YOU ARE MY LIFE
Barchaning kayfiyati ko‘tarinki edi. Shu payt Muslima telefoniga akasidan qo‘ng‘iroq keldi. U biroz holiroq joyga o‘tib, go‘shakni oldi. Telefonning narigi tomonida aytilgan gaplarni eshitgach, birdaniga baqirib yubordi:
—Aka, nimalar deyapsiz? Aqlingiz joyidami?! Hech qachon!
Narigi tomondan esa sovuqqon ovoz:
—Men gapimni aytdim. O‘ylab ko‘r. Yana qo‘ng‘iroq qilaman.
Muslima sokin yurak bilan qaytib keldi, ammo endi u o‘ziga o‘xshamasdi. Kayfiyati tushgan, o‘ychan holatda edi. Qizlar "Tinchlikmi?" deb so‘rashganida, u "Hech narsa emas", deya javob berdi.
Shu payt to‘satdan eshik ochilib, EunWoo kirib keldi. Namjoon esa beixtiyor g‘azab bilan o‘rnidan turdi:
—Qizlar, iltimos, boshqa xonaga chiqib turing.
—Men bu yerga sizlarni xafa qilish uchun emas, kechirim so‘rash uchun keldim.
U birma-bir hammani ko‘zdan kechirib, sof dildan davom etdi:
—Sofia, meni kechir. Bilmasdan yuragingni og‘ritib qo‘ydim. O‘shandan beri vijdonim qiynalyapti. Iltimos, bir marta kechirdim degin.
Sofia ko‘zlariga yosh olib, chuqur xo‘rsindi:
—Men seni kechiraman, EunWoo. Ammo keyingi safar kimnidir yoqtirib qolsang, avval uning yuragini tushun. Senga eng go‘zal baxtlarni tilayman. Endi esa ket iltimos.
Qizlarni ham koʻzlari yoshlandi Chunki EunWoo ularga vaqt o‘tib qadrli inson bo‘lib qolgan edi.
EunWoo ketayotib hammadan kechirim so‘rab, jilmayib xayrlashdi:
—Men Amerikaga ketayapman. Ishimni u yerda davom ettiraman. Sizlarga esa chin yurakdan baxt tilayman.
Ertasi kuni qizlar nonushta tayyorlab, yigitlarga uylariga qaytishlari kerakligini aytishdi. Yigitlar biroz xafa bo‘lishdi, lekin ular qizlarning dini va odatlarini hurmat qilishardi.
Baxtli kunlar endi boshlangandek edi. Ammo Muslimaga akasidan qoʻngʻiroq boldi
—Hech qachon! Eshitayapsizmi?! Men sizning xatolaringiz uchun badal to‘lash uchun dunyoga kelmaganman!
—Yo‘q... Akam meni bir arabga erga bermoqchi ekan...
—Nimmmma?! Qayerdan chiqdi bu gap?!
—U qimor o‘ynab meni "tikkan" ekan. Endi esa kelib olib ketmoqchi...
Bu gaplarni eshitib qolgan Taehyung o‘yladi:
Qizlar hayrat bilan unga qaradi:
—Muslimaning akasi kelganda, go‘yoki biz allaqachon turmush qurish uchun tayyorgarlik qilib qo‘yganmiz deb ko‘rsatamiz. Qarzdorligini esa men to‘lashga tayyorman.
—Ammo u bunga rozi bo‘ladimi? Arab ham birga kelsa-chi? — dedi Ziyoda xavotir bilan.
—agar shunday boʻlsa uni ham hal qilib qo‘yaman, — dedi Taehyung ishonch bilan.
—Muslima, akang qachon kelishini bilib ol. Biz shunga qarab harakat qilamiz.
Qizlar keyinchalik yotoqda suhbatlashib yotishar edi. Muslima chuqur xo‘rsinib so‘z boshladi:
—To‘g‘ri qilayapmizmikan? Hayot nega bunchalik qiyin?..
—Alloh hech qachon bandasiga toqatidan ortiq sinov bermaydi. Muslima, sabrli bo‘l. Kelajaging porloq. Ishon, sen bu og‘riqlardan bir kun kulib o‘tasan... Va Taehyung? Menimcha, u sendan befarq emas...
Suna kulimsirab:
— Muslima ham Taehyungga befarq emas, shunaqa-a! — deb hazillashdi. Bu hazil barchaning yuziga tabassum olib keldi.
Robiya ham qo‘shilib:
— To‘g‘ri, ular bir-biriga juda mos, go‘yo yillar davomida birga yashagandek.
