Chiqindini qayta ishlash
Qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash so'nggi yillarda tobora o'sib borayotgan biznesga aylanib bormoqda. Tabiyat va jamiyat uchun chiqindilarni qayta ishlash muammosi o'ta dolzarb muammolardan biri bo'lib qolmoqda.
Chiqindilarni qayta ishlash orqali qanday daromad ko'rish mumkin?
Bugungi biznes rejamizda buni albatta ko'rib chiqamiz?
Avtoulovlarning shinalarini qayta ishlash - shinalarni qayta ishlashning bir necha turlari bor. Bulardan eng osoni, shinalarni mayda bo'laklarga bo'lish. Parchalangan kauchuklarni bolalar va sport maydonchalari uchun yumshoq ko'cha qoplamari sifatida foydalanish mumkin. Bundan tashqari shinalarni maydalash, kauchuklash, perolizda qayta ishlash uchun qulaylik yaratib beradi.
Peroliz bu - kimyoviy reaksiya bo'lib, organik tabiiy birikmalarni kislorod yetishmovchiligi bilan parchalashdir. Peroliz - kauchukni parchalashning bir usuli hisoblanadi. Undan bir qancha kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarsa bo'ladi. Bulardan biri texnik uglerod (texuglerod). Sanoat shkalasi bo'yicha ishlab chiqarilgan, juda keng tarqalgan amorf karbonli mahsulotdir. Texuglerod ishlab chiqarish sanoatida xaridorgirdir. Chunki undan turli mahsulotlar ishlab chiqarishda foydalaniladi. Perolizdan olinadigan keyingi mahsulotimiz bu peroliz gazidir.
Peroliz gazi - bunday gaz ko'rinishi jihatdan tabiiy gazga o'xshashdir. Buning uchun ozroq yuqori kuchlanishli elektr va ishlab chiqarish uchun kichik qozonlardan foydalanishingiz mumkin.
Keyingi mahsulotimiz presslangan metallokord
Presslangan metallokord - bu preliz mahsuloti metallik sanoatda keng foydalaniladi. Ushbu mahsulotni metal sifatida qayta ishlash mumkin. Lekin, bunda yana bir bosqich ya'ni metalni qayta eritish talab qilinadi.
Keyingi mahsulot, sintetik neft hisoblanadi.
Sintetik neft - agar bu mahsulotni to'g'ri tartibda va to'g'ri sharoitda tozalansa, bu sintetik neft ilmiy jihatdan tabiiy neftga o'xshash bo'ladi. Bu bilan biz bir necha neft mahsulotlarini ishlab chiqarishimiz mumkin.
Avtoulov shinalarini qayta ishlab chiqarish bilan siz sanoatda muhim bo'lgan bir qancha mahsulotlarni ishlab chiqarishingiz mumkin. Albatta buning uchun sizga keng bino va zamonaviy uskunalar darkor bo'ladi.
Rasmiy sahifalarimiz: