Davyergeodezkadastr qo’mitasi tomonidan ilk marotaba tashkil etilgan markazlashtirilgan mini-futbol musobaqasi o’z nihoyasiga yetdi.
Joriy yilning 11-13 mart kunlari o’tkazilgan mini-futbol musobaqasi o’z nihoyasiga yetdi. Bugun ushbu turnirning final o’yinlari bo’lib o’tdi. Dastlab uchinchi o’rin uchun baxsga kirishgan Sirdaryo hamda Andijon o’yini kunni ochib berdi.
O’z harakatlari bilan o’yinga o’zgacha yo’nalish kiritgan Andijon jamoasi hisobni ochdi.
Hotirjamlik bilan o’yinni boshqargan Andijon jamoasi ikkinchi bo’limda ham yana bir gol urdi. Sirdaryo jamoasi ham bir nechta ajoyib vaziyatlarga erishdi ammo unumli foydalana olmadi.
Umumiy hisob 2:0 Andijon foydasiga. Shoxsupaning uchinchi pog’onasi vodiylik “Lochin”larga nasib qildi.
Shundan so’ng kunning markaziy o’yini Farg’ona va Namangan qo’mita kubogi uchun baxsni boshlashdi. O’yindan oldin ko’pchilikning fikri ham, statistik ma’lumotlar ham Namangan tarafda edi. Ammo Farg’ona jamoasi ham “shunchaki” finalga yetib kelishmaganini o’yin davomida isbotlashdi. Kutilganidek o’yinni Namangan jamoasi o’z qoliga oldi, ketma-ket hujumlardan so’ng Namanganliklar hisobni ochishdi va oldinga chiqib olishdi.
Oradan biroz vaqt o’tgach Namangan jamoasini hujumdagi xatosidan foydalangan Farg’onaliklar qarshi hujumga o’tishdi va vaziyatdan unumli foydalanib hisobni tenglashtirishdi. Shundan so’ng o’yin tempi yanada yuqori darajada bo’ldi. Namangan jamoasi tinimsiz zarbalar va hujumlar qila boshladi. Birinchi bo’lim tugashiga bir necha daqiqa qolganida Farg’ona jamoasi a'zosi Onarqulov Davlatning uzoq masofadan yo’llagan kuchli va aniq zarbasini qaytarish menimcha professional darvozabonlarni ham qiynab qoyardi. GOL… XISOB 2-1.
Ikkinchi bo’limga start berilgach ustunlik to’liq Namanganliklar qo’liga o’tdi. Juda ko’p hujumlar, kuchli zarbalar, chiroyli kombinatsiya, jamoaviy o’yin, ammo hisob o’sha o’sha, Farg’ona jamoasining bugungi irodasi kuchlilik qildi va himoyaviy o’yini Italiya terma jamoasining 2006 yilgi Jahon chempionati yodga soldi.
Ikkinchi bo’lim xisob o’zgargani yo’q, natijada Farg’ona 2-1 hisobi bilan 2020 yilgi qo’mita kubogi musobaqasining chempioni bo’lishdi. Shuningdek ko’chma kubokni “Yosh italyanlar” Farg’ona tomon baralla olib ketadigan bo’lishdi.
Bu yilgi chempionatda bunday o’yinlar bir-biridan ko’p bo’ldi Sirdaryo, Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy va ayniqsa Xorazm jamoalari ham keyingi bosqichga chiqish uchun ajoyib o’yinlar o’tkazdi. Shunisi aniqki keying turnirda Farg’ona bu chempionlikni ushlab qolish uchun judayam qiyin raqiblar kelishini inobatga olib qo’ysa yomon bo’lmasdi.