May 6, 2025

𝑺𝒘𝒆𝒆𝒕 𝒅𝒓𝒆𝒂𝒎

1-qism

Kichik kvartiraning oshxonasida uch qiz – Maya, Heya va Haneul – ovqatlanishayotgandi. Stolning markazida soddagina taom: makaron va tuzlamoq. Lekin bu ovqat ularning kechki rituali, hatto bayramdek edi.

Heya (qoshiqni silkitib):
– Mana bu sosga qaranglar! O‘zimni MasterChefda yurgandek his qilyapman!

Haneul (kulib):
– Agar MasterChef’da faqat uch xil ziravor ishlatilsa, sen g‘olib bo‘larding.

Maya (qoshiqni og‘ziga olib, ko‘zlarini yumib):
– Hmmm... makaronli umid ta’mi. Har kuni yeb, oxirgi paytlarda BTS o‘rniga Jin bilan tuxum qovurayotganimni tushimda ko‘ryapman.

Ular kulishdi. Har bir kulgu orqasida esa yashirin charchoq va sog‘inch bor edi.

Maya (birdan jiddiy ohangda):
– Rostdan ham, biz Koreyaga qachon boramiz? Bir yil yig‘dik, hali chipta ololmading-ku?

Heya (ko‘zini qisib):
– Men pul yig‘dim, lekin... har safar konsert chiptasini ko‘rsam, kartamda “senga hali emas, qizim” degandek ovoz eshitaman.

Haneul (choyini ixcham yudib):
– Sabr. Hamma narsa bo‘ladi. BTS bilan ko‘rishamiz. Men his qilayapman. Bu faqat vaqt masalasi.

Maya boshini quyi solgancha jilmaydi.

Maya:
– Baribir, sizlar bilan bo‘lsam, Koreyaga piyoda borish ham muammo emas.

Heya (og‘zidagi makaron bilan noaniq):
– Piyoda? Qani, yur, men oyoq kiyimimni yuvib qo‘yaman!

Ular yana kulishdi. Qisqasi, pul yo‘q, chipta yo‘q, lekin kayfiyat – doim 100%.


Ertasi kun. Tonggi 6:30.

Kvartirada budilnik jiringladi. Maya ko‘zlarini yarim ochgancha o‘ziga “bu nima ovoz?” deb savol bergancha, telefonni yostiq tagidan topdi.

Maya (yostiqqa yuzini bosib):
– Xudo xohlasa, bir kun kelib uxlab yotganimda budilnik emas, BTSdan qo‘ng‘iroq uyg‘otadi…

Oshxonaga chiqqanda, Heya allaqachon kofe qaynatayotgan, sochlarini notekis yig‘ib, bitta paypoq bilan yurardi.

Heya:
– Maya, ertalab kofesiz mening BTSga muhabbatim ham ishlamaydi.

Haneul esa uyqudan turayotib, cho‘zildi va “hayotga” yuragida emas, belida og‘riq bilan qaytdi.

Haneul:
– Bugun yana uchta smenami? Xayriyat, Seulga borish uchun Marsga chiqish shart emas.

Ular nonushta qilar ekan, har biri yana o‘z “jang maydoni”ga tayyorlanayotgan askardek edi: Maya qahvaxonaga, Heya bolalar bog‘chasiga, Haneul esa kiyim do‘koniga ketar edi.

Maya (ichida):
– Har kun – bu mashq. Mashq – bu sabr. Sabr – bu chipta. Chipta – bu BTS.

U kulib qo‘ydi. Ular hech qanday sehrga ishonmasdi, lekin bir-birlariga va mehnatlariga to‘liq ishonishardi.

London. Kunning oxiri. Ufqda quyosh botishi.

Uch qiz kvartiraga charchoqdan oyoqlari tortilib kirib kelishdi. Heya bolalarning rasmlari bilan qoplangan sumkasini qo'yib, birdan baqirib yubordi:

Heya:
– To'xtanglar! To'xtanglar! Dunyo to'xtasin! Men bir narsa ko'rdim!

Haneul divanga o'zini tashladi:
– Nima, BTS Londonga ko'chib kelibdimi? Chunki bundan boshqa hech narsa meni oyoqqa turg'iza olmaydi.

Heya (telefonda qidiruv tugmasini bosib):
– Yo'q, lekin unga yaqin! BTS bilan... video tanlov!

Maya (qoshini ko'tarib):
– Video tanlov? Nimaga? Bizdan BTS fanatiroq odam bormi bu dunyoda?

Heya (telefonda tanlov shartlarini o'qib):
– "Eng kreativ fan videosi". Bosh sovrin – Seulga sayohat va BTS bilan uchrashuv!

Haneul divandan sakrab turdi:
– Nima?! Seul?! BTS bilan uchrashuv?! Heya, meni chimding!

Maya (hayajon bilan):
– Demak, bizda imkoniyat bor? Haqiqatdan ham bor?

Heya (g'ayrat bilan):
– Albatta! Biz eng zo'r videoni yaratamiz! Hamma bizdan hayratlansin!

