May 22, 2025

𝑺𝒘𝒆𝒆𝒕 𝒅𝒓𝒆𝒂𝒎

6-qism

Qorong‘ulik. O‘q ovozi.

Chiroqlar o‘chgan zahoti hamma qotib qoldi. Bir zumda faqat yurak urishi, nafas ovozi, va yerga qulayotgan tananing “tup” degan tovushi eshitildi.

— “MAYA!!” — Haneulning ovozi qulog‘ni yordi.

Chiroq qayta yonganida — Maya yerda yotar, ko‘kragining chap yon tomonidan qon oqib, oq futbolkasi qizilga bo‘yalgandi. Haneul uni tizzasiga yotqizgan, yig‘lay-yig‘lay:

— Maya, iltimos! Ko‘zingni och!!

Taehyung tezda tashqariga chopdi, lekin qorong‘ilik va odamlar orasidan jinoyatchi ayol izsiz yo‘qolgan edi.

Namjoon, Mayani ushlab hushini yo‘qotayotganini ko‘rib, boshini ushlab yiqildi:

— Men uni saqlay olmadim... iltimos, o‘lma... meni kechir...

Jungkook va Jay zudlik bilan tez yordam chaqirishdi. Qizlar titragan holatda jim yurar, Taehyung esa endi bu o‘yinga sabr qilolmasdi.

Shifoxona.

Maya zudlik bilan operatsiya xonasiga olib ketildi. Yuragiga yaqin joydan o‘q tegani sababli ahvoli nihoyatda og‘ir edi. Qizlar o‘zlarini yo‘qotgan, yigitlar jim, devorga suyanib, umidsizlik bilan yurishardi.

Shifokor chiqdi. Qorong‘i ko‘zoynaklarini yechib, ohista:

— “Operatsiya qiyin kechdi. Yaxshiyamki, o‘q yurakni chetlab o‘tgan. Lekin ko‘p qon yo‘qotgan. Hozir komada...”

Qizlar oʻzini qoʻlga ololmay yerga yiqilishdi. Namjoon esa shunchaki shiftga qarab turdi. Yuragi bo‘shaganday, ko‘zlarida hech narsa qolmaganday edi.

Maya hali ham hushiga kelmagan. Yuragining yon tomoniga tekkan o‘q sababli u sun’iy nafas apparatiga ulangan holda yotardi. Uning atrofiga katta xavfsizlik choralari o‘rnatilgan — ko‘pchilik o‘q voqeasidan so‘ng bunga majbur bo‘lishgan.

Namjoon kechayu kunduz shifoxona zalida kutmoqda. Uning ko‘zlari charchoqdan qizarib ketgan, lablari quruq. Maya uchun tinmay duo qilardi.

Jay esa o‘zini aybdor his qilardi. U qizlarni bu yerga olib kelganidan afsusda edi. Ammo hozir eng muhimi — Maya tirik qolishi edi.

Hech kim Entertainment bilan bog‘lanmadi. Ular bu voqeani yigitlar noqonuniy ravishda chet elga chiqqanini bilsa, vaziyat yanada yomonlashishidan qo‘rqishardi. Hozircha sukutda edilar — yigitlar uchun bu oraliq vaqt, kurashga tayyorlanish va yaqinlarini himoya qilish fursati edi.


Boshqa xonada — Jinoyatning yangi bosqichi

Hech kim bilmasdi — ayni shu vaqt, shifoxonaning boshqa qavatidagi kichik palatalardan birida Heya yolg‘iz edi. U Mayani yonida o‘tirib unga gapirar bu unga og‘ir botardi. O‘zini aybdor his qilardi — "Agar biz ketmaganimizda bunday bo‘lmasdi" degan o‘y aqlini kemirar edi.

Ammo Haneul qoʻshni palatada yotardi oʻzini yaxshi xis qilmagani uchun Jungkook uni majburlab yotqizib qoʻygan edi. Shu payt kimdir yashirincha xonada paydo boʻldi.

U qora kiyimda, niqobda edi. Bu oʻsha avvalgi Heyaning xonasiga kirgan odam jinoyatchi qizning eng ishongan odami. U qamoqdan osonlikcha chiqib olgan Shvetsariyaga ham yashirin yo‘llar bilan kirib kelgan, endi esa u ham qasosini olmoqchi.Haneulni olib chiqib ketish.

