July 9, 2025

π”π§πžπ±π©πžπœπ­πžπ 𝐌𝐞𝐞𝐭𝐒𝐧𝐠

EPISODE 16 || YONA WINDSOR

*

pov/yuna* Shunchaki bugungi kundan qisqacha olingan kulgili xabarni Jeymsga aytayotgandim. Tushunmadim lekin nega u mening sochimni qulog'im ortiga o'tkazdi. Sohta tabassumim bilan oramizda sezdirmasdan qadam ochganimda, jutilmaganda Jiminni bu yerda ko'rib qoldim. Uning g'azabi bir ko'rishdayoq sezilardi. Musht tuyilgan qo'li Jeymsga qarata yuborildi. Men uni to'xtatib qolishga ulgurmadim. Bu o'sha.... O'sha Park Jimin... Birinchi kunimizdayoq menga shunday g'azabini sochgan yigit! "Jimin uni qo'yib yubor!" Uni Jeymsdan ayira olmayapman, juda ham g'azablangandi. Uning yoqasidan ushlangan qo'llari koftani qattiq siqardi. O'tkir ko'zlar menga qaratildi... G'azab va Rashk tuyg'usi edi bu. "Sevgiling bo'lmagan insonning yonini nega olyapsan?! Axir u sening sochlaringga ham tegindi!" Uning ovozi qo'rqarli darajada baland emasdi. Shunchaki uning tilidan chiqayotgan zaxar buning belgisi edi. Uning qorayib ketgan ko'zlari Jeymsga o'girildi. Menda negadir qo'rquv belgisi sezilayotgandi. Nega?? Axir u shunchaki Jimin, Park Jimin. Ha!.. "Yana bir bora unga yaqinlashguvchi bo'lsang men o'zimni boshqara olmayman, mister Jeyms!" Jeyms? Uning ismini Jimin qayerdan biladi? Uning yoqasini qo'pollik bilan qo'yib yuborganda o'sha 'qo'rqinchli' ko'zlar yana menga qaratildi. Kafti bilan kaftimni yumshoq, lekin dominant siqqancha meni restoranning mijozlar tarafiga olib bordi. U hechnima demasdi. To'g'risi, men undan baqirishini kutgandim...

.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
ORADAN KUNLAR O'TDI

Bugun Mirening shifoxonadan chiqish kuni. Narsalari yig'ilgan, hammasi palatadagi krovati ustida turardi. Qo'llarida Hyonuni jim quchib olgan. Har soniya - umid uchqunini berishga urinardi. Ha, u hozir bu yerga Jungkook kelishini umid qilardi. Mirening onasi, jimgina xonaga qaytib kirgancha qo'lidagi maxsus paketchalardagi narsalarni tumbochka ustiga qo'ydi.

- Hyonu va o'zingga biroz kiyimlar sotib oldim. Ko'p idishli sut beraverma, nevaram o'z onasi suti bilan ulg'aygani yaxshi. Va, o'zingga qarab yur yaxshimi? - qizining oldiga kelib unga qaragan ona yana gapira boshladi.

- U kelishini kutyapsanmi?... Bunga ishonchim komil emas, ha deb u sababli o'zingni azoblashni bas qil Mire. O'z sog'lig'ingni ham to'g'irlab olishing kerak. Qara, hozir farzanding va o'zing uchun qanchalik keraksan - krovat ustidagi narsalardan qo'liga olgan holda gapirdi ayol.

- Sizchi, oyi? - Mirening savoli ayolning quloqlariga borishi bilan uni biroz jimitdi. - Sizchi oyi? Sizga kerak emasmanmi? Dadam va sizga? Ahir yakka qizlaringiz bo'lsam? - Hyonuni shifoxona belanchagiga yotqizgancha gapirdi. Uning ovozida hozir alam bor edi. Umidsizlik va alam.

- Menga ham keraksan, Mire. Nega bunaqa savollarni beryapsan? Biz ikkimizga ham albatta keraksan. Hozir ahvoling yaxshi emasligini bilaman qizalog'im. Hali hammasi yaxshi bo'lib ketadi.

- Hechqachon. Hechqachon hali hammasi yaxshi bo'lib ketmaydi. Ota-onam, farzandim va o'zim uchun kerakdirman. Lekin erim! Turmush o'rtog'im uchun men mutlaqo e'tiborsiz kimsaman! U hechqachon menga e'tibor bermagan oyi!