Ziyoda esa:
— O‘zinglar ham Jimin bilan shunaqasan-ku!
Shunda qizlar bir ovozdan:
— Hoo, Ziyoda sen oʻzingni bil Jungkook bilan aa
Ular Ziyodani ustidan kulib mazax qilishdi. Ziyoda esa, jilmayib:
— E, boringlar, ahmoqlar! Menga alkogol ichadigan babniklar yoqmaydi! — dedi. Ich-ichidan esa o‘ziga qattiq tanbeh berardi: “Lekin Jungkook biram yoqimtoy... Har safar menga qaraganda yuragim gupillaydi. Ahh, Ziyoda, aqlingni yig‘...”
Oradan bir necha kun o‘tdi. Muslimaning akasi bilan yana bog‘lanishdi va u uch kundan so‘ng Koreyaga yetib kelishini aytdi. Rejani yana bir bor muhokama qilib chiqdilar.
Nihoyat, kutilgan kun keldi. Barchasi Taehyungning uyida Muslimaning akasini kutib o‘tirardi. U esa hech kimni ogohlantirmay, to‘g‘ridan-to‘g‘ri eshikni ochib kirdi. Singlisi bilan salomlashishga ham shoshilmadi.
— Qani, qani o‘sha sevgiling? — deb, yigitlarga bir-bir qaray boshladi. — Shuncha yigit bilan birga o‘tirganingga uyalmaysanmi?! — degancha nigohini Ziyodaga qadadi.
Buni sezgan Jungkook darrov Ziyodaning yoniga o‘tib, uni himoya qildi:
— Bu yerda uyalishi kerak bo‘lgan boshqa odam bor, deb o‘ylayman.
Taehyung sal o‘rnidan turib:
— Men Muslimaning bo‘lajak turmush o‘rtog‘i bo‘laman. Ismim Kim Taehyung.
Muslimaning akasi kulimsiradi:
— Ha-ha, eshitishimcha, qarzlarimni yopib berarmishsan?
Taehyung qat’iy javob qaytardi:
— To‘g‘ri.
— Nima uchun aynan sen? Sen musulmon ham emassan-ku.
— Chunki men uni sevaman. Qolgani esa mening ishim. Sizdan esa faqat bir narsa so‘rayman — uni tinch qo‘ying. O‘sha qariya esa orzusini unutaversin.
— Oho, ja mard bola ekansan-ku! Yaxshi, pulimni ber, qariyani esa alohida "haq" bilan unutamiz.
— Nima, fikring o‘zgardimi, singiljon? — dedi sovuq tabassum bilan.
Shu payt Suga aralashdi:
— Qizlar, bu yerda qiladigan ishingiz yo‘q. Taehyung va akangiz o‘zlari gaplashib olishadi. Muslima, iltimos, chiqinglar.
Oradan sal o‘tib, Muslimani akasi yana chaqirdi:
— Singiljoon... akangni kuzatib qo‘ymaysanmi?
Muslima yuragidagi og‘irlik bilan sekin yurib chiqdi. Akasi unga quchoqlagandek bo‘ldi-da, qulog‘iga sekin pichirladi:
— Agar meni aldayotgan bo‘lsalaring, hammangizni shu uyga ko‘maman.
Muslima muzlab qoldi. Akasi esa hech narsa bo‘lmagandek chiqib, mehmonxonaga jo‘nadi.
Qiz uydan kirib kelganida yuzidagi rang uchgan, qaltirab turgan edi. Shu payt Taehyung biroz ikkilanib, uning yoniga bordi va belidan ohista ushlab:
— Yaxshimisan? — deb so‘radi.
Bundan barchalar hayratda edi, hatto Muslima ham.
— Nima qilyapsiz? — deb qo‘lini tortmoqchi bo‘ldi.
Taehyung esa ohangida sirli ohang bilan:
— Bu yerda yashirin kamera bor, — dedi
Namjoon bu gapni eshitib, vaziyatni darhol anglab yetdi. Taehyung esa Muslimani ohangrabodek bog‘ tomon yetaklab ketdi. Qolganlar esa orqalaridan ergashdi. Muslima esa o‘zini juda noqulay his qilardi...
Bog‘ tomon yurarkanlar, Muslima qadamlarini sust tashlab borardi. Yuragi allaqachon og‘ir xayollarga to‘lib ketgan edi. Taehyung yonida sekin yurib, uning qo‘lini ohista ushladi.
— Nima qilyapsiz? — dedi Muslima birdan to‘xtab.
Taehyung:
— Kameradan ehtiyot bo‘laylik, — dedi.
