BELT || EPISODE 09
─ 𝘉𝘰𝘴𝘩𝘲𝘢𝘳𝘶𝘷𝘴𝘪𝘻 𝘦𝘨𝘢𝘭𝘪𝘬, 𝘦𝘨𝘢𝘭𝘪𝘬𝘴𝘪𝘻 𝘦𝘴𝘢 𝘦𝘩𝘵𝘪𝘳𝘰𝘴 𝘣𝘰ʻ𝘭𝘮𝘢𝘺𝘥𝘪 𝘢𝘻𝘪𝘻𝘢𝘮. . .
─────
- shunchalik tez keldimi? - oʻziga gapirgancha qora mashina yoniga borarkan eshik ochilgach ichkaridagi soyasi koʻrsangan shaxs sabab qizning koʻzida qoʻrquv paydo boʻlib ortga tisarildi..
- M.... Mingyu... - Yonaning lablaridan titroq ila ismini chiqqanini eshitgan Mingyu miyigʻidan kulish bilan mashinadan tushadi. Yonaning jimligidan foydalanib atrofni koʻzdan kechirdi Mingyu. Unga qurol togʻirlab olgan qora kiyingan erkaklarni koʻrishi lablaridagi jirkanch tabassumni kengayishiga olib keladi.
- Sizga ham Hayrli kech, Ryuzuki honim..
- Nega bu yerga kelding!?
- Maqsadga oʻtishimni hohlaysizmi? Mayli.. - Mingyu kostyumini ichki qismidan allaqandaydir qogʻoz hujjatlarni chiqaradi.
- Bu oʻsha siz honamda qidirayotgan "Otajon" ingizni saqlab qoluvchi hujjatlar.. Garchi men sizni erkaklarim qoʻlidan qochib ketishingizni bilgandim.. - erkakning bepisant aytilgan har bir soʻzi qizning qoshlari uyilishiga sabab boʻlmoqda edi. U hammasini bilgan.
- Unda nega kelding! - Unda bir qadam yaqinlashgan Yona yonidagi Mingyuga qurol qaratib turgan yigitni qurolini oladi.
- Be my pet.. - sof ingliz tilida aytilgan gap sabab Yonaning qorachigʻlari sezilarli darajada kengayarkan qarshisidagi erkakning yuziga bor kuchi bilan musht tushirdi. Mingyu kutganidan ham ogʻirroq zarba tufayli mashinasiga tiralib qoladi. Ogʻriqli zarba. Lablari orasidan oqayotgan qizil qonni sezgan Mingyu aqldan ozgandek kula boshladi. Yona urgan musht ta'sirida esa qoʻlidagi hujjatlar ham sochilib ketgandi.
- Yoki hozir daf boʻlasan yoki shu joy qabring boʻladi Mingyu Kim!! - Hali ham oʻzini yigʻa olmagan Mingyuga qurolni niqtab dedi Yona.
- Yovvoyi qizlarga oshiq ekanligimni aytganmidim Yona?
- MINGYU!!! - barcha uy tomondan chiqqan ayol ovoziga qararkan uydan Mingyu tomon yugurib borayotgan Zoega Yona oʻzida uygʻongan hayrat bilan tikila boshladi. Zoe Mingyu yoniga borib uni turishiga koʻmaklashadi.
- S.sen.. Sizlar bir biringizni taniysizlarmi?
- Mingyu sevgilim hech qayeringga shikast yetmadimi? - Mingyuni tekshira boshlagan Zoe Mingyuni quchib oladi.
- Ammo sen! Sen Jungkookni sevaman degandingku?!
- Siz nima deyapsiz honim?! Qanday Jungkook? Men unday inson tanimayman!
- Toʻxta toʻxta, bir daqiqa.. - quchogʻiga kirib olgan Zoeni oʻzidan itarib tashlagan Mingyu Yonaga yuzlandi.
- Bu qiz seni tanishingmi? Hizmatkor? - Dedi Mingyu Zoeni ishora qilgancha.
- Hech kim! Hech kim men uchun..
