YOU ARE MY LIFE ep_7
Qizlar EunWooni uyiga koʻchib oʻtishdi, shu bilan ular uyga ancha moslashib qolishgandi.
Sofia uyda dam olar dugonalari esa ishlashardi, Sofia ham ishga chiqaman deganda qizlar bunga koʻnishmadi.
Qizlar kechki payt vaqtlarini birga chogʻ oʻtkazishar EunWoo esa buni koʻrib jilmayib qoʻyardi
Kunlar shu zaylda oʻtardi Namjoon ham Sofiadan havotir olar lekin borishga jurʼati yetmasdi.
EunWoo ham ishlari koʻpayib ketgani uchun uyga kam kelardi bir tomondan bu qizlar uchun juda yaxshi ish boʻldi ular birgalikda raqslarga tushib koʻngillari nima hohlasa shuni qilib zavqlanishardi albatta ibodatlarini ham unutishmasdi.
EunWoo ertalab uyga keldi qarasa qizlar ishga ketgan Sofia esa xonasida uhlab yotardi EunWoo xonaga bir nazar soldida Sofiani shiringina boʻlib uhlab yotgan jussasiga qarab kulib qoʻydi va chiqib ketdi
Kech payti Sofia qorni ochib pastga tushdi va EunWooni ovozini payqab darhol ortga qaytib roʻmolini oʻrab chiqdi, ular birgalikda yengil tamaddi qilib maroqli suhbat qurib oʻtirishdi shunda EunWoo jiddiy tortib Sofiaga boʻlgan hislarini tan olmoqchi boldi va shunday qildi ham Sofia esa nima deyishini bilmasdi
Sofia ko‘zlarini yumdi. Bu so‘zlarni eshitishni kutmagandi, lekin yuragida tayyor javobi bor edi.
— "EunWoo..." — dedi u muloyimlik bilan, — "Sening his-tuyg‘ularingni hurmat qilaman. Bu juda katta jur’at. Ammo men... men senga ko‘ngil bera olmayman. Iloli yo‘q. Yuragimda allaqachon boshqa inson bor. Uni unutolmayapman."
EunWooning yuragi zirqirab ketdi. Ko‘zlarida alam uchqunlari chaqnadi.
— "Yuragingda kim borligini bilaman, Sofia. Ammo undan men nimam kam? Men seni chin dildan sevaman. Mening sevgim ikkovimizga ham yetadi!"
EunWooni ichida nimadir portladi. Alam, sevgisini rad etilishi, o‘zi bilan kurash... U birdan his-tuyg‘ulariga berilib ketdi. Qandaydir jahl bilan Sofiani oldiga tortdi.
— "Sen meni tushunmayapsan!" — dedi u, lablari qaltirab. — "Men senga kerakman, men seni baxtli qilaman!"
Sofia qo‘rqib ketdi, uni itarishga harakat qildi.
— "Yo‘q, EunWoo! Bu sen emas! O‘zingni yo‘qotma!"
Lekin EunWoo o‘zini yo‘qotgandi. Yuragi har doimgidan ham balandroq urardi, u bu qilmishining oqibatini anglamasdi. Sofiaga yaqinlashdi, lablarini uning lablariga bosmoqchi bo‘ldi.
Sofia bu holatga yo‘l qo‘ya olmasdi. U butun kuchini yig‘ib, uni itardi va tezda orqaga chekinib, yugurib ketdi.
EunWoo esa, bir necha daqiqadan so‘ng qotib qoldi. Na o‘zi, na dunyo harakat qilayotganday edi. Ko‘zlaridan yosh sizib chiqdi. U nima qilganini anglab yetdi.
— "Sofia... kechir..." — dedi u pichirlab.
Sofia yugurib chiqib ketgach, yong‘in singari yuragidagi qo‘rquv tanasiga tarqaldi. U darvozadan chiqib, shoshib koʻchaga otildi. Yalangoyoq, boshidagi ro‘mol biroz siljigan, ko‘zlaridan yosh to‘xtamay quyilardi. Uzoq yurdi. Yurdi degan nomigagina — u goh yugurdi, oxiri charchab toʻxtadi va qayerda ekanligini ham anglamay qoldi. Yuragi og‘ridi. Qo‘rquv, iztirob aralashib ketgan bir holatda o‘tirardi.