Ayol gapirish uchun og'iz ochdi, lekin undan hech bir ovoz chiqmasdi.

- Sizlar mening baxtim haqida o'ylaganmisizlar o'zi?! To'g'ri men boshidan ham uni sevar edim, lekin u emas! Oyi oradan qancha vaqt o'tdi, o'rtamizda allaqachon farzandimiz dunyoga keldi lekin u hali ham o'sha-o'sha! - qiz butun alamlarini sochishga tayyor edi. U ich-ichidan bomba kabi portlab bo'lgandi. Lekin u davom qilmadi. Qila olmadi. Eshik ochilib, xonaga Jungkook va uning onasi kirib kelgandi.

- Ooh, allaqachon kelganmidingiz, xonim - Jeon xonim Mirening onasini yumshoq quchib salomlashdi.

Jungkook ham yengil egilgancha unga salom berdi. Ayol yengil bosh irg'adi. Mire bu holatni jimgina kuzatar edi, garchi ichidagi gaplari qolib ketgan bo'lsada. Jungkook krovat ustidagi narsalarni qo'liga olar ekan, palatadan chiqib ketdi. Ular albatta mashinaga bolib joylanar edi.

- Hyonu - Jeon xonim ovozini mayin cho'zgancha, belanchakdagi nevarasini olib quchdi. Uning kichik yuzlaridan yumshoq o'pib qo'ydi. Hyonu jimgina uxlar, onasining alamzadalaridan mutlaqo behabar edi.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
.

Opaaa, nega vahima qilaverasiz ahir. Hammasi joyida bo'ladi, shunchaki mashinani olib chiqing. Qariguningizcha saqlamaysizku ahir - Miyeongning gaplari Yonani yana o'ylantirishga olib keldi.

- O'sha voqeani hali ham unuta olmayapman Miyeong. Joyida turaversin, qo'y - singlisining ko'zlariga umidsiz qaradi.

- Ahir oradan sal kam bir yil o'tdi opa! Avtomaktabda o'qituvchisiz, esingizdami? Siz sal kam bir yil ichida o'z malakangizni yanayam oshirdingiz. Qo'rquv bilan ish bitmaydi. Qarang, men soppa-sog'man. O'shanda ham faqatgina qo'limni biasdan jarohatlagansiz - Miyeong qo'llarini oldinga cho'zgancha opasiga ko'rsatdi.

Ikkilanish. Va nihoyat Yona o'z mahsinasini garajdan olib chiqdi. Buni mamnuniyat bilan kuzatgan Miyeong kuldi

- Toychoq hali ham top-toza, ko'pdan beri ishlatilmagan bo'lsada.

- Sen... Sen uni tozalab yurgansan to'g'rimi? Men uni so'nggi bor yuvmasdan garajga qo'yganimni eslayman. Chunki u uncha kir emasdi.

- Ha albatta. Sizning rahmingiz kelmasa ham meniki keldi. Qani endi, meni ishga tashlab qo'ying opajon - sumkasini stol ustidan olgancha mashinaning yon tarafiga joylashdi Miyeong.

- Yoongining mashinasida ketmaysanmi? - Yona mashinaning oldiga joylashgancha uning ichini bir bora ko'zlari bilan tekshirgancha gapirdi.

- Yo'q. Yoongi janoblari hozir chuqur uyquda. Yaqin kunlarda o'qish uchun imtihon topshiribdi. Jimin simli o'rtog'i ham. Meni u bilan tanishtirib qo'ydi.

- Jimin? Jimin dedingmi?

- Ha opa, uni taniysizmi?

- Albatta, ahir u Yunaning yigiti-ku. Nahot Yoongi bilan tanish bo'lsa? - Yona hayronlikdan biroz kuldi.

- Yoongining aytishi bo'yicha u uning yaqin do'sti. Demak Yoongi ham dugonaningiz Yunani taniydi - ko'zini yo'ldan uzgan Miyeong opasiga qaradi

- Balki - rulni boshqargancha javob qildi Yona.

Miyeong

.
.
.
.
.
.
.
.
.