- Tushunarli, bezovta qilganim uchun ham Sizdan ham otangizdan uzr soʻrayman Ryuzuki honim.. Hayrli kech.. Zoe ortimdan kel..- ochilib ketgan yoqasini togʻirlab olgancha mashinasiga qaytarkan unga ergashgan Zoeni orqa oʻrindiqqa oʻtqizni va oʻzi haydovchi oʻrindiqiga joylashgancha bu joyni changga bulgʻagancha mavjudligini oʻchiradi.
•
•
- Ho..Hozir nima boʻldi? - Mingyuni siyoh avtomobilini ortidan koʻzlarini uzmagancha qoladi Yona.
- Honim? - oʻyga botgan qizni erkakning ovozi uni hayolot olamidan tortib oladi.
- Haligi darvozani yoping va bu hujjatlarni otamni honasiga olib boring.. - yigitga toʻpponchasini qaytarib bergach oʻzi uy tomon endi qadam tashlash uchun shaylangan ham ediki darvoza yopilmasidan oldin uyga kirib kelgan boshqa mashina qizni e'tiborini tortadi. Avtomobil shinalari toʻxtar toʻxtamas ichidan tushgan Jungkook Yona turgan joy tomon boradi. Yuzida aks etayotgan gʻazabli ifoda.
- Qani u?
- Ketdi.. Sevgilisi bilan.. - oddiy javob beradi qiz.
- Qanaqasiga ketadi?! Yana qanday sevgili?! - yigitni ovoz shakli sezilarli darajada koʻtarilarkan, qoʻriqchi yigitlar Jungkookga yaqinlashmoqchi boʻlganlarida Yonaning imo ishorasi sabab joylarida qolishdi.
- Mingyu..boshligʻing uni sevgani ekanligini bilmasmiding Jungkook?
- Mingyu? Nima deyotganingni qulogʻing eshityapdimi seni?!
- Men koʻrganim va eshitganimni aytdim holos, natijani bilish bu seni ishing Jeon.. Shunday ekan meni qoʻying endi.. - Yigitni gapirishini ham kutmasdan uy eshiti tomon harakatlana boshladi. Jungkook shunchaki shok holatga tushib qolgandi, barchasi haddan tashqari chalkash holatga tushib qolgan. Miyasidagi oʻylar ortidan mashinasiga qaytgan Jeon motor ni ishga solib uyni darvozasidan chiqib ketadi.
Kunning oʻrtasi. Quyoshning yorugʻlik tarqatayotgan nurlarini kulrang bulutlar toʻsib olgan. Honasidagi keng yotogʻida yotgan Reina yoniq telefon ekranidan uzoq vaqtdan koʻzlarini olmayotgandi. Telefon boʻlimidagi Mingyu nomi ostida saqlangan kontakt ustidan barmoqlarini bir necha bor yuritadi.
Pov Reina: Bu nima? Mingyuga his qilayotgan tuygʻum sevgi emasmi aslida , biroq bu javobsiz sevgimni iztirobini ham faqatgina men chekmoqdaman. Uni sevamanmi yoki yoʻq buni ham aniq bilmayman. Yoki shunchaki yoshligimdagi oʻsha lanat kundan oldingi Mingyuni sogʻingandirman. Barchasi boshqacha edi. Mingyuni oʻzgarishiga sabab boʻluvchi kun meni hotiralarimda bir umr tamgʻaday taqalib qoladi. Doim bilishni hohlaganman oʻsha kundan keyin Mingyuni shu daraja oʻzgarishiga nima sababchi boʻlishi mumkin? Buni tagida aniq ayta olamanki bir sir bor. Nima boʻlgan taqdirda ham endi oʻzimni qoʻlga olishim kerak. Telefon ekranini oʻchirib yotogʻimni bosh joyiga tashladim. Tovon qismiga qarar ekanman honadagi mavjud kislaroddan oʻpkamga toʻldirgancha nafas oldim. Yaram ham ancha yaxshilandi. Ya'ni ishga qaytishim uchun hech qanday toʻsiq koʻrmayapman. Yotoqdan turib garderobim tomon bordim. Oʻzim uchun yengil boʻlgan sport kiyimimni olib kiyib boʻlgach zinalar yordamida pastki qavatga tushdim. Saroydek uy, biroq bu uydan faqat men yashashim gʻalati tuyiladi ba'zan. Uydan chiqish barobarida eshik oldida turgan erkakka koʻzim tushgan boʻlsada e'tibor bermasdan Red qizim ni yoniga bordim. Buni aniq Mingyu qoʻygan!
