March 5

BELT || EPISODE 10

─ 𝘉𝘰𝘴𝘩𝘲𝘢𝘳𝘶𝘷𝘴𝘪𝘻 𝘦𝘨𝘢𝘭𝘪𝘬, 𝘦𝘨𝘢𝘭𝘪𝘬𝘴𝘪𝘻 𝘦𝘴𝘢 𝘦𝘩𝘵𝘪𝘳𝘰𝘴 𝘣𝘰ʻ𝘭𝘮𝘢𝘺𝘥𝘪 𝘢𝘻𝘪𝘻𝘢𝘮. . .
─────

- Eshitganlarim toʻgʻrimi Zoe? - Zoening ikki koʻzlari ochiq qoldirilgan eshikda edi. Qiz eshikga qarab endi yugurgandi uni qoʻlining tirsak qismidan Ogʻriqli tarzda Mingyu ushlab oladi.
- Qayoqqa shoshyapsan, qizaloq. Axir tun uzun hali..
- M-Mingyu.. Meni eshit. M. Men hech narsa qilmadim iltimos eshit meni! - qizni bir soʻziga ham e'tibor bermasdan eshikni yopib qulflaydi Mingyu. Daqiqalardan keyin esa qizning hayqirigʻi quloqlarda jarang soladi. Yuziga tushgan ogʻriqli tarsaki oqibatida yerga zarb ila Zoe labi chetidan chiqqan suyuqlikni barmogʻi bilan artib tashladi.
- Aynan qaysi qoʻling bilan Reini pichoqlading? - erkakni ovozida ayni dam titroq va shu bilan birga qahrli gʻazab his qilinmoqda edi.
- M.Mingyu meni eshit..
- Qaysi qoʻling bilan deyapman !? Javob ber lanati fohisha !!! - Qiz yotgan joy tomon borgan Mingyu uning sochlarini mushti orasiga olib uni yuzigacha yaqinlashtirdi. Qizning koʻzlarida toʻxtamasdan koʻz yoshlar oqishga davom etmoqda. Zoe labini qattiq tishlab sukunatni saqlashga davom etadi.
- Ogʻriqsiz gapirmayman deyapsan-a? - qizni oʻzidan itarib oʻrnidan turib ketgan Mingyu uyining oshxona boʻlimiga oʻtadi-da qoʻliga pichoqni olib qaytadi. Bu payt qiz tashlab ketgan joyida yoʻq edi. Miyigʻidan kulgancha qoʻlidagi pichoqni oʻynoqi pichoqni aylantirgancha mazahanomus ovozda gapira boshlaydi.
- Yashirinmachoq oʻynaymizmi Zoe? - Qizni qidira boshlagan Mingyu kreslo ortidagi soyani koʻrib qadamlarini oʻsha tomon ulaydi.
- Topdim! - Qiz hali hech qanday reaksiya bildira olmasidanoq pichoqni qizning koʻkrak qismiga kirgizarkan, koʻksida uygʻongan ogʻriqdan Zoe chinqirib yuboradi. Erkak uning ustiga chiqib olgancha bir necha bor pichoqni qizning tanasiga kirgizadi. Oxirgi bor nafas olish bilan harakatdan toʻxtar ekan yuzi aslida butun gavdasi boʻylab sochilib ketgan qonning yoqimsiz izini koʻrib ortga oʻzini tashladi u. Chuqur chuqur oʻpkasiga honadagi kisloroddan qabul qilarkan, tovon qismiga uzoq tikiladi.
- Reina... Reina...Rei.. Koshki menga ham huddi u kabi ishq nigohlari bilan qarasang edi. Seni sevaman.. Sevgilim.. Biroq bu imkonsiz.. Bizni birga boʻlishimiz I.M.K.O.N.S.I.Z...

Timeskip.

