Jizzaxda aholi orasida tadbirkorlik faoliyatini ommalashtirish bilan bogʼliq yangi loyihaga "STАRT" berildi
“Аholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi Prezident Qarori hamda “Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilishni jadallashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirishga oid chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi Prezident Farmoni mazmun-mohiyatini tadbirkorlar va tadbirkorlikni boshlash istagida boʼlgan yoshlarga mazmunini tushuntirish maqsadida tashkil etilgan uchrashuvda Jizzax viloyat hokimining birinchi oʼrinbosari N.Rajabov ishtirok etib, soʼngi yillarda aynan tadbirkorlikni qoʼllab-quvvatlash, ular faoliyatiga noqonuniy aralashmaslik,sohaga yangi innovatsion texnologiyalarni jalb qilish, eksport va import salohiyatini kengaytirish borasida juda koʼp qonun hujjatlari qabul qilinganligini aytib oʼtdi. Investitsion jozibador xudud hisoblangan Jizzax vohasida bunday imkoniyatlardan foydalanish maqsadida tadbirkorlar va ishbilarmonlar soni tobora ortib bormoqda.
Tadbirda yosh bo'lishiga qaramay, mustahkam tadbirkorlik faoliyatiga ega bo'lgan yigit qizlar ishtirok etishgani, viloyatda yoshlar orasida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda qiziqishlar yuqori ekanligidan dalolat beradi. Shuningdek, tadbirda avvaldan tadbirkorlik faoliyatini olib borayotgan yoshlar ham ishtirok etishib, ular o'zlarining tajriba va faoliyatlari, muvaqffaqiyat sirlari haqida o'z tengdoshlariga, umuman olganda, yig'ilishdagi ishtirokchilarga so'zlab berishdi.
Ushbu rukndagi tadbirlar bosqichma - bosqich viloyatning barcha tuman va shaharlarida o'tkazilishi tadbir tashkilotchilari va yig'ilish ishtirokchilari bilan birga bir ovozda ma'qullandi.
Biz ijtimoiy tarmoqlarda: