May 14, 2025

𝑺𝒘𝒆𝒆𝒕 𝒅𝒓𝒆𝒂𝒎

3-qism

Chiroqlar o‘chgan payt xona ichidagi sokinlikni faqat yurak urishlari buzardi. Qizlar ham, yigitlar ham harakat qilmaslikka harakat qilishardi, lekin ichki xavotir kuchli edi.

Birdan... Heya qichqirib yubordi.

— Aaaah! Kim bu?! — degan ovoz bilan u birdan orqaga tortildi.

Kimdir uning bilagidan mahkam ushlab, qorong‘ilikdan foydalanib olib chiqmoqchi edi. Ammo Heya instinktiv tarzda qo‘lidagi narsani ushlab qoldi — bu Taehyungning qo‘li edi.

Taehyung:
— Heya?! Nima bo‘lyapti?! Heya, meni qo‘yma!

U darhol tortilish kuchini his qildi va Heyani o‘ziga tortdi. Notanish odam Heyani bir necha soniyaga o‘z tomoniga tortishga muvaffaq bo‘ldi, ammo Taehyung kuch bilan uni qaytarib oldi. Heya o‘z ovozini chiqara oldi:

— Yordam bering!!! Meni olib ketishmoqchi!!!

Jungkook, RM va qolganlar tezda xonani yoritishdi — chiroqlar yoqildi. Ammo... kimdir allaqachon yo‘qolgan edi. Faqat eshik ochiq edi, polga tushib qolgan qora niqob esa qochgan odam haqida darak berardi.

Heya larzaga tushib Taehyungning quchog‘iga yiqildi. U qattiq titrardi, ko‘zlari yoshga to‘lgan edi.

Heya (titroq ovozda):
— Men... u meni olib ketmoqchi edi... bu odam ko‘zimga qaramadi ham... lekin qo‘li juda sovuq va kuchli edi... Men... juda qo‘rqdim....

Taehyung uni mahkam quchdi.

— Men seni hech qachon hech kimga berib qo‘ymayman. Heya, endi bu shunchaki o‘yin emas. Kimdir bizni jiddiy nishonga olyapti.

Nicole yugurib keldi va holatni baholadi. Poldagi niqobni ko‘rib, uni xavfsizlik xizmatiga topshirdi. Oradan 10 daqiqa o‘tgach, telefoniga yana bir noma’lum xat keldi:

"Birinchi ogohlantirish omon o‘tdi. Endi navbat ikkinchisida. Ularni meni yo‘qotganim uchun jazolayapman. Ayniqsa Heyani."

Qizlar va BTS jim turishdi. Nihoyat barchasi tushuna boshladi: bu tahdid shunchaki hasad emas. Bu shaxsiy intiqom edi.

Lekin kim?

Va nega aynan Heya?

Taehyung Heyani mahkam ushlab turar, u hali ham titrardi. Nicole past ovozda dedi:
— Qolganlar, iltimos, boshqa xonaga o‘ting. Ular yolg‘iz gaplashib olishsin.

Hammalar asta chiqib ketishdi. Xonada faqat Heya va Taehyung qolishdi. Xona jimjit. Faqat yurak urishlari, vaqti-vaqti bilan Heyaning chuqur nafas olishi eshitilardi.

Taehyung asta uning yuzini ushladi. Ko‘zlarining ichiga qaradi.

— Men kechirasan deb umid qilaman, Heya. Men sendan shubhalandim... yuragingni ko‘rmay, faqat shov-shuvlarga ishondim. Bu adolat emas edi.
U asta unga yaqinlashdi.
— Meni kechir... seni yo‘qotish g‘oyasi yuragimni tilka-pora qilayapti.

Heya ko‘z yoshlarini arta turib bosh irg‘adi.
— Men faqat seni tanladim, Tae... faqat seni.

Shunda Taehyung ohista uning yuzini quchib, sekin labiga labini qo‘ydi. Ular shu zaylda bir necha lahza jim turishdi. Bularning bari Heya uchun birdan ichki quvvat bo‘ldi. Yuragidagi qo‘rquv so‘nib, o‘rnini iliqlik egalladi.

Tashqarida tun asta sekin tongga aylanib borardi.



Ertasi tong. Qizlar va BTS a'zolari mehmonxona zalida yig‘ilishdi. Nicole tahdidga javoban xavfsizlikni kuchaytirganini aytdi. Shuningdek, niqobdagi DNK izlari tekshirilmoqda, dedi u.

Lekin eng kutilmagani — Kimdir yangi “ARMY” sahifasida quyidagicha post qoldirgan edi:

> "Ular sevgiga loyiq emas. Bu safar omadlari keldi. Keyingi safar yaxshigina esda qolarli boʻladi."

Postda surat yo‘q, ism yo‘q. Faqat qora fonda sirli ARMY logosi.

Jungkook o‘sha postni ko‘rsatib Haneulga qaradi.
— Biz seni ham, boshqalarni ham himoya qilamiz. Ammo bu kim bo‘lsa, juda yaqin... va ichimizdagi kimnidir biladi.

Qizlar bir-biriga qarashdi. Hamma jim.