Kunning oʻtish uchun soniyalar sanayotgan qaysidir nomaʼlum qismi. Bulutlarning koʻngilni gʻashini olib keluvchi koʻrinishi ayni dam koʻzlarga mustasno. Oradan oʻtgan asrning bir parchasi ortidan yomgʻir tomchilari yerga tushadi. Tashqarida roʻy berayotgan hodisalardan yiroq boʻlgan bu mashina ichida qaynoq daqiqalar daqiqa sanamoqda edi. Avtomabilning orqa tomonida, oʻzining ustida dominantlik qilayotgan qizning ingichka belida qoʻlini sekinlik bilan oʻtiradi Jungkook . Erkakning labi tomon shoshgan Reina qaynoq havo oqimi ostida rohat oladi. Belidagi qoʻllar. Ostida his qilinayotgan qattiqlik. Jimlik. Shunchaki davom etayotgan ehtirosning melodik ohangki. Qizning kiyimi ostidan qoʻlini suqqan Jeon yalang tanani erkalay boshlaydi. Bu davom etayotgan Olovli rishtalarni boʻlib oʻtgan telefonning chaqiruv ovozi. Reina norozi nigoh tashlab old oʻrindiqdagi telefonni olib javob beradi, Jungkook esa harakatlariga davom etmoqda.
- Gapir?
- Kampaniya oldiga bir ayol jasadini tashlab ketishibdi Reina honim.
- NIMA?! Yana qanday jasad?! - muhitga qoʻshilgan 'jasad' jumlasi ortidan Jungkook ham toʻxtab qizga savol ifoda bilan qaradi.
- Tushundim, tezda hech kim koʻrmasdan uni yoʻq qil, men yarim soatga boraman.. - aloqa yakunlangach Reina ochiq holdagi kiyimining tugmalarini qayta qaday boshladi. Hali ham qizning bu birdan qilgan noaniq harakatlarini sababini tushuna olmagan Jungkook unga soroq ifoda yubordi.
- Kampaniya oldida jasad tashlab ketishibdi, tezda u yerga borishimiz kerak..

- Nima?! Yana qanday jasad? - so'radi yigit.
- Bilmayman, mashinani oʻzing hayday olasanmi? - Qizi hisoblangan, oʻzidan boshqani ruliga oʻtirishiga ruxsat bermagan Redni kalitini Jungkookga uzatgancha dedi Reina. Mashina kalitini qizni qoʻlidan olgan erkak haydovchi oʻrindiqiga joylashadi. Bu payt oraligʻida Reina ham o'zini tartibga keltirib Jungkookni yoniga joylashadi. Kalit buralgach gaz bosiladi va yuqori tezlikda sohil boyini qumlar tufoni qilib tark etadilar.

Pov avtor.
Kechki soatlarga yaqin ya'ni kun botish arafasida. Qish faslining boshiga yaqin qolgan kunlar sabab havo harorati oʻynoqi tarzda tushib bormoqda. Bundan bir necha kun oldin Amerikaga kelgan yigit panorama oynalari bilan bezatilgan luks honasida shahar manzarani tomosha qilish bilan band. Eshik taqillagach boshini u tomonga qaratib qoʻlidagi sigaretni guldonga tashladi.
- Janob Suwon.. Kim Mingyu bilan bogʻlana olmadik apparati oʻchirilgan biroq oxirgi signal uni uyida koʻrilgan.. - dedi egilgancha erkak. Qabul qilgan ma'lumotidan miyigʻidan kulgan Suwon bezak stolidagi muz ichidagi turgan shishani olib bor kuchi bilan devorga oʻtadi.
- Meni Koreyadan shu yergacha olib kelib endi izdan yoʻqoldingmi, qoʻrqoq!? Axaxa! - psixik tarzda kula boshlagan boshligʻiga hayrat ifoda bilan qaragan erkak unga tushgan nigohi ortidan qayta yer ila koʻzini birlashtirdi.
- Menga uyini manzilini ber...

