ππ§ππ±π©πππππ πππππ’π§π
Stollar bo'ylab keraksiz buyumlarni yig'ishtirayotgan qiz, o'zi uchun yoqimsiz bo'lgan voqeani eslatuvchi o'rindiqqa ko'zi tushdi. Bo'm-bo'sh, go'yo yigit o'tirishi bilan joyni to'laqonli o'ziniki qilganidek. Bir muddat o'sha joyga tikilib qolgancha boshini norozi chayqadi:
" Jin ursin uni, Park Jimin " - Asabiy tortgan hayollar bilan patnos ichidagilarni oshxonaga olib bordi.
Restoranga qaytarkan, sarg'ish tortib turuvchi sochlar ko'ziga tushdi. U emasligiga ishonch hosil qilish uchun hayron ko'zlar bilan oldiga bordi
Jimin: Bu qiz yana mijozlarga qanday hurmat ko'rsatishni unutdi chog'i - Jimin kafti bilan peshonasini yengil yopdi
-Sen.. Sen yana bu joyga keldingmi? Lekin nega?? - Yuna asabiy yigitga qaragancha lab tishladi.
Jiminning bu gapdan kulgisi qistadi. Peshonasidagi kaftini og'ziga tushirgancha kulguning oldini yoparkan, masxaranomus yuz tuzilishi bilan o'rnidan turib qizga yaqin keldi
-Bu yerda kelmasligim uchun hech qanday buyruqlar berilmagan, offitsant xonim - Jimin qizning quloqlari ostiga yaqinlashib gapirdi. Quloqlari ostida vishillagan ovozdan jaxli chiquvchi qiz Jimindan uzoqlashdi. Yigit labining o'ng tomonini cho'zib, mamnuniyat bilan jilmayish paydo qilib, joyiga qayta cho'zildi.
-issiq qahva olib kel, - buyruq ohanggida berilgan tovushga quloq solgisi kelmaydi, lekin bunga majbur. Yuna alamzada qilgancha ortiga burilib ketdi. Yigit o'ng oyog'ini chap tizzasi ustiga qo'yib o'tirarkan, o'rta barmog'idagi kumush rangdagi uzugini yengil ishqaladi:
"Mening changgalimdan qutilib qolishga urina ko'rma Nae Yuna"
Jigarrangga ega ko'zlar, sochlari ham ko'zi kabi rangda. Jingalak qilingani tufayli, yoyilishi ham insonga yoqadi. Ko'zlar ayni vaqtda ruldan uzilmagan, lekin hayollar va og'zidan chiqayotgan har bir so'z qiz bilan o'zaro bog'liq.
Yona: Demak, aybdor emasligingni isbotlay olding? - savol bilan so'ragan qiz Jungkookning e'tiborini tortdi.
-Albatta. Tugallanmagan ishdan foyda yo'q. Shunchaki zararga ishlaydi.
Yigitning javobini hayolida aylantirgan Yona yana savol uchun yuzlandi.
-Nega bu yerga kelding? - jiddiy ohangda savol berdi qiz
-Nima? - Jungkook tushunmay qizga qaradi, "nega bu yerga kelding" ?
-Ha, nega? Nega mashina xaydashni xohlab qolding
Jungkook qizning gapini tushunar ekan, labida mamnun jilmayish paydo bo'ldi.
-Buning sababi.... - u atayin gapni cho'zdi, - men bir qizga qiziqib qoldim. Xuddi shu yerda - gapiga aniqlik kiritgach nigohlarini qizga ko'chrdi.
-Tushunarli, - iliqlik bilan bosh chayqadi Yona, - u qiz kimligini bilsam bo'ladimi? - qiziquvchanlik bilan yigitga qayta yuzlandi. Qizning savoli o'zi uchun ortiqcha edi.
Jungkook yo'ldan ko'zini uzdi. Mashinani to'xtatgach, Yona hayron bo'ldi. Tatirovkalar bilan bezalgan qo'lini qizning yanog'iga joylar ekan, bu vaqtda qiz battar hayratdan lol qolardi
-Jungkook, nima qilyapsan? - qiz endi tushunishni boshlashi bilan yigitning oldida qizarish hissi o'zi hoxlamay paydo bo'ldi. U buni to'xtatishga harakat qilardi, lekin ilojsiz. Jungkook qizning yuzida paydo bo'lgan qirmizi dog'larni ko'rib, labidagi jilmayish yanada cho'zildi. Qizga yaqinroq keldi:
-Buni keyinroq aytishga harakat qilmoqchi edim, lekin vaqti erta kelib qoldi. - Jungkook kaftlari orasidagi yuzni qo'yib yubormadi - Bu, sen. Qarshimda o'tirgan qiz, - yigit vanihoyat gaplarini tushuntira olganidan mamnunlik hissi sezib, qizga yaqin keldi. Lablari qizning qulog'i ostiga talpinib, kerakli joyni topdi. Quloqni jinni qilib qo'yadigan darajadagi shivirlash,
-Meni sen qiziqtirib qo'yding, Jasur qiz,
*meni yana mazah qilyapti, Agar shunday harakat qilsam, meni aqldan ozadi deb o'yladimi? "Jasur qiz", nega bunday nom, *
Qiz yuzini burishtirish barobar Jungkookdan yuzini uzoqlashtirar ekan, bilaklarni o'sha taturovkali qo'llar qisib oldi
-Men qiziqtirgan insonlarimni o'rganmasimdan oldin hechqachon qo'yib yubormayman.......