Jinoyatchi birdan Haneulni og‘zini yopib, hushini yo‘qotadigan suyuqlik bilan latta bosdi. Haneul hushidan ketmaslikka bor ovozi bilan baqirishga harakat qildi ammo suyuqlik oʻz taʼsirini koʻrsatdi

Kamera va kuzatuv tizimi esa vaqtincha o‘chirib qo‘yilgan — u hammasini oldindan rejalashtirgan edi.


Heya Haneulni topa olmadi. Heya va yigitlar yugurib, butun klinikani qidirishdi. Lekin Haneuldan iz yo‘q edi.

Jay:
— Bu oddiy yo‘qolish emas. Kamera yozuvlari o‘chirilgan. Bu — tashqi aralashuv!

Taehyung:
— Endi biz kutolmaymiz. Men Heyani, sizlar Mayani himoya qilasizlar. Lekin biz hammamiz nishondamiz.

Namjoon:
— Bizda faqat bir yo‘l bor: bu jinoyatchini topib, hammamizni to‘liq xavfsizlikka olib chiqish.


Qorong‘ilik. Nomalum joy oradan 8 soat oʻtib haneul ko‘zlarini ohista ochdi. Boshi zirqirab, hamma joyi og‘rir edi. U harakat qilmoqchi bo‘ldi, ammo oyoq va qo‘llari muzdek temir zanjir bilan mahkam devorga bog‘lab qo‘yilgan edi. Xonada xira chiroq yonib turardi. Devorlari yerto‘la yoki omborga o‘xshardi — sovuq, nam va sukunatli.

Xonaning narigi tarafida stulda kimdir o‘tirardi. Uning yuzi qorong‘ilikda ko‘rinmasdi, faqat nafas olishi, pichirlashi eshitilardi.

— “Uyg‘ondingmi, malika?” — ohangda kinoya va g‘azab aralash edi.

Haneul beixtiyor o‘zini orqaga tortmoqchi bo‘ldi, zanjir “shang” etib tortildi.

— “Endi biz tanishib olsak meni Leo deb chaqirishing mumkin albatta bu oʻz ismim emas qochib ketib meni sotaman deb ovora boʻlib yurma deymanda...

Leo [qamoqda oʻtirib chiqaverib psix boʻlib qolgan]

Senga bu joy tanish emas, bilaman. Lekin... eslaysanmi meni? O‘sha tungi mehmonxonada menga nima qilganding?” — erkak stuldan turdi va yaqinlashdi.

Yuzini yaqqol ko‘rsatmasa ham, ovozidagi g‘azab shunchalik kuchli ediki, Haneul birdan tushundi: bu o‘sha Heyani ta’qib qilgan ayolning sherigi edi.

Leo davom etdi, chuqur nafas olib:

— “Sen o‘sha kuni meni to‘pori erkakcha kaltaklagan ayol bo‘lding. Qo‘lingda tirnalgan joylarim hanuz iz qoldirgan. Bilasanmi, men o‘sha kungacha ayoldan yengilishni tasavvur qilmagandim… Lekin sen... sen meni tiz cho‘ktirding.”

U devorga musht urdi. Qattiq. Shunchalikki, chang ko‘tarildi.

— “Meni ayol kishi urgani — bu mening erkakligimga chizilgan dog‘ edi. Endi... men ham senga shuni his qildiraman. Qanday zaif, ojiz ekanligingni...”

Haneul bo‘lsa, qo‘rqsa-da, ko‘zlarida hali ham jasorat porlar edi. U itoatkorona yig‘lash o‘rniga o‘ziga xos qahrli nigoh bilan javob berdi:

— “Agar seni o‘sha kungi ayol yenggan bo‘lsa, bu sening kuchsizlikingdan. Endi esa zanjir bilan bog‘langan odamdan o‘ch olmoqchisanmi? Haqiqatdan ham erkakmisan o‘zi sen?”

Bu so‘zlar Leoni g‘azablantirdi. U birdan Haneulga yaqinlashdi, ammo o‘zini tutdi. U quvnoq, telba ohangda kuldi:

— “Menga yoqasan, Haneul. Kuching, qahring... bu meni yondiradi. Shuning uchun seni qiynab rohat olaman. Ammo esingda bo‘lsin — bu safar men o‘ynayman, sen esa... qochib qutula olmaysan.”

