Mening Sevgilim Qotil🩸
-Park Jimin?!
-Ha, aynan o'sha sudda yutib chiqdi)Suli gapirdida,og'ziga taomini soldi. Taehyung ham biroz o'ylanib turdi-da, shartda qoshig'ini stolga qo'ydi.
-Axir, u biznesmen emasmi?Chunki kecha u men ham auksionda qatnashdi!)Taehyung ajablanib Suliga qarab o'tirardi.
-Ha, u ham biznesmen,ham advokat. Otasi tufayli advokaturada o'qidi,biroq o'zining orzulari sababli biznesmenlikka kirgandi, endi nega yana advokatlikni xohlab qolganini men ham bilmayman?! )Sulining javobidan so'ng Taehyungning qoshlari asta chimira boshladi.
-Sen bularni qayerdan bilasan?)Suli endi og'ziga solayotgan taomini hafsala bilan likopchaga qaytarib soldi va chuqur xo'rsinib Taehyungga qaradi.
-U mening....
-Xo'sh, sening..?)Taehyung negadir qaqshab ketganini his qildi va stakandagi suvni icha boshladi
-Mening birinchi sevgim bo'lgan, desam ishonasizmi?)Sulining gapidan so'ng Taehyung endi ichayotgan suvida tiqilib qoldi. Bu holatdan Suli xonani to'ldirib kulib yubordi.
-Hahaha, u mening sinfdoshim va kursdoshim bo'lgan, Yuqori maktabda va universitetda birga o'qiganmiz)Suli hali ham kulib gapirardi, Taehyung asta yuzini salfetka bilan artdi-da, hafsala bilan stolga tashladi.
-Shu gapni oddiy aytishni iloji yo'qmidi?
-🤣🤣🤣🤣
-Hahaha, juda kulgili!)Taehyung ensasini qotirib yana taomlana boshladi. Suli ham ovqatini bir ikki chuqaladida, qoshig'ini tars etib stolga tashladi. Ovqatlanayotgan Taehyung bunday e'tibor bermay, ishida davom etdi.
-Taehyung, bularni barchasi juda shubhali!)Taehyung og'zini artdi-da, Suliga qaradi.
-Aynan qaysi biri?
-Barcha-barchasi,aslini olganda sud eksperditsiyasi chiqqandan so'ng kamida 1oydan so'ng sud bo'lishi kerak edi, lekin Yisuniki umuman boshqacha bo'ldi. Yana aynan Sud va auksion bir kunda to'g'ri kelib qolganligi uchun u bir kunga surildi. Yana Yisuning ishi hal bo'lmasdan ,avval, uning mol-mulki musodara qilindi. Hamda auksionga aynan "Kannin" kompaniyasining aksiyalari qo'yildi, har holda Myonsukning 10dan oshiq kompaniyalari bor edi. Biz bilan juda katta o'yin o'ynayabdi kim bo'lsa ham. Men ularni topaman va singlimni bunday azoblarga duchor qilgani uchun ,albatta, tovon to'lataman)Suli berilib gapirar ekan, Taehyung unga tikilib qoldi. Balki bu Sulining birinchi hor "Singlim" so'zini tilga olgani uchundir...
-Nega unday qarayabsiz?)Suli gapirishdan to'xtab turmush o'rtog'iga savol berdi.
-Ha, sen gapirgan gaplarni o'ylayabman. Ha yana"Kannin" kompaniyasining aksiyalari musodara qilinishini sababi adashmasam,Yisuni nomida undan boshqa kompaniya yo'q. Qolgan kompaniyalardan 5tasi Nina xola nomida, yana 6tasi esa oilasi nomida)Taehyung. Bu gaplardan so'ng Suli o'rnidan turib, xonasi tomon keta boshladi.
-Oxirgi marta Yisu va Myonsuk borgan dala hovliga borishim kerak)Suli ortiga qaramay gapirdi.
-Siz yaxshisi, stolni yig'ishtirib oling.)Suli soxta jilmayish va kesatiq bilan gapirib tepaga chiqib ketdi.
-Uning kayfiyati, Koreya ob-havosidan ham tez o'zgaradi. Sudda yutqazgani esiga tushib ketdi, shekilli.Aishshsh, stol ham menga qoldi!!)Taehyung nolib o'rnidan turdi-da, stolni yig'ishtira boshladi.
-Janob, Yisu qamaldi, ammo, uning advokati Park Suli sudga yana apelatsiya topshiradi deyishyabdi, balki.uni qo'rqitib qo'yarmiz?)Yordamchi
-Hmmm, mayli faqat qo'rqiting, ammo, unga ziyon yetkazmang!)X kishi
-Hop bo'ladi)Yordamchi ta'zim qilib chiqib ketdi.
-Mina, qayerdasan?)Yisu bilan berkinmachoq o'ynashga kelishgan Minani Yisu torgina joydan yarim soatdan beri qidirardi. U ikkinchi qavatning pasidan o'tarkan, tepadan ustiga bir uyim "mazg'ava" to'kildi. YIsu hozir bo'lgan voqeani miyasida tahlil qilishga urinar chog'ida, tepada hiring-hiring allaqachon boshlanib ketgandi. O'ziga nisbatan qilingan nohaqlikdan chidolmagan Yisu ovozi boricha baqirib yubordi. Ovozni eshitganlar tashqariga yugurib chiqishdi. Kimdirlar bu holatdan kulib tursa, yana kimdirlar unga achinish bilan qarab turardi. Yisu ikkinchi qavatga boshini ko'tarib qaradi. Tepada esa bir qiz zinaning panjarasiga suyangan holda unga ayyorona tirjayib turardi.
Bu voqeadan xabar topgan politsiyachilar bu yerga zudlikda keldi-da, hammani tarqatib yubordi va Yisuni olib ketdi. Yisu xodimlar bilan birga ketarkan, ko'zlari nogahon onasining pinjiga tiqilib mo'ltirab turgan Minaga tushdi. U Minaga qarab jilmaydi-da, bu yerni tark etdi...
Qiz mashinasida musiqa tinglab ketar ekan, to'g'ridan katta yuk mashinasi kelayotganini ko'rdi. U mashinani ko'rib sal chetga chiqaman deganda, mashina u tomonga o'tib olib katta tezlikda ustiga bostirib kela boshladi. Qiz qo'rqib ketganidan nima.qilishini bilmay qoldi va rulni burib yubordi. Natijada, borib daraxtga urildi....
Kompaniyaga endi kirib kelgan Taehyung liftning yoniga to'xtadi va kelgan qo'ng'iroqga javob berdi.
-Eshitaman.
-....
-Ha, men Kim Taehyungman
-....
-Lulu!!.😁