Uzoqroqda bir erkak ko‘ziga bu manzara tushdi. U hayrat bilan uzoq tikilib qoldi. Bu tanish chehra edi.
— "Sofia?" — deb pichirladi erkak. — "Bu… bu axir Namjoonning yoqtirgan qizi emasmi?"
(Bu erkak BTSning raqqosalaridan biri u Sofiani konsertda koʻrgan va yigitlarning suhbatini behosdan eshitib qolgan)
U darhol telefonini chiqardi va Namjoonga qo‘ng‘iroq qildi.
— "Namjoon? Men seni yoqtirgan qizingni ko‘rdim U juda yomon ahvolda. Yolg‘iz yig‘lab o‘tiribdi."
Namjoon telefonning narigi tomonida jim bo‘lib qoldi. Ko‘ngli titrab ketdi.
— "Manzilni ayt!" — dedi u qisqa va qattiq ovozda.
Atigi 10 daqiqa o‘tmay, qora mashina shiddat bilan yetib keldi. Gʻazab, xavotir, mehr va iztirob Namjoonning ko‘zida birga porlardi. U mashinadan tushdi va Sofiani ko‘rgan zahoti yugurib bordi.
Bu orada qizlar ham ishdan kelishdi koʻzlari boshini changallab kotara olmay oʻtirgan EunWooga tushdi.
– EunWoo tinchlikmi? — dedi Muslima
Undan kechiringlar degan sado chiqdi halos qizlar sofia yana kasal boʻlib qoldi deb oylashdi. Ular xonaga chiqib, Sofianing yo‘qligini ko‘rishdi.
— "U qani? Nima bo‘ldi unga?" — deb so‘radi Muslima, ko‘zlarida xavotir.
EunWoo esa jim o‘tirardi, ko‘zlari qizarib ketgan. Nihoyat, tilga kirdi.
— "Kechiring..." — dedi u past ovozda.
— "Nima deganing bu?! Kechiring? Nega kechirim so‘rayapsan?"
Muslima jiddiy edi, qattiq ohangda so‘radi. EunWoo ko‘zini yumdi, nafas oldi va oxiri tan oldi
— "Men o‘zimni yo‘qotdim. Yuragimdagi his-tuyg‘ularimni boshqara olmadim. Uni sevaman... lekin unga zarar yetkazmoqchi boldim 💔
Qizlar nima boʻlganini tushunib yetishdi. Muslima va Ziyoda ko‘zlaridagi nafrat va alam bilan unga tikildilar. Ular ortga qaramasdan tashqariga yugurishdi. Har tomonga bo‘linib, Sofiani izlashga tushishdi. Ular ortidan esa pushaymonlikdan ezilgan EunWoo ham chiqdi. Ammo qizlar uni ko‘rmaslikka oldilar, gapirmadilar.
Bu paytda Namjoon, nihoyat, Sofianing oldida to‘xtadi. Yuragi gupillab urar, lekin yuzida yumshoqlik bor edi.
— "Sofia..." — dedi u sokinlik bilan.
Sofia boshini ko‘tardi. Ko‘zlarida yosh, yuragida og‘riq. Namjoon asta uning yoniga cho‘kdi.
— Bu menman nima boʻldi senga. Men sen bilanman yigʻlama
— "Men... qo‘rqib ketdim, Namjoon..." — dedi titradi
Namjoon uning ro‘molini to‘g‘riladi, So‘ng yelkasiga yengil kurtkasini yopdi.
Seni ranjitishlariga yo‘l qo‘ymayman."
Sofia ko‘z yoshlarini artib, unga qattiq qaradi. Yuragidagi og‘riq endi biroz yengillashganday bo‘ldi.
