November 26, 2025

- TEMIR YURAK -

6.EPISODE / FINAL

" Biz uchun bitilgan bu taqdirning mantiq aks etgan satrlari shunchaki baxt degan jumladan yiroqda edi... "

Oradan oʻtgan qorongʻilikning qoplab olgan qanchadir kunlari. Quyoshning iliq nurlaridan uzoqda qolgan uy. Tabassum va quvonch yuzini oʻgirgan maskan..
Uy tartiblangan. Biroq devorlardan oʻz oʻrniga ega boʻlgan qon dogʻlari hali hamon saqlanmoqda. Mexmonxonada nonushta tayyorlangan stolga yolgʻiz oʻtirgan Jungkook siyohlik kundan kun qoplayotgan uyga guvohlik qilmoqda edi. Oldida bosh idish. Faqatgina Lianing joyida turgan tovoq ovqat bilan toʻldirilgan. Qizining bosh oʻrniga nigoh tashlagan Jungkook havsala bilan uh tortadi. Quloqqa chalingan qadam tovushlari. Tepa qavatdan kimdir pastga tushmoqda. Jungkook balki bu Liadir degan oʻy bilan tezlik bilan oʻrnidan turadi. Biroq koʻrgan kimsasi sabab qayta joylashdi stulga. Namjoon Jungkook yoniga kelib stullardan biriga joylashadi. Unga umid nigohlari bilan qaragan Jungkookni payqagan Namjoon sekingina boshini chayqaydi.
- Man u bilan gaplashib koʻraman - dedi Jungkook oʻrnidan turish barobarida.
- Foydasiz.... - erkakning lablaridan chiqqan soʻnggi jumla sabab Jungkook joyida qotib qolgan boʻlsada, qayta harakatlanib tepa qavatga chiqib ketadi. Jungkookning oʻrnida qarab qolgan Namjoon keyinchalik koʻzlarini hona boʻylab yurgizdi. Kitoblar terilgan javondagi suratda uni nigohlari qotadi. Liani quchib turgan Hoseok va Ularni tabassum bilan tomosha qilayotgan oʻzi.
- Barchasi yaxshi tugashi mumkin edi - dedi u sekingina.

~

Qizning qaymoq rangdagi honasini eshigi oldida turgan Jungkook sekinlik bilan tutqichga qoʻllarini olib bordi.
- Lia..Kirsam boʻladimi? - u qabul qilgan javob shunchaki sukunatga qorishgan jimlik edi. Tutqichni burab honaga kirgacha qayta uni yopadi. Qiz yotogʻi ustida ortiqcha harakat qilmasdan bir nuqtaga tikilgancha oʻtirgandi. Yotogʻi yonida kecha qizni yeyishi uchun qoʻyib ketilgan ovqat padnisi. Padnisga nigoh tashlagan Jeon havsala bilan bosh chayqab Liani yoniga joylashdi. Jungkookning ogʻirligi mingan yotoq biroz bukshayadi.
- Lia..
- Iltimos, tinch qoʻying meni..
- Janob Sojun bizni bu uchun programmalashtirmadi.
- Oʻsha oʻzini ota sanagan Sojunni ham sizlarni ham Barchangizdan nafratlanaman!! Hayotimni doʻzzaxga aylantirdingiz! Yana nima hohlaysiz mendan!! Akamni mendan oldingiz, yetmadimi?? - Jungkookning koʻksiga kichik mushtlari bilan ura boshlagan Lia soʻnggi zarb bilan Jungkookni koʻksiga boshini qoʻyib oladi.
- Balki men ham huddi sizlardek Robot boʻlganimda bunchalik azob chekmasmidim.. - qizning lablari orasidan shivirlash aralash chiqqan jumla. Jungkook buni eshitgach bagʻridagi qizni oʻzidan uzoqlashtirgach yelkasidan ushlab oladi.
- Biz his qilmayapmiz deb oʻylayapsanmi? A? Mana bu joy... - Jungkook kaftini musht holatiga olib kelib temir koʻksiga uradi. - Ogʻrimayapdi, Yonmayapdi deb oʻylayapsanmi?? Lia.! - Qizni unga tikkan tushunarsiz nigohlarini koʻrgan Jungkook chuqur nafas oladi. Keyinchalik ustidagi futbolkasini yechib tashlar ekan qizdagi hayrat yanada oshmoqda edi. Inson terisiga o'xshash teri bilan qoplangan koʻksini tik oʻrtadan ehtiyotkorlik bilan ochadi Jungkook. Temirdan boʻlgan Yurak huddi insonniki singari urib turmoqda edi. Temir yurakka ulangan turli xil simlarni koʻrgan Lia biroz ortga chekiladi. Jungkook qizning bu harakatini sezgan boʻlsada e'tibor bermasdan temir yuragini oʻz kafti orasiga oladi. Keyin Lia tomon borib qizni kaftini oʻzi yoniga tortib unga temir yuragini beradi. Lia kafti orasida duk-duk urayotgan yurakka tikilarkan ichidan allaqandaydir tushunarsiz narsa oʻtib ketadi. Qizdagi hayronlikni payqagan Jungkook yuragini olib qayta joyiga qoʻyadi va koʻksini yopdi. Oʻrnidan turib biroz oldin yechgan futbolkasini kafti orasiga olgach Liaga bir juft nigohlarini tashlaydi.