* * * * *

Honada yoyilgan yoqimsiz atmosfera. Qora va qizil ranglari uygunlashgan uyning eng pastki qavatidagi vip hona. Quloqqa chalimayotgan ayni damdagi qaynoq ovozlar. Mingyu qoʻlidagi shishadan yana bir yudum ichib chalinayotgan musiqaga monand tarzda gavda harakatlarini qila boshlaydi. Kiyimidagi Zoega oid qonlar hamon saqlanmoqda edi. Yana bir bor shishani koʻtarib ichishni boshlagan on, bostirib kirgan erkaklar sabab muhit umuman kutilmagan hol oldi. Qora kiyingan erkaklar kirib turishdi va ortidan labi chetida qistirilgan sigareti bilan Suwon Keremogʻli kirib keladi. Mingyu uni koʻrishi bilan kulib uning yoniga bordi.
- Mana bizning turk shahzodamiz ham davraga qoʻshildi !!! - Mingyu Suwonni yoniga borgani bilan Suwonni uning yuziga tushirgan mushti ortidan muvozanatini yoʻqotgancha yerga yiqildi.
- Ahvolingga qara..! Dooshik amakim senga shu uchun barcha merosini tashlab ketdimi? - Miyasidagi mastlik mushtning ta'sirida tarqab ketgan Mingyu yana oʻsha sovuq biroq olov singari yoquvchi qiyofasini qaytardi.
- Kim Dooshik.. Ya'ni meni otam sanalgan shaxs allaqachon narigi olamda ming afsuski.. Va maros meniki! Hammasi tangasigacha. Hohlasam fohishalar uchun sarflayman. Bu seni havotirga solmasin..! - labi chetidagi qonni artgan Mingyu barmogʻidagi Suwonning paltosiga artdi. Suwonning peshonasida gʻazab tomirlari paydo boʻladi. U Mingyuni yoqasidan ushlab yuzigacha tortadi.
- Chegaradan chiqib ketyapsan Kim Mingyu! Oʻz oʻrningni bil!
- Ha... Seni nega Amerikaga chaqirganimni esladim. Bilasanmi? Senga bermoqchi boʻlgan sovgʻam bor-ku, voz kechdim. Uni oʻzimga saqlashga qaror qildim.. - Suwonni qoʻlini yoqasidan olib tashlab stoldagi yana bir boshqa spirtli ichimlikni ichadi. Ichidagi vulqon singari qaynayotgan gʻazabini bosishga urinayotgan yigit kengaygan burun kataklaridan chuqur nafas oladi.
- Oramizdagi doʻstlik ortiq yoʻq,shu kundan boshqa endi biz dushmanmiz..Agar Reina opam boʻlmaganda ayni dam murdangni koʻmayotgan boʻlardim, shukur qil-da oʻsha kichik goʻrxonangda yashashga davom et Kim Mingyu.. - oʻrtaga tashlangan 'Reina' ismi sabab Mingyudagi hazil ifodasi oʻzgaradi.
- Nima? Reinani qayerdan taniysan!?
- U meni opamjonim yana qanday tanimasligim mumkin.. - labi chetidan kulgan Suwon Mingyuning nozik nuqtasini borligidan hursand edi. Qarshisidagi erkakni oʻyga botishga majbur qilganini koʻrgan yigit chiqish eshigi tomon borib chiqib ketadi.

Vip honasidagi erkaklar birin ketin chiqib ketayotgan paytda Mingyu hali hamon uning oxirgi aytgan gapida edi "Agar Reina opam boʻlmaganda ayni dam murdangni koʻmayotgan boʻlardim"
Pov Mingyu.
Opa? Hozir u opa dedimi? Imkonsiz Reinani mutlaqo ukasi yoʻq, u yolgʻiz farzand! Biroq bu oʻzidan sher yasab olgan sichqon qayerdan chiqdi. Nahotki janob Kimni ikkinchi hotini boʻlsa. Yoʻq.. Reinani onasini vafotidan keyin Janob Kim turmush qurmadi! Unda Suwon qanday qilib uni ukasi boʻlishi mumkin?!! Jin ursin!!! Reina! Buni barchasini Reina aniq bilishi kerak.. Yolgʻiz honadan telefonim qidira boshladim. Fuck! Kerak paytida nega yoʻq!
- Winston!
- Eshitaman janob Mingyu. - Mingyu ovozini eshitishi bilan honaga kirgan Winston boshligʻi yoniga borib turadi.
- Telefoningni ber! - erkakni buyruqidan keyin choʻntagidan telefon chiqarib Mingyuga uzatdi u. Telefon ekrani ustidan oʻzi bilgan raqamlarni tergandan keyin chaqiruv yuboradi.
- Sen bilan hali keyin gaplashamiz Winston janoblari , meni ruxsatimsiz Suwon itlarini uyimga olib kirganing uchun..

Timeskip.

- Mingyu bilan gaplashdim u ham kampaniyaga boradi.. - Telefonni choʻntagiga joylagan Reina Kampaniya oldida toʻxtagan Jungkookga nigoh tashladi. Tasdiq ma'nosida bosh chayqab mashinadan tushadi uning ortidan tushgan Reinani koʻzlari kampaniya oldida yerdagi qon izini artayotgan ayol ishchilarni koʻrdi. Qonning yoqimsiz, koʻngilni aynishiga sabab boʻluvchi hidi muhitni qoplab olgan edi. Qoʻli bilan ogʻzini yopgan qizni koʻrgan Jungkookga choʻntagidan roʻmolcha chiqarib qizga uzatdi.
- Mana bu bilan yop..

