May 13, 2025

- BIG BAD WOLF -

𝟏𝟓-𝐸𝑃𝐼𝑆𝑂𝐷𝐸
15.QAYNOQLIK

- Alo?
- Jimin.. - past ovozda shivirlash.
- Yona? Kutilmagan ishlarni amalga oshirishni yaxshi koʻrasan-a ? - telefon ortidan erkakning yengil kulgi ovozi yangraydi.
- Meni bu yerdan olib keta olasizmi?
- Nima?
- Olib keting.. ~ - ovoz allaqachon yigʻlash hohishi ustida harakatlanmoqda biroq qiz titroq ovozi ila soʻzlar siqib chiqaradi.
- Manzilni tashla menga, tez.

* * *

Dunyoning tezligi ila oʻtayotgan zamon oʻz ta'sirini soat strelkalariga oʻtkazmoqda. Quyoshning qizgʻin nurlari dunyodan oʻz yorugʻligini tartib ila tortmoqda. Yengil shabada ufurib turgan bu qabristonning oʻrmon qismida bir qizning soyasi gavdalanadi. Bu qushlarning notalari qorishgan oʻrmonning nafis kuyini buzgan mashina shinalarining quloqlarni larzaga solgan ovozi. Motor oʻchirilmasdan haydovchi oʻrindiqini boʻsatib tushgan Jimin koʻz masofasi bilan koʻradigan joyda Yonani yerga homush boqib turgan holini topadi.
- Yona.. - ismini eshitgan qiz sekinlik ila boshini koʻtaradi. Doimiy sovuq nigohlar uni kutib oldi. Erkak qizning qarshisida hurmat masofani yoʻq sanagancha unga yaqinlashadi. Yona undan sanoqli santimetrlar uzoqlikda turgan yuzni koʻzlari yordamida oʻrganmoqda. Jimin tomonidan ilk qadam qoʻyiladi. Qizni ogohlantirmasdan quchogʻiga tortgan qoʻllar. Hayrat aralashgan nigohlar.
- Nega bu yerdasan? - quchish davom etgan daqiqalarni ichiga gap siqdi Jimin.
- Shaxsiy sabab...
- Shaxsiy..? - takrorlangan soʻz. - Qanday shaxsiy sabab boʻlishi mumkin qabristonga kelish uchun?
- Savol bermang, unutmang siz meni olib ketish uchun keldingiz. - Qizning koʻzlari yumiq holatda. Erkakni katta koʻksidagi boshi yordamida yurak urish ritmini toʻlaligicha his etadi. Erkak tomonidan qoʻyib yuborilayotgan iliq kislorod qizning sargʻish sochlarini yengil harakatlanishiga sabab boʻladi.. Shu holatda oʻtgan daqiqalarning nozik tortishuvi.
- Yona..Ketamiz.. - dedi erkak. Qiz bilan bo'lgan masofa saqlanadi. Jiminning qoʻllari qizning barmoqlari tomon shoshadi. Mashina tomon harakatlanayotgan bu badanlar..

. . .

Yona shune holatda

Time skip.

- Uyimga uncha koʻp odamni chaqirmayman. Deyarli hech kim kirmagan shunga biroz tartibsiz boʻlishi mumkin..
- Siz shu yerda yashaysizmi Jimin?
- Ha..
Uyning yogʻochdan ishlangan eshiklari chala gʻijirlash ila ochiladi. Qizni ichkariga davat qilgan Jimin oʻzi ham kirish barobarida eshikni yopadi. Qizni mexmonxona boʻlimiga yetaklagan erkak. Yonaning nigohlari uyning har bir burchagida sayr qilmoqda. Oddiylikka berilgan uy. Hashamat soʻzlayotgan, qimmatli oʻrindiqlar mavjud emas. Qadamlar bosilar ekan qizning sumkasidagi vibratsiya sira uni tinch qoʻymaydi. Nigohlar ekranga tushar ekan 'Opam' nomidan saqlangan kontakt tomonidan koʻplab oʻtkazib yuborilgan chaqiruvlarni koʻrishga muaffaq boʻladi.
- Chh.. Jin ursin.. - yana bir bor rad etilgan chaqiruv.
- Heyimi? - soʻradi Jimin. Qiz tomondan kelgan tasdiq. Erkak uning qarshisiga sekin qadamlarni ulaydi. Nigohlarini undan olmayotgan qizni qoʻlidan telefonni olgan Jimin , barmoqlarini ekranga tekkizish ila harflarni bir biriga ulaydi. Honani qoplab olgan klaviaturaning ovozdan boʻlak chiqqilayotgan soat ovozi.
- Bugun, faqat bir tunga hammasini unutamiz Yona.. - qoʻlidagi qizga oid telefonni oʻziga yaqin kreslo ustiga tashlab yuboradi. Qarshilik soʻzining ma'nosini unutgan Yona Jimin ni harakatlarini shunchaki qabul qiladi. Erkak uning belidan ushlab oʻziga asta-sekin noz karashlilik yordamidan tortadi.
- Kel bu tun Yomon qiz va Yomon bola boʻlamiz. Qurollarni ezgan.. Chegaralarni buzgan.. - Oxirgi tugallangan jumla. Yigit qizning boʻyni tomon shoshadi. Lablar oq qushdek soflidagi boʻyinga tegadi. Seskanish ortidan kelgan boʻshashish.
- Bu chegarami? - nafasini togʻirlashdan soʻzlarni chiqardi lablari orasidan qiz.
- Hmm... - honadagi mavjud kresloga qizni itargan erkak. Yaqin atrofdagi kichik o'lchamli garderobdan bir necha shisha viski chiqargan Jimin lablaridagi kulgichni saqlangan holda stolga yaqinlashdi. Bezak stoliga qoʻyilgan ikki qadah va viskilar. Yonani yoniga kelib joylashgan erkak biroz egilish ila qadahlarni toʻldirishga tushadi. Qizil rangli viski sekinlik bilan qadahlarni bezash ishini boshlaydi. Qizning qoʻllariga qadahni tuttirgan Jimin oʻziga ham ajratadi.
- Ichamiz - jilmaydi Jimin. Qadahdagi qizil achchiq suyuqlikni qanday erkakni tomogʻi boʻylab harakatlanayotganini tomosha qilgan Yona qoʻlidagi hali tegilmagan viskiga koʻz qiri bilan qaradi. Qadah burun tomon yaqinlashadi. Hidlash. Keyingi harakat lablarning harakati. Ogʻiz boshligʻiga kirgan achchiqlikda yuzlari burishgan Yona majburlikdan viskini yutadi.
- Achchiq.. - tariflagan boʻldi Yona. Qizning yuz tuzilishiga kulishdan oʻzini tiyolmagan Jimin jiddiylikni saqladi.
- Boshqa usulda ichsang achchiqligi kamayadi, sinaymizmi bu usulni.. - kinoya ortidan yashirin ming bir ma'noli gaplar. Iflos oʻylar yomon ketgan Jimin allaqachon ichkilikning keyingi qurboniga aylandi.
- Menga ber...

