July 7, 2025

π”π§πžπ±π©πžπœπ­πžπ 𝐌𝐞𝐞𝐭𝐒𝐧𝐠

EPISODE 7 || YONA WINDSOR

Nonushtani tugatib, ish kiyimlarini kiygan qiz balkonga gullarga suv quyish uchun chiqadi. Qo'lidagi idish orqali o'simliklarga parvarish ulashar ekan, qo'shni derazadagi yigitga ko'zi tushdi

-Xayrli tong

Yoongi: Senga ham,... - qo'lidagi krushkani yengil siqarkan, o'zidan hayron bo'ldi,

Pov/Yoongi: O'zimga tushuna olmay qoldim, hozir bo'lgan hodisa ichimdan nimadir jizillab o'tishiga sababchi bo'ldi. Uning chehrasi? Men uchun qandaydir xususiyatga ega....

Qiz yigitga hurmat bilan qo'l silkidi. Ishini tugatib, ichkariga kirdi.

Uyning barcha joylarini tekshirib, chiqishga qaror qildi. Eshikni qulflab chiqqan qiz biroz masofa naridagi Yoongiga ko'zi tushdi

-Boyagina adashmasam qahva ho'playotgan edingiz?

-Menmi?....shunchaki... Nonushtani tugatdim va ko'chaga chiqdim - qizga sababsiz xisobot topshirgan yigit o'zidan hayron bo'ldi *yo hudo?!*

-Shundaymi....yaxshi, bu yerga qachon ko'chib kelganingizni bilsam bo'ladimi?

-Senlayver, sohta hurmatlilarni xushlamayman...

-Aaa....yaxshi....xo'sh?

-Nima senga birin ketin hisobot topshirishim kerakmi?

-Nima?? Men shunchaki so'radim, bu qiyinmi? Qachon bu ko'chaga ko'chganingni aytish?

-3 kun oldin...

-Lekin nega aynan bu uy?....u juda ham g'alati

-Yo'q. Bunday emas, u bu ko'chadagi yagona uy, shu sababli u boshqalaridan ajralib turadi. Menga ajralib turuvchi narsalar yoqadi - o'z uyiga qaragancha gapini yakunladi.

-Bundan 2 oy oldin ko'chib kelgan qo'shnimizning iti o'ldi, undan oldingisida esa, kimdir joniga qast qildi...

-U o'z sevgilisi tufayli azob chekgan, uyning bunga dahli yo'q - gapini tugatishga ulgurmagan qizning gapini bo'ldi

-Sen buni qayerdan bilasan?

-Kulgili, - istehzoli ovozda - Sotib olmoqchi bo'lgan uyimning tarixini odatda tekshiraman

-Tushunarli - uning jilmayishidan noqulay bo'ldi, - lekin shunda ham, men bu uydan biroz cho'chiyman

-Cho'chiysan a? - Yoongining jilmayishi kuchayadi

-Hoy nina qilyapsan?! - kutilmaganda Yoongi Miyeongning qo'lidan siqib, o'z uyiga sudrar ekan, qiz shok holatiga tushadi.
Bir necha qarshiliklarga qaramasdan, Miyeongni o'z uyiga osonlikcha kiritgan Yoongi vanihoyat uni qo'yib yuboradi,

-Xo'sh, bu uyning nimasi qo'rqinchli? Ayanchli voqealar bo'lganligi tufaylimi?

-Axmoq ekansan - Miyeong asabiy qo'lini ushlaydi

-Senga savol berdim...?

-Shunchaki...hozir ham qorong'u tusda..

-Buni men qildim, yana bitta savol....Tun yoki Kun? - Yoongi qiziquvchanligini yashirmagan holda gapiradi

-Nima? Nimani nazarda tutyapsan?

-Shunchaki oddiy javob bersang bas

-Albatta Kun!

-Men uchun esa Tun,

-Nega?

-Kunduzning yoqimsiz shovqinlaridan ko'ra, tunning sokin og'ushi juda yaxshi. Xuddiki,....tubsizlik va qorong'ulik - o'z hayolidagini tasvirlagan Yoongi ko'zlarini yumib osmonga qaraydi

Pov/Miyeong: G'alatiroq inson ekan, fikrlash tizimi umuman boshqacha, o'zini tutishi...

-Qiziqroq odam ekansan....men ishimga ketishim kerak

-Sen bilan birga borishim mumkin? Ruxsatmi?

-Men bilan? Nima sababdan?

-Odatda sen kabi qizlar kamyob, fikrlashing toza - Yoongi kuladi

-Nima?.... Yaxshi - shunchaki rozilik bildirgancha yigitning uyidan chiqadi.

Biroz vaqt, 5 daqiqa, shu vaqt oralig'ida Miyeongning yoniga kelib to'xtagan qora rusumdagi mashina uning e'tiborini tortadi

Yoongi: O'tir! ....

Yoongi

Miyeong