"IT-Park Jizzax" filialida "IT and TAX Business" seminari.
Joriy yilning 26 noyabr kuni, "Yoshlar - kelajagimiz" jamg'armasi Jizzax viloyat filiali, Yoshlar ishlari agentligi Jizzax shahar bo'limi, IT-PARK Jizzax filiali, Davlat Soliq Qo'mitasi va boshqa hamkor tashkilotlar ishtirokida Jizzax shahridagi "IT - PARK Jizzax" filialida "IT and TAX in Business" tadbiri o'tkazildi.
Tadbirdagi asosiy mavzular IT, Biznes, Marketing, SMM va Soliq tizimlari haqidagi ma'lumotlarga qaratildi.
Tadbir yakunida tadbirda faol ishtirok etgan yoshlar, Jizzax shahrida faolligi bilan o'z mavqeyiga ega bo'lgan yoshlar sertifikatlar, tashakkurnomalar va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.
IT hamda Biznes faoliyatiga qaratilgan tadbirlar hududlarda doimiy o'tkazilishi belgilab olindi.
"Yoshlar - kelajagimiz" jamg'armasi Jizzax viloyat filiali.
Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram| Facebook | Instagram | YKMurojaat | Guruh