Qizning qoʻlidagi yarim qadahni Jimin qoʻllariga oladi. Oʻzining ishgan lablari yoniga kelgan qadahni ichadi Jimin. Boʻshagan qadahni ixtiyorsiz harakatlar ila bezak stoliga qoʻyadi. Qizning yoniga yanada yaqinlashadi erkak. Barmoqlar bu safar Yonaning yanogʻini silash vazifasini bajaradi. Ikkala sukunat sevuvchi oshiqning ham oʻynoqi koʻzlarida akslangan bu ishq rishtalari.
- Senga oshiqman sukunat malikasi..

* * * * *

. . .

- Singlim uchun buni qilishga majburman.. ~ , oʻziga eshitilar darajada soʻzladi Heyi. Keyingi soniyalarda oʻrmonni toʻpponchaning ovozi qumrab oladi. Daraxtlar qo'rquvdan shamol taʼsirida harakatga keladi.. Shu onning oʻzida oʻz ishiga javob berishdan bosh tortgan zamon. Yerdagi butalar orasiga qoʻldan sirgʻalib tushgan qurol. Heyi qoʻliga teggan oʻq ta'sirida ogʻriqdan qichqirgancha yerga yiqiladi. Jungkook belidan chiqargan qurolni yengil silkib qayta beliga tiqadi. Qora oyoq kiyimini tuproqqa urgancha yerda azob ostidagi qizni yoniga kelib uning yuziga qadar egiladi.
- Men yoqtirgan ayolsan degani, menga hohlagan narsangni qilayotganingda jim qarab turaman degami emas Heyi Kim...kutmaganding to'gʻrimi?
afsuski men shundayman..hali meni oʻlimdan oldin qilishim kerak boʻlgan ishlar bor.. Hayr boʻricham... - qizning sochini silash ortidan oyoqqa turgan erkak miyigʻidan kulish bilan oʻz yo'li tomon qadamlar bosadi.
- Hayvon! Shavqatsiz! - haqoratlarni lablaridan chiqargan Heyi ogʻriqdan chuqur chuqur nafaslar qabul qilardi oʻpgasiga. Ketishni oʻziga singdirgan Jungkook joyida toʻxtaydi. Yelka tomondan qiz tarafga ogʻirilish. Qayta yoyilgan lablar.
- Juda shavqatsiz boʻldim, Boʻricham. Shunday emasmi... - oʻrtiga qaytgan erkak qayta Heyini yerda oʻtirgan shakli tomon egiladi. Heyining yarasi soniya aslida o'tgan har bir zamonning parchasi sabab qon koʻpaymoqda. Oʻq tegmasdan faqat siyrib oʻtib ketgan boʻlsada qizda yetarlicha joy ochgan. Heyida hatto lablarini harakatga solib Jungkookga gapirishga ham holi qolmagan. Tanani tark etayotgan har bir qon tomchisi huddi uni bor energiyasini ham huddi shunday tortmoqda.
- S.ssendan nafratlanaman.. -qizning soʻnggi jumlasini qabul qilgan oʻrmon sekin oʻzini shivirimi muhitga qoʻshadi. Hushini yoʻqotgan Heyi gavdasini oʻtlar boʻylab yuboradi. Qizdagi bu harakatlarni oʻzini tizzalariga oʻtirgan holatda hech bir hissiz tomosha qilgan Jungkook yerga qarash barobarida oʻpkasidan havsala ila kislorod qoʻyib yuboradi.

➥ 𝐷𝐴𝑉𝑂𝑀𝐼 𝐵𝑂𝑅
#𝗬𝗢𝗡𝗔 - 𝑚𝑢𝑎𝑙𝑙𝑖𝑓
#𝗚𝗢𝗟𝗗_𝗙𝗔𝗡𝗙𝗜𝗖𝗦 - 𝐾𝑎𝑛𝑎𝑙