July 7, 2025

π”π§πžπ±π©πžπœπ­πžπ 𝐌𝐞𝐞𝐭𝐒𝐧𝐠

EPISODE 6 || YONA WINDSOR

Ko'zim negadir kuchli urinishlardan keyin ochildi. Tanam juda ham zo'riqqan. Kecha ko'p ichib yubordimmi? Yo hudo, QAYERDAMAN?? KIMNING UYIDA?! Ko'rinishidan erkak kishining xonasi, KIYIMIM HAM ALISHTIRILGAN?! Kecha nimalar bo'ldi....juda ko'p ichdim, jin ursin, eslashga ham qiynalyapman. Qora rangdagi pastelga burkangan holda yotardim. To'satdan xona eshigi ruchkasi bosim bilan ochilganiga guvoh bo'ldim, Aysh! JUNGKOOK?! Shok holatdagi yuzim unga kulgili ko'rinyaptimi? Nega ustimdan kulyapti?

Jungkook: Xayrli tong, amore mio... - qora futbolka va oddiy kalta shortik kiygan Jungkook oyog'im yoniga, krovat chetiga o'tirdi. Amore mio....adashmasam Italyan tilida sevgilim degani.. Nima? Sevgilim?

-Amore Mio? Aqldan ozganmisan? Men sening sevgiling emasman...va senga bermoqchi bo'lgan savollarim juda ham ko'p. Tinglay olasanmi?

-Albatta! Boshla - mamnun jilmayish yaratgan Jungkook qiziquvchanlik bilan o'rniga yaxshilab joylashdi.

-Birinchidan, bu seni uying bo'lsa kerak. Men bu yerda nima qilyapman? Kecha nima bo'ldi? Ko'p ichib yuborganim sababli ancha narsani eslay olmayapman. Va... - ustimdagi tizzani qoplovchi bargrang ko'ylakka kelib gapimda to'xtar ekanman, uyalish hissi meni butunlay qoplab olgandi. Yuzimdagi qizil dog' menga pand berdi, uyalishimni sezgan Jungkook yuzini biroz yaqinlashtirdi

-Va bu ko'ylak. Shuni so'ramoqchimiding? - lab chetida axmoqona tabassum paydo qilarkan, uning bezbet javobidan asabiylashsamda negadir javob berishga tilim aylanmasdi. Shuni sezgan Jungkook asabimga o'ynovchi jilmayishini davom ettitdi. Chap oyog'ini o'ng oyog'i tizzasiga qo'yib olgancha orqaga cho'zilarkan gapida davom etdi

-Buni men kiydirdim, chunki...

-To'xta! - birdaniga narozilik bilan gapini bo'larkanman, xonani to'ldirib kulib yubordi - Bas, tushundim, raxmat.

-Nimani tushunding amore mio? - ko'zimga sinchkovlik bilan tikilgan Jungkook yonimga yaqinlashdi. Masofani o'zi xohlagan holda qisqartirargancha, nigohlarini yana menga qaratdi

-Nimani tushunding? Kecha bo'lgan ishlarni? Nimalar qilganimizni? Bu ko'ylakni qachon va qanday paytda kiydirganim? Yoki nega meni uyimda paydo bo'lib qolding? Qaysi biriga tushunding Yona? - tinimsiz berilgan savollari og'zimni chinakamiga yopib qo'ydi. Aniqroq qilib javob aytishga ham tilim aylanmasdi.

-Kechami?.....Kecha biz bir ishga qo'l urdik, taqdirni o'zgartirib yuboruvchi...Sen va men clubda. ...

Jin ursin! Nima chindan ham shunday bo'ldimi?! Asabiylashib ketyapman....ishongim kelmaydi...balki barchasiga yolg'on to'qiyotgandur?!

-Aldama, faqat rostini ayt Jungkook, iltimos

-Chin so'zim! Isboti ham bor - ko'ylagimga qo'lini yaqinlashtirar ekan siltab yubordim.

-Yo hudo, - biroz yuzini burishtirgancha ko'zguga qarar ekan

-Qara, bularni kim qildi, bu izlar qayerdan paydo bo'ldi? - bo'ynidagi tishlar tufayli paydo bo'lgan ko'karishlarni ko'rsatar ekan, ular soni borgan sari ko'payardi. Jin ursin! Nima uchun ichdim!

-Kechir, kechir meni, men buni xohlamagandim. Men ketishim kerak!

-Sen buni o'z xohishing bilan amalga oshirding, seni hech kim majburlamadi - qo'llarini o'ynagan Jungkook jilmaydi. Gaplarini tinglab ulgurdimda, o'rnimdan turdim. Eshik tomon yurar ekanman, to'satdan yirik qo'llar belimdan ushlab to'xtatib qoldi. Shokga tushdim"

-Nima? - duduqlangancha ovoz chiqdi

-Qayerga ketyapsan? - qo'llarini mahkamroq siqgan Jungkook Yonani o'ziga yaqinlashtiradi

-??....ishga ketishim kerak...qo'yib yubor - noqulaylikni his qilgan qiz ketishga urinadi, lekin uning belidagi qo'llar metin misoli uni qo'yib yubormaydi.

-Nimani xohlaysan?! Qo'yib yubor dedim..

-Bo'sa.. Bitta chuqur bo'sa va ketishing mumkin - qizning lablariga tikilgan Jungkook javob kutadi - Xo'sh??

-Yo'q. Xohlamayman

-Demak butun kun davomida shu yerda qolishga rozisan? Yaxshi..

-Nima? Men bunday demadim

-Nohaq tanlov.. - ayyorlik bilan jilmayib bosh chayqar ekan, lablarini qizniki bilan birlashtirdi. Yonaning qorachig'i kengayib ketdi.

.. Uni itarib yubormoqchi edim..lekin hozir bunday qilsam butun kunimni shu yerda o'tkazishimga to'g'ri keladi. Jin ursin, lablarimdagi ehtirosli teginish tufayli uyalib ketyapman...

Yona

Jungkook