𝑺𝒘𝒆𝒆𝒕 𝒅𝒓𝒆𝒂𝒎
Heya biroz charchagan holda stulga choʻkdi.
Heya (oʻziga):
– Endi butun kuchimizni videoga qaratamiz. BTS bizni koʻrishi shart.
Oʻsha kecha qizlar oxirgi sahnani – “Ular uchun maktub” bo‘limini suratga olishdi. Yorugʻlik noaniq, lekin yurakdan chiqqan soʻzlar ko‘zni emas, qalbni yoritardi.
Haneul (kameraga qarab):
– Biz sizni uzoqdan sevamiz, lekin yuragimizda eng yaqin joydasiz...
Maya:
– Siz bizga kuch berdingiz. Endi navbat bizda – biz sizga sevgimizni koʻrsatamiz.
Video tayyor bo‘ldi. Maya yuklaydigan payt telefoniga bildirishnoma keldi.
Maya (telefoniga tikilib):
– Yo‘q... yo‘q bu hazil bo‘lishi kerak...
Maya (dahshat bilan):
– Tanlov sayti... ishlamayapti. Server ishdan chiqqan deyapti. Video yuklanmagan.
Bir zumda xonadagi sokinlik – tushkunlikning ohangiga aylandi.
Heya (ko‘z yoshlarini yutib):
– Biz hammamiz bu uchun yashadik. Endi nima bo‘ladi?
Maya chuqur nafas oldi. U jim turdi, so‘ng turib, kamerani yana qo‘lga oldi.
Maya (qat’iyat bilan):
– Biz video qayta yuklanishini kutib o‘tirmaymiz. Uni butun internetga tarqatamiz. YouTube, TikTok, har yerga! Odamlar ko‘rsin. Agar BTS bizni tanlov orqali ko‘rmasa, odamlar ularni bizga olib keladi.
Haneul (hayrat bilan):
– Biz o‘z tanlovimizni yaratamiz?
Maya (kulib):
– Ha. “Sweet Dream Project” – bu endi faqat tanlov emas. Bu bizning haqiqiy hikoyamiz.
Video internetga joylandi. Birinchi kechada 500ta ko‘rish, ikki kun ichida 10 ming... Keyingi hafta esa – million.
Qizlarning oddiy hayoti asta-sekin orzular sari burilardi.
Videoning ko‘rish soni allaqachon 3 milliondan oshdi. Izohlar to‘lib-toshgan:
“Uchta oddiy qiz, lekin yuraklari yulduzday porlaydi.”
“BTS buni ko‘rishi kerak!”
“Kimdir ularga yordam bering, bu juda samimiy video!”
Maya, Heya va Haneul hali ham ishga qatnashardi, lekin endi ular metroda o‘zlarini ko‘rishayotgandek tuyulardi – telefonlar ekranlarida, do‘stlar guruhlarida, hatto maktab plakatlarida ham.
Heya (hayratda):
– Bugun bitta bola mendan rasmga tushishni so‘radi. U meni “Jimin parodiyachisi” deb atadi!
Haneul:
– Meni esa TikTok trendida mashhur bo‘layotgan “Kameraga yig‘lagan qiz” deb chaqirishyapti...
Maya:
– Hamma narsa juda tez bo‘layapti...
Ammo bu mashhurlik bilan birga, bosim ham kuchaya boshladi. Ayniqsa, Maya uchun. Izohlar orasida bir nechta o‘tkir fikrlar ham bor edi.
“Bular shunchaki e’tibor uchun qilgan.”
“BTS bu videoni hatto ko‘rmasa kerak.”
“Haqiqiy fanatlar bunchalik ko‘rinarli bo‘lishga intilmaydi.”
Maya bu so‘zlarni yuragiga juda yaqin oldi.
Haneul (Mayaning oldiga kelib):
– Maya, sen bu izohlar uchun yashamading. Esingdami? Biz bu videoni BTS uchun emas, o‘zimiz uchun boshlagandik.
Maya (past ovozda):
– Bilaman... lekin ular ko‘rib tursa-ya... nega jim?
