May 1, 2025

- ISHQ ila boshlay men soʻzimni

╺ 𝘐𝘴𝘩𝘲 𝘪𝘭𝘢 𝘣𝘰𝘴𝘩𝘭𝘢𝘺 𝘮𝘦𝘯 𝘴𝘰ʻ𝘻𝘪𝘮𝘯𝘪

𝘙𝘦𝘢𝘬𝘴𝘪𝘺𝘢 𝘧𝘰𝘳 𝘮𝘺 𝘭𝘰𝘷𝘦𝘭𝘺 𝘛𝘸𝘪𝘯

Satrlarga toʻkaman men dardimni
Sevgi deya ochaman men bagʻrimni,
Hissiz deya olmang uvolimni
Qidirmoqdaman oʻsha yoʻqolgan bahorimni....

~ Yana oʻsha ancha eskigan yogʻoch qalam sargʻish bet ila qarshilandi. So'nggi oltin jumlalar ila yakunlangan betakror nafis she'r muallifining yuzida mayin tabassum paydo boʻlishiga sabab boʻldi. Varaqlarini bir nechtasi eskirgan boʻlishiga qaramay bu oddiy kundalikga har kun bir moʻjiza bitiladi. Reinani bu muallif boʻlishga ishtiyoqi yoshlikdan beri uni taqib qiladi. Kim biladi balki bu unga onasidan oʻtgan qobiliyatdir yokida ichidagilarni sochishni eng oson yoʻlini tanlagandir. Qiz kundalikni yopib joyidan qoʻzgʻalarkan, yelkasiga ilib olgan mato sumkachasiga kundaligi va barcha she'rlarini bitayotganini guvohi boʻlgan qalamini joyladi. Toj malikasi boʻlish ham oson ish emasligi ma'lum. Malika Reina ni otasi saroydan chiqishini man qilgan boʻlsada, tunlari bu barcha qonunlarni yoʻq hisoblab qiz oʻzining sevimli joyiga boradi.

Bu tun ham yashirin ravishda ulkan saroyni tark etgan Rei, qoʻriqchi askarlarni ham qiyinchiliklarsiz oʻtib ketgan edi. Otlar uchun ajratilgan kichkina kulbaga taxtadan ishlangan eshikni ochib kirdi. Oʻzining eng yaqin doʻsti boʻlmish tulporni yoniga borib uni boʻyin qismidagi yumshoq junini mayin siladi.
- Yunikom..biroz aylanib kelamizmi? (Ot yengil hirillab qizning sochlarini nafasi ila ufurib yuboradi. -Hoʻp qani ketdik..
Havfsiz oyoq qoʻyish joyiga sekin oyog'ini qoʻyib joylashib olgan Reina, chuf deya otni boʻyniga ilingan ipni harakatlantirdi. Oq tulpor qadam tashlash keyinchalik yugurgancha bu joylarni tark etadi.

Ot tezligi ila bosib oʻtilgan bir necha kilometr. Tun siymolari qizning yuzini silash ila cheklanmay tanasiga yengil titroq ham solardi. Nihoyat koʻzlangan manzil nigohlarga tashlanadi. Kichik koʻl va narirogʻida bahor boʻlgani sabab kuni boʻyi oʻzining pushti gul barglarini toʻkkan balki hamon toʻkayotgan katta oʻrik daraxti. Reina otdan tushish barobarida tulporini ipini daraxt shoxlaridan biriga mahkamlaydi. Va endi oʻzi kutgan daqiqalar yaqinlashmoqda. Oy oʻzining eng yorqin nurini dunyoga baham koʻradigan payt. Qiz oʻzining malikaga xos koʻylagining etaklarini sekin yigʻib oʻrik tagidagi yashnab turgan yashillik ustida joylashgan koʻyi mato sumkachasidan kundaligi va keyinchalik qalamini chiqarib bugungi moʻjizani bitish uchun sahifaga qalam uradi.

" Erkalar yuzimni tunning siymosi
Qalbimda ogʻriq, tanamda titroq
Cheksiz azoblarning yoʻqdir sanogʻi,
Kel va meni bu olamdan holos et tezroq... "

Reinani yanoqlariga oʻsha hammadan yashirgan tabassumi yoyiladi. Eskirgan kundalikka uzoq tikilgach, quloqqa chalingan begona ovoz sabab bu tabassum uzoq davom etmaydi. Yerga tushib qurigan shox va barglarni bosilib ezilgan ovozi. Bu odamning qadam bosish ovozi yokida unga hujum qilmoqchi boʻlgan qaysidir yirtqichni qilishga tayyorgarlik koʻrayotgan hamlasi edi. Rei oldin buni yirtqich ayiq ekanidan amin edi toki burniga chalingan kiyimga singib qolgan ovqat hidigacha. Bu safar oʻpkasidan sovuq havo chiqargan qiz, koʻzlarini koʻldagi suvdan uzmagan koʻyi gap boshladi.

