December 27, 2024

crazy maniac 

Sogʻlom sevgi – bu ikki tomon bir-birini hurmat qilib, qoʻllab-quvvatlab, o’zlarini erkin his qiladigan munosabat. U yerda ishonch va ochiq muloqot bor, ikkala tomon ham o’z shaxsiyatini yoʻqotmaydi.

Nosogʻlom sevgi esa, odatda, boshqarish, rashk yoki bosim bilan bogʻliq bo’ladi. Bu munosabatda ko’pincha bir tomon o’zini erkin his qilmaydi yoki faqat sherigining istaklariga bo’ysunadi.

Qisqasi, sogʻlom sevgi baxt va ichki tinchlik olib keladi, nosogʻlom sevgi esa charchoq va ziddiyat.

Qiz qorong‘i, jim xonada uyg‘onadi. Uning qo‘l-oyoqlari qattiq bog‘langan edi. U dastlab qaerdaligini tushunolmadi, lekin eshikning ochilishini eshitganda yuragi yanada tez ura boshladi. Eshik oldida turgan erkak yuzida qo‘rqinchli tabassum bilan unga yaqinlashdi.

Erkak asta qizning yoniga o‘tirdi. Jimjitlik havoni bo‘g‘ib turardi. Uning ko‘zlari qizning yuziga qadalgan edi, u qandaydir nimani ichida o‘ylardi. So‘ng nihoyat past ovozda gapira boshladi:

Tae: Bilasanmi, birinchi marta seni ko‘rganimda, bu sening taqdiring ekanligini tushunganman. Sen mendan qochib qutula olmaysan. Nega urinasan? Bu sening joying… Sen faqat menga tegishlisan.

Uning ovozidagi sovuqlik qizni qaltiroq bosishiga sabab bo‘ldi. Erkakning so‘zlari sevgiga o‘xshamasdi, bu egalikni his qiluvchi so‘zlar edi.

“Haqiqiy baxtga ega bo‘lish uchun qarshilikni to‘xtat,” dedi erkak yana va stoldan bir chashka suv olib, unga tomon siljidi. “Bu yerda menga bo‘ysunsang, hammasi osonroq bo‘ladi.”

Erkak qizning yoniga suyanib o‘tirdi. Xonadagi og‘ir jimlikni uning sovuq ovozi buzdi:

Tae: “Bilasanmi,” dedi u sekin, ammo qo‘rqinchli ohangda. “Men senga yaxshilik qilayapman. Sen bu dunyoda mendan boshqa hech kimga kerak emassan. Hech kim seni mening kabi sevishga qodir emas.”

Qiz erkakka tik boqmaslikka harakat qildi. Lekin uning ko‘zlarida kuchuk bolasini ta’zirlayotgandek mag‘rurlik bor edi. Erkak davom etdi:

Tae: Menga qaragin, seni bu yerda saqlayotganim – bu mehr. Tushunyapsanmi? Sen meniki, boshqa hech narsa ahamiyatli emas.”

Qiz ichida unga qarshi baqirishni, qo‘llarini ko‘targisi keldi. Ammo u jim turishni afzal ko‘rdi, lekin ko‘zlarida birdan o‘zga bir narsa paydo bo‘ldi – nafratning kuchli uchquni. Erkak uning bu nigohini payqab qoldi, lekin xuddi hech narsa bo‘lmagandek asta jilmaydi.

Qiz chuqur nafas olib, qoʻrquvini yengishga urindi. Unga oson emas edi, lekin ichida yigʻilib qolgan nafrat nihoyat tilini yechdi.

nabi: Bu sevgi emas,” dedi u past, ammo titroq ovozda. “Bu faqat sening qoʻrqoqliging va oʻzingni odamdek his qilish uchun menga qilayotgan zulming. Seni sevishga hech kim qodir emasligini bilasan. Shu sababdan meni shu yerda tutib oʻtiribsan.”

Erkakning yuzi bir lahzaga tundlashib qoldi, keyin yana o‘zini o‘ngladi. U asta qizning yuziga yaqinlashib, pichirladi:

Tae: Demak, jur’at topding, ha? Juda yaxshi. Lekin esingda bo‘lsin, bu yerda mening so‘zlarim qonun. Agar yana shunday gapirsang…”

Qiz uning so‘zini boʻldi. Endi uning ovozida na qoʻrquv, na titroq bor edi:

nabi: Agar shunday qilmasam nima boʻladi? Meni oʻldirasanmi? Bu dunyoda yo‘qolganimni hech kim bilmaydi deb oʻylaysanmi? Lekin men bilaman – bir kun hammasi tugaydi. Sen yutqazasan.”

Erkak bir zumda g‘azab bilan turgan joyida to‘xtab qoldi. Qizning so‘zlari birinchi marta uning ichki tinchligini larzaga solgan edi.

Tae: Sen nima deb o‘ylading?” dedi erkak sovuq va xavfli ovozda, “Bunday qarshi chiqishning oqibati qanday bo‘lishini tushunasanmi ?

Qiz unga qarab, qo‘rqmaslikka harakat qildi, lekin erkakning kuchi har bir so‘zda sezilar edi. Erkak qo‘lini ko‘tarib, qizning yuzi tomon siljitdi, so‘ngra uni bir zarba bilan urdi. Qizning boshi qarshilik ko‘rsatishga ulgurmadi, shuning uchun u orqaga qulab tushdi.

Tea: “Sen bu yerda men bilan o‘ynayapsanmi ?” dedi erkak. Uning ovozi nafaqat g‘azab, balki quvnoq qiyofa bilan ham ifodalangan edi. U qizni ushlab, yana o‘ziga tortdi.

Qiz kuch bilan qo‘llarini silkitdi, lekin erkak uning harakatlarini cheklab, uni yerga yiqitdi.

Tae: “Endi tinchlanishing kerak,” dedi u qizga, “Men seni tinchlikda yashatib qo‘ymayman, seni bu yerda o‘zim uchun saqlayman.”

Qizning ko‘zlarida umid yo‘qolgan edi. Ularning orasidagi kuchli ziddiyat shunday davom etgan edi. Erkakning xatti-harakatlari davomida, qizning kuchi tobora kamaygan, lekin u yakuniy qaroriga kelgan edi – bu holat abadiy davom etmashi kerak edi.

yo_nabi

1 the end