Ular jim qolishdi. O‘sha payt telefoniga xabar keldi. Maya ochdi va ko‘zlari keng ochildi.
Maya (sekin):
– Bu... bu BTSning rasmiy sahifasi... video linkimizni “repost” qilgan.
Uch qiz bir zumda qichqirib yubordi. Qo‘llar bir-biriga urildi, ko‘zlar yulduzday porladi.
Haneul:
– Bu rostmi?! Endi ular bizni ko‘rdi?!
Ammo... video tagida hech qanday izoh yo‘q edi. Faqat link. Hech qanday emoji, izoh, eslatma...
Heya:
– Bu nima degani? Bu yoqdi degani emasmi? Yoki ular faqat qo‘llab-quvvatlash uchunmi?
Maya (chuqur nafas olib):
– Menimcha, bu... jim signal. Ular ko‘rdi. Lekin hali hammasi tugamadi. Bu endi boshlanishi.
Ular jim turishdi. Ko‘zlarida esa shubha va umid birga yondi.
BTS mashg‘ulotdan chiqib, guruh holida dam olayotgandi. Jungkook telefoniga tikildi. Ko‘zlari sekin-sekin jilmayishga aylandi.
Jungkook (past ovozda):
– Sweet Dream... Hm. Interesting.
Jimin:
– Oh... ular jiddiy ekan. Bu kulgili emas, yurakdan.
Jungkook:
– Ayniqsa... mana bu qiz – Haneul. Undan ko‘z uzolmadim.
Jimin (kulib):
– Hahh ehtiyot boʻl yana sevib qolma
Ichki monolog (Maya):
– Men his qilyapman. Nimadir o‘zgarayapti. Havoda – qandaydir signal bor. Ular bizni ko‘rdi. Endi... ular bizni izlaydi.
Kundan kunga videolariga bo‘lgan mashhurlik ortib borar ekan, ularning kundalik hayoti tobora o‘zgarib bormoqda. Har bir kishi ularni tanib qolmoqda, faqat ularning mashhurligi bilan bog‘liq tashvishlar ham kuchayib borardi.
Maya (charchab): – Ishdan keyin biroz dam olishni xohlayman, lekin bir tomondan, bu mashhurlik nima qilishni bilmasdan hammasini o‘zgartirib yuboradi...
Haneul: – Hamma narsa tez orada o‘zgaradi. Bizda faqat bir imkoniyat bor, va biz undan foydalanishimiz kerak. Biroq, nima bo‘lishini hech kim bilmaydi.
Heya (boshini silab): – Bizga qayta aloqa bo‘lganidan so‘ng, endi bu video... odamlarni o‘zgartirishi mumkin.
Maya (yuragi qattiq urib): – Ha, lekin BTS bizni faqat ko‘rgan bo‘lishi mumkin, yoki ular, ayniqsa... Jungkook, bizni yodga olishadi, lekin bu hali ham o‘zgarishning boshlanishi.
Heya (kulib): – Hm, bu yanglishish yoki haqiqatan ham ular bizni eslab qolishganmi, shuni bilish kerak! Agar ular bizga aloqada bo‘lishsa, nega yo‘q?
Haneul (yozayotgan bo‘lib): – Endi biz qanday qilib buni davom ettirishimizni bilishimiz kerak. Bizni qo‘llab-quvvatlashga vaqt topganlarida, nimalar qilishimiz kerak?
Seulda, BTSning mashg‘ulotlari davom etmoqda. Ularning ish vaqti juda charchagan, lekin har doim yangiliklar va boshqalar bilan aloqalarini yangilab turishga harakat qiladilar. Jungkook yana telefoniga qaradi. Bu safar, Mayaning nomi bilan bog‘liq video unga yana ko‘rinib turardi.
Jungkook (ichki fikr): – Maya... Ha, ularni ko‘rganimni eslayman. Juda qiziqarli. Ammo... Haneul... nima bo‘ladi? Bu izlar, sezgilar, hislar, ular meni bir zumda ushladi.
