darkness1
Shaharga zulmat cho‘kkan, na hayot va na umid qolgan. Bu joyni vampirlar egallab, uni o‘z qoidalari bilan boshqarayotgan edi. Insoniyat bu yerdan qochib ketganiga bir necha yil bo‘ldi. Ammo jasoratli bir guruh olimlar vampirlarni yo‘q qilish uchun dori ustida ishlashni davom ettirar edi.Soomin ularning eng yosh, ammo eng shijoatli a’zosi edi.
Bir kechada kichig bolgan shaxar bir deganda portladi. Qaytib chiqish imkonsiz edi. Odamlar qichqiriqlar orasida o‘z hayotlarini saqlashga urinayotgandi. Soonmin oxirgi kuchini yig‘ib, eng muhim probirkani olib qochishga muvaffaq bo‘ldi. U yugurib borarkan, nafas olish qiyinlashayotgan edi.
U o‘zi bilmagan holda vampirlar hududiga qadam qo‘ydi. To‘satdan, daraxtlar orasidan bir kimsa paydo bo‘ldi. Bu jimin edi. U vampirlar klanining eng qo‘rqinchli a’zosiga aylangan, ammo bu holat unga la’natday tuyular edi.
Soomin vahimaga tushdi. Probirkani mahkam ushlab, yugurishda davom etdi. Ammo jimin uni quvib o‘tayotgan edi. “To‘xtagin, axir qayerga qochasan?” uning ovozi shunchalik yaqin kelib eshitildiki, Soomin qo‘rquvdan yuragi tez-tez urib ketdi.
U nihoyat ko‘prik ostiga yashirindi. Ammo Jiming tezkor qadam tovushlari qulog‘iga jaranglab kelardi. “Yana qancha yashirinasan?” Jiming endi butunlay yaqin edi.
Soonimn probirkaning ichidagi suyuqlikka umid bilan qaradi. “Agar bu ishlasa…” deb o‘yladi u va to‘satdan Jiminga hujumga o‘tdi.
U Soonmingn devorga siqib, bo‘yniga yaqinlashdi. “Meni o‘ldirishni xohlayapsanmi?” deb so‘radi Jiming sovuqqonlik bilan. Ammo bu gaplarida g‘azabdan ko‘ra bir oz iztirob bor edi.
Soomin hech narsa demadi. U qo‘rqayotgan edi, ammo ko‘zlari bilan unga qarab: Qochish uchun hech nima qilmadim, deyotgandek edi.
Jiming bir lahzaga to‘xtadi, lekin instinktlari uni yengdi. Uning tishlari Soomingni bo‘yniga botdi…
Jimingnin tishlari Soomingnin bo‘yniga botgan zahoti qizning tanasi bir zumda muzlab qoldi. Qonining har bir tomchisi tortib olina boshlagandek edi. U na qochishga, na qarshilik qilishga kuch topa olardi. Ammo Jimin to‘satdan to‘xtadi. U Sooming bo‘ynidan chetga tortilib, shaytoniy tabassum qildi.
“jimin: Sen mendan qochib ketaman deb o‘yladingmi?” dedi u qoniqarli ohangda. “Yugurishing ma’nosiz edi. Men seni topaman .”
Soomin yerga yiqilib, kuchsiz holda hansirab yotar ekan, Jiming unga yaqinlashdi. Uning qizil ko‘zlari zulmatda yaltirab, yanada qo‘rqinchliroq edi.
“Qonining ta’mi…” dedi Jiming past ovozda, Soomingn boshdan-oyoq kuzatarkan. “Bu shunchaki o‘zgacha. Yana bir necha daqiqa davom etsam, sen ham menga o‘xshab qolasanding.”
Sooming uning so‘zlarini eshitib dahshatga tushdi. U qo‘rquvdan titrab, probirkaning singan bo‘lagi qo‘lida ekanligini sezdi. Jimin buni ko‘rib, kulib yubordi.
“jimin: O‘zingni himoya qilmoqchimisan?” dedi u masxara ohangida. “Bunaqangi zaiflik bilan meni to‘xtatmoqchimisan?!”
Ammo Sooming hech narsa demadi. U kuchini yig‘ib, probirkaning siniq bo‘lagini ko‘tarib, Jiminga qaratdi. “Hatto bir soniya bo‘lsa ham, senga zarar yetkazishga harakat qilaman,” dedi u jasorat bilan.
Jimingni kulgisi to‘xtadi. U asta pastga egilib, Sooming yuziga qaradi. “Bu shahar menga tegishli. Bu yerda sening joying yo‘q,” dedi u sovuq ovozda. “Ammo sening qon tami boshqa har qanday insonga o‘xshamaydi. Men seni o‘ldirishga shoshilmayman.”
Sooming uning gaplaridan hayratda qoldi. “Nima uchun meni hozir o‘ldirmayapsan?” dedi u titroq ovozda.
Jimin o‘rnidan turib, orqaga bir-ikki qadam tashladi. “Chunki sen qochib ketishga urinishda davom etasan. Va men seni yana topaman,” dedi u shaytoniy tabassum bilan. “Men uchun bu o‘yin – sening har bir qochishing, har bir qarshiliging meni yanada hayajonlantiradi.”
U orqasiga o‘girilib, zulmat ichida yo‘qoldi. Ammo uning oxirgi so‘zlari Sooming qulog‘ida jaranglab qoldi:
“Qochishni davom ettir, qizaloq. Lekin unutmaki, men doim bir qadam oldinda bo‘laman.”Soomin o‘zini yerga tashlab, hansirab qoldi. Ko‘zlarida qo‘rquv va jaholat hukmron edi, ammo ich-ichidan kuchli qarshilik his qila boshladi. “Bu shunchaki o‘yin bo‘lishi mumkin emas,” deb o‘ziga shivirladi u. “Men uni to‘xtataman.”