Mening Sevgilim Qotil🩸🐈⬛
Suli hayrat ila eshikka qaradi. Jimin shaxdam qadamlar bilan sudyani oldiga yurib keldida, ta'zim qildi.
-Aybga buyurmaysiz biroz kechikdim, yo'lda ushlanib qoldim)Jimin
-Yaxshi, sudni boshlaymiz)Sudya. Bu gapdan so'ng Yisu minbarga(So'roq qilinadigan joy) chiqdi. Jimin uning yoniga bordi va sinchiklab uni kuzata boshladi.
-Kim Yisu Kan Myonsukni o'ldirishdan maqsad nima edi. Haqiqatni aytsangiz o'zingizga yaxshi.)Jimin
-Men uni o'ldirmadim!
-Xo'shsh, siz o'sha kuni marhum bilan birga edingiz. Marhum aynan suvga yiqilganda siz tentaknoma kulgansiz. Hurmatli sudya mana dalillar)Jimin Sudyaning yordamchisiga "chip" berdi. Buni ular kompyuterga tiqib vedioni ko'rsatdi. Vedioda Myonsuk suvga yiqilgandan so'ng Yisuni xandon otib kulgani bor edi,xolos. Uning keyingi qo'rquv holatlari, suvga o'zini otib qancha qiyin bo'lsada Myonsuk olib chiqqanlari vedioda yuq edi.
-Janob Sudya, mijozim Kim Yisu Kan Myonsuk bilan 3 yildan buyon yaqin munosabatlarda bo'lgan, Yisu uni o'ldirgan bo'lishi mumkin emas.)Suli
-Unda bular qabul qilinmaydi. Siz davom etishingiz mumkin.)Sudya Jimin tomon yuzlandi.
-Hurmatli Sudya Suli xonim aytganidek, ular 3 yildan buyon yaqin munosabatlarda. Aynan marhum ham 3 yildan buyon kuchsiz zahar bilan zaharlanib kelgan. Mana sud eksperditsiya natijalari.)Jimin unga sud eksperditsiya natijalarini uzatdi.
-Bizda hech qanday gap yuq)Suli. Sulining bu gapidan so'ng Yisu Suliga qaradi. Suli undan ko'zini olib qochdi. Yisu so'ng Jungkookka qaradi. Jungkook esa boshini egib oldi. Shunda tushundiki, yana botqoqlikda bir o'zi qolib ketdi. Ichida yana bir bor osmonlari quladi. U shunchaki yuzini egib oldi.
-Sud sizni 30daqiqadan so'ng chaqiradi va hukm eshittiriladi.)Bu gaplardan so'ng Yisuni olib chiqib keta boshladi. Yisu yana nogahon Jungkookka qaradi. Jungkook esa hali ham yer chizib o'tirardi. Hamma tashqarida sud hukmini kuta boshladi.
-Hey Park Jimin!)Ortidan tanish ovozni eshitib Jimin ortiga o'girildi.
-Salom Suli, qalaysan. Ko'rishmaganimizga ancha bo'ldi.
-Sen advokatlikdan ketmaganmiding?Adashmasam biznes sohasini tanlaganding?)Suli unga qoshlarini chimirib qarab turardi. Buni ko'rib Jimin tirjaydi. Uning tirjayganini ko'rib Suli ham tirjaydi va uni borib quchdi. Ularni uzoqda ko'rgan Jungkook negadir Sulini korib nafratlanib ketdi.
-Nima endi advokatlik qilolmaymanmi? Bilsang Londonda advokatlik ham qildim, kelganimga esa 1oy bo'ldi va Kim Yisuning ham ishi menga tushdi. Bu safar seni yutaman)Jimin o'zidan mamnun bo'lib kostyumini qoqib qo'ydi.
-Bizga birinchi emas oxirgi g'oliblik kerak!)Suli unga qarab jiddiy tortdi.
Jimin
Barcha sud hukmini kutib turardi.
Sud hukm qiladi:Kim Yisu Kan Myonsuk o'limida aybdor etib topilsin.Hamda 10yil ozodlikdan mahrum etilsin.)Sudya chiqib ketdi. Yisu qamoqqa olib ketildi. Suli ilojsiz qoldi. Jungkook vadasini bajara olmadi. Jimin Sulini yutgandan xursand....