- Qizalogʻim onasini sogʻindimi? - Mashinamga joylashar ekanman, eshik oldidagi yigitni telefon bilan gaplashayotganiga guvoh boʻldim. Ha, u Mingyu bilan gaplashayotganiga aminman. Erkak aloqani tugatgach yana oʻsha joyida shunchaki turishga davom etdi. Tushunmadim? Balki telefondagi u emasdir? Jin ursin u haqida oʻylamaslikka oʻzimga va'da bergandim. Shunday ham qilaman. Oʻzimni qora koʻzoynagimni taqin mashinam oynasini tushirdim.
- Darvozani och..
- Hoʻp boʻladi honim.. - Mingyuni tirranchasi yugurib borib eshikni ochgach men oxirgi tezlikda pedalni bosdim. Agar biroz kechikkan boʻlsa edi u qizimni qurboniga aylanardi.
Yoʻl boʻylab shu tezlikda ketardim. Ochiq oynamdan yuzimga urilayotgan salqin shabada ayni damda menga hush yoqmoqda edi.
Bir on bu jirkanchliklarga burkandan qora dunyodan uzoqlashdim. Bu yuzimni har bir qismini erkalayotgan shamol ta'sirida oʻzimni haddan tashqari erkin his qildim. Oradan biroz daqiqa oʻtgan choʻl yoʻliga kirdim. Sukunatning hukmronligi boʻlayotgan maskan. Hech qanday bu joyni yovuzlikka burkaydigan inson zoti mavjud emas. Ba'zan choʻlni eng sokin betakror joyi shu insonlardan yiroqda boʻlganlichigidan deb oʻylayman. Nihoyat sevimli maskanimni qarshisida toʻxtadim. Ichki ovozim Jungkookni koʻrish ehtimolim borligi haqida gapirmoqda goʻyo. Mashinadan tushgach makonni eshigi tomon qadamlarimni uladim. Qoʻrin qismimdan paydo boʻlgan yengil ogʻriq yuzlarimni burishishini olib keladi. Ha. Hali toʻliq tuzalmagan koʻrinaman..
Reina jarohatlangan joyiga kaftini ichki qismini bosib makongan kiradi. Kichik yemak honaga kirgan qizning burnini oʻsha uni aqldan ozdiruvchi viskini yengil hidi oʻrab oladi. Koʻzlarini yumgan Reina Bar yoniga boradi.
- Har doimgidek.. - barmen bosh chayqab ishiga kirishdi. Buyurtmasi tayyor boʻlguncha atrofni koʻzdan kechirish bahonasi ila qiz stulni gavdasi bilan aylantiradi. Uncha taniqli maskan boʻlmaganligi sabab uncha koʻp ham odam yoʻq. Qizni atrofni kuzatish vaqtida uni yoniga kelib joylashgan oʻzga inson sabab biroz orqaga tisarildi. Rei unga tikib olgan oʻlimni eslatuvchi nigohlari sabab yigit lab chetidan biroz jilmayadi.
- Sizga ham hayrli kun Honim.. - sof ingliz tilida chiqqan soʻzlar. Yigit peshonasiga tushgan sochlarini barmoqlari bilan tarab qoʻyadi. Reina unda e'tibor bermay oldida qoʻyilgan qadahini barmoqlari orasiga oladi. Sariq suyuqlikni lablariga yaqin olib kelib uni ichib yuborarkan, tomogʻida paydo boʻlgan achimsiq tam uni oʻzi istagan zavqqa olib boradi. Yigit qizning qanday zavqlanish ila viskini ichayotganini koʻrib miyigʻidan kulish yaratdi.
- Hot but Pretty..
