July 31, 2025

π‚π‘πˆπŒπ’πŽπ π‘πŽπŽπŒ

EPISODE 1 || ELIENA WINDSOR

"Barcha barchasi bir kun yaxshi bo'lishiga, o'zgarishiga umid qilib yashaymiz. Dunyo β€” Bu biz uchun baxt qo'rg'oni emas. Hayot chizig'i qanday baland-pastliklarda bo'lmasin, u davom etadi. Shuni aytish joizki, hikoyalar har doim ham ertaklar kabi yaxshilik bilan tugallanmaydi."

β€” O'zimni yo'qotgan bu dunyoda doim ham yaxshilikni izlagan edim. Har bir bosilgan qadamlarim meni xavf tomon chorlashini bilmasdim. Endi ortga yo'l yo'q, men ikkinchi bora qopqonga tushishga ulgurdim. Hayot meni ikkinchi bora sindirdi... Beshavqat dunyo menga bunday taqdirni ravo ko'rganiga ishongim kelmasdi. O'zimni tiklashga ko'p bora harakat qildim, endi bu ilojsiz. Meni sinib bo'ldim.

Umid Klinikasi β€” Bu yer sog' insonlar va kasal insonlar bilan to'la edi. Bemorlar va Ruhiy Kasallar. Oddiy bir kasalxona bo'lmagan bu makon o'zida xavfli insonlarni saqlardi. Har bir xona burchagida umidsiz va hayotni o'ziga do'st deb topmaydigan insonlar. Ruhiy Kasallar - Qotillar, Zo'ravonlar, Jismoniy va Ruhiy tomondan zo'rlangan insonlar. Ularni qamoq nomli joyga jo'natish uchun imkon bor, lekin boshlaridagi ushbu kasallik ularni bu yo'ldan qutqargan. Maxsus klinika, ayblovi bor, lekin isboti yo'q va Jinnilik tufayli bu qurbonlarni o'zida olib qolgan.

Eliena β€” Hayoti davomida o'zi ham bunday hodisaga duch kelgan qiz. Oiladagi ahvol, o'z atrofidagi narsalar uni bunday insonlarga qiziqishga majburlagan. Psixologiya fakultetini bitirgan qiz magistraturani ham "Klinik Psixologiya" yo'nalishida tamomladi. Hayoti davomida uncha muncha insonlarga qiziqmadi. Tanishlari kam, chunki bu qizning o'zi sohta insonlar bilan munosabatlarni xohlamasdi. Kang Doyun. Bu yigit Eliena bilan astoydil aloqalarni yaxshi ushlashga uringan. Elienaning ko'pincha hechkim bilan yurmasligi, odamlar orasiga qo'shilmasligi Doyunda unga nisbatan qiziqish uyg'otgan. Ular universitetni birga tamomlashdi, Eliena u bilan do'st, normal holda. Orasidagi to'rt yil Yigitni qizga bog'lanib qolishiga sabab bo'ldi. Doyun sevgisini unga hechqachon aytmagan, balki hali vaqti emasdir. Qo'rquv, ichkaridan sado beradigan bu qo'rquv yigitga tanish edi. His-tuyg'ularini aytish uning hayolida hali erta. Eliena buni qabul qilmasligi mumkin, chunki u hechqachon munosabatlarga qiziqmagan.

Klinika. Ilk tashlangan qadamlar, rangsiz va zerikarli devorlar o'zidagi sovuq bir hisni atrofga taratardi. Doktorlarning bir joydan ikkinchi joyga o'tish ovozi, qandaydir davolash moslamalari, qog'oz ovozi, klaviatura tovushi va bemorlarning g'ingshishlari eshitiladigan bu joyga u tashrif buyurdi. Eliena aynan shu yerga ishga kirish uchun harakat qildi, bolalikda o'z ichida qolgan savollar va travma... Uni bu yerga chorlagan. Taqdir unga shuni ravo ko'rdi. Elienaning rezyumesi yaxshi, u doimo o'qish va o'rganish bo'yicha jiddiy bo'lib keldi. Klinika rahbari, bosh Psixolog - Min Seojin xonim unga ruhiyati xavfli bo'lgan bemorni tavakkal qilib topshirdi.