- Hoseok qaytsa tabassum qilasanmi? - dedi Jeon. Jungkookning savoli qizni shoshirtirib qoʻygandi.
- Nima?
- Hoseokni boshini meni gavdamga qoʻyishi aytaman Namjoonga.. Shunda barchasi yaxshi boʻladi.. - Jungkook Liaga yuz oʻgirgancha endi honadan chiqmoqda ham ediki qoʻlidan tutib olgan ojiz kaftlar ta'sirida qotib qoladi.
- Sizni ham yoʻqotishni hohlamayman Jungkook.. - yigʻi aralash shivirladi Lia. Jungkook bir qoʻlidagi kaftga bir Liaga qarar ekan qoʻlidagi kiyishga olgan fulbolkasini yerga tashlab qizni titrab turgan lablari ustiga oʻzini labini bosgach birgalikda yotoqga quladilar. Jungkookning bu kutilmagan harakati ortidan qizda hayrat aks etayotgan boʻlsada lablari ustida hukmronlik qilayotgan erkakka hech qarshilik qilolmasdi. Yotoq ustida davom etayotgan bu yoqimli iliqlik Liadagi kislarod yetishmasligi sabab buziladi. Peshonalar bir-biriga teggan holda. Ikkalasi ham nigohlari ila bir-birini qorachigʻlarini tutadi. Jungkook tezlik bilan oʻrnidan turib hech narsa demasdan honani tark etadi. Erkakning ortidan qarab qolgan qiz shunchaki hissizlikka burkanadi. Honadagi mavjud kislaroddan oʻpkasiga qabul qilgancha yotoqqa qayta yotadi. Honaning tovon qismiga qarab qolgan qizning e'tiborini chiringlagan telefon tortdi.

" Akangning gavdasi kerak boʻlsa, aytgan manzilimga kel... "

Tezlik bilan oʻrnidan turgan Lia habarni kimdan kelganini qaradi. Biroq raqam manfiy edi. Ayni damda miyasi faoliyatini toʻxtatgandek qolgan Lia keyingi qilishni rejalashtirayotgan harakatini hisoblolmay qoladi. Bu habar haqida Namjoon va Jungkookga aytishi kerakmi yoki yoʻq..??
- Barchasini oʻzim hal qilaman - oʻrnidan turish barobarida dedi Lia.

𝗤𝗼𝗹𝗱𝗶: 𝟵 𝘀𝗼𝗮𝘁 𝟮𝟯 𝗱𝗮𝗾𝗶𝗾𝗮!

