September 20, 2024

Lonely" ep_1

Seni juda qattiq sevaman....!

Eng ogʻriqlisi bu onasiz yashash, eng qiyini bu onasiz yashash.
Ona menda shunday boʻldi, qalbim ogʻriyapti, nega oʻshanda aqlimga emas yuragimga quloq soldim-a. Jismingizni emas ruhingizni soʻzlariga itoat qilib hato qildimmi ona. Endi qarang ahvolimni yagona qizingizni ahvolini qarang ona. Men shundaymidim, men hech qachon yegʻlamaydigan qizingiz, erkatoy Isooyingiz shundaymidi ona. Oldin yuzimdan kulgu arimasa endi namlik arimayapti. Oldin siz meni tark etdingiz, otam boshqasiga uylandi, oʻgay ona va uning erkatoy qizi, men shularga chidashga majburmidim ona. Ikta eng yaqin insonim bor edi hayotta siz va otam. Ammo otam ikkimizni bir kechaga alishti ona. Erkatoy Isoonini bir ayol va uning qiziga alishti ona.
Otamdanda mehribonini topdim deganda yana keraksiz, eskirgan buyumdek yangisiga alishildim ona. Boshqalar uyqu oldidan ertangi kuni uchun oʻziga omad tugasa men oʻzim uchun oʻlim tilaydigan holga keldim onam....

a year ago

Janob Chon: Isoo, Hanna pastga tushing - qoʻlidagi qahvasi bilan oshxonadan chiqib, katta uyning aylana zinasi tomon yaqinlashib boshini quyi koʻtarib doimgidan baland ovozda qizlarini chaqirdi.

Janob Chon

Oʻrta yoshdagi ekakaning boʻgʻiqli ovozi va birozdan keyin ingichka va horgʻin ovozda unga javob qaytarildi.

Isoo: hozir dadajon

Hanna: hozir ~

Ikki bir-biriga qarama-qarshi eshiklar ochilib bir-birini koʻrishga koʻzi otshga oʻqi yoʻq boʻlgan qizlar chiqdi. Isoo qarshisidagi qizga ahamiyat ham bermasdi, uni ahamiyatga arzigulik inson ham deb bilmasa. Hanna ham huddi Isoodek fikrlar ikkisi ham bir biriga ensa qotirib galma-galdan zina tomon borib tushib kelishdi.

Chon Karina
Chon Isoo

Isoo: nega chaqirgandingiz dada - mayin va charchoq aralash ovozda dadasiga yuzlanib gapirdi.

Janob Chon: bu yerga oʻtiring, sizlarga gapim bor. - oyoqlarini chalishtirib oʻtirib olgan erkak bir qoʻli bilan qarshisidagi oʻrindiqqa ishora qildi.

Karina: xoʻsh, endi gapirasizmi.?

Janob Chon: bugun uyimizga nufuzli mehmonlar keladi, Karina dasturxon ustida oʻzingni koʻrsatmaysan, sen esa bir gapdan tonib oʻtir Isoo. - yumshoq oʻrindiqqa suyangancha gaplarini yakunladi.

- hop dada - Isoo koʻzlarini bir yumib ochib "hop" degandek ishora qildi.

- chunarli dadajon - Karina ham huddi shunday qilib qoʻydi.

Oʻrtada faqat sukut qolgach erkak qizlariga ketavering degandek harakat qildi. Otasini harakatini darrov payqagan qizlar oʻrnidan turib xonalariga chiqib ketishdi.

Ikkisi baravar chiqarkan, Karina norozi ohangda mingʻilladi.

Karina: men bir oilada yashaydigan insonga oʻxshamayman, men huddi qamoqdagi mahkumaga oʻxshayman. - Karinaning yuzida maʼyuslik paydo boʻldi. Karina Isoodan javob kutardi ammo Isoo indamay qisqa tabassum bildirib xonasi tomon katta qadam tashlab chiqib ketdi.

