Second ) ep_1🔞
Aran: sogʻligʻimga zarari boʻlgan sogʻinchdan halos et meni.....
Quyosh kunni boshlagan vaqtda baxt ila yuziga tabassumini ilib yurgan qizaloq, tun yarmidan betakror kulgusidan asar ham qolmagan tarzda yuzidan dumalab tushayotgan yoshlarini bir qoʻli bilan artib qoʻydi. Tashqarida esa ikki xil jinsli insonlarning baxtdan kulib yashnayotgan ovozlari kelib turardi.
Aran: BAS QILING, OVOZINGIZ OʻCHSIN BAS QILING - bir necha soat avval yuzidagi kulgusi yoʻqolgan qiz, tartib ila yashnab turgan xonani, asab va alam tufayli tartibsizlikka aylantirdi.
Sochlarini ikki qoʻli bilan gʻijimlab, taqdir va hayot oʻyinlariga lol qolgan qiz, na qilarini bilmasdi. Hozirda hayotning chigal iplari oʻrtasida, erkinlikni izlab yurardi.
Aran: menga shu sabab uylandingizmi? - deyarli yuzidagi qiziqish, hayajon, umid, ishonchi barvaqt oʻlim topgan yuz ifodasida, qarshisidagi yigitga qarashni ham istamay gapirdi.
Jimin: ha - bu soʻz Jiminning lablari orasidan saryoqdek chiqib ketdi. Bemalol, hech nima qilmgandek, begunoh insondek gapirdi.
Aran: oʻynashlaringizdan
biriga shu ishni qoldirasiz Jimin, menga emas - ovozida zulmat va jiddiylik bor edi. Nafratdan yuzini qayerga olib borishni bilmay qoldi. Agar shu uydan bir qadam bosib chiqsa, jigari bandining hayoti barbod boʻlishini oʻylagani sayin xoʻrligi kelib ketardi.
Jimin: men kelgunimcha tayyorlan, tezroq sen, mendan, men, sendan qutilaylik. - nazarida biznes taklifini bildirayotgan insondek oʻz ayoli bilan suhbatlashardi.
Aran: men sizdan homilador boʻldim ham deylik, keyin-chi, keyin nima boʻladi bolasini sizlarga berib ketadigan foxisha boʻlib koʻrinyapmanmi sizga, adashasiz janob Park. Men oʻzimni bersam ham bolamni bermayman. - qiz qatʼiy edi, gaplari jiddiy va xorgʻin taralar. Uning gaplari esa qarshisidagi erkakning asab tolalarini yetarlicha oʻynashni boshladi.
Jimin: Aran, meni ham tushun, men Naradan vos kecholmayman, men usiz yasholmayman.
Aran: siz meni tushunmagan, men sizni tushunamanmi, adashasiz janob, sizni tushunish uyoqda tursin sizni eshitishni ham istamayman. - koʻzlari ichida arang ushlab turgan suyuqlikni tashqariga chiqarib, tomchilarni sovuq pol ila yuzlashtirdi.
Jimin: koʻramiz bu gaplaringni tagimda aytaolarmikansan. - bepisand jumlalarini qizning yuziga sochib xonani butunlay tar etdi, oʻzining ortidan esa faqatgina sovuq qonlik, zulmat va azobni tashlab qizni tark etdi.
Pov Aran : bu gaplarni qanday qilib osonlikcha gapirish mumkin Jimin, boshidanoq ota-onamga qarshi chiqganimdan uning boyligiga uchib meni unga berib yuborishdi, mana qizligi juda baxtli, shu soniyalarda mendan baxtli inson yoʻq boʻlsa kerak.
Aran boshqalar kabi, taqdir oʻyinlariga bardosh berolmaydigan qiz emasdi, uning irodasi yetti yoshidan to oʻn toʻqqiz yoshigacha hayot va taqdir oʻyinlari oʻrtasida qalin va mustahkam poy devor qurgandi. U shunchaki tizzalarini sovuq polga berib, yana oʻsha zulmatda yolgʻiz qolganidan, yana yolgʻiz qolganidan xoʻrlanib, kichik kaftini ingichka lablari ustiga bosdiyu, biroz polga egilgnacha koʻz yoshlarini toʻkishni boshladi.
