May 17, 2025

𝑺𝒘𝒆𝒆𝒕 𝒅𝒓𝒆𝒂𝒎

4-qism

Shu payt Heya baqirib uygʻonib ketti Maya yugurib ichkariga kirdi va polda bir yigitni ustiga chiqib olgan Haneulga qaradi bu ovozlardan yigitlar ham xonaga kirishdi Haneul u yigitni tepib sochlaridan tortib tirnoqlari bilan tirnab so'kayotgan edi.
Jungkook Haneulni bir urinishda koʻtarib divanga otkizib qoʻydi va madori qolmagan yigitni yoniga kelib kimsan dedi yigit masxara qilgancha kim ekanman deb kuldi shunda Taeni jahli chiqib sendan shuni soʻrayapti ahmoq basharanga q*.*.* deb soʻkib alamdan chiqquncha yuziga mushtladi yigitlar taeni oʻziga keltirish uchun uni xonani bir chetiga bazoʻr olib kelib Heyani oʻyla u qoʻrqyapti yonida turishing kerak buni oʻzimiz hal qilamiz dedi Namjoon.

Ular qancha harakat qilmasin yigit bir soʻz ham aytmadi oxiri politsiyaga habar berilib uni hibsga olishdi politsiya ham qancha urib qiynab harakat qilmasin ular ham hech nima bila olishmadi.

Shu tariqa 2 kun oʻtdi hama joy tinch. Heya 1 o'zi xonada oʻtirishga ham qoʻrqib qoldi qizlar bir daqiqaga ham uni yolgʻiz qoldirmadi Taehyung bu ishlarni kim qilayotganini aniqlash maqsadida yurardi.

Taehyung charchaganiga qaramay Heyani oldiga kirdi qizlar Taehyung kelganini koʻrib xonadan chiqdilar.

Heya esa asta Taeni quchib oldi va shunday dedi:
—Balki munosabatlarimiz chuqurlashmay turib ajralishimiz kerakdir

—Nimalar deyapsan axir seni sevaman sen osonlikcha mendan kechmoqchimisan deb hazilga yoʻydi

—Yoq Kim Taehyung men siz bilan hazillashmayapan dedi jiddiy ohangda

—Nimalar deyapsan aqlingni yeb qoʻyipsan

—Ha aqlimni yedim!! entertainment bundan habar topsa bundan ham yomon ishlar boʻladi Nicole ham bizni deb ishidan haydalishi mumkin. Oʻzi barchasi meni deb boʻlyapti buni sezyapman deb piqillab yigʻlab yubordi

Tae esa keskin harakat bilan uni lablariga yopishdi asta oʻzini tortib hech qachon bunday boʻlmaydi agar men uchun biror yomon ish boʻlsa ham menga baribir menga sen keraksan!

Heya ham oʻzini tutib turolmay Taeni bo'sasiga javob qaytardi

Taening qo‘llari Heyaning beliga tushdi, uni o‘ziga yanada yaqin tortdi. Ularning lablari yana bir-birini topdi — bu safar sekin, ammo chuqur. Nafaslar bir-biriga aralashib ketdi. Heya uning issiq bag‘rida o‘zini butunlay yo‘qotgandek his qildi.

— Heya… — deb pichirladi Taehyung, bo‘yin sohasidan o‘pib. — Seni istayman… butun vujudim bilan.

Heya ko‘zlarini yumdi, yuragi go‘yo portlab ketadigandek urardi. Uning qo‘llari Taehyungning bo‘ynini quchdi. U hech qachon bu darajada ehtirosli lahzani his qilmagan edi. Ular asta divanga cho‘kib tushishdi, har bir harakatda ishonch va istak bor edi.

Taehyung uni ehtiyotkorlik bilan yotqizdi, lablari bilan uning bo‘ynini o‘pib pastga tushdi. Heya esa uning har bir teginishiga javoban titrab ketar, lablaridan yengil ohangli nafaslar chiqardi.

— Bugun faqat sen va menmiz, — dedi Taehyung, ko‘zlarining tubida olov chaqnab.

O‘sha kecha hech bir so‘zga hojat yo‘q edi. Faqat his-tuyg‘ular, ehtirosli teginishlar, lablar va yuraklar bor edi. Ular bir-birining haroratida erib, tunni bir-biriga hadya qilishdi...

