October 10

Wanted "2 🚷"

Pov Soyun: ogʻirlik bilan koʻzlarimni ochdim. Tong otibdi ammo quyosh hali yuzaga toʻliq chiqmagan. Ustimda oʻralgan qoʻllar ostidagi koʻkarishlarim uning qoʻl vazni sabab menga ogʻriq berardi. Bir yillik sogʻinchni bu yoʻl bilan chiqarish ahmoqlik, leki nega menga yaqinlashganidayoq qarshilik qilmadim. Ammo doim istaklarimga qarshi ish tutadi bu inson.

Biroz oʻylanib yotdim, keyin boladek pishillab uxlayotgan erim koʻzlari yumuq qimirlab, qoʻllarini belimdan oldi, endi shukrlar keltirishga ulgurmasimdan meni bagʻriga oldi. Uning ochiq koʻksiga lablarim juda yaqin turardi. Meni har oʻziga mahkamlaganida lablarim issiqlikga bosilardi. Ha u juda mukammal, lekin juda yomon. Majburlasa ham endi uni sevolmayman, yasholmayman.

Bagʻridan chiqishga harakat qildim, ammo oʻxshamadi. Keyin oʻgʻlim yegʻlashni boshladi, Taehyung don qotib uxlardi, qancha qimirlasam ham uxlayverardi. Chunjin jim boʻlar deb harakatsiz biroz kutdim, ammo oʻgʻlimning qorni ochgan edi. Uni shu vaqtda oqatlantirishim kerak, oldimdagi dev esa uxlayverardi.

- Taehyung

- ......

- Taehyung~ meni qoʻyib yuboring, qanaqa odamsiz oʻzi, odammisiz, qoʻlingizni oling - norozilik bilan vaysab, kiravat ustida tipirchilardi.

- mmmmm - vanihoyat erkakaning doʻrillagan ovozi uyqu aralash chiqti.

- meni qoʻyib yuboring, Chunjin yegʻlayapti. Uni qorni ochgan. Nima beraman, lanati uyingizda unga beradigan narsa ham yoʻq - ensa qotirib gapirdi.

- hmmmm, oʻgʻlim uchun hamma narsa taxt, pastga tushginda oshxonani topib ovqat tayyorlab beraver.

Soyun hafsalasi bir boʻlib xonadan chiqdi, shoshilib oʻgʻlini oldiga bordi. Soʻng uni qoliga olib dadasining oldiga olib kirib, uni otasining oldiga yotkazib qoʻydi. Chunjin esa otasini koʻrib jimib qoldi.

Bola otasiga yaqin yotgani sababli, Taehyungni katta burniga qoʻlchasini qoʻyib, uni burniga tularib oyoqda turib oldi. Taehyung allaqachon uxlab boʻlgandi. Hech nimani sezmayotgan Taehyung, bolaning hursandchilikdan ikki qoʻli bilan otasini yuzi va yelkasiga qayta-qayta urgandan keyin choʻchib uygʻonib ketdi. Qarshisidagi oʻgʻlini koʻrib yoqimli tabassum qildi

- vay mening zumrasham, qani kelchi - oʻgʻlini oldidan olib katta tanasi ustiga yotkazdi. Chunjin jim turmas zumrasha edi. Oʻgʻlini ikki yuziga lablarini qattiq bosib, toʻyib-toʻyib oʻpardi.

- ezma oying qayda qoldi oʻgʻlim, meni ham qornim ochdi - huddi uni gaplarini mittivoy tushunadigandek gapirdi.

- Chunjin, ovqating tayyor oʻgʻlim. - xonaga kichik tabassum bilan kirdi.

Taehyung bolasini tagiga olib uning duch kelgan joyidan erkalab oʻpayotkandi. Soyun kirganini ham sezmay oʻgʻlini oʻynatardi. Ularni kuzatayotgan ayol oʻgʻlining avval bunchalik miriqib kulmaganini, mehr koʻrmaganini bilib biroz xomush tortib qoldi. Taehyungning ham yuzidagi tabassumi balki endi paydo boʻlgandi...

Soyunga qarashi

- kelganmiding, oʻgʻlimni qorni ochibdi, qani tez ovqatlantirchi. - hotinga jiddiy va biroz kulguli gapirdi.

- vay qarang-a, bilmagandim qorni och qolganini, yaxshiyam borsiz. - kesatiqli gapirib, oʻgʻlini oldiga borib uning ogʻziga ovqatini soldi, bola butulkadagi ovqatni mazza qilib yerdi.