Pov Karina: bu ham oʻsha zindonning egasi kabi.

*

Janob Jeon: oʻgʻlim tayyormisan - koʻylak yoqasini toʻgʻirlab baland ovozda gapirdi.

Jungkook: ha dada tayyorman .

Janob Jeon: bu onang qayerda qoldi...? - norozilik va jaxl bilan, chap bilagidan oʻrin egallagan sof kumushdan aylana Jeon uchun yasalgan soatiga qarab gapirdi.

Jeon Temu

Otasining oldiga yetib kelgan yigit, lablarini keng yoyib kulib qoʻydi.

Janob Jeon: ha oʻgʻlim, uylanishingni eshitib baxtdan kulib ham yuboryapsan.

Uni gapidan Jungkook battar kulib yubordi.

Jungkook: yoʻq, aksincha baxtsizligimdan kulyapman. Dada, oʻsha siz aytgan qizlar sizni men meni siz deb oʻylasaya. Oʻzingizga bir qarang mendan ham yoshga oʻshaysiz.

Uni bu aytgan gapi otasini maqtovdan kulishiga sabab boʻldi.

Janob Jeon: ha endi, mendek boʻlish hammaga ham nasib qilavermaydi oʻgʻlim.

Jungkook otasiga qarab yana kulishda davom etdi.

Hissiz hayot jonimga tegdi. Har doim bir xillik, oʻqishga boraman kelaman, va manashu uyda hech qachon boʻlmagandek indamay yuraman. Men yegʻib ulgurgan mablagʻ bu yerlardan ketib, oʻzim uchun uy sotib olishga ham yetmaydi. Naqadar omadsizman....

Pov Isoo: balki dadamni kompaniyasiga ishga kirarmana, ha Isoo sen zoʻrsan, barakalla dugonajon. U yerda yaxshi daromad topaman. Va bu yerlardan ketaman.

Oʻzicha xursand boʻldida, pardozining soʻngi qismini yakunlab, qarshisidagi oʻziga nim tabassum qilib xonasidan chiqdi.

- demak, zumrasha yigitni uylangirarkanmizda. - suhbat 10 daqiqaga ham yetib bormasdan, zinani uzun oyoqlari bilan birma-bir bosib tushayotgan yigit, kastumini koʻrsatkich barmogʻining uchiga ilib, yelkasiga tashladi.

Janob Jeon: Ha, lekin sen hali ham soqqa boshsan, uyalmaysanmi-yaaa, agar vaqtida uylanganingda hozir bir ikki yosh farzandlaring boʻlar edi

- bu dadang meni oxiri uylanmaganim uchun oʻldirib qitiladilarda Jungkook - yumshoq oʻrindiqqa, katta gavdasi bilan oʻzini tashlab gapirdi.

Jungkook: toʻgʻri, dadamdan buni kutsa boʻladi. Mana meni ham majburlayaptilar, oʻzlari hali kuyovga oʻxshaydilar, tagʻin Chonning qizlari dadamni boʻlajak eri deb oʻylaysan deb qoʻrqaman.

Jungkook miyigʻida kulib, akasiga qaragancha dadasiga istehzoli ishora qilib gapirdi.

Janob Jeon: yaaaa, kelishgan erkakaligimni yuzimga solaverma. - magʻruran tabassum qilib dedi.

- bu kishini qarang-a

Janob Jeon: Yoongi yur sen ham biz bilan, balki ikki qizdan birini yoqtirib qolarsan.

Oshxonadagi hizmatkorlardan koʻzini uzolmay turgan yigit yuzida samimiy va bilinar-bilinmas tabassum qilib qoʻydi.

Jungkook: aham, aham. Nima umi deyman. - akasining yuziga yaqin kelib gapirdi.

Yoongi: n..nima, yoʻq, men shunchaki. - oʻzini oʻnglab oldi va hayollarini bir yerga jamladi.

Jungkook: Soyun, chiroyli qiz nima qilipti.