Ertalab quyosh nurlari ularni o‘z bag‘riga olgandek uyg‘otdi. Ikki sevishgan bir-biriga qarab to‘ymas edi. Taehyung Heya’ning yuziga qarab kulib qo‘ydi, uning qoshlaridagi harakat, lablarining yengil titrashi, ko‘zlaridagi sokinlik... hammasi unga go‘yo bir orzudek tuyulardi.

Birdan xonaga bostirib kirgan qadamlar ularni chalg‘itdi. Heya yarim o‘tirgan joyida qotib qoldi. Bu kim bo‘lishi mumkin? Yuragi tez ura boshladi.

— Sen qizga ish berib orzularingni muhayyo qilsagu, bizga rahmating shumi?! Bitchdan farqing yo‘q ekanku! Aa, Taehyungni sharmanda qilmoqchimisan?! — degan qattiq ovoz xonani to‘ldirdi. Bu Bang PD edi.

Taehyung darhol o‘rnidan turdi, ovozini tiklab dedi:

— Janob, bu siz o‘ylaganchalik emas! U meni majburlab olib kelgani yo‘q. O‘zim kelganman yoniga. Bu — mening tanlovim!

— Sen jim, Taehyung! — deb baqirdi Bang PD. — Sen esa... hali javob berasan, Heya! — u aybdorona ko‘z bilan unga qaradi-da, eshikni yopib chiqib ketdi.

Heya yig‘lab yubordi. Qo‘llari titrar, lablari zirqirardi.

— Axir aytgandim-ku… — dedi u zor zor yig‘lab. — Janob Bang bilib qolsa, hammasi barbod bo‘ladi, deb aytgandim! Endi men nima qilaman, Tae?

Taehyung uni bag‘riga oldi. — Farishtam, bo‘ldi, yig‘lama. Men o‘zim hal qilaman. Hammasi yaxshi bo‘ladi. Men seni hech qachon tashlab ketmayman.


Bir soat o‘tgach, rahbariyat Heya va uning dugonalarini — Maya va Haneulni — chaqirdi. Ular jim-jit holda xonaga kirishdi. Ichkarida sovuq muhit hukm surardi.

— Sizlar bilan juda ko‘p vaqt birga bo‘lmagan bo‘lsak-da, bizga katta foyda olib keldingiz. Afsuski, endi sizlar bilan shu yerda xayrlashishga to‘g‘ri keladi, — dedi bosh rahbar qat’iy ohangda.

Maya va Haneul darhol xavotirlandi:

— Janob, axir nega? Nimadir ayb ish qilib qo‘ydikmi?

— Buni mana bu dugonangizdan so‘rang, — dedi u sovuq nigoh bilan Heyaga qarab. — Endi uning aybi uchun sizlar ham javob berasiz. Entertainment sizlar bilan ishlashni istamaydi.

Qizlar bu holat nima sababdan yuz berganini darhol tushunishdi. Hech kim hech narsa demadi. Nihoyat Maya so‘z oldi:

— Yaxshi. Ketganimiz bo‘lsin. Bergan pulingiz esa — o‘zingizga siylov. Kettik, qizlar.

Ular xonadan chiqqanida ularni tashqarida kutib turgan uch yigit ko‘zlariga tashlandi — Namjoon, Jungkook va albatta Taehyung.

Taehyung oldinga chiqdi:
— Nima deyishdi?

Qizlar indamaydi. Nihoyat Maya yuragini yutib aytdi:
— Biz ketyapmiz.

Jungkook:
— Nima?

Haneul:
— Ha, ketyapmiz. Bizni haydashdi.

Taehyung Heyaning ko‘zlariga qaradi:
— Heya… sen hech qayoqqa ketmaydi!

Heya:
— Ketaman.

Taehyung:
— Nimalar qilyapsan, sen meni tashlab ketolmaysan!

Heya:
— Sizni tashlab ketolmaydi deb kim aytdi? Ketaman, dedim. Qoching yo‘limdan.

Taehyung uning qo‘lidan ushlamoqchi bo‘ldi, lekin Heya bir og‘iz so‘z demay yonidan o‘tib ketdi. Maya va Haneul ham unga ergashdi, jamadonlarini yetaklab chiqib ketishdi. Ular Namjoon va Jungkookga bir qarash bilan xayrlashishdi — ko‘zlarda so‘zsiz sevgining og‘rig‘i yashiringan edi.