- unga ona sutini bermaysanmi - savol nigohida soʻradi.

- yoʻq.

- nimaga?

- u boshidan, ona sutini ichmagan, shuni ham bilishingiz shartmi?

- albatta, bola meniki, u haqida hamma narsani bilishim shart. - jiddiy qatʼiy gapirdi.

- men shu kungacha Ro Woonning uyida yashadim, usiz. Bolani ovqatlantirayotgan vaqtimda u oʻzining uyiga kelib qolsa nima boʻlardi.

- ovozingni oʻchir Soyun - qiz Taehyungni asabini buzishni uddaladi. Ammo Taehyung ham boʻsh kelmadi.

- oʻzingiz majburladingiz - ensa qotirib qoʻydi.

- mmmmm, azizam. Endi oʻz egang oldidasan, istaganingcha oʻgʻlimizni ona suti bilan toʻydirishing mumkin - istehzoli jilmaydi.

- yoʻq, chunki u katta boʻldi birinchidan, siz meni egam emassiz ikkinchida, bu uydan esa qutilaman degan umiddaman bu uchinchidan.

- birinchidan men hali Chunjindan ham kichkinaman hotin mehriga toʻymadim menimcha, ikkinchidan sen faqat menikisan, uchinchidan bu uydan aslo qutilmaysan, qutilishing mumkin faqat boshqa yerga koʻchganimizda.

- ablah, bemaʼni, koʻzimga koʻrinmang.

- men oʻqishga borishim kerak.

- hech qayerga bormaysan, uyda jim oʻtir.

- sizdan soʻramayman.

- buncha qaysarsan-a, men yoʻq dedim.

- Taehyung, menga egalik qilolmaysiz. Meni oʻz qarorlarim bor.

- evaziga nima berasan, senga ruxsat berishim uchun. Mayli ruxsat beraman, men bilan borib, men bilan yurasan, men bilan qaytasan, faqat sinfxonada oʻtirasan. Evaziga esa mana-shu uyda faqat men bilan qolasan. - hotinga yaqinlashib oldi.

- uffff, siz meni yovvoyi qilmoxchimisiz.

- uflama, mayli meni yovvoyi mushukcham boʻlasan.

- Chunjinni nima qilamiz?

- oʻgʻlim men bilan senga dars oʻtadi.

- qanaqasiga?

Yigit dars oʻtarkan, qorin qismida oʻgʻlini bolalarni koʻtarib mahkam qilib turadigan moslamaga bogʻlab, koʻtarib olgandi. Oʻgʻli ham bilgandan dars boshidan beri indamasdi.

- chunarli boʻlgan boʻlsa, hamma gaplarimni yozib oling. - shu gaplarni aytib, oʻgʻlining boshidan bir oʻpib qoʻydi.

~ janob, siz oilalimisiz? - tepadagi oʻquvchi qizlarning biridan savol keldi.

Taehyung partalarning birida oʻtirgan, Soyunga qarab.

- Ha, oilaliman - qisqa javob qaytardi.

- ayolingiz baxtli ekan, sizdek kelishgan erkak bilan turmush qurgan - yana oʻsha savol faqat boshqa qizdan.

- iltimos darsingizni bajaring. Oilam haqida gapirsam meni toʻxtata olmaysiz. - kichik tabassum qildi.

~ janob, ayolingiz chiroylimi? Iltimos ayting, u bilan sevishib turmush qurganmisiz, qanday tanishgansizlar?

- ha mayli, ha mening ayolim men uchun hammadan chiroyli, dunyo goʻzali ham men uchun ayolimdan chiroyliroq boʻlmaydi - Soyunga bir qarab qoʻyarkan uning yuzida ham kichik tabassum va hayronlikni koʻrdi.

~ yaaaaa, sevgingizga havasim keldi janob.

~ u ham sizni sizchalik sevsa kerak?

- ha - Taehyung biroz homush javob berdi.

- menimcha u ham sizni qattiq sevadi, faqat sizni qoʻpolligingiz unga biroz yoqmasa kerak deb oʻylayman ustoz Kim - shunda kutilgan ovoz va jumlalar Taehyungni esankiratib qoʻydi. Taehyung ich-ichidan quvonishni boshladi.

- balki, buni hotinim bilan bafurja gaplashib, oʻz xatoyimni toʻgʻirlayman Soyun xonim.

- sizdek kelishgan yigit, u qizga loyiq emas deb oʻylayman - yana bir yangi ovoz. Norozilik bilan chiqdi.