Jimin yoniga keldi va Jungkookning telefonidagi videoni ko‘rib chiqdi.
Jimin: – Hm, ular haqiqatan ham juda samimiy. Ularning video ishqiy va samimiy... juda katta potentsialga ega.
Jungkook (yuzini shivirlab): – Ularning biri, Maya, juda kuchli... lekin Haneul... uning ko‘zlari... ular menga so‘zlamay turib, juda ko‘p narsa aytadi.
Jimin (kulib): – Jungkook, sening adashganingni ko‘rishim aniq! Haneulni ko‘rganingda biron narsa sezishdingmi?
Jungkook (yo‘qotilgan): – Men... ularni sezganimni... lekin Haneul... uning qarashlari... ular menga biror narsa aytmoqda. Ularning yuksakligidan yoki kuchidan... men undan ko‘z uzolmayman.
Jimin (kulgili tarzda): – Yaxshi, sen hozir haqiqatan ham Haneulni e’tiborga olganingni tushunaman! Lekin... ularni izlashni boshlaganing yaxshi bo‘lganidan keyin biror narsa sodir bo‘lsa, menga aytish kerak. Sen o‘zingni yaxshi tutishing kerak, aka!
Jungkook (ko‘zlari yopilib): – Buning qanday natijalar berishini faqat vaqt ko‘rsatadi. Lekin... ular bizni his qilishadi. Yoqadi. Ularning birgalikdagi kuchi... men shunchaki to‘xtamayman.
Maya telefonini yana bir bor tekshirib, video haqida yangi izohlarni o‘qidi. Boshqa izohlar kelgan, ba’zilari hali ham salbiy, lekin uning ko‘zlari endi boshqa tomonga qarab turardi. Haneulni ko‘rganidan keyin, ularning yanada mustahkamligini sezdi.
Maya (ichki fikr): – Bular... hammasi. Bu haqiqatan ham orzu. Endi ular bilan gaplashish, ular bilan uchrashish... buni qanday amalga oshirishni bilmayman. Lekin men o‘zimni ular bilan birgalikda sezaman.
Shu payt qizlar video joylagan akkauntlariga habar keldi
Unda inglizchada shunday yozilgandi: “Salom bu BTSning tarjimoni Nicole sizlarni fan meetingga taklif qilmoqchi edim bilaman sizlar albatta kelasiz fan meetingdan soʻng sizlar bilan gaplashib oladigan gapimiz ham bor"
Maya Nicolega javob yozib gaplashib boʻlgach xursandchiligni boʻlishish uchun qizlarni oldiga yugurib chiqti.
Xo'o'o'sh xonimlar sizlarga bir gap aytaymii
Heya: tinchlikmi muncha osmonlardasan
Maya:Biz....biz...
Haneul:Nima biz biz tezroq gapirsangchi ahir
Maya: Biz fan meetingga boramizz
Qizlar nimaa deb baqirib yuborishdi
Haneul:Omg ishongim kelmaydi biz uddaladik
Maya va Heya: Ha uddaladik deyishdi koʻzda yosh bilan
Oʻsha kun keldi qizlar chiroyli mini yupka va ustilariga shunga yarashadigan kofta kiyib olishgandi ular koʻzlariga ishonishmasdi nahotki shuncha yil orziqib kutgan daqiqalari keldi
Yigitlar bilan muloqot judayam samimiy va quvnoq oʻtdi
Qizlarni yoniga Nicole kelib ozini yana qaytadan tanishtirib orqa tomonga olib ketdi qizlar nima boʻlayotganini tushunishmasdi oz vaqtdan keyin bir oʻrta yoshlardagi erkak kirdi ularning ortidan esa BTS
Qizlar hali ham xursandchilikdan oʻzlariga kekishmagandi birdan erkak qizlarga qarab salom berdi qizlar oʻzlarini oʻnglab ular ham salom berdi erkak ozini tanishtirar ekan men prodyuserman sizlar bilan oʻzim gaplashgim kelgandi dedi
Qizlar hayratda shu payt Heya gap boshladi janob biz bilan nimani gaplashmoqchi edingiz dedi mayin ovozda
Prodyuser: Sizlarni yuzingiz juda ideal va koʻzga yaqin qizlar ekansiz shuning uchun kliplarimizda roʻl ijro etasizmi degan taklifni bermoqchi edim
Haneul:Agar rozi boʻlsak biz ham big hitda ishlaymizmi ?