—Qayerdan chiqdi u yashirin kamera? — dedi Muslima, hayron va biroz xavotir bilan.
Shu payt Namjoon ularning ortidan yetib kelib, jiddiy ohangda javob berdi:
— Bu kamerani akang o‘rnatgan. U sizlardan shubhalanayotganga o‘xshaydi.
Muslima bir necha soniya qotib qoldi. So‘ng ohangida qo‘rquv aralash:
— Demak, u bizni kuzatib yuradi?
Namjoon bosh irg‘adi:
—U hech narsa demay ketgani, qulog‘ingga sirli gap pichirlagani... bu tasodif emas.
Taehyung esa ohangida ishonch bilan dedi:
— Biz bunga tayyor bo‘lishimiz kerak. U kutilmagan harakat qilishi mumkin.
Muslima boshini pastga qaratib turarkan, Taehyung asta unga arab dedi:
— Men seni yolg‘iz qoldirmayman. Qanday bo‘lishidan qat’i nazar, yoningda bo‘laman.
Shu payt orqadan Ziyoda, Asal va qolg‘anlar ham yetib kelishdi. Ziyoda yuragini ushlab dedi:
— Bu ish juda xavfli bo‘layapti. Muslima, akang chindan ham xatarli odam.
Asal unga qarab:
— Lekin sen yolg‘iz emassan. Biz barchamiz birgamiz.
Robiya:
— Ha, sen bizning jondan aziz dugonamizsan endi hammamiz bu rejaga jiddiy yondashamiz.
Taehyung esa hammani ko‘zdan kechirib, ohangida qat’iyat bilan:
— U bizni sinayapti, unda biz ham unga o‘zimizni qanday odamlar ekanimizni ko‘rsatamiz.
Muslima bosh irg‘adi. U ichida bir tomchi kuch his qildi. Chunki bu safar u yolg‘iz emasdi. Uchinchi marta emas, butunlay birinchi marta, haqiqiy ma’noda yonida turgan, qo‘llab-quvvatlaydigan insonlar bor edi.
Muslima chuqur nafas oldi, Taehyung esa uni uy ichkarisiga olib kirdi. Kamera masalasini hal qilishganidan so‘ng, ular rejani yanada kuchliroq bajarishga qaror qilishdi — musulmon qiz bo‘lgani uchun Muslima Taehyung bilan birga yashayotgandek ko‘rinishdan boshqa yo‘li yo‘q edi. Ammo bu yolg‘on uzoqqa cho‘zilmasdi, negadir yuragida og‘irlik bor edi.
Oradan ikki kun o‘tdi. Muslimaning akasi yana uyga keldi. Bu safar u yolg‘iz emas edi — yonida o‘sha arab erkak ham bor edi. Katta, qorni chiqqan, sochlari siyrak, qop-qora ko‘zlari bilan uy ichini sinchiklab kuzatib yurdi. Muslima unga hatto qarashni ham istamadi.
Arab erkak:
— Hmm, bu qiz menga umid bermayapti shekilli. Balki... boshqa qizni olsammi? Sen dedi Asalga qarab
Bu so‘zlar barchani larzaga soldi. Ayniqsa Jinni. U bir zum to‘xtab turdi, keyin o‘zini tutolmay qoldi.
— To‘xtang! Siz bu yerga odam tanlash uchun kelmagansiz! Asal sizning mulkingiz emas!
Barcha hayratda. Jin jiddiy edi, hatto Namjoon ham
Arab erkak:
— Nega unday deysan? Balki bu qiz ko‘nsa-chi?
Asal esa orqaga chekindi, lekin ko‘zlarida qo‘rquv emas — nafrat bor edi.
Asal:
— Men hech qachon sezga tegmayman. Bu haqda o‘ylash ham jirkanch. Men musulmon ayolman. Bizda ayol majburlab erga berilmaydi. Bu dinimizga ziddir nahotki buni bilmasang
Taehyung:
— Va sen Muslima haqida ham o‘ylama. Uning yonida endi men borman. Men unga hech kim teginishiga yo‘l qo‘ymayman.
Muslimaning akasi esa bularni jim kuzatdi. U arab erkakka qarab shunday dedi:
— Bo‘ldi, yetar. Bu yerda hech kim sizning mulkingiz emas. Qarzimni kuyov toʻladi, siz esa darhol bu yerdan chiqing.
Arab erkak norozi bo‘lib Asalga bir qaradi-yu chiqib ketdi.
Ammo shundan so‘ng Muslimaning akasi birdan to‘xtadi va ularga yuzlandi.