Yisu pov~
Yana bir bor aybsiz aybdor bo'ldim. Qachongacha yemagan taomim uchun pul to'layman. Meni ham tushunadigan inson qoldimi,o'zi?! Charchab ketdim, oyoqlarim yurishni xohlamyabdi.Ular allaqachon yengilgan. Ko'zlarim yumilishni xohlaydi. Ularni bu dunyoni ko'rgisi yo'q.Umidim meni tashlab ketyabdi.Tanam kerak emas deyabdi. "Barchasidan to'ydim, ruhing mendan ketsin!" deyabdi. Men nima qilay. Yuragimni allaqayerida ham umid qolmadi. Nega meni tashlab ketdilar bu vaxshiy hayotda da!!!
Yisu qamoqqa keldi. Albatta, uni boshida yaxshi kutib olishmadi. Ba'zilar esa xuddi uni kutib turgandek bir nimalarni rejalashtirishni boshladi.
Yisu jimgina o'ziga ajratilgan joyda oyoqlarini quchib o'tirar edi. Shunda uni yoniga yoshi 4lar atrofidagi qiz kelib uning yuzini ushladi.Bunday holatdan so'ng Yisu asta boshini ko'tardi.
-Xolajon, sizni kim xafa qildi?)Mina
-...Hayot!
-Oyimga aytaman, Hayotni adabini berib qo'yadi. Oyim xafa qilganlarni yomon ko'radi. U ,albatta, Hayotni adabini berib qo'yadi.)Minaning bu gaplaridan so'ng Yisu ko'zlari qizarib uni quchib oldi.
-Xolajon, nega yig'layabsiz? Hayot juda yomonmi?)Mina yana Yisuni yuzidan ushlab oldi.
-Aneee, hayot yaxshi! U endi oz bo'lsada yaxshi!)Yisu yig'lab Minaning qo'llaridan o'pib qo'ydi.Shu payt tashqaridan Minaning oyisi uni chaqira boshladi. Buni eshitib Mina Yisuning ortiga berkinib oldi. Bundan Yusuning yuziga biroz kulgu yugurdi.
-Nega bekinyabsan?
-Men zerikib ketdim. Oyim esa men bilan o'ynamayabdi. Shunga qochib chiqdim.
-Istaysanmi...men sen bilan o'ynayman?)By taklifdan so'ng Minaning yuzi yorishib ketdi va Yisuni quchib oldi.
~Janob, Yisu qamaldi.Endi nima qilamiz?
~O'sha yerda biroz qiynalsin.Keyin rejadagidek harakat qiling
~Hop
-Mana shu 1 oy ichida barcha olgan ishlarimni bekor qil)Suli ish joyiga kelishi bilan Mingyuga dag'-dag'a qildi.
-Ammo bir mijozdan hatto tovon puli ham olingan?
-Nega ish hal bo'lmasi tovonni olasan?!)Suli unga qarab pishqirib berdi.
-Boshliq olishni buyurdi,shunga olaverdik!
-Olgan bo'lsangiz qaytar,ammo,menga hech qanaqa mijoz olma!
-Uning sudi 1haftadan keyin
-Men senga nima dedim?!
-Yaxshi)Mingyu chiqib ketar ekan, Suli ortidan"Menga har doimgidek Ekspresso" dedi.
Avtor pov~
Suli kechagidek tuni bilan ishxonada qoldi. U tuni bilan faqatgina Myonsuk suvga yiqilgan vedioni ko'rib chiqdi. Mingyuga ham javob berib yubordi.
Ertangi kun.
Suli stul ustida uxlab qolgani uchun hamma joyi qotib qolgandi. U qo'llarini kerdi va o'zi uchun qahva olish uchun xonasidan chiqib ketdi.
Auksion allaqachon boshlanib ketgan. Raqobat juda qizg'in kechar edi. Raqobatdan asta-sekin insonlar chiqib keta boshladi va oxirida Park Jimin va Kim Taehyung qoldi.
-11million dollar)Park Jimin
-11.5million dollar)Kim Taehyung
-11.5million dollar 1...2...
-13million dollar)Park Jimin
-15million dollar)Kim Taehyung. Buncha miqdordan so'ng Minu Taehyungni turtdi.
-Shaxsiy hisobdan oling!)Taehyung
-15million dollar 1....2....3 Sotildi. "Kannin" kompaniyasining aksiyalari Kim Taehyungga sotildi.)Bu so'zlar yangragach hamma qarsak chaldi...
Barcha tarqashni boshlagan. Taehyung ham hujjatlarni rasmiylashtirib uyga qaytishni ko'zlayotgandi.Ayni damda u ham 2kundab beri mijja qoqmagan. U uyga ketishni juda xohlayabdi.
-Salom)Taehyung ortidan kelgan ovozdan ortga qaradi
-Salom?
