May 28, 2025

𝑺𝒘𝒆𝒆𝒕 𝒅𝒓𝒆𝒂𝒎

7-qism Final

Kasalxona:

Xonani quyosh nurlari yoritardi. Maya oppoq choyshablar orasida yotardi, yuzida sokinlik, ammo yurak atrofida hali ham tibbiy asboblar unga ulanib turardi. Yurak urishi sekin, ammo barqaror edi.

Uning ko‘z qovoqlari titradi. Nafasi biroz og‘irlashdi. Qo‘l barmoqlari sal siljidi. Maya asta-sekinlik bilan komadan chiqayotgan edi.

Yonida Jay, Namjoon va Heya navbatchilik qilardi. Heya uning qo‘lini ushlab, jim tikilib o‘tirardi. Og‘zidan sira so‘z chiqmasdi.

Jay asta pichirladi:

— “Uyg‘on, Maya... sening joying bu emas.”

Birdan yurak monitori signal berdi — tebranish kuchaydi.

Heya seskanib, o‘rnidan turdi:

— “Jay... Jay! Ko‘zlari, qarang, ochilyapti!”

Maya asta ko‘zlarini ochdi. Ko‘z nurlari chiroqqa zo‘rg‘a toqat qildi. Lekin u tirik. U birinchi bo‘lib Heyani ko‘rdi. Lablar harakatlandi:

— “He...ya…”

Heya yuzini sekin kulguga yo‘ydi. Ko‘zlari yoshlangan edi:

— “Hamma narsa yaxshi, Maya. Sen endi xavfsizsan.”

Jay shifokorlarni chaqirish uchun tashqariga chiqdi. Heya esa Maya qo‘lini silab, asta Namjoonga bosh chayqadi:

— “Haneul haqida hozircha hech nima demaylik…”

Maya unga so‘zsiz boqdi, lekin ichida allaqanday g‘am sezdi. Bu sukunat – xavotirli edi.


Shu orada Jungkook zinapoyada o‘tirgancha, qulog‘iga telefon tutib, yana bir marotaba politsiyaga qo‘ng‘iroq qilardi:

— “Iltimos, yana bir bor tekshirib ko‘ring. Haneul ismli koreys qizini ko‘rganlar bormi. U bu atrofda bo‘lishi mumkin.”

Politsiya rasmiysi yana rasmiy javob berdi: "Maʼlumot yo‘q."

Jungkook qattiq oh tortdi, boshini tizzasiga qo‘ydi. Namjoon uning yoniga keldi:

— “Biz uni topamiz Jungkook. Qanday bo‘lmasin. Hatto butun mamlakatni ag‘dar-to‘ntar qilsak ham.”

Jungkook g‘azab bilan bosh silkidi:

— “Men unga sevgimni aytishga ulgurmabman… uni yo‘qotolmayman!”

Namjoon bir zum jim bo‘lib, so‘ng qatʼiy dedi:

— “Mayani komadan chiqishi — bu belgi. Haneul ham albatta topiladi.”


Oradan biroz vaqt o‘tib

Yo‘qotilgan mobil signal, yozuvlari, jinoyatchining eski do‘stlari orqali izlanish boshlangan edi. Jay, Jungkook va Namjoon maxsus izlash guruhiga qo‘shilib, barcha ma’lumotlarni yig‘a boshlashdi.


Zanjirlar suv tomchilari ovozi

Haneul asta yana ko‘zini ochdi. Boshida kuchli og‘riq bor, lablari yorilgan, qo‘l-oyoqlari ham mahkam bog‘langan edi. Uning yuragi xavotirga to‘la urardi.

Eshik sharaqlab ochildi. Leo kirdi. Qo‘lida choy va yegulik, yonida katta qora sport sumkasi bor edi.

Leo sekin yaqinlashdi. U bir daqiqa jim tikilib turdi.

— “Seni bu yerda uzoq saqlay olmayman. Ular seni izlashyapti. Hozircha sen bilan boshqa joyda oʻynaymiz.”

Haneul boshini ko‘tardi, lablaridan kuch bilan chiqayotgan so‘z:

— “Ular meni topishadi…”

Leo tishlarini g‘ijirlatdi. U bir zum ko‘zlarini yumib, o‘zini bosdi. Ammo bu nafrat va erkaklik ambitsiyasini bosolmadi.

— “Meni bu qiziqtirmaydi seni topishsa ham oʻzligingni topishadi! Men endi seni to‘liq sindiraman. Bu… o‘ch emas, bu saboq!”

Leo og‘zidagi har bir so‘z bilan nafratini bosishga urinardi, lekin ko‘zlarida hali ham beqarorlik bor edi. Go‘yoki o‘zini ham ishonchi komil emasdek ul nima qilayotganini bilmasdi.

Haneul: Bu seni kuchli qilmadi bu seni faqat jirkanch qiladi.

Leo birdan qahri kelib, sumkani yerga irg‘itdi va Haneulni yelkalaridan tortib devorga urdi. Qizning boshi devorga urildi. U qo‘rquvga to‘la nafas oldi.

— “Jim bo‘l!” — deb baqirdi Leo va Haneulni yana zanjirladi. — “Bugun kechasi seni olib ketaman. Ular seni hech qachon topolmaydi!”

Leo xonadan chiqib ketdi. Eshik ortidan qulf ovozi eshitildi. Ichkarida yana jimlik. Faqat Haneulni kurashayotgan yuragi urardi.


