July 7, 2025

π”π§πžπ±π©πžπœπ­πžπ 𝐌𝐞𝐞𝐭𝐒𝐧𝐠

EPISODE 7 || YONA WINDSOR

Nonushtani tugatib, ish kiyimlarini kiygan qiz balkonga gullarga suv quyish uchun chiqadi. Qo'lidagi idish orqali o'simliklarga parvarish ulashar ekan, qo'shni derazadagi yigitga ko'zi tushdi

-Xayrli tong

Yoongi: Senga ham,... - qo'lidagi krushkani yengil siqarkan, o'zidan hayron bo'ldi,

Pov/Yoongi: O'zimga tushuna olmay qoldim, hozir bo'lgan hodisa ichimdan nimadir jizillab o'tishiga sababchi bo'ldi. Uning chehrasi? Men uchun qandaydir xususiyatga ega....

Qiz yigitga hurmat bilan qo'l silkidi. Ishini tugatib, ichkariga kirdi.

Uyning barcha joylarini tekshirib, chiqishga qaror qildi. Eshikni qulflab chiqqan qiz biroz masofa naridagi Yoongiga ko'zi tushdi

-Boyagina adashmasam qahva ho'playotgan edingiz?

-Menmi?....shunchaki... Nonushtani tugatdim va ko'chaga chiqdim - qizga sababsiz xisobot topshirgan yigit o'zidan hayron bo'ldi *yo hudo?!*

-Shundaymi....yaxshi, bu yerga qachon ko'chib kelganingizni bilsam bo'ladimi?

-Senlayver, sohta hurmatlilarni xushlamayman...

-Aaa....yaxshi....xo'sh?

-Nima senga birin ketin hisobot topshirishim kerakmi?

-Nima?? Men shunchaki so'radim, bu qiyinmi? Qachon bu ko'chaga ko'chganingni aytish?

-3 kun oldin...

-Lekin nega aynan bu uy?....u juda ham g'alati

-Yo'q. Bunday emas, u bu ko'chadagi yagona uy, shu sababli u boshqalaridan ajralib turadi. Menga ajralib turuvchi narsalar yoqadi - o'z uyiga qaragancha gapini yakunladi.

-Bundan 2 oy oldin ko'chib kelgan qo'shnimizning iti o'ldi, undan oldingisida esa, kimdir joniga qast qildi...

-U o'z sevgilisi tufayli azob chekgan, uyning bunga dahli yo'q - gapini tugatishga ulgurmagan qizning gapini bo'ldi

-Sen buni qayerdan bilasan?

-Kulgili, - istehzoli ovozda - Sotib olmoqchi bo'lgan uyimning tarixini odatda tekshiraman

-Tushunarli - uning jilmayishidan noqulay bo'ldi, - lekin shunda ham, men bu uydan biroz cho'chiyman

-Cho'chiysan a? - Yoongining jilmayishi kuchayadi

-Hoy nina qilyapsan?! - kutilmaganda Yoongi Miyeongning qo'lidan siqib, o'z uyiga sudrar ekan, qiz shok holatiga tushadi.
Bir necha qarshiliklarga qaramasdan, Miyeongni o'z uyiga osonlikcha kiritgan Yoongi vanihoyat uni qo'yib yuboradi,

-Xo'sh, bu uyning nimasi qo'rqinchli? Ayanchli voqealar bo'lganligi tufaylimi?

-Axmoq ekansan - Miyeong asabiy qo'lini ushlaydi

-Senga savol berdim...?

-Shunchaki...hozir ham qorong'u tusda..

-Buni men qildim, yana bitta savol....Tun yoki Kun? - Yoongi qiziquvchanligini yashirmagan holda gapiradi

-Nima? Nimani nazarda tutyapsan?

-Shunchaki oddiy javob bersang bas

-Albatta Kun!

-Men uchun esa Tun,

-Nega?

-Kunduzning yoqimsiz shovqinlaridan ko'ra, tunning sokin og'ushi juda yaxshi. Xuddiki,....tubsizlik va qorong'ulik - o'z hayolidagini tasvirlagan Yoongi ko'zlarini yumib osmonga qaraydi

Pov/Miyeong: G'alatiroq inson ekan, fikrlash tizimi umuman boshqacha, o'zini tutishi...

-Qiziqroq odam ekansan....men ishimga ketishim kerak

-Sen bilan birga borishim mumkin? Ruxsatmi?

-Men bilan? Nima sababdan?

-Odatda sen kabi qizlar kamyob, fikrlashing toza - Yoongi kuladi

-Nima?.... Yaxshi - shunchaki rozilik bildirgancha yigitning uyidan chiqadi.

Biroz vaqt, 5 daqiqa, shu vaqt oralig'ida Miyeongning yoniga kelib to'xtagan qora rusumdagi mashina uning e'tiborini tortadi

Yoongi: O'tir! ....

Yoongi

Miyeong

.
.
.
.
.
.
.
.
.

19:22

Anchagina charchoq bosgan bola uyi oldiga keldi. Qulfni bo'shatib, ichkariga kirarkan, oyoq kiyimini tartibsiz otadi.