-Qachongacha u joyda turmoqchisiz? (Dedi hamon yuzini suvdan olmagan qiz
-Oh, toʻgʻrisi hayronman e'tiboringizga. Odatda qizlar meni uni yoniga kelib ularga teginmagunimcha sezishmasdi..
-Hali quloqlarim eshitmaydigan darajaga kelmadi...
-Ha, lekin shunda ham bu payt tashqarida yolgʻiz sayr qilish yaxshi emas Malika! Balki bu yerga men emas ayiq kelsaydi? (Qiz tomon yaqinlashib borar ekan, gap kesatishda davot etdi.
-Taqdir... (Birgina soʻz ila cheklandi Reina. Bu aslida barcha savollarga gapsiz javobdek his qilindi. Yigit miyigʻidan kulib yerda hamon qimir etmasdan oʻtirgan qizni qarshisiga kelib sekin u ham yashillik ustiga joylashdi. Qizning kundaligidan ayrilmayotgan koʻzlari ehtiyotkorlik bilan uning qarshisida unda qarab o'tirgan yigitga qadaldi.

Ustidagi yirtilib qayta tikilgan kiyim va oyogʻidagi loy boʻlgan etiklariga qaraganda bu yigit qishloq aholisidan.
-Taqdirga ishonasizmi Malika?
-Malika ekanligimni qayerdan bilasiz? (Boshqa savolga boshqa savol ila siylangan yigit yana kulib chuqur nafis kisloroddan yutdi.
-Birinchidan kiyimingiz.. Shahardagi eng qimmat matolardan tikilgan, siz yoki zadagon qizisiz yokida malika. Va ikkinchidan agar shaharga chetdan mehmon kelganda habar berishardi. Shu bilan chiqadiki siz shu qirolning hammadan yashirgan jajji qizisiz. Shundaymi?
-Ha shunday... ( Reina yigitning gaplariga shunchaki lol qolgan boʻlsada, buni tashqariga koʻrsatmaygina yonida tushib qolgan qalamini qayta qoʻliga oldi. Aslida bu Reina uchun ham ilk edi yigit kishi ila suhbatlashish. Qizning hatto oddiy dugonalari ham yoʻq, balki otasini unga qoʻygan taqiqlari sababdir.
-Malikani chiroyli ekanligini bilardim lekin bu daraja ekanligini sira ham oʻylamagandim. Otangizni tushuna boshladim. Bu chiroyni hammaga ham koʻrsatishni istamaydi koʻngil!
-Rahmat... Janob..
-Hoʻp, keling rasmiyatchilikni bir chetda qoldiramiz. Men Jungkook, u yerdagi qishloqda onam ikkamiz yashaymiz. ( Jungkook boshini daraxtlardan ortidan koʻrinayotgan uylar tomon burib moʻrisidan oq tutun chiqayotgan uylarni ishora qildi. Reina ham sekin boshini burib qayta kaftlariga qaradi. Ular yengil titramoqda. Ha insonlar bilan muloqotda boʻlish u uchun hozircha ilk.
-Hikoya yozasizmi?
-Yoʻq she'rlar yozaman..
-Oʻqisam maylimi? (Qiz boshini yengil chayqagach Jungkook mayin jilmayib qizning sonida turgan kundalikni qo'liga oladi. Yigitning nigohlari har bir satrni e'tibor ila mutolaa qiladi. Har daqiqada ortda qoldirilgan sahifa. Oyning shulasi ham sekin sekin yashirinish yoʻlini qidirmoqda. Yana ortda qolgan sanoqsiz daqiqalar. Nihoyat oxirgi she'rni o'qib tugatgan Jungkook kundalikni yopib qizga uzatadi.
-Qoyil Malika.. Barcha she'rlarga shunaqangi hislar berilib yozilganki har bir harfdagi og'riq yoki sevinchni toʻlaligicha his qildim. Men ham hikoyalar yozib turaman ba'zida...
-Qanday hikoyalar asar kabimi? (Dedi hayronlikni yuzida ochiq aks etgan Reina
-Ha..
-Nom qoʻyganmisiz?
- "Yurak urishi va sirli ritmlar" bugun boshlagan hikoyam
-Nomidan qiziqarliga oʻxshaydi.
-Ertaga yana kelasizmi?(Qiz boshini tasdiq ma'nosida chayqaydi.
-Unda ertaga yozgan hikoyalarim olib kelaman...Hozir esa sizni saroyga olib borishim kerak Malika. Tunda yirtqich hayvonlar sizga hujum qilishi mumkin.
-Tulporim bor oʻzim bora olaman..
-Yoʻq.Men olib boraman.. Ot qani? Haa u yerda ekan. (Oʻrnidan epchillik bilan turgan Jungkook shoxga maxkamlangan otni ipini boʻshatib uni Malika Reina yoniga yonboshladi. Sekin egilgan yigit qizga turish uchun qoʻlini uzatdi. Qizning oʻychanlik aks etuvchi nigohlari yigitning ulkan kaftida qotadi. Yigitning qoʻli yoniga borgan nozik qoʻl sohibasi. Nafaslar tutildi. Kuchli tortish bilan osongina oʻrnidan turgan qiz yigitga hayron ifoda ila uzun siyohrangli kipriklarini pirpiratib qaradi. Yigitning yuzida mayin tabassum oʻynamoqda. "Mumkinmi? " Malikaga teginish uchun ruxsat soʻragan boʻldi Jungkook. Qizdan kelgan tasdiq. Yigitning qoʻllari qizning nozik belida joy egallab uni otga minishiga yordam beradi. Shu tariqa boshlangan saroyga qadar sanoqsiz qadamlar. Jungkook otni ipidan ushlab barcha joylarni malikaga tanishtirgancha bugungi betakror tundan bahramand bolib ketishadi..Oyning hissiz biroq shu bilan birga nomsiz shulasi vaqtning qayerga kelganligini batamom bayonot bermoqda. Saroyning koʻrinish berishi. Yigit yuzidagi tabassum. Otning iplaridan tortgan erkak saroyga yaqin joylashgan otlarni kulbasi yoniga toʻxtadi.
-Keldik Malika, - mayin tunning melodiyasiga qorishgan ovoz. Qizning qayta belidan ushlab yerga qoʻygan boʻldi Jungkook. Qizning nigohlari yerga qadalgan holda jimlikni saqlamoqda. Yoqimli koʻrinish. Yigit barmogʻini qizning yuzi tomon olib borish ila uning burnini yengil harakat yordamida chertadi. Burundagi achishtiruvchi ogʻriq sabab koʻzlarini qattiq yumib oladi Malika.

