"Sevgim uchun tiyildim"
Soyun: Ba'zida shunday qilaman: bir muddat ko'zlarimni yumaman, barchasini o'ylashni, his qilishni va atrofga bo'lgan e'tibormi to'xtataman. O'zim bo'lishni xohlagan joyni, o'zim ko'rishni istagan insonni o'ylayman, Bu taskin beradi, sog'inch hissini biroz bo'lsada bosadi...
Pov Soyun: hayotning chigalliklari orasiga shu qadar oʻralashib qolganmanki, ularni yechish uchun qoʻlimdan hech vaqo kelmaydi. Na seva olaman, na boshqalar kabi baxtli yashay olaman. Menimcha menga nisbatan bunday ishlar roʻy bermaydi deb qoʻrqaman. Baxtli boʻlish qoʻlimdan kelmayapti, qilolmayapman, ammo uni baxtli qilishim kerak chunonan bu qiyin boʻlsa ham, ogʻir boʻlsa ham men uni baxtli boʻlishiga mendan ham yaxshisini topishiga koʻmaklashishim kerak, meni qadrlagan inson mendan keyin azobda qolishini istamayman.
Chinjun: oyijon - eshik tutqichiga kichik oyoqlari uchida turib qoʻlchasini uzatgan bolakay, eshikni ochib hayol ogʻushida noiloj yotgan qizga erkalanib gapirdi.
Chinjun Taehyung oʻsha qizdan ortirib olgan bola, men qanchalik uni onasini yomon koʻrmay ammo bolada ayb yoʻq, u meni oʻzini onasi deb oʻylaydi. Meni dunyolarga alishmaydi, men ham uni oʻz onasidek boʻlib qoldim, hatto uni oʻzim dunyo keltirgamdekman, erimning singlisidan ham uni qizgʻonaman hatto, huddi meni farzandimdek ammo u bilan umuman bogʻliqlik tarafim yoʻq.
Soyun: oyyyyy~ mening sassiq oʻgʻlim uygʻondimi - u tomon kichik qadamlar tashlab kelayotgan bolalakayga lablarini keng yoyib tabassumini ayon qilib, yotgan joyidan biroz sirgʻalib kiravat boshiga suyandida, bolalakay uchun qoʻllarni ochdi, Chunjin shu zahotiyoq oʻzini onasi deb hisoblagan qizning bagʻriga kirib oldi.
Soyun: yaaaa, baqalogʻimni uyqusi chala boʻliptiku, uyquni davom ettirishni istaysanmi shahzodam. - bolaning oʻpichlardan osilib qolgan yumshoq yuzidan qattiq oʻpib qoʻydi.
Chunjin: Oyi sizni sogʻindim, bagʻringizda uxlashni istayman. - kichik boʻlishiga qaramasdan kattalardek fikrlaydigan bu bolakay onasining samimiy tabassumiga sabab boʻldi.
Soyun: men ham seni sogʻindim albatta oʻgʻlim, endi qancha xoxlasang men bilan shuncha uxlaysan hopmi.
Bolani oʻz tanasi tagiga olib uning shishib qolgan kichik tarvuzdek qornidan qitiqlab oʻpardi, Soyun va oʻgʻlining ovozi butun xonani egalladi, onasining qoʻllariga qarshilik qilish uchun, kichik qoʻlchalari yordamida uni itardi.
Ularni eshik oldida kuzatib turgan Taehyung tabassumdan oʻzini tiyolmayotgani yaqqol sezilib turibdi, borib ularga qoʻshilishni juda ham istayotgan yigitning qadamlarini mehrsizlik cheklab turibdi. Borsam kulishdan toʻxtaydi deb oʻzini baxtli boʻlishdan tiydi.
- hayirli tong. - uning yoʻgʻon ovozi ona bolaning kulgulariga cheklov qoʻydi.
Biroz avvalgi yuzdagi keng tabbasum oʻrnini jiddiylik egallab, yigitga nisbatan qoʻpollikdan javob berdi
- oʻgʻlim, ammang senga nonushta tayyorlab qoʻyipti, qani borchi. - eshik oldidan ular tomon yaqinlashdi.
Chinjun oyisiga maʼnosiz qarab turgandi.
- boraver oʻgʻlim, men ham ortingdan yetib olaman. - yuziga majburiy tabassumini ilib, oʻgʻlining boshidan silagancha mehr bilan gapirdi.
- sizni kutaman. - oyisining yanogʻida oʻpich qoldirib, kiravatdan sakrab tushdi.
- men ham hozir tushaman arslonim, sen boraver.
Otasiga mulozamat koʻrsatib xonadan chiqib ketdi. Uni ortidan Taehyung qarab turdi, chiqishi bilan eshikni yoptida oʻrnidan turishga allaqachon ulgurgan Soyun tomon gavdasini burdi.
- bir uyda yashaymiz, sen bor, men bor lekin nega biz yoʻq.
- yana boshlamang - Taehyungga yuzini teskari burib oldi.
- Soyun jiddiy gaplashib olishimiz kerak, bunday yasholmaymiz. - Bu safar jiddiylik va xorgʻin ovozda gapirdi
- eshitaman, nimani gaplashmoxchisiz.
- nima istaysan oʻzi, sevgilingni shu yerga olib kelishimni kutyapsanmi, meni sabrli emasligimni bilasan, qanaqaligimni hech kim bilmasa ham sen bilasan, lekin nega asablarimni oʻynashda davom etayotganingni tushunolmayapman, muddaoiying nima seni.
- muddaoyimmi, meni muddaoyim meni tinch qoʻying, siz bilan yashashni istamayman, sizni sevmayman.
