July 7, 2025

π”π§πžπ±π©πžπœπ­πžπ 𝐌𝐞𝐞𝐭𝐒𝐧𝐠

EPISODE 4 || YONA WINDSOR

- Meni qiziqtirgan odamlarni o'rganmasimdan hech qayoqqa qo'yib yubormayman - mushakdor qo'llar qizning bilagini yengil siqdi.

Yigit tomonidan boshqaruvni his qilgan qiz asabiy tortdi, qo'llarini ushbu kaftlar orasidan chiqardi, yigitning mamnun chimirilgan qosh va mayin kulgusiga uchradi

- Yaxshisi bu yerdan ket.... - Yona Jungkookga jiddiy ohangda gapirar ekan, nigohlarini ushbu gap shiddatli fikr ekanligini anglatish uchun yigitga qaratdi.

- Albatta.... , bu yerdan ketaman - yigit hech bir reaksiyasiz mashinadan tushdi. Hozirgina bo'lgan hodisani sintez qilishga uringan qiz mashinadan uzoqlashib ketayotgan yigitni kuzatdi

*U chindan ham bu yerdan ketdimi?* -
Yigitning sharpasi uzoqlashgan sari uning ko'rinishi hiralashib boraverdi. Qiz uning ketganiga ishonch hosil qilgan holda, mashinadan tushib, uni ayalanib o'tgancha haydovchi o'rindig'iga joylashdi.

.
.
.
.
.
.
.
.
.

Qilingan harakat tufayli xonadagi havo atmosferasining harorati oshgan. Qo'llari uchun maxsus rezina qo'lqop orqali shvabrani chelak ichidan oldi. Yuziga tushgan soch tolalarini qulog'i ortiga olib, oyoq izlari bilan to"lgan xoreografiya xonasi polini yuvishni boshladi....

Yigirma daqiqa oralig'i. Mi Yeong xonaning barcha burchagini tozalashga ulgurdi... Noqulaylik. Zinapoyalardan tez tez tushib xojatxona tomon yugurgan qizning telefoni baxtga qarshi jiringladi

-Manzilga yetib keldim xonim

-Aaa, hozir tushaman!

Qiz go'shak ortidagi odamga minnatdorchilik bildirar ekan, xojatga besh daqiqa oldin chaqirgan taksisi tufayli ulgura olmay qoldi. Oyoq kiyimlar qadami tezlashib binodan tezlik bilan chiqdi. Mashina ichiga joylashar ekan, manzilni kerakligicha tushuntirdi

-Iltimos, tezroq haydang

-Ho'p bo'ladi xonim - yigit kamtar javob qaytargancha jiddiyona diqqatini rulga va yo'lga qaratdi.
Sanoqli daqiqalar. Manzilga yetib kelgan mashina qiz uchun xursandgarchilik belgisini bildirdi.

-Raxmat, mana, - kerakli summa to'lanishi bilan mashinadan tushgan qiz, bir necha metr naridagi uyi tomon yugurdi. E'tiborsizlik, tezlik bilan uchib* kelyotgan qiz zarb bilan ko'zga e'tiborli darajada olinmagan yigitning ustiga yiqildi.

-Ming bora uzr so'rayman!
Qiz o'rnidan turish uchun harakat qildi. Sumkasini qo'liga olib yo'lida davom etar ekan, bilagidagi qattiqlik uni ortga burilishga majbur qildi

Yoongi: Qayoqqa ketyapsiz kichik xonim? Ustimga yiqilib, shunchaki uzr bilan yerdagi sochilgan qog'ozlarimni tashlab qochyapsiz, bu yaxshi emas - yigit qizning bilagidan yengil siqib gapirdi

-Kechirasiz janob, hozir buni to'g'irlayman

Qiz shoshqaloqlik bilan sochilgan qog'ozlarning oldiga kelib cho'kkaladi. Qog'ozlarni yig'ish uchun vaqt kamlik qilardi. So'nggi qog'oz, qo'ldan qochishga urindi, shamol nazoratsizligi tufayli yigitning oyoqlari tagiga uchib bordi. Qiz buklangan tizzalarini yerdan oldi. O'sha qog'ozni ham qo'lida dast taxlanganlari orasiga oldi. Yigitning qo'liga tutar ekan:

-Yana bir bor uzr so'rayman
Qiz sumkasini olib, tezlik bilan bosilgan qadamlar orqali uyiga kirib ketdi.

PovYoongi: Buncha shoshqaloq. Qiziqarli, nega bunchalik shoshdi?

Yigit hayolga berilar ekan, bir necha daqiqa avvalgi xotiralar ko'z oldidan o'tdi. Qiz sabrsizlik bilan uyalib oyoqlarini bir-biriga mahkam o'rab olishi*. Hayoliga yetib kelgan javobdan mayin kulib yuborgan yigit bir muddat qiz tomonidan alg'ov-dalg'ov taxlangan qog'ozlarga qarab turdi.... Jilmayish yuzini sekinlik bilan tark etdi, xuddi shu ko'chadagi qaysidir uy ichiga kirib ketdi......

Miyeong

Yoongi