Pov Reina.
Demonni menga uzatgan roʻmolchasini olib ogʻzimni yopdim. Fuck! Bu erkakning roʻmolchasiga singib qolgan aqldan ozdiruvchi oʻtkir ifor. Chuqur bu ifordan oʻpkamga toʻldirar ekan bunga mast boʻlganimni tan olaman. Qandaydir Demonning menga boʻlgan qarashi boshqacha..oʻzgargandek ? Uning ortidan kampaniyaga kirib borar ekanman nega bu yerga kelganimni eslaganim sari nafasim orqaga tortila boshladi. Jasad. Ayol jasadi? Kim va nega bunday qilishi mumkin axir?! Lekin kim qilgan boʻlsa ham uni topaman va bu qilgani uchun ogʻir badal toʻlaydi. Hodimlarimni ma'lumoti bilan jasad saqlanayotgan honaga bordim. Negadir manga oʻsha oʻlgan shaxs qiziq.. Eshik qarshisida turib ikkilanar ekanman eshikni ochishga Demonning yelkamdan oragan qoʻli meni e'tiborimni tortdi.
- Hohlamasang koʻrmasliging mumkin.. Keyin tushingga...
- Stop! Demon sen meni yosh begunoh qizcha deb oʻylaysanmi? Ayol boʻlganim bilan belimda kamarim yonida doim qurolim ham turadi.. - qiz ustidagi Jungkook bergan kurtkani bel qismini koʻtarib qurolini koʻrsatdi. Qizning dadilligini koʻrgan u labi chetidan kulgan holda qizni belidan ushlab oʻziga tortadi.
- Sen behuda mening olov parcham emassan buni bilasanmi?
- Men hamma narsani bilaman.. - Dedi Reina nigohlarini erkakning lablaridan olmay. Jungkook qizni qayerga tikilyotganini anglab labidan kulib biroz tishladi.
- Hohlaysanmi? - endi Reina Jungkookni labi tomon talpinayotgan ediki orqa tomondagi qoʻriqchilarning tomoq qirgani sabab toʻxtab qoladi.
- Qani kiraylik.. - ortidagi hodimlarga soxta tabassum qilib eshikni tutqichini buradi u. Harorati past boʻlgan honaga kirishgach tanaga urilgan sovuq havo sabab titroq yugurgan Reina ustidagi Jungkookni kiyimini yaxshilab tortib qoʻyadi. Hodimlar borib sekinlik bilan jasadni yuzini ochadi. Michaelis Zoening shavqatsizlarcha oʻldirilgan jasadi. Qizning koʻzlari ochiq holatda, Oʻsha onki daxshatlik uning koʻzi oldida bir umrga qotgandek. Koʻkrak qismiga bir necha bor pichoqning suqilgan izlari. Reina hech bir hissiz jasadni koʻzdan kechiradi.
- Bechora vaxshiy oʻlim topibdi..lekin negadir bu qizni yuzi menga juda tanish.. Demon? - Hech qanday ortiqcha hislarsiz jasadga tikilayotgan Jungkookga qarab dedi Reina.
- Negadir sen umuman hayratga tushmading?
- Sabab?
- Har holda qarshingda jasad yotibdi va ustiga bunday oʻlim topgan?!
- E'tibor qilishim kerak boʻlgan marvarid turganda qarshimda nega keraksiz ahlat uchun vaqt sarflashim kerak seningcha? - Dedi Jungkook qizni bir necha toʻla sochini uning qulogʻi ortida itargancha.
- Bu gaplaringni mendan boshqa yana qancha qizga aytgansiz Janob Demon ? - honadan chiqish barobarida soʻzga kiradi Reina ortidan kelayotgan Demonga nigoh tashlab.
- Opajon....! - butun qavat boʻylab yoyilgan erkakning ovozi va jumlasi. Reina va Jungkookning yuzidagi oʻynoqi tabassumlari bir jumda yoʻqlikka qorishdi. Nigohlar esa bir joyga qadaldi. Qavatning kirish qismidan bir buket qon rangidagi atirgullar bilan kelayotgan Suwon Keremogʻli.

─ 𝖣𝖠𝖵𝖮𝖬𝖨 𝖡𝖮𝖱...
... 𝖦𝖮𝖫𝖣 𝖥𝖠𝖭𝖥𝖨𝖢𝖲 𝖪𝖠𝖭𝖠𝖫𝖨 𝖴𝖢𝖧𝖴𝖭 𝖬𝖠𝖷𝖲𝖴𝖲 ─
𝖬𝗎𝖺𝗅𝗅𝗂𝖿: 𝖴𝗓𝗎𝗆𝖺𝗄𝗂 𝖸𝗈𝗇𝖺