— Shu qilganlaringiz yolg‘on, to‘g‘rimi? Sizlar hali turmush qurgan emassizlar. Faqat menga teatr uyushtirdinglar.
Hamma jim bo‘lib qoldi. Faqat Taehyung so‘z boshladi:
— Ha... to‘g‘ri. Bu yolg‘on edi. Lekin men Muslima uchun hammasiga tayyorman. Unga zarar yetmasligi uchun bu yo‘lni tanladik. U musulmon qiz, siz ham shuni unutmasligingiz kerak edi ahir oʻzingiz ham musulmonsizku
— Balki sizlar to‘g‘ri qilgandirsizlar... Men ko‘p xato qildim. Singlimdan o‘zim ham kechirim so‘rashim kerak. Lekin vaqt kerak.
Muslima esa ko‘z yoshlarini ushlab faqat shunday dedi:
— Men sizni kechiraman, aka. Lekin bu oxirgi marta. Endi o‘zingiz uchun ham to‘g‘ri yo‘lni tanlang.
Hamma hayolga to‘lib, bu voqealardan keyingi hayot haqida o‘ylardi. Asal esa Jinga minnatdorchilik bilan qaradi
Namjoon uzoq vaqt Sofiaga qanday sevgi izhor qilishini, uni qanday qilib haqiqiy musulmon erkak sifatida hurmat bilan soʻrashni oʻylab yurgandi. U islomni oʻrganib chiqqan, Qur’on tarjimasini oʻqigan va imom bilan suhbat qilgan edi. Nihoyat, bir kuni qizlarni yigʻib, atrofini gullar bilan bezatib, Sofiaga yuzlandi. Yuragi tez ura boshladi.
Namjoon: "Sofia, men seni faqat yuragim bilan emas, imonim bilan sevaman. Seni Alloh yoʻlida, halol yoʻl bilan sevmoqchiman. Men islomni oʻrgandim, va chin dildan qabul qilaman. Sen bilan bir umr halol hayot kechirishni, seni Alloh roziligi uchun baxtli qilishni istayman. Menga turmushga chiqasanmi?"
Sofia hayratda. Koʻzlari yoshga toʻlib, yuragidagi barcha shubhalar tarqaldi. U jilmaydi va boshini egib, sokinlik bilan javob berdi:
Sofia: "Agar niyating Alloh roziligi uchun boʻlsa, men rozi. Menga Alloh yoʻlida yoʻldosh boʻlishingni qabul qilaman."
Atrofda turganlar qarsak chalib, hayajon bilan quvonishdi. Bu orada Jin uzoqdan bu lahzani tomosha qilayotgan edi. Uning yuragi sinayotgan edi, chunki ilgari Sofiaga boʻlgan his-tuygʻulari bor edi. Ammo endi... Asalga qarasa, yuragi yana bir marta “urdi”. Asalning koʻzlaridagi qat’iylik, imon, va goʻzal xulqi unga Sofiadan eslatardi.
Jin asta-sekin unga mehr qoʻya boshladi. Unga yaqinlashishga jur’at topolmasdi. Nihoyat bir kuni yolgʻiz qolganlarida, asta soʻz boshladi:
Jin: "Asal, men seni hurmat qilaman. Sening halolliging, imoning, mehribonliging meni o‘ziga tortdi. Men ham islomni oʻrganmoqchiman... Chunki sening dunyoqarashingni, hayotingni tushunishni xohlayman."
Asal biroz jim boʻldi, soʻng ohista dedi:
Asal: "Men ham seni hurmat qilaman, lekin sevgining asosida faqat tuygʻu emas, Allohdan qoʻrquv va rozilik boʻlishi kerak. Agar sen haqiqatan chin yurakdan islomni qabul qilmoqchi boʻlsang, men seni tan olaman."
Jin jilmaydi. "Demak bu boshlanishi, men o‘z ustimda ishlayman."
Bu orada Jungkook va Ziyoda orasidagi tortinishlar, kulgilar va qarama-qarshiliklar tobora mehrga aylanib borardi. Ziyoda har safar unga qaraganda yuragi tez urardi. Bir kuni Jungkook unga qarab:
Jungkook: "Ziyoda, men seni koʻrganimda yuragim tinch boʻlmaydi. Sen Allohdan qoʻrqqan, chiroyli axloqli, samimiy qizsan. Men islomni oʻrganishni boshladim, bu seni yanada yaxshi tushunishim uchun. Men seni sevaman."
