January 27, 2020

Yoshlar-sohamizni olg`a yetaklovchi g`oya egalari

Bugun, 27-yanvar kuni O`zbekiston Respiblikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlatkadastri davlat qo`mitasi raisi A.Abdullayev qo`mita tizimidagi hududiy boshqarma, korxona va tashkilotlar Yoshlar ittifoqi boshlang`ich tashkiloti yetakchilari hamda sohadagi faoliyat olib borayotgan faol yoshlar bilan yoshlar bilan uchrashdi. Uchrashuvda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil 27-dekabr kuni Yoshlar bilan o‘tkazgan yig‘ilishi muhim tarixiy ahamiyat kasb etib, mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati yangi bosqichga ko‘tarilgani aytib o`tildi.

Qo`mita raisi bugungi kunda eng muhim yo‘nalishlardan biri axborot texnologiyalari sohaga tadbiq etish, geodeziya, kartografiya, kadastr, yer tuzish yo`nalishlarida yetuk kadrlar tayyorlash ekanini qayd etildi. Chunki, dunyo bo‘ylab kun sayin yangi va yangi nou-xaular yuzaga kelmoqda, jahon iqtisodiyotining raqamlashuvi va boshqa ko‘plab omillar texnologiyalar sohasi oldiga yuksak vazifalarni qo‘ymoqda.

Uchrashuvda yoshlarning tashubbuslari juda muhim ekanligi ta’kidlandi. Tizimda yoshlar bilan alohida ishlashning samarali tizimini yo‘lga qo‘yish kelajakda o`z samarasini beradi.

Muloqot davomida yoshlar tomonidan sohani rivojlantirishga oid takliflar, malakali kadrlar yetishtirishda ilm-fan o`rni, sohada kelib chiqayotgan muammoli masalalar, kelajakda ko`zda tutilayotgan istiqbolli rejalar, sohaga investitsiyalarni jalb qilish masalalari bo'yicha fikr- mulohazalar bildirildi. Qo‘mita raisi Abdushukur Abdullayev ular tomonidan bildirilgan tanqidiy mulohazalar yuzasidan iqtidorli yoshlarning takliflarini shaxsan o‘zi ko‘rib chiqishga tayyorligini, lozim topilsa, ularning amaliyotga joriy qilinishi ustida ish olib borilishini qayd etdi.

Shu qatorda Davergeodezkadastr tizimida Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish yuzasidan 2020 yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi. 8 ta yo‘nalishdan iborat ushbu dasturda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishdan tortib, yosh rahbar kadrlarni tayyorlash, zahira kadrlar yaratish va ularni davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining mas'ul lavozimlariga tavsiya etishga jami 23 ta band bo‘yicha vazifalar belgilab olingan.