March 13, 2020

Mini futbol 2020: Taqdirlash marosimi ko’tarinki kayfiyatda!

G’oliblarni taqdirlash ajoyib va unutilmas tarzda boshlandi. Dastlab Davyergeodezkadastr qo’mitasi raisi o'rinbosari Habibullayev Sherzodxo’ja Habibullaxo’jayevich barcha sovrindorlarni tabriklab o’tdi.

Shundan so’ng bir qator ajoyib nominatsiyalar bo’yicha taqdirlash boshlandi.
Sport nafaqat yoshlarni balki yoshi kattalarni ham bellashtirdi. “Eng yoshi katta o’yinchi” nominatsiyasi g’olibi Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy tadqiqot instituti o’yinchisi Mirzambetov Abdurashid ega bo’ldi.

O’zining ajoyib o’yinlari, o’ziga xos uslubi bilan Qashqadaryo viloyati o’yinchisi Rajabov Azamat “Eng yosh o’yinchi” nominatsiyasi g’olibiga aylandi.

Darvozabonlar orasida eng yaxshi statistika: 6 ta o’yin, 2 ta gol o’tkazgan, quruq o’yinlari soni 4 ta bo’lgan Andijon jamoasi darvozaboni Mo’minov Fazliddin so’zsiz “Eng yaxshi darvozabon” nominatsiyasi g’olibi bo’ldi.

“Eng yaxshi himoyachi” nomitatsiya da’vogarlar ko’p boldi, biroq Buxoro jamoasi a’zosi Qurbonov Feruz o’ziga xos ustunligi, himoyadagi hatti-harakatlarini inobatga olgan holda bu nominatsiyaga eng mosi deb topildi.

Jamoaning chiroyli va natijalari o’yinlariga albatta murabbiyning xissasi katta, “Eng yaxshi murabbiy” nominatsiya Xorazm viloyati bosh murabbiyi Qurbonov Bekzodga tegishli bo’ldi. Xorazm jamoasining chempionat favoritlari Toshkent viloyatini yutgani va Andijon bilan ajoyib o’yinini alohida ta’kidlash joiz. Buning barchasi taktik o’yin va murabbiyning mehnati desak mubolag’a bo’lmaydi. Shuni inobatga olgan holda ushbu nominatsiya Xorazm tomon yo’l oldi.

Bu chempionat ajoyib va chiroyla gollarga boy boldi. “Eng yaxshi hujumchi” nominatsiyasi egasi Namangan jamoasi hujumchisi Ergashev Nozimjon maydondagi mehnatining tozaligi, shijoati bilan qolgan jamoalarning himoyachilariga bosh og’riq bo’ldi va musobaqa davomida 12 ta gol urib boshqa hujumchilarga o'ziga yetib olishga imkon bermadi.


Shuningdek, a’lo darajali ishtiroki va esda qolarli o’yinlari uchun Navoiy viloyati ham taqdirlandi.
Shundan so’ng asosiy taqdirlashlarga o’tildi.
Sirdaryo viloyati “Munosib ishtiroki uchun” ajoyib sovg’alar bilan taqdirlandi.

Uchinchi o’rin sohiblari Andijon viloyati “Anjancha” o’yinlari bilan hammaning yodida qoldi va qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlandi.

Go’lib bo’la olmagan bo’lsada lekin g’oliblardan kam bo’lmagan o’yin ko’rsatgan Namangan jamoasi faxrli ikkinchi o’rin bilan taqdirlandi.

2020 yil CHEMPIONLARI Farg’ona viloyatini esa biz chin qalbimizdan tabriklaymiz va kelgusida yanada zafarlar tilab qolamiz.