- Menga aytyapsanmi? - boʻshatilgan qadahni bar stoliga biroz zarb bilan qoʻygan Rei yigitga qayta nigohlarini tikdi.
- Balki..
- Yigitcha, eshit. Pretty yokida hot yana har qanday jigʻimga teguvchi soʻzlar bilan hech qachon bir ayolni yoʻldan urolmaysan.. - Yigit yana bir bor e'tiborsiz qoldirib oʻrnidan turib chiqish eshigiga qarab qadamlarini uladi u. Uning ortidan hali ham oʻsha lablaridagi kulish bilan qolgan yigit barmen hozir oldiga qoʻygan qadahni oladi.
- Hech ham oʻzgarmagansiz.. Opa...
Sohil boʻyi. Dengizning bir-biri ila toʻqnashishga majbur qiluvchi kuchli toʻlqinlari. Quloqlarga eshitilib turgan yoqimli dengizning oʻziga hos kuyi. Qushlar chiyillashi, shabadaning notalari. Bu nafis sokinlikka monand tarzda turgan yuksak ovozlar. Sohil chetida qora mashinasida joylashib olgan Jungkook musiqani eng baland ritmida qoʻygancha qoʻlidagi shishadagi alkogolni sekinlik bilan boʻshatmoqda edi. Alkogol allaqachon uning ongini hira holatga keltirgan. Yana bir bor koʻtarish keyin esa boʻshatilgan shisha qum ustiga tashlanadi.
- Bunga loyiq eding...
Flashback.
Yuqori tezlikda harakatlanayotgan mashina. Aniq manzil tomon ketayotgan mashina toʻxtatsh neligini bilmasdi. Jungkook Mingyuni Zoe bilan qanday aloqasi borligi haqida butun yoʻl boʻyi oʻylamoqda. Tomirlari allaqachon koʻz tashlanadigan holatda. Bostirib boʻlmas gʻazab ortidan rul qattiq bosim ostida. Tishlarni bir biriga bosgancha yana bir bor tezlanish pedaliga oyogʻini bosdi erkak. Nihoyat koʻzlangan manzil nigohlarni tashlanadi. Mingyuni uyi qarshisida toʻxtagan Jungkookning siyohlikka burkangan mashinasi. Avtomobilni motorini ham oʻchirmasdan erkakning uyi tomon shoshadi. Eshik qarshisiga kelgan Jungkook qoʻlini musht qilgancha eshikka bir necha bor zarba beradi. Biroz vaqt oʻtgach ichkaridan Mingyuni ovozi eshitiladi. Erkak eshikni ochishi bilan unga tashlanadi Jungkook. Mingyuni halat yoqasidan ushlagancha uni devorga tiradi Jeon.
- Michaelis Zoe qani?!
- Nima? - Jungkookni oʻzidan itargan Mingyu erkakga hayrat ifodasini tikdi.
- Mingyu.. Sevgilim kim ekan eshikdagi..? - huddi Mingyu kabi dush halatida chiqqan Zoe Mingyuni koʻrib uni yoniga boradi.
- Nima qilyapsiz janob? Qoʻlingizni torting! - Mingyudan Jungkookni qoʻlini olib tashlashga uringacha dedi Zoe.
- Nima? Meni tanimaganga olyapsanmi Zoe?!
- Men sizni tanimayman!
- Shunaqami? - Mingyuni yoqasidan yuborgan Jungkook endilikda Zoe tomon qahrli qadamlar tashlaydi. Qizni qarshisiga borib uni jagʻ qismidan qattiq ushlagancha yuziga yaqinlashtiradi. Bu boʻlayotgan voqelarni hech qanday ortiqcha harakat qilmasdan tomosha qilmoqda edi Mingyu.
- Janob Mingyu, boʻlajak rafiqangiz boʻlmish Reina Kimni Michaelis Zoe pichoqlaganidan habaringiz bormi? - kinoya bilan dedi Jeon. Mingyu qabul qilgan ma'lumotidan keyin qoshlari sezilarli darajada uyiladi.
- Nima?