Rejissyor: Albatta boshqa qayerda ishlamoqchi edingiz
Qizlar judayam hursand boʻlishdi chunki u yerda BTSni yanada koʻproq uchratishlari mumkin edida
RM: Armylar bilan ishlash biz uchun katta sharaf
JK: Albatta dedida Haneulga qarab u ham gapga qoʻshilib qoʻydi
Nicole qizlarga jilmayib qaradi:
— Qizlar, endi ertaga sizlarni mashg‘ulotlar kutyapti. Klip uchun suratga olish jarayoni tez orada boshlanadi. Har biringiz BTS a'zolari bilan duet sahnaga ega bo‘lasiz. Tayyormisiz?
Heya, hayrat va quvonch aralash ovozda dedi:
— Bilmadim, bu tushmi yoki haqiqatmi?
Taehyung yumshoq tabassum bilan unga qarab:
— Yo'q bu tush emas
Qizlar o‘zlarining yangi real hayotlariga qadam qo‘yishayotganini endi tushunishayotgandi. Ertasi kuni ular BigHit binosiga yetib kelishdi. Har bir qiz o‘ziga tayinlangan a'zo bilan tanishtirildi.
Maya - RM bilan
Heya - Taehyung bilan
Haneul - Jungkook bilan
Mashg‘ulotlar boshlandi. Kamera qarshisida harakat qilish, hissiyotlarni ifodalash qiyin edi, lekin BTS ularni quvvatlab turardi.
Bir sahnada Jungkook Haneulning yuziga jilmayib qarab:
— Sen kamera oldida ham juda tabiiysan, Haneul. Men buni yoqtirdim.
Haneul qizarib, jilmaydi:
— Rahmat, Jungkook. Bu sen bilan ishlayotganim uchun bo‘lsa kerak...
Shu vaqtda rejissyor sahna tayyor bo‘lganini aytdi. Qizlar birinchi kunni muvaffaqiyatli yakunlashdi. Mashg‘ulotdan so‘ng, BTS yigitlari ularni kechki ovqatga taklif qilishdi.
Taehyung, Heya bilan yonma-yon ketar ekan:
— Seni yaqindan tanimoqchiman. Faqat ish hammasi emas, to‘g‘rimi?
Heya bir oz tortinib:
— Ha, lekin bu menga begona holat. Endi boshlab o‘rganyapman...
Taehyung unga qarab:
— Unda birga o‘rganamiz.
Kechki ovqat iliq va quvnoq muhitda o‘tdi. Yigitlar va qizlar stol atrofida kulib, suhbatlashib o‘tirishar, go‘yo ular orasida yillar davomida do‘stlik bo‘lib kelgandek edi. Jungkook o‘ziga xos hazillari bilan Haneulni kuldirar, RM esa Maya bilan chuqur mavzularda gaplashar, Taehyung esa Heya bilan musiqadan so‘z ochar edi.
Ovqatdan so‘ng Jungkook asta Haneulga egilib:
— Ertaga suratga olishda biz raqs sahnasidamiz. Yaxshilab dam ol, chunki men seni raqsga tushirishni sabrsizlik bilan kutyapman.
Haneul jilmaydi, yuragi tez ura boshladi:
— Xo‘p, mayli. Ammo ogohlantiray: men unchalik ham yaxshi raqqosa emasman.
— Unda seni o‘zim o‘rgataman, — dedi Jungkook hazilomuz, lekin ko‘zlari jiddiy porlardi.
Ertasi kuni suratga olish jarayoni davom etdi. Maya va RMning sahnasida ular birgalikda yulduzli kechada pianino oldida o‘tirgancha qo‘shiq aytishardi. Maya RMning ovozi bilan birga kuylarkan, yuragi har bir notada tebranardi.