Ziyoda boshini egdi, koʻzlari namlandi:
Ziyoda: "Men bu gaplarga tayyor emasman deb oʻylagandim... lekin qalbim seni inkor qilolmayapti. Islomni oʻrganishing, bu sevgining chinakamligidan dalolat beradi. Men ham seni hurmat qilaman."
Robiya va Jimin, Suga va Suna orasida ham asta-sekin ochilgan yuraklar bor edi. Har biri sevgan qizlariga islomni oʻrganmoqchiligini aytishdi. Qizlar esa ularni shart bilan qabul qilishdi: "Faqat chin yurakdan boʻlsa, Allohni topish istagi bilan boʻlsa qabul qilamiz."
J-Hope esa Namjoon bilan Sofiani to‘yiga kelgan bir qizni ko‘rdi. Unga ko‘zlari tushdi va yuragida nimadir paydo bo‘ldi
Katta toʻylar, quvonchlar, ehtirosli izhorlardan keyin, nihoyat, yigitlar va qizlar uzoq kutilgan safarga — Oʻzbekistonga, qizlarning ota yurtiga yoʻl olishdi. Samolyot Toshkentga qo‘ngan zahoti, issiq quyosh, xushchaqchaq odamlar, hidi burun quloqni qamrab oladigan non va choy hidi ularni bag‘riga oldi. Bu yurt boshqa edi — soddalik, iliqlik, mehmondo‘stlik har bir ko‘chadan, har bir nigohdan sezilardi.
Qizlar ularni Toshkentning eng chiroyli joylari bilan tanishtirishdi — Hasti Imom majmuasi, Chorsu bozori, Minor masjidi, Amir Temur xiyoboni... har bir yurilgan qadamda yigitlar bu yurtdan hayratda qolishar, madaniyat, tarix, va e’tiqoddan hayajonga tushishardi. Ayniqsa, namoz vaqtida masjidlarda to‘xtab, hamma birgalikda ibodat qilishlari — yuraklarining bog‘lanishini yanada mustahkamladi.
Keyin qizlar ota-onalarini, qarindoshlarini bir joyga — chiroyli, shinam restoranga yig‘ishdi. Hamma chiroyli kiyingan, ayollar milliy libosda, erkaklar toza, saranjom koʻrinishda. Har bir juftlik yonma-yon o‘tirar, barchaning yuzida kulgu, koʻzida esa minnatdorlik aks etardi.
Qizlarning onalari kuyovlariga mehr bilan qarashar, yigitlar esa hurmat ila ta’zim ko‘rsatib, bir-biridan ilgariroqda duo so‘rashardi.
Sofianing otasi soʻz boshladi:
— Qizlarimiz uzoqda, yiroqda oʻz juftlarini topdi. Biz uchun eng muhimi — ular baxtli, tinch va imonli hayot kechirishsin. Sizlar bu qizlarimizga nafaqat suyanchiq, balki dinimizni ham tushunishga harakat qilyapsizlar. Shuning uchun har biringizga ota sifatida duo qilaman — har doim Allohning hidoyatida bo‘linglar.
Namjoon esa hamma nomidan minnatdorlik bildirdi:
— Ota-ona bo‘lganlaringiz uchun, bu qizlarni tarbiya qilganlaringiz uchun rahmat. Biz ularni baxtli qilishga, diniy yo‘lida qo‘llab-quvvatlashga va doim g‘amxo‘rlik qilishga so‘z beramiz. Bu yurtda oʻzimizni mehmon emas, oila aʼzosi kabi his qildik.
Hamma birgalikda choy ichib, suxbatlashib, kulishib, eski suratlarni ko‘rib, bir-birining hikoyalarini tinglashdi. Orada kulgilar, duolar, hazil-mutoyiba — hammasi yurakdan chiqardi. Ayniqsa J-Hope, to‘yda uchratgan qizni ham bu yerda yana ko‘rib, yuragi yana bir bor hapriqib ketdi. U hali unga bir og'iz ham demagan edi, lekin qizning ko‘zlari ham befarq emasdi
Safar nihoyasiga yetgach, har bir qiz ota uyiga kuyovlarni taklif qilib ketdi. Uyda yana dasturxonlar yozilib, milliy taomlar pishirilib, hammaga mehmonxona eshiklari ochiq bo‘ldi.
Shunday iliq, imonga to‘la suhbatlardan so‘ng, kuzatuvchi ko‘zlar, og‘ir bag‘riga bosishlar va duo bilan ular Koreyaga qaytishdi — endi faqat turmush o‘rtog‘i emas, balki ikki madaniyat, ikki yurak, bir dinni birlashtirgan baxtli oila sifatida.