Jungkook chuqur nafas oldi:
— Biz ularni to‘xtatishimiz kerak. Men u siz — hayotimni tasavvur qila olmayman. Unga sevishimni ham to‘liq ayta olmadim…

Namjoon asta bosh irg‘adi:
— To‘g‘ri aytasan, Jungkook. Men ham...

Qizlar orqalariga bir marta ham qaramadilar va maxsus mashina ularni aeroportga eltib qoʻydi.
Heya yurakdagi har bir og‘riqni qadamlarida yurgizdi. Maya va Haneul jim yurishardi. Uchalasi orasida aytilmagan gaplar juda ko‘p edi, lekin hozir bu gaplar faqat yurakda qaynardi.

Tashqarida yomg‘ir yog‘ishni boshladi. Hech kim gapirmadi. Faqat mayin yomg‘ir va samolyot motorlarining shovqini.


SHU PAYT...

BigHit binosida rahbarlar uch yigitni o‘z xonasiga chaqirtirdi. Jungkook, Namjoon va Taehyungning yuzida xavotir, yuraklari esa ayollarini yo‘qotish og‘rig‘i bilan sanchilardi.

Bang PD ularni qattiq nigoh bilan qarshi oldi.

— Sizlar qaerga ketmoqchisizlar?

Taehyung qadam oldi:
— Biz Heya, Maya va Haneulni to‘xtatishimiz kerak. Bizda ham haq bor — ular bizning hayotimizda o‘chmas iz qoldirishdi!

Bang PD sovuqqina jilmaydi:
— Sizlar yulduzlarsiz. Sizlar millionlab insonlarning orzusi. Bu qizlar esa... Sizlarni shunchaki yomon yo‘lga boshlashmoqda.

Jungkook g‘azab bilan so‘zladi:
— Men o‘zimni boshqara olmayman! Bu sevgi meni tirik qilmoqda. Ular ketmasligi kerak!

Shu payt, Bang PD qog‘ozni stolga qo‘ydi. Bu bir maxfiy shartnoma edi.

— Bu yerda nima yozilganini ko‘ryapsizmi? — dedi u Taehyungga qarab. — Agar sen bitta qadam bosib ularning ortidan chiqsang... biz sening singlingga tegamiz. Hattoki uni xalq orasida sharmanda qilamiz.

Taehyungning yuragi to‘xtab qolgandek bo‘ldi. Nigohi qorong‘ulashdi. So‘ng Bang PD yana davom etdi:

— Namjoon… sening onang operatsiyaga tayyorlanayotganidan xabardorman. Agar biz sening faoliyatingni to‘xtatsak — xayr sog‘liq sug‘urtasi.

— Jungkook... bizda senga qarshi o‘yinlar ko‘p. Ota-onang, uying, hatto barcha senga ergashgan muxlislaring — agar hozir binodan chiqsang, barchasini yo‘qotasan.

Xonada sukunat cho‘kdi. Yigitlar bir-birlariga qarashdi. Ularning ko‘zlarida g‘azab, og‘riq va umidsizlik aralash edi.

Taehyung asta past ovozda so‘zladi:
— Men uni sevaman... lekin singlimning ko‘z yoshlari uning kulgusidan muhimroq. Uni bu yovuzlikdan himoya qilolmasam, men nima qilgan bo‘laman?

Namjoon yelkasini pasga tushirdi:
— Maya menga yurak bergan edi, lekin onam hayotim. Uni yo‘qotolmayman...

Jungkook tishini tishiga bosdi. Yumshoq ovozda pichirladi:
— Haneul... meni kechir. Men seni sevaman, lekin hozir seni himoya qila olmayman agar shunday qilsam ota onamga nima boʻladi...biz albatta boshqa yoʻlini topamiz


Bu paytda qizlar allaqachon samolyotga chiqqan edi. Ular o‘rinlariga o‘tirib, kamarlarini taqib olishdi. Ustilarida tugallanmagan sevgi og‘ir yukday osilib turardi. Heya derazadan qarar ekan, yuragida faqat bitta narsa yongardi: “Tae, iltimos, esla — men seni sevganim uchun ketdim.”