Mashg‘ulotdan so‘ng RM unga dedi:
— Sening ovozing qalbingdagi hislarni yashira olmaydi. Menimcha, bu juda chiroyli fazilat.
Maya biroz hayajonlanib javob berdi:
— Bu gaping menga kuch bag‘ishladi. Rahmat, Namjoon oppa...
RM jilmayib:
— Endi oppa deb atayapsanmi? Bu menga yoqdi.
Heya va Taehyung esa romantik yagona kadr sahnasida qarama-qarshi tikilib turishardi. Rejissyor "start" deganida, Taehyung unga asta yaqinlashib, peshonasini uning peshonasiga tekkizdi. Kamera o‘chganidan keyin ham ular biroz jim turishdi.
Taehyung past ovozda dedi:
— Heya, bu rostdan ham aktyorlikmi yoki... biz ikkovimiz his qilyapmizmi?
Heya nafasini ichiga yutdi, ko‘zlarini yumdi va sekin dedi:
— Men... bilmayman. Ammo bu his begona emas...
O‘sha kecha qizlar mehmonxonada yig‘ilishdi. Har biri yuragida g‘alati, lekin yoqimli hislar bilan yotar edi. Haneul deraza yonida turib osmonga qaradi. Birdan telefoniga xabar keldi. Jungkookdan:
"Agar bugun uxlamay turgan bo‘lsang, balkon tomonga chiq. Senga ko‘rsatadigan narsa bor."
U yuragi dov-dov urgancha balkon eshigini ochdi. Pastda Jungkook turgan edi, qo‘lida kichkina qo‘g‘irchoq. U tepaga qarab baqirdi:
— Bu qo‘g‘irchoq sening ilk fankliping ramzi bo‘lsin. Va... balki, men bilan boshlanadigan hikoyaning ham.
Oradan bir hafta o‘tdi. Qizlar ham BTSga qoʻshilib bir oiladek boʻlib ketishdi. Klip suratga olish yakunlanib, qizlar BigHit'ning yangi loyihasi uchun mashg‘ulotlarga taklif etildi. Hammasi go‘yo orzudek ketayotgandi... taqdir esa o‘z burilishini tayyorlab turardi.
Bir kuni Nicole qizlarni ofisga chaqirdi. Ularning ko‘zida xavotir bor edi. Nicole jiddiy ovozda so‘z boshladi:
— Qizlar, kechirasiz, lekin bu juda muhim masala. Sizlardan biringiz haqida noxush video tarqaldi...
Qizlar bir-biriga qarashdi, yuraklari gupillay boshladi.
Nicole og‘ir xo‘rsinib:
— Heya...
Heyaning rangi oqarib ketdi. U titrab:
— Men? Qanday video?
Nicole ekranni yoqdi. Unda Heya va bir yigit kafeda gaplashayotgan, kulishayotgan tasvirlar bor edi. Ovoz ancha xira edi, lekin yigit:
"BTS bilan yaqin bo‘lish uchun bu loyihaga qo‘shildim," degandek gapirardi.
Qizlar hayratda. Heya esa shokda edi:
— Bu yolg‘on! Bu odam meni ko‘chada to‘xtatgan, men uni tanimayman ham!
Nicole:
— Video kontekstidan ajratilgan bo‘lishi mumkin. Buni tekshirib chiqamiz. Lekin hozircha jamoatchilik bunga jiddiy munosabat bildiryapti.
Oradan ko‘p o‘tmay Twitter, Instagram va hatto koreys yangiliklarida "Heya BTSni aldab tanishgan!" degan xabarlar portladi. Ular orasida Taehyung ham jim edi.
Heya telefonini oldi, Taehyungga yozdi:
"Iltimos, menga ishon. Men bunday ish qilmaganman."
Oradan bir kun o‘tgach, qizlar BigHit binosida uchrashishdi. Haneul va Maya uni quchoqlashdi.
Maya dedi:
— Biz sendan shubhalanmaymiz. Biz birgamiz, yodda tut.