Jungkook: uni berib qoʻyolmayman, shunchaki uni berib qoʻymayman, u faqat meniki, faqat, hech kimniki emas FAQAT MENIKI, ESHITIB QOʻYING U MENIKI, YOLGʻIZ MENIKI. UNI HECH KIMGA BERMAYMAN, BEROLMAYMAN - his-tuygʻulari vaqtidan avval oʻlim topgan yigit dengizning cheksizligi tomon bor ovozi bilan oʻshqirardi. Shu vaqtda u ham tizzalarini qum zarralari ustiga zarb bilan tashlab, koʻzlaridagi yoshini dengizning bir boʻlagiga aylantirdi.
Ikki qalb bir-biridan uzoqda boʻlsada, harakatlar, tuygʻular hattoki tushayotgan tomchilargacha bir xil edi.
Jimin: oʻtkirrogʻidan quy - shu kungacha alamini nimadan olishni bilmay barchasini ichkilik bilan yuvishni afzal koʻrgan Jimin yetarlicha mast boʻladi.
- azizim, tunni menga bagʻishlamaysizmi - qoʻllarini yigitning yelkasi uzra aylantirib noziklik bilan gapirdi.
Jimin: koʻzimdan daf boʻl foxisha - hatto qizga qaramasdan, katta kafti orasidagi qadahni siqimlab.
Jimin: NIMANI TUSHUNMAYSAN, YOQOL DEDIM SENGA, MENI SEVGANIM BOR SEVGANIM - u huddi jinnidek harakat qilib gapirardi. Qoʻlidagi stakanni qizning ortidagi devor tomon uloqtirib oʻzini yoqotgudek oʻkirardi. Qiz esa indamay ketdi. Jimin esa biroz avvalgi ishida xotirjam davom etdi.
Jimin: meni sevganim bor, sepkillarga toʻla yuzli sevganim bor meni. Menga hech kim kerak emas, hech kim. - oʻkinch bilan jumlalarini aytib yana bir qadah yutindi.
~ Jungkook tushuning, sizga dorilar taʼsir qilmaydi. Tanangizga mos tana kerak, u xoxlaganini bermasangiz u sizni ogʻriqlar bilan qiynayveradi.
Jungkook: menga mos tana endi yoʻq, unga yetishishimga ozgina qolganda mendan tortib olishdi. - Jungkook qarashlarini bir nuqtadan uzmagan holda horgʻin gapirdi. Jumlalarida yolgʻizlik va zulmat kashf etgandi.
Jungkook: ha aniq, uning iforidan oyoq qoʻlimni titroq bosardi, lablari harakatidan aqldan ozay derdim. Men uni qanday boʻlmasin oʻzimga qaytarib olaman. - shifokor qarshisida joylashgan stul ustida bir nuqtadan koʻzini uzmay oʻtirgan yigit, qoʻlidagi pir parcha qogʻozni gʻijimladi.
Jungkook qarshisidagi oʻrta yoshli erkakga bir nazar tashlab keyin xonadan chiqib ketdi.
Pov Aran
Tushib qolgan ahvolimga bir qara, atrofim insonlar bilan toʻla, lekin men yolgʻizman, nima uchun. Sevgilimni hiyonati uchunmi, yoki majburan turmushga chiqgan erimning qiliqlari uchunmi. Qay biri uchun men jazolanyapman.
Y...yoʻq men bunday qilolmayman, onam nima desa desin, men Arandan vos kechmayman, u bilan boʻlishni ikki yil kutdim axir, men Aranimni koʻzidan yoshlar tomchilatdim. Uni qadamlari ostidagi yerdan rashk qilgan inson boʻla turib, uni yolgʻiz qoldirdim. Men undan boshqasiga yaqillasholmayman.
Jimin uy eshigini ochib, zinalardan tepaga koʻtarilib, oʻz xonasiga kirguncha hayollaridagi taskin va kuch beruvchi soʻzlarni oʻylashdan bir on ham toʻxtamay xona tutqichini pastga tortib, ichkariga kirdi.
Faqat osh shuʼlasi bir yerni yoritib turgan sovuq polda, oyoqlarini bukib qoʻllari bilan oʻrab, tizzasiga dahanini tirab olgan qiz, ifodasi xomush va umidsizlik aks etganicha, bir nuqtadan nigoh uzmay oʻtrirardi.
Jimin ikkilanmasdan, tonggi suhbatlarni ahamiyatdan chetda qoldirib, qizni oldiga talpinib, uni qattiq quchib oldi.
Aran bir vaqtni oʻzida ikta tuygʻuni his qildi, u tomon kelayotgan qadamlarni sezib biroz choʻchidi, tanasini oʻz qurshoviga olgan insonni koʻrib esa hech biriga tushunmay karaxt qoldi.