Tashqarida esa izlovchilar ishga kirishgan.

Jay, Jungkook va Namjoon CCTV tasvirlaridan Leo ko‘ringan mashinani aniqlab olishdi. Shvetsariya politsiyasi bilan ishlash boshlangan edi. Leo vaqtga qarshi o‘ynayotganini bilmasdi.

Haneul tanasidagi og‘riqlarga, ruhidagi qo‘rquvga qaramay, yana o‘zida kuch topdi. U Leo bir muddat xonadan chiqqanidan foydalanib, zanjirni yechishga urindi. Qo‘llari titrar, tanasi junjikardi, lekin yuragidagi umid uni harakatga undardi.

U bir necha daqiqalik kurashdan so‘ng zanjirni bo‘shatishga muvaffaq bo‘ldi. O‘rnidan asta siljib, polda sudralib eshikka yaqinladi. Eshik ochiq edi. Bu — imkon edi.

Ammo orqasidan Leo paydo bo‘ldi. Uning g‘azabi avvalgidan ham yomonroq edi. U Haneulni qo‘lidan ushlab yerga otib yubordi, qizni qattiq urdi. Ammo Haneul bu safar qo‘rqmadi. Uning ko‘zlarida ko‘z yoshi emas, qarshilik bor edi.

Leo yana zarba bermoqchi bo‘lganida eshik sharaqlab ochildi. Ichkariga Jungkook, Taehyung va politsiya bostirib kirishdi.

— “To‘xtaaa!!” — deb qichqirdi Jungkook.

Leo ne bo‘layotganini tushunmay qoldi. Politsiya xodimlari darhol uni qurol bilan yerga yotqizdi. Leo qo‘llari kishanlanar ekan, baqirib:
— “U meni masxara qilgan! Ayol kishi meni yerga urgan, bu erkaklikka to‘g‘ri kelmaydi!”

Jungkook unga nafrat bilan boqdi:
— “U seni yenggan — sabr bilan, irodasi bilan. Sen esa mag‘lub bo‘lding… ham inson sifatida, ham erkak sifatida.”

Politsiya Leo’ni olib ketdi. Haneul hushsiz holatda Jungkook qo‘liga yiqildi. U qizni bag‘riga bosib, titrab pichirladi:
— “Meni kechir… men seni himoya qila olmadim… lekin endi hech qachon yolg‘iz qoldirmayman.”


Bir necha kun o‘tib, Maya to‘liq sogʻaydi. Yuragi yon tomoniga tegkan o‘qdan so‘ng u hayot va o‘lim o‘rtasida bo‘lgan edi. Ammo uning kuchli irodasi, yaqinlarining sevgisi unga umid berdi.

Jay uni hushyor ko‘rgach, xursand bo‘lib kuldi:

— “Sen eng kuchli qizsan. Sen bu dunyoga kerak ekansan.”

Maya kulimsiradi, lekin ko‘zlari Namjoonni izlardi. U kirib keldi, yuzida shukronalik va sokin muhabbat.

— “Men seni yo‘qotishdan juda qo‘rqdim… endi sening yoningdan sira ketmayman.”


Barcha voqealar ortda qoldi. Qizlar va yigitlar Koreyaga qaytishdi. Mamlakat ularni iliqlik bilan kutib oldi. Ammo ularni quvonchli yana bir yangilik kutardi:

Entertainment direktori ustidan bir nechta shikoyatlar tushdi. Ishchilarni ruhiy va jismoniy bosim ostida ushlagani fosh bo‘ldi. Natijada u lavozimidan chetlatildi. Uning o‘rniga ayol boshqaruvchi tayinlandi — mehribon, adolatli va san’atga hurmat bilan yondashadigan inson.

BTS o‘z faoliyatini yangi kuch bilan, erkin va quvonchli tarzda davom ettirdi. Ular endi hech qanday to‘siqlarsiz ijod qilishar, muxlislarga yanada chuqurroq musiqiy asarlar ulashar edi.


Qizlar sahnani tark etishdi, lekin orzularini emas.

Maya — musiqa olamida qolishni tanladi, ammo endi sahnada emas, balki sahna ortida. U yoshlar uchun musiqa ustoziga aylandi, bolalarga kuy va ohang orqali dardlarini ifoda qilishni o‘rgatdi.

Haneul — boshidan o‘tgan dardli voqealarni ranglar va chiziqlar orqali ifodalashga qaror qildi. U mashhur tasviriy san’at kurslariga yozilib, kelajakda ilhom baxsh etadigan rassomga aylandi.

Heya esa o‘zining didi, sadoqatli mehnati bilan moda dizayneri bo‘lib yetishdi. U o‘z brendini yaratdi va har bir kiyimida bir bo‘lak orzu, bir bo‘lak sabrni mujassam etdi.

Uch qiz — endi shunchaki do‘stlar emas, balki hayotning eng og‘ir lahzalarini yenggan kuchli ayollar edi.


Va ohirida...

Hayot har doim biz kutgandek emas. Ba’zida orzularimiz sinadi, ba’zida yuraklarimiz. Ammo biz sinmasak, tushkunlik bizni yengolmaydi.

“Shirin orzular ortida ulkan sabr, chidam, va matonat yotadi.”
“Sabr qilgan yurak, kun kelib eng yorqin tongni qarshi oladi.”
“Va sevgi… har doim o‘z yo‘lini topadi.”