Jeon Jungkook β€” Jinoiy psixika bilan tug'ilgan 'maxbus'. Yoshligi davomida yetimxonada bo'ldi. Otasi kim ekanligi noma'lum, onasi giyohvand moddalar tufayli Jungkookning uch yoshidigida vafot etgan. Ota-onasizlik uning tug'ma kasaliga ham ta'sir ko'rsatdi. Sakkiz yoshidan boshlab bolalarga nisbatan ruhiy zo'ravonliklar boshlandi. Hayoldan chiqgan har bir g'alati fikrlar tengdoshlari uchun begona va qo'rqinchli edi. U boshqalarning og'irig'ini yoqtirmagan, tahlil qilgan. Ayblovlar isbotsiz, yosh bolaning bunday qilishlariga ishonchli insonlar kam edi. 14 Yoshidan boshlab Jungkook 'Hukumat IQsi baland bolalar' makoniga yetkazildi. Bu yerda hechqanday mehribonchiliklar va ortiqcha e'tibor yo'q. Bola yoshligidan ruhiy taraflama buzila boshladi. Oqibatda uning sovuq ko'rinishi butunlayga mustahkamlandi. Og'izdan chiqgan pichoqdek gaplar uning asosiy quroli. Sovuqqonlik unga yarashdi, hayoti davomida ancha izsiz jinoyatlarni amalga oshirdi. Manipulyatsiya - Ushbu hislat unda voyaga yetdi. Insonlarni gaplar orqali o'ziga qaram qilish qobiliyati unda yoshlikdan rivojlana boshladi.

Ko'rinmas qotilliklar va zo'ravonliklar, hattoki qurbonlar uning aybini hechkimga ochmadi. Hozirga kelib yigirma olti yoshida bir necha sud majlislari va psixologlarlar bilan suhbat davomida ruhiy buzilishlar va g'ayrioddiy fikrlar bayon qilingach, ushbu klinikaga joylandi. Hayot unga nisbatan beshavqat bo'ldi va shunday insonni yaratdi.

Birinchi Kun. Bemorni davolashga uringan doktor xonaga kirdi. Qizil xona, burchakdagi krovat ustida erkak ekanligini bildiruvchi gavda. Xona odatda bo'sh, shunchaki kerakli buyumlar, krovat va stul stol bor edi. Eliena xonani tekshirdi, yigit haqida kerakli ma'lumotlar ish boshlanmasidan oldin olingan. Asosiy maqsad - uning fikrlarini o'rganish. Yigit zarracha ham e'tibor bermadi, bu eshikdan kirgan insonlar unga ahamiyatsiz. Sokinlik atmosferasi insonga noqulaylik bag'ishlaydi. Shunchaki bir burchakga tikilib nimalarnidir hayol qilayotgan yigitdan sado yo'q.

β€” Salom, Janob Jeon. Men sizning yangi doktoringiz Eliena bo'laman. Sizni yaqindan o'rganish va ichingizdagilarni tushunib baham ko'rish uchun bu yerga keldim. - Vanihoyat qizning ovozi eshik yonidan keldi. U doktorlarga hos oq halat kiygan, to'q jigarrang sochlari yoyilgan. Qo'lidagi qog'ozlarni barmoqlari bilan siqib qo'yar ekan, Jungkookdan hali ham ovoz kelmadi. Yigit birgina harakat qilgancha qizga burilib qaradi. Uning yuzida hechqanday ifoda yo'q, qora ko'zlari doimgidek bo'sh. Qiz uning nigohini o'zida his qilar ekan, boshlash niyatida qo'lidagi qog'ozlarni devor yonidagi maxsus stol ustiga qo'ydi. Stulga o'tirgan holda yigitga murojaat qildi.

β€” Stulga joylashib olishingizni iltimos qilaman, Jeon Jungkook - qo'li bilan o'ziga qarama-qarshi bo'lgan stulga ishora qildi Eliena. Jungkook ko'rinishidan jinnidek ko'rinmasdi, xona doimiy jim, undan hech qanday jinnilik alomatlari kuzatilmaydi. Aynan shu narsa insonning ichidagi qandaydir hislarni qo'zg'aydi.