Yoongi: bas qil. - balandroq ovozda doʻq qildi.

Jungkook: pfff mayli.

Min Yoongi

Yoongi: Haaaa aytmoxchi bizni yovvoyi quyon ham, hazila qilarkanmi, qoyil qoldim. Jiddiy Jungkook uylanishini eshitib yettinchi osmonda uchib yuriptimi yoki, Xudo haqqi seni birinchi marotaba hazil qilganingi koʻrishim. - ensa qotirib gapirdi.

Jungkook: ahhh, Kulsang ham aybdorsan. Qaytib kulmaganim boʻlsin.

Oradan ikki oy oʻtdi.

Karina: dada opam bugun keladimi? - Karina koʻzidagi mumchoqdek yonib turgan yoshlari bilan gapirdi.

Janob Chon: qizim, oʻzi yaqinda turmushga chiqgan boʻlsa, uni nima qilasan, axir doim urishardingizni. - erkak qoʻlidagi jurnalidan koʻzini uzmasdan gapirdi.

Karinaning umid toʻla yuzi mahzun tortib hafsalasi pir boʻldi.

Karina: toʻgʻri uni yoqtirmasdim, u bilan chiqishmasdim. Oʻgay boʻlsam ham u meni opam, uni sogʻindim.

Janob Chon: unda borib oʻzing koʻrib kel. - hali ham oʻsha xotirjamlik va beeʼtiborlik bilan.

Karina: dada, yaxshisi hammamiz boraylik. U meni uncha yoqtirmaydi-ku bilasiz, hammamiz borsak yaxshi boʻlardi.

Janob Chon: qizim, meni ortiqcha vaqtim yoʻq, oʻzing bemalol borib kelaver.

Karina: bunchalar bemehrsiz dada. - Karina otasidan ranjib oʻrnidan turdi, dadasi shu qadar eʼtiborsiz ediki, pinagini ham buzmasdi.

Pov Karina: nima qilaya, koʻnglim notinch, opamni koʻrishni istayman. Lekin nima uchun, men uni yoqtirmasdim, lekin nega uni oʻylayapman menga nima boʻlyapti.

Kiravatdan turdi, oynadagi aksiga chunarsiz savollar bilan qarab.

Karina: nima boʻlsa boʻldi, opamni oldiga borman. - oʻziga oʻzi shu soʻzlarni aytib, tumbada turgan sumkasini oldida xonadan katta qadamlar bilan chiqib ketdi.

Yomgʻir yogʻyapti u bilan uchrashganimda ham yomgʻir yogʻgandi. Nima uchun, nima uchun men bu holga tushdim. Qanaqasiga koʻzimni kelinlik uyida yumib boshqa uyda ochdim, hayotimga zid boʻlgan voqealar men bilan roʻy berishni boshladi.

*

Pov Karina: vav, Jeonlar qoʻrgʻoni chakki emas.

Karina mashinasidan tushib, baland tuflisini uy eshigi ostidagi marvarid yerga qattiq tekkazib borardi. Eshik tagiga keldi, biroz oʻylanib turdi qoʻlini eshik qoʻngʻirogʻi tomon olib borishga ikkilangan qiz, chuqur nafas olib, koʻzlarini chirt yumib ochdi, oʻzida dunyolarni kuchini toʻplab eshik chetidagi qoʻngʻiroq tugmasini bosdi.

Home

Eshik ochildi va Karinaga kerak boʻlgan inson uni qarshisida edi. Ammo u Isoo emas uning eri.

Karina: mm salom pochcha.

Jungkook Karinani koʻrishi bilan oʻzini yoʻqotib qoʻydi, yuzidagi xotirjamlik yoʻqolib, oʻzini zoʻrgʻa bosdi.

Jungkook: s..sa...salom Karina tinchlikmi? Nega kelganding. - bu safar Jungkookni tanasidan sovuq ter chiqishni boshladi.

Karina: Yaaa, ajoyib ekansizku, opamni koʻrgani keldim. - Karina ensa qotirib gapirdi.

