Savdo sanoat palatasi va yoshlar uchrashuvi.
O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi yig'ma axborot tahlili bo'limi boshlig'i Isomiddin Nuriddinov Quvondiqovich Jizzax viloyatiga tashrif buyurib, tadbirkor bo'lish istagidagi yoshlar bilan uchrashdi.
Bo'lib o'tgan seminarda bitiruvchi o'quvchilar yoshlar hamda tadbirkorlik faoliyatini yo'lga qo'yish istagidagi fuqarolar qatnashishdi.
Seminar davomida yoshlar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Tadbirkor bo'lish istagida bo'lgan yoshlar faoliyatini yo'lga qo'yish jarayonida yuzaga keladigan muammolar, ularning yechimi haqida o'zlariga kerakli ma'lumotlarni bilib olishdi.
Bundan tashqari, yoshlar o'rtasida hunarmadchilik, kashtachilik, tikuvchilik kabi sohalarga bo'lgan qiziqishni oshirish, bu sonalarni yanada rivojlantirish borasida yoshlarga tavsiyalar berib o'tildi.
Seminar so'ngida, yoshlarni tadbirkorlikka bo'lgan qiziqishlari, tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish borasidagi bilim va ko'nikmalari yanada oshib, ular kelajakda xalqimiz farovonligiga xissa qo'shuvchi tadbirkor bo'lib yetishishlariga bo'gan ishonchlari yanada oshdi.
Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | Instagram | YKMurojaat | Guruh