May 14, 2020

Gibrid turdagi muqobil energiya manbai

O‘zbekistonda jami yaylov yerlar 21 mln 15 ming 786 gektarni tashkil etadi. Ularga to’liq suv chiqarishning imkoni bo‘lmaganligi uchun bugun aksariyat qismidan qishloq xo’jaligi yo’nalishida foydalanilmaydi.

Lalmi va yaylov yerlaridan faqatgina yer osti suvlarini chiqargan holda foydalanish mumkin. Ushbu holatda yana bir muammo paydo bo‘ladi. Yer ostidagi suvni chiqarib olish uchun nasos ishlatish kerak. Nasos ishlashi uchun elektr energiyasi zarur bo‘ladi. Elektr energiyasi esa barcha yaylov yerlariga yetib bormagan. Elektr tarmog‘ini lalmi va yaylov yer maydonlariga tortib borish xarajatlari fermerlar uchun qimmatlik qiladi.

Davergeodezkadastr qo‘mitasi ushbu muammoni yechuvchi yangi innovatsion texnologiyani Jizzax viloyati, Forish tumanida tajriba sinovidan o‘tkazmoqda.

Mazkur texnologiya “Gibrid turdagi muqobil energiya manbai” moduli bo‘lib, asosan yer osti suvlaridan foydalanib tomchilatib sug‘orishni joriy qilgan holda lalmi va yaylov yer maydonlarini o‘zlashtirib, intensiv bog‘ va tokzorlarni barpo qilib yerlardan samarali foydalanishdan iboratdir. Asosan bog‘ va tokzorlarni yaylovli hududlarda tomchilab sug‘orishni yana-da rivojlantirish maqsadida qo‘llaniladi.

Gibrid turdagi muqobil energiya manbai quyosh paneli va shamol generatoridan iborat bo‘lib, 1 kunda 16-18 soat elektr toki bilan taʼminlash imkoniyatiga ega, Forish tumanida kechki paytda yaylov yerlarida shamol kuchli bo‘lgani uchun, shamol generatori o‘rnatilgan. Aksariyat hollarda elektr toki bilan shamol generatori taʼminlab beradi. Quyosh hamda shamol bo‘lmaganda, qurilmaga o‘rnatilgan maxsus akkamulatorlar 4-5 soat uzlukiz elektr-toki bilan taʼminlaydi. Qurilma yer osti suvlaridan foydalangan holda ekinlarni uzluksiz tomchilab sug‘orish uchun mo‘ljallangan.       

Quyosh batareyasining juda ham qulay tomoni elektr taʼminoti bo‘lmagan kunlarda 35 gektar yer maydoni sug‘oriladi. Agarda mazkur texnologiyadan keng ko‘lamda foydalanilsa 70 gektar yer maydonini sug‘orish mumkin. Forish tumanida asosiy muammo suv muammosidir. Oldinlari 1 ta quduqdan 5 gerktar yer maydonini 5-10 kun muddatda sug‘orilgan bo‘lsa, hozirda 35 gektar yer maydoni 1 kunda sug‘orilmoqda.

Bu hali boshlanishi, bu kabi samarali ishlar butun respublikamizning barcha lalmi va yaylov yerlarida qo‘llash hamda qurilmani mahalliylashtirish rejalashtirilgan.

O‘zbekistonning zamonaviy qurilmalar va qishloq xo‘jaligiga bo‘lgan ahamiyatini yana-da oshirish bo‘yicha muntazam tarzda oldinga qarab yurishni davom etmoqda. Biz ishonamiz, biz buni his qilamiz, albatta yurtimizda bu kabi o‘zgarishlar davom etaveradi.