Taehyung qoshlarini chimirib oldi.

- nima uchun unday deyapsan Hanna?

- shunchaki, - ensa qotirib gapirdi.

Taehyung
Yuna

- hmmm, men oʻzim uchun hotinimni oldida oʻzimni hunuk hisoblayman, u boshqalar uchun chiroyli koʻrinmasa. Buni unga ham menga ham ahamiyati yoʻq, uning qalbi men uchun eng goʻzal va mukammali. U haqida bunday gapirishingizga yoʻl qoʻymayman. Suhbatni oʻzingiz boshladingiz bolalar, oxiri yomonlik bilan tugamasligiga esa men kafolat bermayman - jiddiy qosh chimirdi. Boshqalar suvga tushgan mushukdek jim edilar, faqat bitta Hanna ensa qotirib jaxl bilan oʻtirardi.

Darslar tugadi. Kechki vaqt Kimlar xonadoni....

- mening oʻgʻlim hammadan aqilli va shirin boʻlib tugʻilgan, mening pahlavonim bu bola - Taehyung oʻgʻlini kresloda oʻynatar oʻgʻli esa otasining gaplari va harakatlariga qiqirlab kulardi. Soyun esa oshxonada ikki ochofat uchun taom tayyorlayitgandi.

- oʻgʻlimning onasi mening hotinim boʻlmish Kim Soyun ovqatimizni olib kel - Taehyung biroz balandroq ovozda oʻtirgan joyida gapirdi.

- mana tayyor kelaveringlar - Soyun javob qaytardi.

- qani tur oʻgʻlim - oʻgʻlini qoʻliga olib, ovqatlanish stoliga olib bordi.

- qani kel ovqatlantirib qoʻyay seni oʻgʻlim - Soyun oʻgʻlini Taehyungni qoʻlidan olish uchun qoʻlini choʻzgandi hamki Taehyung qarshilik bildirdi.

- bolamni oʻzim ovqatlantiraman, sen esa meni - ayyorona kulib qoʻydi.

- hih, nima bering oʻzim ovqatlantiraman.

- oʻgʻlim, sen quloqsiz ayolni oʻzingga hotin qilmagin - mazah qilib gapirdi.

- qarang-a men quloqsizmanmi hali, oʻzingiz shundaysiz. Bering bolamni.

- yoʻq, aytkanimni qil - boʻlmasa oʻgʻlim bilan uxlayman

- vay qanday yaxshi bemalol, sizdan qutulaman.

- shu gaping uchun ham fikrimdan qaytim, malikammm. - keng tabassum qilib gapirdi.

- qani a - ogʻzini ochdi.

Taehyung bolani butulkasini olib oʻgʻlini ogʻziga soldi, oʻzi esa oʻtirib Soyungga qarab ogʻzini ochdi, Soyun ensa qotirib erining ogʻziga bir ikki luqma solib qoʻydi.

Shu vaqt guruchlardan biri uning lab chetiga yopishib qoldi.

- guruchni ogʻzimga solib qoʻy.

Soyun indamay qoshiqni erining lablari tomon yoʻnaltirdi. Shuda Taehyung yuzini qoshiqdan nari qilib.

- azizam~ lablaring bilan. - ayyorona jilmayib

- yaramas uyatsiz.

Ikki yosh bir-biri bilan hazillashib urishib oʻtirisharkan birdan uy eshigi qattiq taqilladi.

- shu paytda kim ekan-a

- bilmasam, ochingchi.

Taehyung borib eshikni ocharkan, eshik ortida bir ahvolda qiz turardi, qizning chiroyli kiyimi va sochlari toʻzgʻidan va undan alkagol hidi urib turardi. Bu qiz Taehyungni hayratda qoldirdi.

- Hanna, bu yerda nima qilyapsan?

- Taehyung sizni sogʻindim azizim.

- Hanna mastmisan, ahmoqmisan ket bu yerdan, men bilan nima ishing bor. - jaxl bilan gapirdi.

- Taehyung esingizdami, menga mana-shu kiyimingda jozibalisan degandingiz, siz uchun kiydim buni.

- Hanna, esingni yeganmisan, sen bilan faqat oʻqishda koʻrishsak, bor uyingga bor, boʻlmasa akangga qoʻngʻiroq qilaman.

- Taehyung iltimos, meniki boʻling - qiz uyalmasdan borib Taehyungni lablariga labini bosgan chogʻ Soyun uy ichidan chiqib keldi....

To be continued

By: Chxve Soyun
Https://t.me_moonlight_fanfiction01