuzasidan iqtidorli yoshlarning takliflarini shaxsan o‘zi ko‘rib chiqishga tayyorligini, lozim topilsa, ularning amaliyotga joriy qilinishi ustida ish olib borilishini qayd etdi.
Shu bilan birga kelgusida barcha hududiy boshqarma, korxona va tashkilot rahbarlari “Rahbar va yoshlar” uchrashuvini muttasil tashkil etishi va yoshlarni qiynayotgan muammolarga yechim topishi hamda ularning g’oya va tashabbuslarini ro’yobga chiqarishi bo’yicha qo’mita nazorati o’rnatilishi ta’kidlandi.
Shu qatorda Davergeodezkadastr tizimida Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish yuzasidan 2020 yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi. 8 ta yo‘nalishdan iborat ushbu dasturda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishdan tortib, yosh rahbar kadrlarni tayyorlash, zahira kadrlar yaratish va ularni davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining mas'ul lavozimlariga tavsiya etish bo`yicha qator vazifalar belgilab olingani ma’lum qilindi.