Qarshisida dunyolarga alishmaydigan sevgisidan shu jumlalarini quloqlari va ongi yordamida aniq eshitayotgan Taehyungni qalbining bir teshigiga mix tiqib, mix ustidan bolgʻada urib uni parcha-parchalarga boʻlayotgandek edi goʻyo. Sevgani uni yomon koʻrishini eshitgani sayin koʻzini achishtiruvchi soch tolasidanda ingichka boʻlgan qizil tomirchalar koʻz atrofida hosil boʻldi, shu zahotiyoq namlik egallagan qisiq va yoqimli koʻzlardan ingichka suvsirab qolgan kalta kipriklar tomon talpingan yoshlar, erkakning yuzini astalik bilan silab oʻtdi.
Taehyung: menda shunchalik bezib ketdingmi.
Soyun: tasavvur ham qilolmaysiz ishoning - masahtomus tabbasum bilan
Taehyung: Men seni sog'inmadim, men "sen" deb o'ylagan insonimni sog'indim. Menga seni qaytara olmaysan demak.
Taehyung: nima uchun, NIMA UCHUN SOYUN GAPIR NIMA UCHIN - qahrdan peshonasi tirishib koʻzidan toma-toma oqayotgan tomchilar ketma-ketligi tezlasha boshlagandi.
Soyun: Hech kim sababsiz masofa saqlamaydi. Siz bilan oʻrtamga devor qurgan boʻlsam, gʻishtini oʻzingiz bergansiz.
Taehyung: bitta gapni qaytarish joningga tegmadimi.
Taehyung: Xohish boʻlgani bilan ilojsiz narsalar ham mavjud. Sen oʻshalardan birisan..
Taehyung: manashu meni aqldan ozdirgan kipriklaring borku, oʻsha kipriklaringda sogʻinch gullaydi.
Soyun: bunday boʻlmaydi - boshini "yoʻq" degandek silkib, asabiy tilini oʻgʻzi ichida aylantirayitgan qiz, koʻziga allaqachon quyilgan yoshlari chiqmasligi uchun labini tishlab oldi.
Taehyung: yegʻlama, yegʻlashga urinma Lee Soyun, men qanday inson edim, esingdami yoʻlimdan chiqganni ayamasdan oʻldirardim, men yegʻlash nimaligini bilmasdim, menga sevgi begona edi, ammo sen sabab sevdim vaqtida sevildim, keyinchalik sen sabab siqildim, oʻzimni qancha oqlamay sen faqat bitta narsaga yopishib olding, sen uchun men sendanda goʻzal qizlarni rad etdim. Sen esa meni boʻlmagʻur bahonalaringga alishding. Sevgi bunday boʻlmasligini yaxshi bilasan, ammo sen sevgidan kiprik qoqmay vos kechding, endi esa istaganingni qil, koʻzimga ortiq koʻrinma. Seni koʻrishni ham eshitishni ham istamayman.
Alam ichra aytilgan jumlalar ikki qalbning yuragini parcha-parchalarga boʻlib tashladi.
Pov Soyun: Alvido Kim Taehyung.
Soyun indamadi, uydan igna ham olmay chiqib ketdi. U eshikdan chiqtiyu Taehyung tizzasini sovuq pol bilan yuzlashtirib, oʻz tuygʻulariga achingancha yegʻilib qolgan yoshlarini tashqariga chiqardi.
Bora: hop hozir yetib boramiz.....
By: Lee Soyun
Channel: PRINCESS_FANFIC
Qorni anchagina bilinib qolgan , katta uyining oshxonasida ikki kishilik qahva tayyorlayotgan qiz hayolga berilib yuragi gʻash boʻlishni boshladi. Qahvalarni qoʻliga olib, uy oʻrtasidagi Devan kresloda noutbookida oʻz ishlari bilan band boʻlib oʻtirgan erining oldiga qahva qoʻydi.
Yoongi: Yaaaa azizam, nega ovors boʻlasan. - qarshisidagi qahvaga qoʻl uzatdi.
Bora: bu nima deganingiz, ahir siz uchun tayyorladim
Yoongi: buning uchun rahmat malikam, ammo ichingdagi bir boʻlagimni uruntirmaginda.
Bora: bolasini oʻylab, hotinini oʻylamagan er - Bora hazilakam lablarini shishirib oldi.
Yoongi: lablaringni shishirma..
Bora: nega ekan, sizdan hafa boʻldim. - yanada battarroq lablarini shishirib oldi.
Bora: ayshsh biram suyuqsizki.
Yoongi: unda meniki boʻlgan lablarni menga shishirma.
Bora: ufff, sizdan arazlab ham boʻlmaydi.
Yoongi: bu taqiqlangan - Yoongi keng tabbasum qilib kuldi.
Yoongi oʻzini arang qoʻlga olib, kulguli jiddiylashdi.
Bora: shunday asabimni buzganingiz uchun, bolangizni tugʻib bermayman.
Uning bu yosh boladek gapi Yoongini yanada balandroq kulishiga sabab boʻldi.
Yoongi: tugʻmaysan...nima qilasan unda. Ichingda yashaydimi. - davomiy kulib gapirdi.
Bora: yashayveradi, nima qilipti.
Yoongi: unda men ham ichingga kiraman, axir bola meniki ham - hotiniga keskin yaqinlashib.
Endigina quruqlikni namlash uchun ingichka lablar tomon oʻzining qirmizi labini yaqinlashtirarkan Boraning koʻzi kosasidan chiqay dedi.
Shu payt Boraga qoʻngʻiroq boʻldi.
Bora: ahha ahha m...me..menga qoʻngʻiroq boʻlyapti.
Bora eridan koʻzlarini uzolmay goʻshakni koʻtardi.
Bora: NIMA Soyunga nima boʻldi