Quyoshning botganini koʻrsatuvchi shom nurlari osmonga yoyilgan holatda. Uydan sezdirmasdan chiqqan Lia egnidagi paltoni yaxshiroq tortib yugurgancha tark etadi. Qizning uydan uzoqlashayotganini koʻrib turgan Jungkook va Namjoon bir biriga qarab bosh chayqaydi keyinchalik ular ham qiz ketgan yoʻl tomon qadamlarini ulaydi. Qizning telefoniga habar kelganini Jungkook sezgandi ya'ni ular Jacksonning bunday hamla qilishini bilardilar..
Lia yugurgancha telefonidagi manzil tomon shoshmoqda. Yorqinlik endilikda osmonda koʻzga tashlanmaydi. Yovuzlik aro oʻrab olgan edi bu maskanlarni. Shamolning oʻynoqi harakatlarini oʻz ichiga olgan daxshatli shiviri. Nihoyat qaysidir kichik oʻlchamni uyni qarshisiga kelgan qiz toʻxtab telefonidagi manzil ila tenglashtirdi. Uni bir chaqirim narida tomosha qilib turishgan Namjoon va Jungkook.
- Nega ularga Lia kerak? - dedi Jungkook qizdan koʻzini olmasdan shivirlab.
- Balki uni maqsadi bizni oldiga olib kelishdir.. Nima boʻlgan taqdirda ham hamma narsaga tayyor turishimiz kerak, portlash uchun 6 soat vaqtimiz qoldi..
- Liani bu joydan iloji boricha uzoqroqqa olib borish kerak..
[ portlash - Professor Kim Sojun , rafiqasi Detroit 00 Jackson Wang tomonidan zoʻrlanib oʻlgandan so'ng barcha detroitlarga bir vaqt belgilagan. Oʻsha ortga sanash 00:00 boʻlsa barcha har qanday detroit portlashga duch kelib yoʻq boʻladi. Ya'ni ayni dam portlashga 6 soat vaqt qoldi ]
Liani ichkari tomon harakatlanishlarini koʻrgan Namjoon va Jungkook endi qadam tashlashga shaylangan ham ediki ortidan kelgan ovoz ikkalasini ham harakatqiz qolishga majburladi.
- Jackni ortidan kelishingizni bilgandim temir tarsaklar... - Qoʻllarini shim choʻntagiga joylagancha miyigʻidan kulib dedi Sam. Oʻzi tomon harakat qilmoqchi boʻlgan Jungkookni koʻrgan Sam bir qadam ortga tashlab gaplashga davom etadi.
- Yana bir qadam yaqinlashsang qizaloqni gavdasi parcha-parcha boʻladi.. Ya'ni menga zarar yetkazsangiz qizaloq booom!

* * * * *

Yogʻochdan ishlangan uy. Har bir bosilgan qadam quloqqa hush yoqmaydigan ovoz tarqatmoqda. Lia bu yolgʻizlikka burkangan uyning har bir honasini tomosha qilib kimdir bor yoki yoʻqligini tekshirmoqda edi.
- Kim bor? Mana men keldim? Qani akamni gavdasi??! - ovozi honalar boʻylab yoyilib ketadi.
- Bu yerga kel, Yu Lia.. - Lia ovoz yangragan hona tomon harakatlanadi. Honaga kirishini bilan oʻrtada kresloda oʻtirgan Jacksonga guvoh boʻladi. Qizni kelganini koʻrgan Jackson oʻrnidan turgancha unga yaqinlashdi. Bir toʻla sochini olib ehtiyotkorlik bilan qulogʻi ortiga oʻtkazib qoydi u.
- Sophia.. Mening Sophiam... Huddi uning oʻzisan.. - bu safar erkakning sovuq temir barmoqlari qizning iyagi tomon shoshadi. Jacksonning qoʻlini kuch bilan oʻzidan olib tashlagan Lia oʻzidan erkakni itarib yuboradi.
- Nima qilyapsan!!? Mana aytgan joyingga keldim qani akamni gavdasi?!!
- Mana uning gavdasi asl egasiga alo darajada hizmat qilmoqda! - dedi Jackson oʻzini Yangi gavdasini maqtagancha. Qizning qorachigʻlari sezilarli darajada qaltirashga tushadi. Qarshisiga akasini gavdasidagi oʻzga shaxsni boshi qizni hovliqtirib qoʻyadi.
- Nima deyapsan sen, Temir murda!!! Qaytar!! Menga akamni gavdasini qaytar!!!! Qaytar deyapman senga!!! - aqldan ozgan kimsadek Jacksonga tashlagan boshlagan Lia uni kiyimlaridan tortqilab urishga tushadi. Qizning bu yovvoyi harakatlari sabab qizga qarshi chirkanish his qilgan Jack chuqur nafas olgancha qoʻlib koʻtarib qizning yuziga kutilmaganda tarsakni tushiradi. Yuziga kelgan zarba ta'sirida izgʻirin tortgan polga oʻtirib qolgan Lia yuzini achishib turgan joyiga kaftini qoʻyib Jacksonga oʻlim nigohlari ila qaraydi.
- Seni oʻldirmayotganimni yagona sababi bu Sophiaga oʻxshashliging. Shunday ekan oʻz oʻrningni bil Yu Lia joning mening ikki labim orasida.!