Krovatdan pastga qo'yilgan oyoqlar vanihoyat egasini o'rnidan turg'azdi. Uning ustidagi kiyimi ruhiy kasallar kiyuvchi kulrang erkaklar koftasi va yengil shim edi. Sochiga e'tibor qaratilmagan, lekin bu to'zg'inlik qandaydir jozibani ifodalaydi. U anchadan beri o'ziga e'tibor bermay qo'ygani ko'rinishidan sezilardi. Yuz tuzilishi doimiy sovuq aurani saqlaydi. Tirsakdan biroz o'tuvchi yeng o'ng qo'ldagi har xil uslubdagi tatirovkalarni namoyon qildi. Bo'yi erkaklarga hos holda, gavdali erkak edi. Elienaning e'tibori biroz vaqt ichida stulga kelib o'tirgan Jungkookda bo'ldi. Yumshoqlik bilan jilmaygach, qog'ozdagi tavsifnomalarni ko'zlay boshladi.

β€” Jeon Jungkook, Sizni odatda nimalar bezovta qiladi? - Qizning birinchi savoli berildi.

β€” Bezovtalik? Meni hechnarsa va hechkim bezovta qilmaydi. 'Men' bezovtalikni doimiy quvaman. - Vanihoyat qarshi tomondan yigitning ovozi eshitildi. Hissiz ovoz, qiz nigohlarini astalik bilan yigitga qaratdi.

β€” Aynan nimani nazarda tutyapsiz? - yumshoqlik bilan davom etdirdi qiz.

β€” Sirlarimni hammaga ham bo'lishishni yomon ko'raman, Doktor Windsor - Nigohlar to'liqligicha yigitga qaratildi. Jungkook Elienaning familiyasini qayerdan biladi? Qiz o'zida birozgina hayronlik bildirdi.

β€” Menimcha doktorlardan biri men haqimda sizga ma'lumot bergan, shundaymi? - Yigit jim. G'alati jimlik qizning noqulay bo'lishiga olib keldi. Jungkook odatda javoblardan qochadi. U hamma narsa haqida aytaverishni hushlamaydi.

β€” Men bilan hamma gaplaringizni bemalol bo'lishishingiz mumkin, janob Jeon. Men har bir siringizni o'zimda saqlayman, o'rtamizdagi gaplarni bizdan boshqa hechkim bilmaydi.

Yigitning labi cheti yumshoqlik bilan ko'tarildi. So'zsiz tushuntirishlar qizga yoqmayotgandi. Yigit devor burchagiga qaragancha qizga o'sha yerni ishora qildi. Kamera. Keyingi manzil qiz. Jungkook stol ustidan yuzini qizga yaqin olib kelgancha, uning halati yoqasidan yengil ushladi. Bu qiz uchun noqulay, lekin tabiiyki u har qanday bemorlar bilan ishlasha olishi kerak. Yigit uning emotsiyalarini kuzatdi.

β€” Ovoz yozish moslamasi. Bittasi tirik insonda va bittasi jonsiz moslamada mavjud, xonim - Jungkook qizning yoqasidan yengil tortgancha gapirdi. Uning harakati hechqanday qaltislik yoki qo'pollikni bildirmaydi, lekin ayni damda ruhiy kasal bo'lgan erkakdan bunday narsani kutish kamdan-kam. Eliena uning tatirovkali qo'lini o'z yoqasidan yengillik bilan oldi. Hayratlanadigan joyi, ruhiy kasal deb topilgan bu erkak sog'lom odamlar bilan bir xil fikrlardi. Qiz nima deb javob berishni bilmadi. Yoqasini to'g'irlab qo'ygancha, normal ovozda gapirdi.

β€” Buning uchun kechirim so'rayman, janob Jeon. Biz shunchaki sizmi tushunishni va o'rganishni istaymiz. Bu sizga sog'liq va ruhan jihatdan ham foyda.

β€” Ilk suhbatdanoq yolg'on gapirishni ishlatgan doktorga ishona olmayman - Jungkookning past va dominant ovozi qarshi tarafdan keldi.