- Bu nima qilganingiz?, - jahl qildi qiz burnida paydo boʻlgan qizgʻish izni barmoqlari ila silab.
- Uyatchan boʻlmang malilam. Axir siz kelajakdagi qirolichasiz. Jasur qirolicha xalqning gʻururidir ~
- albatta... - yengil tazim sifatida egildi qiz.

- NIGOHLAR GUVOHLIK QILGAN BESH BAHORDAN SO'NG -

- Men bundan keyingi hokimiyatlik huquqimni qizim Malika Reinaga topshiraman !! Umid qilamanki Yangi qirolichangizni huddi meni qabul qilgan singani hush tarzda qabul qilasiz !!
Qirol oʻzining boshidagi jilovlanayotgan oltin tojni ehtiyotkorlik ila yechadi. Barcha saroy qarshisiga yigʻilgan xalq hursandligidan har bir gullarni saroy tomon otishmoqda. Qizning qarshisiga kelgan qirol tojni kiydiradi.
- Senga ishonaman qizim..
- Men sizni ishonchingizni oqlayman ota..
- Shubhasiz..
Toj kiyish marosimidan keyin boshlab ketgan katta tantanali bazm. Barcha xalq tashqarida bazm dan zavq olishmoqda. Qirolning yonida oʻtirgan allaqachon zerilishni boshlab yuborgan. Oʻzini bu joyda boshqa tutishga sabab topmagan Rei sekinlik ila oʻrnidan turadi.
-Ota men charchadim. Ruxsat bersangiz saroyga qaytay.., - egiladi qiz.
- Ruxsat... - qabul qilingan buyruqdan soʻng qayta egilgan Reina sekinlik bu joyni tark etadi. Tashqariga chiqqan qiz tunning melodiyasiga qorishgan tunggi hayvonlarni notalarini eshitishga sazovor boʻladi. Yengil havodan oʻpkasiga qabul qilgan qiz otini egaridan tortish ketidan unga joylashadi. Manzil sanalgan saroy tomon otni buradi..
Soniyalar daqiqaning ortini quvgan bir paytda vaqt ham mavjudlik sanagancha oʻtmoqda. Honasi qarshisiga kelgan Reina yogʻochdan ishlangan eshigini yengil itarish ila ochadi. Honaning derazalarinidan hona dan mehmon boʻlayotgan bu shabada ham oʻzgachalik qo'shgan honaga.
- Koʻp kuttirma deganimni eslayman qirolicham.., - yotoq tomondan kelgan erkak kishining ovozi.
- Qirolichaga buyruq beryapsizmi. ? - oʻynoqi ohangda dedi qiz
- Yoʻq.. Buyruq emas, boshlanishi kutilayotgan qaynoqliklardan shunchaki habar qilyapman.., - butun gavdasi ila yotgan erkak oʻzining kiyimini olq bog'ichini boshatadi.
- Shundaymi?
- Shunday.. , - Rei ustki qismdagi hayvon teridan ishlangan kiyimini yengil yechadi.
- Eshikni qulflang qirolicham... - yigitning so'nggi jumlalaridan qizning yuzi yorishadi. Nozik barmoqlar sekinlik ila eshikni yopish uchun shaylanadi..

THE END
FOR MY TWINIEEE
• #YONA || #GOLD_FANFICS •