Haneul (o'ylab):
– Lekin... qanday video? Bizda hech qanday maxsus effektlar yo'q, rejissyor ham yo'q...

Maya (ko'zlarida olov bilan):
– Bizda bir-birimiz bor! Bizning do'stligimiz – eng yaxshi maxsus effekt! Bizning orzularimiz – eng yaxshi ssenariy!

Ular bir-biriga qarab kulishdi. Bir zumda charchoq yo'qoldi, o'rnini g'ayrat va umid egalladi.

Heya:
– Xo'sh, qizlar, nima deysizlar? Dunyoni BTSga bo'lgan muhabbatimiz bilan zabt etamizmi?

Haneul va Maya bir ovozdan:
– Zabt etamiz!

(Ichki monolog, Maya)
– Video tanlov... Bu biz uchun imkoniyatmi yoki yana bir sinov? Bilmadim. Lekin bir bilganim, bu safar men butun kuchimni sarflayman. BTS, biz kelyapmiz!


Ertasi kun.

Qizlar kvartirada video uchun g'oyalar bilan band. Har biri o'z taklifini aytyapti:

Heya:
– Biz BTSning kliplariga parodiya qilsak-chi? Men J-Hopeni juda yaxshi o'ynay olaman!

Haneul:
– Yo'q, biz o'z hayotimiz haqida, ularga bo'lgan muhabbatimiz haqida video qilamiz. Qanday qilib biz ularning musiqasi bilan yashayotganimizni ko'rsatamiz.

Maya (o'ylab):
– Balki... ikkalasini ham birlashtirsak? Parodiya elementlari bilan hayotiy lavhalarni?

Ular uzoq tortishuvlardan so'ng, kompromissga kelishdi. Video ssenariysi sekin-asta shakllana boshladi

Qizlar har bir bo'sh daqiqalarini videoga bag'ishlayapti. Ishdan keyin, dam olish kunlari - hammasi rejissyorlik, operatorlik, aktyorlik va montaj bilan band.

Heya (sochini artib):
– Menimcha, bolalar bog'chasidagi bolalar menga qaraganda ko'proq uxlayapti. Bu tempo bilan biz BTS bilan emas, shifoxonada ko'rishamiz.

Haneul (makiyaj bilan urunib):
– Sabr, Heya. Tasavvur qil, agar biz g'alaba qozonsak... O'shanda butun azoblarimiz unutiladi.

Maya (kamerani sozlab):
– Yaxshi, qizlar. Sahna tayyor. Haneul, sen o'zingni BTS qo'shig'iga chalg'iyotgandek ko'rsatishing kerak. Heya, sen esa... senga eng aqldan ozdiradigan harakatni top.

Heya (o'ylab):
– Meni qilinglar RMning dublyori! Men ingliz tilida o'qiganlarimni namoyish etaman.

Ular kulishdi va suratga olishni boshlashdi. Lekin, har doim nimadir xalaqit berardi: shovqin, yorug'lik yetishmasligi, unutilgan so'zlar, kulgili harakatlar...

Bir kuni, ular eng muhim sahnani - "BTSga maktub" sahnalashtirishga harakat qilishdi.

Haneul (kameraga qarab):
– Sevgili BTS... siz bizning hayotimizni o'zgartirdingiz...

Birdan uning ovozi titray boshladi va ko'zlaridan yosh oqdi.

Haneul (yig'lab):
– Kechirasizlar... Men bunga chiday olmayman... Bu juda hissiyotli...

Maya kamerani to'xtatdi va Haneulni quchoqladi.

Maya:
– Haneul, hammasi yaxshi. Biz buni uddalaymiz. Biz birgamiz.

Heya (ko'zlarini artib):
– To'g'ri. Biz yelkamizga osilgan tog'ni ham yengamiz.

Ular bir necha daqiqa jim qolishdi. So'ng, Haneul chuqur nafas oldi va yana davom ettirishga tayyorligini aytdi.

Ammo, pul masalasi ham jiddiy muammo edi. Video uchun kerakli jihozlar, joy ijarasi - bularning hammasi pul talab qilardi.

Heya (o'ylab):
– Men yana bir smenada ishlashga tayyorman. Hattoki dam olish kunlarida ham.

Haneul (xavotir bilan):
– Yo'q, Heya. Biz senga haddan tashqari yuk yuklay olmaymiz.

Maya (boshini qotirib):
– Menda bir g'oya bor. Biz kichik tadbir o'tkazamiz. BTSga bag'ishlangan mahsulotlar sotamiz, lotereya o'ynatamiz...

Ular birgalikda tadbirni rejalashtirishni boshlashdi. Har biri o'z hissasini qo'shdi: Heya bolalar bilan yasagan rasmlarini, Haneul o'zi tikkan kichik o'yinchoqlarni, Maya esa o'zining mazali shirinliklarini sotdi.

Tadbir muvaffaqiyatli o'tdi. Ular kerakli pulni yig'ishga muvaffaq bo'lishdi.

(Ichki monolog, Heya)
– Men hech qachon bu qadar qiyin vazifaga duch kelmagandim. Ammo, bir narsaga amin bo'ldim: do'stlik - eng katta kuch