Shu payt ofisga BTS yigitlari kirib kelishdi. Heya ko‘z yoshlarini arta boshladi. Taehyung unga tikilib turardi.
— Menga ishonasanmi? — dedi Heya past ovozda.
Taehyung ohista yurdi, yoniga keldi, va dedi:
— Men ichimdan ishonmoqchiman... lekin hozir yuragim shubhada. Men vaqt so‘rayman, Heya.
Heya ko‘z yoshlarini tiya olmadi. Qolganlar ham jim bo‘lishdi.
Lekin... bularning bariga sabab bo‘lgan yigit kim edi? Nega bu videoni ataylab tarqatdi? Uning asl maqsadi nima edi?
Va eng kutilmagani — oradan ikki kun o‘tib... Nicolega noma’lum raqamdan xat keldi:
"Bu hali boshlanishi. Qizlaringiz xavfsiz emas."
Nicole qora ekranga uzoq tikilib qoldi. Telefonidagi xabar yuragini siqib yuborgan edi. U darhol binoning xavfsizlik bo‘limiga murojaat qildi, lekin yuborilgan xabar anonim edi. Hech qanday iz yo‘q.
Shu payt eshik ochilib, RM va Jungkook kirib kelishdi. Nicole ularga xatni ko‘rsatdi. RM jiddiy bo‘lib qoldi:
— Bu qizlar xavfsizligini xavf ostiga qo‘yadi. Biz ularni bir muddat yashirin joyda ushlab turishimiz kerak.
Nicole bosh irg‘ab rozi bo‘ldi. Kechga borib, qizlar yig‘ildi. Nicole ularga bo‘lgan voqealarni tushuntirdi. Qizlar avvaliga hayratda, keyin qo‘rquv ichida edilar.
Maya:
— Kimdir bizni atay nishonga olyapti. Bu oddiy ko‘rinmayapti...
Heya:
— Bu o‘sha video bilan bog‘liq. Kimdir meni tuzoqqa tushirdi. Endi hammamiz xavf ostidamiz.
Haneul:
— Nega aynan hozir? Nega biz endi BTSga yaqinlashgan paytda?
RM o‘z so‘zini jiddiy ohangda boshladi:
— Sizlar BigHit oilasining bir qismiga aylanyapsizlar. Bu sizni ko‘pchilikning e’tiboriga olib chiqdi. Va ba'zilar bunday narsani ko‘ra olmaydi...
Shu kuni kechqurun qizlar boshqa joyga, maxfiy mehmonxonaga ko‘chirildi. Har birining yonida BTSdan bir yigit ham bor edi — nafaqat ularni himoya qilish uchun, balki ularning yonida bo‘lish uchun.
Jungkook va Haneul bir xona derazasi yonida turishar edi. Tashqarida qorong‘ulik, yurakda esa yana xavotir.
— Men seni hech kimga berib qo‘ymayman, — dedi Jungkook ohista. — Kim bo‘lmasin, bu tahdidni to‘xtatamiz.
Heya esa yotoqda qimirlamay yotardi. Telefoniga noma'lum raqamdan yana xabar keldi:
Ko‘zlari keng ochildi. Nafasi qisila boshladi. Bu odam faqat video emas, ichkaridagi narsalarni ham bilardi... Ammo qanday qilib?
Ertasi kuni Taehyung unga yaqinlashdi.
— Men sen bilan yana gaplashmoqchiman, — dedi u. — Kechadan beri yuragimda savollar ko‘p. Heya, sen meni rostdan sevayapsanmi? Yoki bu ham rejaning bir qismi edi?
Heya qattiq larzaga tushdi. Qanday qilib unga isbot qilsin? Qanday qilib ko‘rsatsin, bu tuzoq ekanini? Shu payt... xona chiroqlari o‘chdi.
Qizlar va yigitlar qorong‘ida qoldilar. Tashqarida signal chalinib, kimdir binoga kirayotganini bildirayotgan edi.
Nicolening telefoniga esa shunday xabar keldi:
"Hamma narsa endi boshlanmoqda. Bu sizlarga ogohlantirish edi."