Bugungi kun doimgilaridan boshqacha o'tdi. Chunki mashinam haqida hamkasblar ham gapirishdi. Haydamaganimga ko'p bo'lgandi. Sog'inganim sezildi. Va, men hozir Jungkook kelishini bilardim. Har kuni, ishimdan keyin u bu yerga mashinasiz kelardi. Bilaman, yolg'ondan haydovchilikni o'rganush uchun kelardi. Xujjatlarni ham erinmasdan ishlagan. U juda ham yaxshi, men uchun. Doim o'z qarorlari ichiga olgisi keladi, bu hislati unga doim yarashgan. Ba'zida, majburlik bilan ham insonni o'ziga qaratadi u. Meni o'ylantirayotgan narsa... Men tufayli bir oila buzilib ketishini o'ylasam bu yuragimga tig' kabi botardi. Ahir o'sha qiz ham o'z erining baxtiga sazovor.. Jin ursin, lekin Jungkookni ularga berishni istamayman. Chunki bu yaramas mening ongimni ham o'zinikiga bog'lagan edi.

Mashinamga joylashdim. Atrofni yana bir bor kuzatar ekanman, uni bu yerdan topmadim. Mashinani ishga tushirib hayday boshlaganimda, yo'l chetida bir yigit turardi. Bu uzoqdan bo'lsada kimligi aniq sezildi. Qora erkaklar koftasi va oddiy qora shim. U oddiy kiyimlarda ham jozibali ko'rinadi. U bilan bo'lgan tasodifiy uchrashuvim uchun hudoga shukronalar aytaman. Chunki hudo negadur bu kelishgan yigitni o'z xotiniga emas, menga nasib qilgandi. Uning yirik gavdasi, o'ziga juda yarashadi. Sochlari doimgidek jingalak, bu sochlar meni o'ziga rom qilishga urinadi. Uning yoniga kelib to'xtadim. Labida xorg'in jilmayish o'ynagan Jungkook yon tarafimga joylashdi.

- Oh, demak bu qiz o'z mashinasini o'zi tuzatibdi-da? - uning o'ynoqi gaplari xotiralarni esga solardi. O'sha unutilmas xotira, hayolimda gavdalanishi bilan men ham unga qarab kuldim.

- Aybdor aybiga iqror bo'lgan holda hali ham o'sha jazoni o'tashi kerak, janob Jeon - men unga qarar ekanman, kulgichlarimning aksini unda ko'rdim...

*

- Ota-onam va Mirega ajrashish haqida aytdim. - mashinani kuchli tormoz bilan to'xtatib yubordim. Silkinish tufayli ikkimiz ham oldinga ketib qoldik. Hozir eshitganlarim rost edi, to'g'rimi? U 'Ajrashish' mavzusini xuddi oddiy gapdek gapirdi.

- Jungkook... Aqldan ozganmisan?... Biz.. Biz bir-birimizni sevamiz, ha... Lekin... Lekin bu gapni ularga bugun aytmasliging kerak edi! - asabiylashgancha mashinani qayta ishga tushirib haydadim. Biz allaqachon katta yo'lda edik.

- Qachon? Boshqa qachon aytishim kerak edi? Balki yana ikkinchi farzand uchun imkon tug'ilganida aytishim kerakmidi? - uning ham ovozi kutilmaganda biroz ko'tarildi. Bunga ishongim kelmayapti. U xotini hali bugungina uyiga qaytganida buni aytishi kerak emas edi. Va u bemalol ikkinchi farzand haqida mavzu qilyapti. Qo'llarim rulni mahkam siqdi. Ovozimni normal tutishga urindim.

- Buni biroz keyin aytsang gam bo'lar edi..! Ayoling va chaqalog'ing endigina shifoxonadan chiqishgandi ahir! - achinib ketyapman, hozir Mure haqida o'ylasam ko'krak qafasim siqilib ketyapti. Uning farzandichi?...

- Men bu kunni kutib yurdim! Ortiq cho'zishni istanayman Yona! O'z hayotimni to'g'irlashni istayman! Qo'rqma, u ham bir kun taqdirini tan oladi va yashashda davom etadi! Farzand menda qoladi!

- Nima?! Sen farzandni o'zingda olib qola olmaysan, u hali bir oyga ham to'lmagan ahir! Jungkook sen hozir... - yo'q yo'q yo'q jin ursin! O'rtamizdagi janjal tufayli men yana bitta xatoga yo'l qo'ydim. Qorong'u oralagan ko'cha, men odam urib qo'ydim!...

Yona...

Jungkook