Jungkook: u...u uxlayapti Karina, kech boʻldi uyingga bor. - Jungkook shoshilinch, qoʻrquv bilan gapirdi.

Karina: sizga nima boʻlgan, uxlayotgan boʻlsa uygʻoting Jungkook uni sogʻindim. - hali ham eshik tagida turgan qiz qaysarlik bilan buyruq berdi.

Jungkook hali ham oʻsha qoʻrquvlik bilan oʻylanib, terlagan peshonasini ishqab, lablarini qimtidida yana oʻsha tezlikda gapirdi.

Jungkook: mmm, esladim opang ketgandi - Jungkook gʻalati tabassum qilib qoʻydi. Bundan esa Karina shubhalanib pochchasiga, jiddiy yuz ifodasi bilan yuzlandi.

Karina: Hoy lanati, men bilan oʻyin qilmoxchimisam opam qani. Nima qilding uni. - gavdasi ancha katta boʻlgan yigitga yaqinlashib uni yoqasidan oʻldi.

Jungkook: n...nima, mastmisan deyman.

Karina: men bilan oʻyin qilma Jeon, opam qani lanati.

Hanna: Jungkook, kim ekan azizim.

Yigitni ortidan chiqib kelgan qiz, Karinaning shubhalariga asos boʻldi. Yigitni yoqasini asta qoʻyib yuborib, chunarsiz ikki insonga qarab turardi.

Karina: azizim, sen kimsan uni hotini borku, kim bu Jungkook, opam qani, nega bu seni azizm deyapti, opamni nima qilding itvachcha.

Hanna: ogʻzingga qarab gapir.

Karina: sen bilan keyin gaplashaman, ovozingni oʻchir.

Jungkook: oʻzingni bosib ol.

Karina: HOYY ONGI PAST, MEN BILAN OʻYNASHMA, OPAM QANI? NIMA QILDING UNI JAVOB BER JEON, JAVOB BER. IKKI OY AVVAL SENGA TURMUSHGA CHIQDIKU, TOʻYINGIZ BOʻLDIKU, MANA SHU LANATI UYINGGA KELDI-KU OPAM. QANI U, MANAVI FOXISHA KIM, KIM BU JUNGKOOK. OPAM QANI, MENI AQLDAN OZDIRMIXCHIMISAN.

Jungkook oʻzini yoʻqotib qoʻyganini payqagan Hanna Karinani eshik tagidan itarib yerga qulatdi-da tezlik bilan eshikni yopib qulflab qoʻydi.

Karina birdan berilgan zarbadan oyogʻi qayrilib unga qattiq ogʻriq berdi. Bir qoʻlini yerga tirab oʻsha qoʻli yordamida oʻrnidan turdi. Oyogʻidagi qattiq ogʻriqga eʼtibor ham bermasdan eshik oldiga haybatli vajohati bilan borib, ichidagi vaxshiy hayvonni tashqariga chiqazib yuborgudek oʻshqirdi.

Karina: HOY IFLOSLAR OPAM QANI, ISOO QANI. NIMA QILDINGIZ OPAMNI. ESHIKNI OCH QOʻRQOʻQ QANAQA ERKAKASAN, YAXSHILIKCHA OCHMASANG PALITSIYAGA BORAMAN. OPAMNI NIMA QILDING YER YUTKUR. ayt, oʻlikmi tirikmi shuni ayt, nima qildingiz uni.

Karina birdan anglab yetgan hodisalaridan oʻzini yoqotgudek boʻldi. Mana endi nega yuragi notinchligini bilgan qiz. Hoʻngrab yegʻlab, oppoq yogʻochli eshikni kichik mushtlari bilan qattiq urib, tuflisi yordamida kuch bilan eshikni tepib qichqirardi.

Karina.

Ikki oy avval.

To be continued.

Fikr kutib qolaman.

Author: Lee Soyun
Chane: Forest fanfics...