-Syupriz!!! - to'statdan yangragan yo'gon tovush tufayli uchib tushgan Yoongi qichqiradi

- Aqldan ozganmisan Jimin!

-Voy, Yoongi janoblari nahotki qo'rqib ketdi? - mazahlagancha kular ekan, qo'llarini orqasiga tashlab uyni ko'zdan kechiradi

-Doimgidek qorong'ulikni yoqtirasan....kim u?

-Kimni aytyapsan?

-Sezish qobiliyatim kuchli ekanligini yaxshi bilasan, nahotki uyingga qiz bolani yetaklab kelding?

-Xa.. - oddiy ohangda xabar qildi Yoongi

-Sen...U qizning ismi kim? Seni qiziqtira olgan qiz...

-Miyeong, hozircha faqat shuni bilaman.

-Oralaringizda biron nima bormi? - qiziquvchanlik bilan savol bergan Jimin ikki qo'lidagi barmoqlarini birlashtirdi

-Yo'g'e, oramizda hech narsa yo'q. Men shu kungacha qizlarga qiziqmaganman Jimin, lekin u qiz oddiygina bo'lishiga qaramasdan mening e'tiborimni torta olyapti. Buni o'zim ham tushuna olmayman.

-Unga bo'lgan qiziqish?....U qiz albatta senga yoqib qolgan, buni inkor etishga urinma

-Tan olmasligim g'irromdan. To'g'ri, - mag'rurlik bilan qisqagina javob qaytargan Yoongi keng keng divanga o'zini tashladi.

-Sezyapsanmi? Ikkimizda ham bu holat yuz beryapti... - gaplarida chalkashib gapirgan Jimin pastdan Yoongiga qaraydi

-Qizlarga bo'lgan qiziqishmi?

-Ha - aniqlik kiritadi.

-Demak sen ham birortasiga qiziqib qolgansan...Kim u?

-Yaxshi taniysan, Nae...

-Yuna ismli qizmi? Yo'g'eee, Jimin odamni kuldirma - keskinlik bilan Jiminning gapini bo'lgan Yoongi ishongisi kelmaydi.

-Rost! U qiz chindan vaqt o'tgani sari menga yoqib ketyapti. Xuddi sendek tushunarsiz..

-Bilmadim, men u qizni senga umuman mos deb bilmayman. Shuncha qizlar narida tursin, bu tanlovingga shunchaki shokdaman Jimin

-U haqida bunday dema, - biroz noqulaylik bilan javob qaytargan Jimin televizor pultini qo'liga oldi

-Ishongim kelmaydi, avvalgi Jimindan asar ham yo'q?! - hayratdan xonani to'ldirib kulgan Yoongi Jiminni masxaralaydi

-O'chir, bo'ldi boshqa mavzuga o'tamiz - biroz asabiylashgan yigit televizorni yoqdi.

-Ha, nima bo'lsa ham...Yaxshi - kulgudan o' zini bosgan Yoongi e'tiborini ekranga qaratdi...

Jimin

Yoongi

.
.
.
.
.
.
.
.

Qorong'u oralagan ko'cha. Odamlar gavjum joyda inson dimog'ini mamnun qiluvchi har xil narsalarni sotib olib yurgan qizlar katta restoran tashqarisidagi maxsus joylardan birida.

-Zerikdim, ovaqtdan keyin istirohat bog'iga ham boraylik - chizburgerni biroz tishlagan Miyeong labini ishirdi

-Albatta, hali ko'p joylarni aylanamiz, charchog'ing chiqquncha - labida jilmayish yaratgan Yona singlisiga qaradi.

Telefon ekranida qo'ng'iroqni anglatuvchi tasvir paydo bo'lar ekan, Yona e'tiborini unga qaratdi. Chetgi tugma orqali yakun yasagancha ovqatlanishda davom etdi. Bu holat 3-4 marotaba takrorlandi

-Kim U? Balkim ko'tararsiz? - telefon ekraniga bir zum egilib qaragan Miyeong opasiga gapirdi

-Hozircha zarur emas, ishxonadan - yolg'on gapirgan qiz mavzuni o'zgartirishga harakat qildi

-Xo'sh, o'sha yigit kimligini aytib berasanmi?

-Ha umi...Yangi kelgan qo'shnimiz ekan, ismi Yoongi. Biroz sovuq sifat, lekin o'zgacha

-Shunday degin..yangi bo'lishiga qaramasdan topishib olibsizlarmi?

-Yo'q! Bu siz o'ylagandek emas opa, u shunchaki meni mashinasida tashlab qo'ydi.

-Shunchaki? Yaxshi - kulimsiragan Yona burgerni og'ziga soldi...

"Qo'ng'iroqni ko'tar, qayerdasan?!" - telefon ekranida namoyon bo'lgan yozuv qizning yuzidagi jilmayishni yo'qotdi. Ekranni asabiy o'chirar ekan, har tomonga qarab qo'ydi..

Yona & Miyeong