* * * * *
𝗤𝗼𝗹𝗱𝗶: 𝟯 𝘀𝗼𝗮𝘁 𝟭 𝗱𝗮𝗾𝗶𝗾𝗮

- Detroit 00 ga nega Lia kerak!?! Hoseokni gavdasini oldiku! - Samga qarab baqirgancha dedi Namjoon. Lia ichkariga kirib ketganiga allaqachon soatlar boʻldi. Namjoon va Jungkookning ham havotirli daqiqalari borgan sari ortmoqda.
- Bu joyini bilmayman, qiz kerak dedi men esa unga olib bordim boʻldi.. Hammasi shu.. - oʻta sokin ohangda javob qaytaradi u. Yelkasini qaysidir daraxtga tirab turgan Sam oʻzini gavdasini koʻtarib daraxt ortidagi qilichni detroitlar nigohi oldida namayon qildi.
- Sizlarning temir gavdangizni oddiy qurol bilan yoʻq qilib boʻlmasligini bilaman, demak mana u goʻzallik bilan har bir tana qismini kesib chiqsam ogʻriq his qilasizlar shundaymi ?
- Oʻsha qilich bilan men seni parchalayman lanati koʻppak!! - baqiradi Jungkook gʻazab ila. Jungkook soʻzlari ortida kulishni boshlagan Samni koʻrgan Jungkook yanada gʻazabiga yengila boshladi. Qoshlari uyilgan. Kaft qattiq musht holatida. Boshini yengil ortidagi erkak tomon burgancha shivirladi.
- Namjoon men boshqa oʻzimga javob bermayman.. Jangchi rejimi faol! - Sam tomon yugurgan Jungkook. Oʻziga yaqinlashayotgan robotni harakatini lab chetigan kulib boqqan Sam bir harakat bilan Jungkookning chap qoʻlini qoʻlidagi qilich yordamida kesib tashlaydi.

Yerga tushgan temir qoʻl. Gavdasida uygʻongan Tushunarsiz ogʻriqda qichqirib yuborgan Jungkook. Kesilgan joyni mahkam ushlagancha tizzasiga oʻtirib qolgan Jungkook kesilgan qo'li turgan joydan allaqandaydir suyuqlik oqayotganiga guvoh boʻladi ha suyuqlik biroq qon emas. Chuqur Chuqur nafas olarkan Sam yana bir bor gʻazablanishga sabab boʻluvchi kulgisini koʻcha boʻylab yoyib yuboradi.
- Shu daraja ogʻriqli boʻladi deb oʻynamagandim.. Axaxaaa! - pichoqdagi qora suyuqlikka qarab dedi Sam.
- Sen koʻppak!! - Yana bir bor Samga tashlanishga saylangan Jungkook birdan ichkarida yangragan ayol kishining hayqiriq ovozi sabab barchasi uyga tikilib qolishdi.
- Lia.. - yuzi ter bosgan Jungkookning lablari orasidan titroq ila oʻsha ism chiqadi.
- Jungkook! Sen borib Liani bu yerdan uzoq joyga olib bor, bu yerdagilar bilan oʻzim shugʻullanaman!! - Namjoonga bosh chayqagan Jungkook uy tomon yugurib ketadi. Uni ortidan borayotgan odamlarni toʻsib oldiga chiqib turadi Namjoon.
- Oʻlishni hohlaganni bajonidil jonini sugʻurib olaman!

*
𝗤𝗼𝗹𝗱𝗶: 𝟭𝟱 𝗱𝗮𝗾𝗶𝗾𝗮.!

- Yaqinlashma!! Yordam Bering! - Honaning bir chetiga oʻtib olgan Lia hayqirgancha aslo kelmaydigan yordamni chaqirmoqda edi.
- Onangni ichiga kirganimdagi zavqni hali hech bir odam zotida his qilmadim, qizi ham mutlaqo onasidek tor va zavq bagʻishlaydigan boʻlishi kerak, Shundaymi Lia?! Bokirasan shundaymi??!! - yana bir bor qizga tashlanib uni oʻziga tortgancha boʻyniga tishlarini bosadi Jackson. Lia Detroitni koʻksidan urgancha oʻzidan uzoqlashtirishga urinmoqda. Biroq inson kuchi robotniki yonida ancha zaif qoladi...