Jimin: bilaman, hayronsan, tushunolmayapsan. Lekin haqiqatni shunchaki aytaman, men seni ikki yildan buyon sevib kelaman, hech bir ortiqcha harakatsiz, yomon va nafsiy nigohlarsiz halol sevib kelyapman seni, men uddalayman deb oʻylagandim, lekin unday qilolmadim. Men senga yetishganimga bir soat boʻlmasdan dunyodagi eng sovuq habarni eshitib, seni sevgiga zid boʻlgan tuygʻular qurshovida qoldirdim. Bir kun ichida bularni eshitish qiyin bilaman, lekin men ham bir kun ichida bunday boʻlishini oʻylamagandim - Jimin jumlalarni deyarli bir nafasda aytarkan, bir on qizni bagʻridan chiqarib, Aranning ikki yuzini kaftlari orasiga joyladi.
Jimin: menga qara, men seni hammadan himoya qilaman, senga jaxl qilsam hammasi toʻgʻri boʻlmasdi, sendan alamimni olsam yaxshi boʻlmasdi. Aran menga qara, men senga butun vujudimni egallagan muhabbatimni beraman sen esa aytakinmdan chiqma iltimos - Jiminning koʻzlarini afsusli oʻkinch egalladi. Uning tunda ham yonib turuvchi koʻzlaridan chiqay deb turgan bir tomchi yuzini silab tushdi. Aran shunchaki hayron boqardi, qaysi gaplarga ishonsin, qaysi harakatlarga ishonsin.
Aran: Ji....Jimin mastmisiz, oʻzingiz aytayotkan gaplarni shunchaki mastlikdan aytyapsiz toʻgʻrimi. - Aran umidsiz va ishonchsizlik bilan.
Jimin Aranni gapidan hafsalasi pir boʻlgandek, oʻsha turishida, qizdan qoʻllarini olmagan chogʻ, boshini quyi egib "yoʻq" harakatini ifodaladi.
Aran: ishonolmayman - hayrat ila xitob qildi.
Jimin: ishonmaysan - hafsalasi pir boʻlgan yigit, alamli tabassum qilib biroz moʻltirardi.
Jimin asta oyoq va tanasini koʻtarib tikka turdi, umidsizlikdan kulib yuzidan tomchilar chiqardi. Sekin eshik tomon oʻgirilib qadam bosganida, kutilmagan harakat ila uning keng belidan noziklik oʻraldi. Jimin bunday mehrni necha yil deganda mana endi his qildi. Ancha muddatdan buyon faqat bir inson uchun yashayotgan erkak tanasidagi teginishlardan oʻzgacha nafas olishni boshladi. Uning shishgan lablari harakatga kelib, koʻkragiga boshi tegib turgan qizni yuzini ulardan uzoqroqqa qoʻllari orqali uzaytirib, ingichka va och pushti lablarga ohistalik bilan tegindi. Aran erining har harakatidan shunchaki jim yegʻlar uning yosh tomchilari esa erining lablari ustiga tushib lablardagi quruqlikni namlab turardi.
~ bu ishingdan qayt Jungkook, qara u sensiz ham baxtli - mashina old tarafiga suyanib turgan yigit, jiddiylik bilan.
Jungkook uzoqlardan tikilib turgan hodisasiga chidolmay orqa qilib olgandi. Uning daxshatga ega gʻazabi, boʻyn va qoʻl qismlaridan boʻrtib chiqgan koʻkimtir tomirlari ayon qildi.
Jungkook: bas qil, hozir bor alamimni sendan olaman. - shu qadar hotirjam ediki, uning hotirjamligida ham zulmat va qasos ajrab turgandi.
Pov Jungkook
Men bilan oʻyin oʻynashni senga koʻrsatib qoʻyaman, Park... Meni besh yillik javobsiz sevgim, bir tunning oʻzida baxtingdan judo qilaman seni.
Pov Jimin
Yaxshi hamki hammasini bir onda unuttirdim, ha men uni sevaman, juda qattiq hatto buni oʻzim ham tassavur qilolmaydigan darajada. Uning gul hidli sochlari doim meni oʻziga rom etib kelgan, uning kapalakdek nozik qalbini vayron qilish menday ojiz oshiq qoʻlidan kelmasdi. Unga aytgan har qoʻpol gaplarim, nafaqat uni balki oʻzimni ham vayrona qildi.