U xonani tark etarkan, qizni qorong‘ilik va sovuq sukunat bag‘rida yolg‘iz qoldirdi. Faqat uzoqdan eshitilayotgan metall eshikning qulflanish ovozi xonani larzaga solib turardi

Zanjirlar sovuq, terisini qizartirib yuborgan edi. Haneul nafasini rostlab, o‘zini tinchlantirishga harakat qildi. Yuragi urardi, lekin u qo‘rqishdan ko‘ra o‘ylashni tanladi. U har doimgidek kuchli bo‘lishi kerak edi.

Ko‘zlari asta-sekin qorong‘ilikka ko‘nikdi. Devordagi murvatga ulangan zanjirga tikildi. Bu yerda hamma narsa qo‘pol edi – qo‘llanilgan, lekin ancha vaqt ilgari o‘rnatilgani bilinardi. Demak, ehtimol, zanjirlar eski edi.

Haneul chuqur nafas olib, qo‘lini orqaga egib zanjirni buray boshladi. Tirnoqlari bilan mahkam qisilgan halqani tirnab, murvatni bo‘shatishga urindi. Qo‘li qonay boshladi, lekin u to‘xtamadi.

— “Agar bu yerda o‘lsam ham, sening qo‘lingdan emas…” — dedi u pichirlab.

Zanjir bir “taq” etib siljidi. Yuragi tez ura boshladi. U yana harakat qildi, og‘riqdan tishlarini tishlab. Va nihoyat, zanjirning bir uchi bo‘shadi. Biroq oyoqlari ham bog‘langan edi.

U joyidan sirg‘alib tushib, devor bo‘ylab surindi. Xonaning narigi tarafidagi eski stulni ko‘rdi. Uning siniq qismidan bir bo‘lak silliqlanmagan yog‘och chiqib turgandi. Haneul unga suyanib borib, oyoqdagi zanjirni u bilan urib, qirqishga urina boshladi. Har zarbada og‘riq, har harakatda umid.

Birdan yonginasidagi eshikdan shovqin eshitildi. Leo qaytayotgan edi.

— “Yo‘q, yo‘q! Hali emas!” — degancha Haneul bor kuchi bilan zanjirni urdi va "shark" etib bog‘dan bir uchi bo‘shadi.

Endi u sudralib bo‘lsa ham eshik tomonga qarab harakatlana boshladi. Ammo hali ham ikkinchi oyog‘i panjarada edi.

Eshik ochildi. Leo ichkariga qadam tashladi... va Haneulni erga yotgan, qochishga urinayotgan holatda ko‘rdi.

U ko‘zlarini kattaroq ochdi. Nigohi g‘azab, shubha va hatto... hayrat bilan to‘ldi.

— “Yana sen?! Bu yerda ham menga qarshi chiqmoqchimisan?!” — deb qichqirdi u.

Haneul oxirgi nafasini tortib:

— “Qanday bo‘lsa ham, SEN meni yenga olmaysan...”

Leo birdan Haneulning yuziga qattiq tarsaki tushirdi. Qizning boshi yon tomonga o‘girildi. U hozirgina hushini tiklagan edi, lekin zarba shunchalik kuchli ediki, yana ko‘z oldi xira tortdi.

— “Sen kimligingni unutmadingmi, a?!” — deb Leo yana qizning yelkalaridan ushlab, uni devorga siltadi.

Haneulning bosh tomoni devorga urildi, labidan qon oqdi. Tanasi bo‘shashdi, u asta yana hushini yo‘qota boshladi. Leo esa yelkasidan ushlab turar, go‘yoki u bilan kurashni hali yakunlamaganday tik qarab turardi.

— “Ayol bo‘lishing seni asraydi deb o‘yladingmi?! Endi har bir xatoying uchun sen javob berasan, Haneul! Men sendan ayollar kuchli bo‘lmaydi degan darsni qayta olaman!”

U nihoyat qizni polga qo‘ydi, ammo barmoqlari qaltirardi. Ko‘zlari hali ham nafrat va telbalik bilan to‘lib toshgan.

Leo qizni yana zanjir bilan bog‘ladi. Bu safar ikki baravar qattiqroq. So‘ng jim-jit yurib, xonadan chiqib ketdi.

Xonada esa faqat Haneul qoldi. Nafasi sekin. Ammo yuragi hanuz urardi. Bu jang tugamagan edi. U yana uyg‘onadi. Yana hayot uchun kurashadi.