Shu ondan boshlab, bu nafaqat muhabbat va orzular, balki xavfsizlik, ishonch va haqiqiy do‘stlik ustida qurilgan kurash edi.

Hech kim yomonlikni unutmagan bo‘lsa-da, hech qanday tahdid bo‘lmagan bu sokin tong hammani biroz taskinlantirgandi. Taehyung esa bir daqiqa ham Heyaning yonidan ketmadi. U qizni o‘zi bilan birga yurishga, har narsada birga bo‘lishga undadi.

Nicole esa xavfsizlikni ikki hissa oshirdi. Har bir kiruvchi va chiquvchi tekshirildi, hatto kompaniyadagi xodimlar ham. Ammo tahdidchi iz qoldirmagan edi.

Uchinchi kun — hammasi yana normal tus olganday tuyuldi.

Qizlar bilan BTS yangi klip sahnalarini muhokama qilishayotgandi. Shunda bir xodim ichkariga kirib:

— Hamma tayyor bo‘lsa, Heya birinchi sahna uchun bo‘yoq xona tarafga o‘tsin.

Heya o‘rnidan turdi, Taehyung unga qaradi:
— Men ham birga boraman.

Heya jilmaydi:
— Men oʻzim, 5 daqiqa ichida qaytaman.

U bo‘yoq xonasiga kirdi. Ichkarida qorong‘i, lekin yoritgich bor edi. Qiz tugmaga qo‘l cho‘zdi — yorug‘lik yonishi bilan...

...uni orqasidan kimdir yana qo‘lidan tortdi.

Ammo bu safar ham uni olib ketishga urinilsa-da, Heya qattiq qichqirdi va oldinga otilib chiqib ketdi. Bu safar hech kim yo‘q edi — faqat polda bir parchalanib ketgan uzuk...

Qizlar yugurib kelishdi. Nicole va xavfsizlik xodimlari tekshiruvni boshladi, lekin bu safar qizlarga bir varoq xat qoldirilgan edi. Unda yozilgandi:

“Unga yana yaqinlashsang, ko‘z o‘ngingda yo‘q qilaman. O‘sha kecha — faqat boshlanishi edi.”

Bu safar xat oddiy emas edi — u qonda yozilgan xat edi Nicole buni ko‘rib shivirladi:
— Bu odam haddan ortiq psix. U faqat qasddan qo‘rqitmoqda. Va u Heya bilan bog‘liq. Shaxsan.

Endi barchaning ko‘nglida savol: bu kim?

Shu onlarda Maya eslab qoldi.
— Heya, esingdami, birinchi fan meetingda bir qiz senga sovg‘a bermoqchi bo‘lib, to‘satdan yig‘lab yuborgan edi? Qorong‘i burchakda. Sen esa uni tanimay, qabul qilmagan eding...

Heya birdan jim qoldi.
— Ha... men uni ko‘rganman. Yuzida yarim niqob bor edi. Ammo ko‘zlari... aynan o‘sha tun oynada ko‘rganimdek edi.

Nicole bu so‘zlarni eshitgach zudlik bilan xavfsizlik kameralari yozuvlarini tekshirishni boshladi. U yerda esa o‘sha fan meetingdagi qizning ortidan ketayotgan qora kapyushonli yigit aks etgandi...

Bu — real tahdid. Va bu ayol kim bo‘lishidan qat’i nazar, ular juda yaqin. Yuragida chuqur hasad bilan yashayapti.

Yana tun choʻkdi qizlar bir boʻlib bir xonaga uhlagani kirib ketishdi Heya qoʻrqqanligi bois chiroqlarni oʻchirishmadi Heya allaqachon charchoq va qoʻrquvdan uhlab qoldi Haneul ham chala uyquda birgina Mayani uyqisi kelmay balkon taraf chiqti va toʻyib havodan nafas oldi va asta shivirladi

Heya orzularimiz qurboni boʻlayapti men shuni xohlaganmidim... Biz shuni xohlaganmidik?!

Qaniydi oʻsha kun ortga qaytsayu bu taklifni qabul qilmasak ahir oʻzimiz orzu qilgan narsaga erishgan edik BTS bilan koʻrishdik, gaplashdik shuni oʻzi yetmasmidi...

Birdan uni qoʻshni balkondagi ovoz chalgʻitib yubordi
—Pushaymonmisan..

—Namjoon? Sen bu yerda nima qilyapsan

Rm: Shunchaki uyqim kelmagandi
Hammasi yaxshi boʻladi koʻp oʻylama bizda bunday narsalar koʻp boʻlgan oʻzing ham bilsang kerak

Maya: Ha bilaman sizlar haqingizda qanday yangiliklar boʻlsa darhol bilib olardik
Tahdidlar, mukofotlar, gastrollar... hammasi

Rm: Qoyil bizni army dunyoda eng zoʻr fandom ekanligiga yana bir bor ishondim

Maya: Albattada axir sizlar ham dunyodagi eng zoʻr guruhsiz

Namjoon bundan xursand boʻlib kulib qoʻydi va endi yotib uhla juda kech boʻldi deb hayrli tun tiladi

Shu payt Heya baqirib uygʻonib ketti Maya yugurib ichkariga kirdi va polda bir yigitni ustiga chiqib olgan Haneulga koʻzi tushdi