February 27, 2020

“Samarali PR-xizmat: zamonaviy tendensiyalar va zaruriy ko’nikmalar” mavzusidagi 3 kunlik seminar-trening o'z nixoyasiga yetdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta'minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g'risida” 4366-son qarori bo‘yicha bugungi kunda davlat organlarining axborot xizmatlari jadal rivojlanib bormoqda.

Qo'mita tizimidagi hududiy boshqarmalar, korxona va tashkilotlar axborot xizmatini yanada rivojlantirish, ish salohiyatini oshirish, fuqarolarning huquqiy ongini oshirish maqsadida targ'ibot ishlarini amalga oshirish bo'yicha qo'mita axborot xizmati hamda qo’mitaning Jahon banki bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “O’zbekistonda ko’chmas mulkni ro’yxatga olish va kadastr tizimini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida joriy yilning

24-26-fevral kunlari “Samarali PR-xizmat: zamonaviy tendensiyalar va zaruriy ko’nikmalar” mavzusidagi 3 kunlik seminar-treningi bo'lib o'tdi.

3 kun davom etgan seminar-treningda tizimdagi barcha axborot xizmati xodimlari PR-bo‘lim va PR-menedjer: faoliyatni tashkil qilish, asosiy funksiyalar, PR-kopirayting: press-reliz, maqola, intervyu, tarixlar keysi, SMM: zamonaviy trendlar bo'yicha o'z malakalarini oshirdilar. Ishtirokchilar nazariy bilimlar bilan bir qatorda Ijtimoiy tarmoqlarda kontent turlari, ilgari surish va reklama, nashrlarni yaratish va ilgari surish, kuzatib borish bo`yicha amaliy ko'nikmalarga ega bo'ldilar.

Bu turkum treninglar Axborot xizmati xodimlarini malakasini oshirishga va yangi ko'nikmalar bilan tanishishga yordamlashadi. Axborot xizmati bilan hamma ham ishlay olmaydi, Axborot xizmatida ishlaydigan shaxs kommunikator bo'lishi kerak. Axborot xizmati xodimi hindlarning Shiva mabudi singari ko'p qo'lli bo'lishi kerak. Xuddi 10 lab qo'li bor kadrdek: krizis menejment bilan, spichrayterlik, imij meykerlik va jurnalistika bilan ham shug'ullanishi kerak.

Gulnora Nishonova

3 kun davom etgan seminar-trening yakunida ishtirokchilarga Qo`mita raisi o`rinbosari Sherzodxo`ja Habibullayev tomonidan maxsus sertifikatlar topshirildi.