October 26, 2024

Lonely " ep_5

Jungkook: men uchun tanho boʻlish, faqat senga yarashadi....

Bir oy birga yashamagan boʻlsada, avval er-hotin boʻlib baxtli yashagan ikki inson bir xonada edilar, biri bemorlar uchun moʻljallangan kiravatdan, tanasiga ulangan simlar bilan jon talashib yotsa, ikkinchi erining qoʻllaridan tutib koʻzi biroz yumilib uyquga ketgandi.

Isoo: JUNGKOOK - boshini qoʻygan yeridan sapchib tezlik bilan koʻtargan qiz, chuqur-chuqur nafas olib, qoʻrquvdan peshonasidan sovuq ter oqib borardi, nafasi boʻgʻziga tiqilib koʻzidan be ixtiyor tomchilar tomib, qarshisida hushsiz yotgan insonni qoʻlidan tutib lablariga bosdi.

Avtor: Isoo qarshisida yoqimli qisiq koʻzlarini yumib, yorugʻlikni koʻrmayotgan yigitga achinish va afsus nigohi bilan boqib turar chogʻi, koʻzlariga yegʻilgan alamlar yuzini silab, yer bilan yuzlashishni boshladi.

Avtor: siz sevgan inson, yotoqda oʻlim bilan kurashib yotsa, sizni esa qoʻlingizdan hech nima kelmasa. Oyoq qoʻli ipsiz bogʻlangan qiz, chidolmay erining katta qoʻli ustiga boshini quyi solib, inqillab yegʻlab yubordi. Chidolmadi, indamay sukut qilish qoʻlidan kelmadi. Hiqillab yegʻlarkan yelkalari ham u bilan birga harakat qilardi. Har tomchida Harakatlanayotgan yelka ogʻriq berar. Yoshlar qizni yuzini silab tushsa yuragini oʻyib tushardi.

Isoo boshini koʻtarib, sevgilisi tomon nigohlarini, koʻzi toʻla yosh va yuzidagi namliklar bilan qaratdi.

Isoo: chidolmayman, Jungkook men ortiq chidolmayman. Bilaman eshityapsiz - yegʻi ovozi chiqib - men siz uchun Taehyung bilan kelishdim Jungkook, sizga bunchalik tasir qiladi deb oʻylamagandim. Iltimos sogʻayib keting. Menga keraksiz Chonlarning keraksiz qiziga keraksiz Jungkook.