Heya

Maya

Haneul

Qizlar— Koreyada yuz bergan og‘riqli voqealardan so‘ng, Shvetsariyaga yetib kelishgandi. Ular samolyotdan tushgan paytda yuraklarida bir nechta hissiyot aralash edi: sog‘inch, iztirob va eng muhimi – yangi umid.

Bu davlatda hammasi boshqacha edi. Odamlar xotirjam, hech kim tanimaydi, hech kim ortiqcha e’tibor bermaydi. Koreyada qisqa vaqt mashhurlikka erishgan bo‘lishsa-da, bu yerda ularning ismlari hech kimga tanish emasdi. Go‘yo ularning o‘tmishi o‘chib ketgandi.

Maya o‘zining bolaligida ko‘p bor kelgan joyiga qaytdi — tog‘asining uyi. Heya va Haneul bilan u yerga borishdi. Eshikni ochgan yigit baland bo‘yli, sport bilan shug‘ullangan ko‘rinishda edi. Uning ko‘zlari Maya uchun biroz tanish tuyuldi, lekin u darrov tanimadi.

Jay? — Maya jilmayib qaradi.

Yigit bir zum ikkilanib qaradi:
— Hmm... Ha? Kim edingiz?

Maya jilmayib:
— Heey kichkina, meni tanimadingmi?

Yigit birdan cho‘chib tushdi, so‘ng ko‘zlari chaqnadi:
— Mayamisan?! Voy, sen qanaqa o‘zgarib ketibsan! Endi meni “kichkina” deyishga haqqing yo‘q, bo‘yimni ko‘rmayapsanmi? Endi sening akangman!

Maya: Baribir mendan roppa rosa 1 yil kichkinasan!

Qizlar kulib yuborishdi. Jay endi ularni uyga taklif qildi. Ichkarida choy ustida suhbatlashishdi.

— Bu yerga nima uchun keldingiz? — Jay so‘radi. — O‘zi sizlarni televizorda chiqdinglar deb eshitdim. Koreyadagi doʻstim aytgandi qarindoshing bu yerlarda mashhur boʻlayapti deb

Heya jilmayib javob berdi:
— endi bizni bu yerda hech kim tanimaydi. Haqiqiy hayotga qaytdik.

Jay jiddiy ohangda dedi:
— Xo‘p, bu yerda yashab qolmoqchimisizlar?

Maya yelkasini qisdi:
— Hozircha... ish topib, tinch yashamoqchimiz. O‘qish, yangi hayot..

Jay boshini qimirlatdi:
— Men bir kompaniyada o‘qib ishlayman. Sizlarga tanishlarim yordam berishi mumkin. Maya avval sen iltimos qil keyin yordam berardim...

Maya: Yoʻqol Jay hali ham shunday asabga tegyapsanmi yosh bola...

Shunday qilib, Jay qizlarga tarjimonlik, qabulxona va madaniyat markazida vaqtinchalik, lekin yaxshi to‘lovli ishlar topib berdi. Qizlar asta-sekin yangi hayotga ko‘nikib borishdi.

Kunlar o‘tib borar ekan, Maya bilan Jay o‘rtasida iliqlik paydo bo‘la boshladi. Ular bolalikdagi xotiralarni eslab kulishar, har safar ko‘rishganlarida hazil va kinoyali so‘zlar almashishardi. Jay ko‘p vaqtini ularning yonida o‘tkazardi, ayniqsa Maya bilan.

Bir kuni Jay bilan ikkalasi parkda sayr qilayotgandi.

— Bilasanmi, Jay... men aslida Koreyada mashhur bo‘lib ketgandim. BTS bilan tanishdik, hattoki teleko‘rsatuvga ham chiqqan edik va...

Maya soʻzini tugatmasidan Jay gapira ketdi:
— Rostdanmi? Nega hech narsa aytmading?

Maya yengil bosh silkib jilmaydi:
— Chunki bu yerda hech kimga ahamiyati yo‘q. Bu yerda odamlar ishlaydi, o‘qiydi... televizor emas, real hayot muhim.

Jay unga qarab bosh irg‘adi:
— Baribir sen bilan faxrlanaman.

Ularning ko‘zlari to‘qnashdi