December 25, 2020

Bolalarning qorboboga yozgan xatlari ro'yobga chiqdi.

Joriy yilning 16-dekabr sanasida "Yoshlar-kelajagimiz" jamg'armasi Jizzax viloyat filiali hamda "Charity Union" hayriya fondi hamkorligida Jizzax viloyati Zarbdor tumani Boʻston shaharchasida joylashgan 2-sonli kar va zaif eshituvchi bolalar maktab internetida ta'lim olayotgan bolalarga sovg'a salomlar ulashildi.

50 ga yaqin koʻzlaridan nur yogʻilib turgan bu murgʻak bolajonlar oʻzlari orziqib kutgan yangi yil sovgʻasi va orzularining amalga oshishi uchun Qorboboga yozgan xatlarini bu oqkoʻngil insonlar roʻyobga chiqardi. Dunyoda mana shunday insonlar safi kengayaversin.

https://t.me/YKJJIZZAX

https://www.facebook.com/ykj.foundation.jizzax

https://www.instagram.com/yoshlarkelajagimiz.jizzax/