- Uning jazosini sizga qoldiraman janob, hayrli kun.. - qizni boʻynini yuborgancha uyni shu tezlik bilan tark etadi yigit. Zoe allaqachon qaltirashga tushgandi.
- Eshitganlarim toʻgʻrimi Zoe? - Zoening ikki koʻzlari ochiq qoldirilgan eshikda edi. Qiz eshikga qarab endi yugurgandi uni qoʻlining tirsak qismidan Ogʻriqli tarzda Mingyu ushlab oladi.
- Qayoqqa shoshyapsan, qizaloq. Axir tun uzun hali..
- M-Mingyu.. Meni eshit. M. Men hech narsa qilmadim iltimos eshit meni! - qizni bir soʻziga ham e'tibor bermasdan eshikni yopib qulflaydi Mingyu. Daqiqalardan keyin esa qizning hayqirigʻi quloqlarda jarang soladi.
Qum ustiga yotib olgan Jungkook uyquga ketishga tayyor holda. Koʻzlari har on yumilishga shay. Hayollarga burkangan ong endi oʻzini uyquga tomshirmoqchi ham eshiki yuziga quyilgan sovuq haroratli suv sabab barchasi tarqab ketadi. Tezlik bilan oʻrnidan turgan Jungkook uncha uzoq boʻlmagan joyda bosh chelakni ushlab turgan qizni koʻrib miyigʻidan kulgancha qayta qumga oʻzini tashladi.
- Meni sogʻindingizmi Reina honim..
- Nima qilyapsan bu yerda? Ish vaqti hozir Mingyuni yonida boʻlishing kerak edi.. - qoʻlidagi bosh chelakni qumni ustiga qoʻygancha Jungkookni mashinasi yoniga borib baland ovozdagi musiqani oʻchirib tashlaydi.
- Bu savol sizga tegishli. Dam olishingiz kerak boʻlgan vaqtda nega tashqaridasiz honim? - 'honim' soʻziga urg'u bergancha dedi Jeon. Reina nimani shama qilayotganini anglagan Koʻyi uh tortgancha uni yoniga joylashdi.
- oʻsha kun meni uyga olib borish uchun Mingyu kelmagani uchun gʻazablangandim va barchasini Sendan chiqardim.. - koʻzlarini dengiz ila bogʻlagancha dedi Reina. Qizning ovoz shaklidan uning avvalgi qiz emasligini anglagan Jungkook uning shamol oʻynayotgan sochlaridan bir zum nigohlarini ololmadi.
- Mingyuga oshiqmisan.. ?
- ....... Bilmayman.. - hech qanaqa harakat qilmasdan erkakning koʻksiga boshini qoʻygancha yotadi Reina. Qizning bu kutilmagan harakati sabab hayratda qolgan Jungkook ayni damda nima qilishni bilmasdi. Reina ayni damda Jungkookning yurak urishi, nafas olganda koʻtarilib tushayotgan koʻkrak qafas barcha barchasi toʻlaligicha his qilmoqda edi. Bu tan olinmaydigan darajada yoqimli edi.
- Menga qandaydir sokin melodiyadek ta'sir qilyapsan Demon...
- Kampaniya oldiga bir ayol jasadini tashlab ketishibdi.
- Balki egalik uchun ehtirosni oʻzi yetmas - dedi qiz sonlaridan kezayotgan erkakni ulkan kaftiniga nigoh tashlab.
- Seni toʻldirganimga ham shu soʻzlarni aytishingni hohlayman, olov parchasi.
─ 𝖣𝖠𝖵𝖮𝖬𝖨 𝖡𝖮𝖱...
... 𝖦𝖮𝖫𝖣 𝖥𝖠𝖭𝖥𝖨𝖢𝖲 𝖪𝖠𝖭𝖠𝖫𝖨 𝖴𝖢𝖧𝖴𝖭 𝖬𝖠𝖷𝖲𝖴𝖲 ─
𝖬𝗎𝖺𝗅𝗅𝗂𝖿: 𝖴𝗓𝗎𝗆𝖺𝗄𝗂 𝖸𝗈𝗇𝖺