Навоий вилояти ИИБ ЖХХ ЙҲХБ
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2022-yil 31-iyuldagi ichki ishlar organlarida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz!” shiori ostida “Vatanaparvarlik oyligi”ni o‘tkazish to‘g‘risida”gi farmoyishi asosida ichki ishlar organlari tizimida joriy yilning 1-avgustidan 1-sentyabriga qadar boshqarma JXX YHXBning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari tomonidan 2022-yil 20-avgust kuni amalga oshirilgan ishlar yuzasidan
“Shaxmat — shunchaki o‘yin emas. Bu vaqt o‘tkazishning ma’lum darajada badiiylik va ilmiylikka asoslangan intellektual foydali usuli. Jismoniy mukammallik uchun sport qanchalik muhim bo‘lsa, aqliy salohiyat uchun shaxmat shunchalik muhimdir. U insonlarga xos bo‘lgan alohida xususiyatlarni rivojlantirish va aqlni mashq qildirishning qiziqarli hamda qulay yo‘lidir”.
Albatta, har birimiz o‘z farzandlarimizning hayotda barcha qiyinchiliklarni yengib o‘ta oladigan, oldiga qo‘ygan maqsadlariga mustaqil yetishadigan bo‘lib ulg‘ayishini istaymiz. Biroq qanday qilib ularda ijodkorlikka ishtiyoq uyg‘otish va mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirish mumkin?
Bu savolga har bir oilada turlicha yechim topiladi. Kimdir o‘z farzandini raqs to‘garagiga yo‘naltirsa, kimdir tennis yoki gimnastika mashg‘uotlariga olib boradi. Boshqa birov bolasini texnik ijodiyot bilan shug‘ullanishga jalb qiladi. Bunday variantlar ko‘p. Ammo hammaning ham farzandining qimmat seksiyalarga borib-kelishini ta’minlashga qurbi yetmaydi. Xo‘sh, kam daromadli oilalar o‘z bolasining vaqti bekorga sarf bo‘lmasligi uchun nima qilishi kerak? Bunda eng yaxshi usullardan biri shaxmatga o‘rgatishdir!
Bu ajoyib qadimiy o‘yin Navoiy viloyati IIB JXX YHXB xodimlariga katta quvonch bag‘ishlash bilan birga aqliy rivojida muhim ahamiyat kasb etadi. Shaxmat xodimlar dunyoqarashini kengaytirib, uni o‘ylashga, fikrlashga, eslab qolishga, taqqoslashga, kelajakni oldindan ko‘ra olish va xulosa qilishga o‘rgatadi. Shuningdek, shaxmat o‘ynagan xodim e’tibor, qat’iyat, iroda, o‘z-o‘ziga tanqid va mustaqil xulosa qilish qobiliyatlari shakllanadi. Ayniqsa, giperfaol (bir joyda o‘tira olmaydigan) xodimlar shaxmatga qiziqtirish juda foydalidir.
Bu sport turi haqida xodimlarga ilk ma’lumotlarni ota-onalar berishi kerak. Misol uchun, “shaxmat” “shoh” va “mot” so‘zlaridan yasalgani, “mat” arabchada “umri tugadi” degan ma’noni bildirishini, donalarning maqsadi shohni himoya qilish ekanligi, farzin — eng kuchli dona ekanligini, har bir figura qanday yurishini o‘rgatish ularning ishi. Agar kattalarning o‘zi shaxmatni bilmasa, hozirda bu o‘yinni mustaqil o‘rganish bo‘yicha ko‘plab qo‘llanmalar mavjud.
Ko‘pchilik akademiklar, olimlar, shuningdek, hozirda matematika, iqtisod va boshqa fanlardan salohiyati yuqori bo‘lgan xodimlar bolaligidan shaxmat o‘ynashga qiziqqanligi ma’lum.
Shunday ekan, hurmatli xodimlar nafaqat chiroyli, sog‘lom bo‘lishini, balki aqlli, mantiqiy tasavvurga ega bo‘lishlari uchun doimiy ravishda shaxmat uyinlari tashkil etib boriladi.