Yuksak miqdorda yoʻqotilgan yoʻg sabab Jungkook ancha kuchsizlanib bormoqda. Hatto tashlayotgan qadamlari ham noma'lumlik ichra adashmoqda. Qizning ovozi tobora kuchayib borarkan qoʻlida katta oʻlchamni sim bo'lagi bilan honaga kirgan Jungkook shahid boʻlgan manzarasi sabab koʻzlari ham gʻazab ham Hayrat aks etadi.
Qizni majburlov ostida boʻyin qismidan oʻpayotgan Jacksonni koʻrgan Jungkook hech oʻylamasdan qoʻlidagi sim boʻlagini koʻtarib u tomon yuguradi. Erkak ortidan eshitilgan ovozni sezadi biroq reaksiya berishga kechikadi. Boshiga urilgan qattiq narsa va erkak yerga oʻtirib qoladi. Oʻzidan uzoqlashayotgan erkakni koʻrgan qiz unga bir necha metr uzoqlikda bir qoʻlsiz tikilib turgan Jungkook u tomon yuguradi. Biroq u Jungkookga yetmasidanoq Jungkook yerga qulaydi.
- Jungkook!! - Jungkook yoniga oʻtirib olgancha erkakni yuzlaridan ushlab oʻziga yaqinlashtiradi. Lianing koʻzlaridan paydo boʻlgan xiralik. Yanoqdan tushgan bir tomchi yosh. Yoʻqlik ila qorishma arafasida boʻlgan zamin. Uni yuzlaridan ushlab oʻtirgan qizni yuzini kafti ila silagan Jungkook yengil tabassum qiladi.
~ Yoʻq boʻlish uchun ortga sanash boshlandi. 59...58...57- faqatgina Detroitlarga eshitilgan ovoz. Jackson miyasida bong ura boshlagan tushunarsiz ovoz sabab aqldan ozgandek devorga mush tushiradi.
- Nima bu lanati ovoz!!! Jin ursin!! Toʻxtating bu ovozni!!!!

~ 40...39..38..

- Lia! Lia bu yerdan tez ketishibg, bu joylar 30 soniya ichida portlaydi!! Tez ket!!.
- Yoʻq!
- Oʻyin qilishni vaqti emas!! Ket dedim senga!! - uni quchib olgan qizni oʻzidan itargancha.
- Sizni Sevaman!!
- Nima..?
- Men ortiq sizsiz yasholmayman Jungkook..iltimos ket demang...

* * *

Namjoon har bir uyga kirishga uringan odamni birin ketin oʻldirmoqda edi. Oʻsha ovozni oʻzi ham allaqachon eshitgan edi. Nihoyat soʻnggi odamni ham pichoq qoʻli ila ikkiga boʻlib tashlaydi.
Robot boʻlsa ham koʻp miqdorda sarflangan kuch ortidan u ham charchashni his qilmoqda edi.
- Charchadingmi temir tersak..? - hali hamon yelkasini daraxtga tirabgina Namjoon va odamlari koʻrsatayotgan tomoshani zavq ila tomosha qilmoqda.

~ 35..34..33..32..

Jimlikka burkangan hona. Faqatgina ikkita shaxs uchun harakat qilayotgan zamon. Sukunat shunaqangi yoqimli melodiya ularga baxsh etmoqda ediki ikkalasini ham yuzidan tabassum sira tushmasdi. Erkakning boshini tizzasiga qoʻyib olgan Lia uni Sochlarini sekin sekin silamoqda edi.

~ 15..14..13...

- balki bir kun... - dedi Jungkook.
- muvaqqat bir kun.. Jungkook ortidan davom etdi Lia.
- Boshqa bir olamda albatta baxtli bo'lamiz... - qizga qaragancha dedi Jungkook.
- Sizni sevaman Jungkook..
- Men ham seni sevaman Lia...

~ ... 3...2..1.... Yoʻq boʻlish faol..

Tunning davom etayotgan sukunatini buzgan portlash ovozi. Zulmat soʻzlayotgan osmonni qoplab olgan daxshatli yorugʻlik. Yerning yengil tebranishi. Olovlarga burkangan uy. Portlashning ovozi ta'sirida uygʻongan inson tez yordam va oʻt oʻchiruvchilarga habar berishmoqda.. Ha.. Barchasi yakun yasalgan tun edi bu tarixda.

Ertasi kun.

Televizorda ertalabgi yangiliklarni tomosha qilib oʻtirgan keksa erkak unga bir finjon choyni qoʻyib yoniga joylashgan rafiqasiga bir qarab habarni eshitishga davom etadi.

" Kecha tungi soatlarda roʻy bergan kuchli tortish ta'siri barcha vatandoshlar hayratda. Biroq hali hamon portlashning sabablari noma'lum. Ayni damda habar berishlaricha falokat yuz bergan uyda bir ayol jasadiga oid tana qismlari topilganligi aytilmoqda.. "

- Bechora qizaloq.. - dedi keksa ayol erini yelkasiga boshini qoʻygancha.

TAMOM.
GOLD FANFICS KANALI UCHUN MAXSUS.