Namjoon Sofiani sekin mashinaga o'tqazdi. Yuragida unga nisbatan cheksiz mehr, g‘amxo‘rlik bor edi. Yo‘l bo‘yi u hech narsa so‘ramadi. Faqat yonida bo‘lishi, unga yetarli edi. Sofia esa ko‘z yoshlarini artganicha, chuqur o‘yga cho‘mgan edi. Unga savollar emas, tinchlik kerak edi — va Namjoon buni his qilardi.
Ular nihoyat Namjoonning uyiga yetib kelishdi.
Uy eshigi ochilishi bilan ichkaridan Jungkook va Taehyung qaradi Ikki yigit Namjoonni kulib kutib olishmoqchi edi, ammo Namjoon bilan kirgan Sofiani bu holatda ko‘rib hayratda qoldilar.
Sofia charchagan, ko‘zlari shishgan, kiyimlari chang edi.
— "Sofia?!" — dedi Taehyung hayrat bilan.
— Tinchlikmi? dedi Jungkook ham
Sofia zo‘rg‘a o‘zini ushlab turgandi yigitlarni koʻrib birdan dugonalari ko‘z oldiga keldi. U Namjoonga qarab telefon dedi Namjoon ham darhol tushunib qoʻl telefonini berdi, Sofia Muslimaga qo‘ng‘iroq qildi
Muslima goʻshakni koʻtardi u charchoqdan zoʻrgʻa nafas olib
Narigi tomondan Musliw degan ovoz keldi
Ziyoda va Muslima baravariga Sofii deb baqirib yubordi
— "Men Namjoonning uyidaman iltimos shu yerga kelinglar..."
Qizlar telefon ortidan faqat bir-birining "tez-tez!" degan so‘zlarini eshitib, mashina tohtatishdi
Oradan koʻp vaqt o‘tmay, eshik qo‘ng‘irog‘i chalindi. Namjoon ochgani chiqdi. Eshik ortida havotirga to‘la to‘rt qiz — ko‘zlari yoshli, yuraklari siqilgancha turgan edi. Ular bir zumda Sofiani ko‘rib, yugurib kirishdi.
— "Kechir, iltimos kechir... Biz seni yolg‘iz qoldirdik..."
Muslima uning yelkalariga boshini qo‘yib yig‘lardi.
— "Men himoya qilishim kerak edi seni... Kechir, Sofi, kechir..."
Robiya va Suna ham unga yopishib, o‘z ayblarini his qilgancha, uni quchoqlab ko‘z yosh to‘kardi.
Yigitlar esa bu manzarani jim kuzatardi. Jungkook hayrat bilan Namjoonga qaradi.
Namjoon oxiri bu sukunatni buzdi. Yuragi bardosh berolmadi.
— "Nima bo‘ldi oʻzi? Kim uni bu ahvolga soldi?"
Sofia boshini asta silkidi, "Aytmang..." deganday. Ziyoda indamadi, Muslima esa ko‘z yoshlariga to‘lib, qattiq so‘zlar bilan gap boshladi:
— "EunWoo..." — dedi u nafrat aralash. — "U Sofiani rad etilgani uchun jazolamoqchi bo‘ldi. Uning musulmonligiga qaramay qizligini, pokligini bilgan holda... u... u..."
— "U unga zo‘rlik qilmoqchi bo‘ldi." — dedi Ziyoda alam bilan, so‘zlarni siqib chiqarganday.
Xonadagi havo birdan muzlab ketdi.Namjoon esa buni eshitgan zahoti yuzini boshqa tomonga burdi. Nafasi og‘irlashdi.
U qattiq nafas oldi va sokin, lekin titrab chiqqan tovush bilan:
— "Demak... kimdir mening mening ... Namjoon gapini tugata olmadi
— "Iltimos, ortiqcha narsa qilmanglar, hozir men xavfsizman... Sizlar bilan dedi yerga qarab
Namjoon unga qaradi, ko‘zlarida g‘azab emas — yuragida og‘riq bor edi. U bosh irg‘ab qo‘ydi:
— Yaxshi... Lekin bu hech qachon takrorlanmaydi vaʼda beraman