-Park Jimin
-Ha Kim Taehyung)Ular qo'l berib ko'rishdi.
-Tabriklayman
-Rahmat. Uzr men ketishim kerak edi. )Taehyung shundag deya bu yerni tark etdi.
Suli bugun ham xonadan chiqmay faqat Myonsuk suvga yiqilgan vedio tasvirni tomosha qilib o'tiribdi. Ayni damda u vedio oxirida uni to'xtatdi va unga yaqinroq qaradi. Bir nimani sezgan Yisu sumkasini olib xonadan chiqar ekan, Mingyuning "Sizni boshliq chaqiryabdi" degan gapidan so'ng yo'nalishini boshlig'ining xonasi tomon o'zgartirdi.
Suli xonaga kirib kelar ekan, yuziga bir tutam hujjatlar uchib keldi. Uning asablari buzilib boshlig'i tomon yuzlanar ekan, boshlig'i ham u tomon qarab ho'mraydi.
-Bu nima?
-Nima ekan?)Suli qat'iy ohangda boshlig'iga tik qarab gapirdi.
-Nega mijozlarni rad etding!
-Ayni damda, men boshqa mijozimning ishi ustida ishlayabman!
-Suli,sen bu sudda yutqazding.Buni tan ol va boshqa mijozlar bilan shug'ullan.
-Unday qilmayman!
-Nima deding?
-Janob, axir bu Kan Myonsuk sudi. Esingizda bo'lsa shu shirkatni ochishda ham o'sha inson yordam bergan. Hozir esa uning sevgani aybsiz aybdor. Men uni qutqarishim kerak.
-O'lgan odam o'lib ketdi! Men hech narsa qila olmayman. Shunchaki ularga hamdardman! Uning sevganiga kelsak, agar u o'ldirmaganida hozir u qamoqda emas ozodlikka bo'lardi!Endi esa sen ham ish joyingga qayt va boshqa mijozlar bilan shug'ullan!
-Yaxshi, unda arizangni yoz! Ishdan bo'shatilding.)Suli hech qanday ikkilanishsiz arizasini yozdi va boshlig'iga tutqazdi. Bunday javobni kutmagan boshlig'i esankirab qoldi.
Suli ishdan chiqdi-da, to'g'ri uyiga bordi. Ayni damda u juda charchagan va u shirin ovqat va uyquga muhtoj. U uyiga kirib kelar ekan, chiroqlar o'chiqligidan "Taehyung hali kelmabdi" deb xonasiga kirib dush qabul qilib chiqdi va pasga tushib o'ziga qahva tayyorlay boshladi. Shu payt beliga o'ralgan qo'llardan biroz seskanib ketdi.
-Qo'rqitib yubordimmi? Taehyung iyagini Sulining yelkasiga qo'yib, ko'zlarini yumib gapira boshladi.
-Anee, behosdan bunday harakat uchun biroz seskandim. Biror narsa ichasizmi? Sizga ham qahva tayyorlaymi?
-Shu kunlarda qahvani ko'p ichib yubormadingmi?)Taehyung hali ham shu turishda Sulining ko'p qahva ichishini bilib savol berdi.
-Ha, rostan ham ko'p ichdim
-Qahva tayyorlama, qand miqdoring oshib ketishi mumkin
-Aniii, hech narsa bo'lmaydi. Taehyung
-immm)Taehyung
-Ikki kun uyga kelmaganimdan xafa bo'lmadiz shundaymi? Sizga xabar ham bera olmadim. Ishxonada edim va men Yisuni ishini yutqazdim)Taehyung bu gaplardan so'ng Sulini qo'yib yuborib o'ziga qaratdi. Suli esa boshini egib oldi.
-Hmm bunaqasi ketmaydi. Charchaganing yuzingdan bilinib turibdi. Hozir ikkimiz ham xonamizga chiqib dam olamiz, so'ngra barchasini gaplashamiz)Taehyung gaplaridan so'ng Suli boshini "Hop" deya chayqadi.
-Siz boravering,men mana bularni yig'ishtirib boraman)Sulining gaplariga Taehyung "Yaxshi" deya tepaga chiqib ketdi. Suli ham oshxonani yig'ishtirib,uning ortidan xonasiga chiqdi. Suli xonaga kirar ekan, Taehyung ham kiyimlarini almashtirib chiqqandi. Ikkisi ham hozirdaa muhtoj bo'lgan divaniga borib yotdi. Taehyung Sulini issiq quchog'iga tortdi va ikkisi ham juda charchaganligi tufayli shirin bosalar bilan uxlab qoldi...