Yoshlar- katta kuch
Bugun, 18 fevral kuni O`zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo`mitasi raisi A.Abdullayev Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining talaba yoshlari bilan uchrashuvi bo`lib o`tdi. Mazkur uchrashuvda O’zbekiston Yoshlar ittifoqi markaziy kengashi, institut rahbariyati va 600 dan ortiq talaba yoshlar ishtirok etdi.
Bugungi kunda geodeziya, kartografiya, kadastr, yer tuzish yo`nalishlarida yetuk kadrlarni tayyorlashda ilm-fan muhim o’rin tutadi. Har bir inson o’zini qiziqtirgan yo’nalishda faoliyat olib borsa, u shu sohani yetuk mutaxassisi bo’lib, yangi marralarni albatta zabt etadi. Hozirgi kunda sohani rivojlantirishda an’anaviy uslubdagi faoliyatiga yangicha yondashish bo’yicha fikrlar beradigan yoshlarni biz har doim qo’llab quvvatlaymiz. Yoshlar-katta kuchdir.
Davyergeodezkadastr qo’mitasi raisi A.Abdullayev
Uchrashuvda qo’mita raisi yoshlarning tashubbuslari juda muhim ekanligi ta’kidlab o’tdi. Shu qatorda yoshlar bilan ochiq muloqotda Yer resurslarini boshqarish fakulteti yoshlari:
- talabalarni korxona va tashkilotlarda o’quv yili davomida amaliyot darslarini tashkil etish, malakali mutaxassislar tomonidan alohida ochiq darslarda soha sirlarini o’rganib borish kabi masalalar;
-joriy etilgan “Yerelektron” axborot tizimiga yangi aspektlarni qo’shish, tizim faoliyatini yanada muvofiqlashtirilishiga turtki bo’lishi;
-institutda olib boriladigan amaliyot darslarida yangi, zamonaviy geodezik asboblardan foydalanish, oliygoh bitiruvchilarini ishga joylashganidan so’ng o’z kasbini mukammal bilishiga asosiy sabab bo’lishi hamda sohani rivojlantirishga oid takliflar va fikr-mulohazalar bildirildi.
Uchrashuv davomida Davyergeodezkadastr qo'mitasi Yoshlar ittifoqi yetakchilar kengashi raisi N.Atamuratov so'zga chiqib, Qo'mita va Yoshlar ittifoqi markaziy kengashi tomonidan imzolangan "2020 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish dasturi" doirasida yoshlarni qo'llab quvvatlash uchun qo'mita tomonidan 2020 yilda yarim milliard so'm miqdorida mablag' ajratilgani aytib o'tildi.
Ushbu mablag'lar iqtidorli yoshlar o'rtasida o'tkaziladigan bir qator ko'rik tanlovlarga yo'naltirilishi bo'yicha ma'lumot berilib, yoshlarni mazkur tanlovlarda faol ishtirok etishga chorladi. Shuningdek oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan iqtidorli, faol talabalar uchun "Qo'mita stipendiyasi"ni joriy etish taklifini ilgari surdi.
Qo‘mita raisi Abdushukur Abdullayev yoshlar tomonidan bildirilgan tanqidiy mulohazalar yuzasidan iqtidorli yoshlarning takliflarini shaxsan o‘zi ko‘rib chiqishga tayyorligini, lozim topilsa, ularning amaliyotga joriy qilinishi ustida ish olib borilishini qayd etdi.