September 5

BELT || EPISODE 13

─ 𝘉𝘰𝘴𝘩𝘲𝘢𝘳𝘶𝘷𝘴𝘪𝘻 𝘦𝘨𝘢𝘭𝘪𝘬, 𝘦𝘨𝘢𝘭𝘪𝘬𝘴𝘪𝘻 𝘦𝘴𝘢 𝘦𝘩𝘵𝘪𝘳𝘰𝘴 𝘣𝘰ʻ𝘭𝘮𝘢𝘺𝘥𝘪 𝘢𝘻𝘪𝘻𝘢𝘮. . .
─────

- Azizam.. Biz shunchaki oddiy jinsiy aloqa* qilamiz..Yoki bu yerda qoʻrqinchli boshqa narsa bormi? - mazahlovchi ohanda Jungkook honani koʻzdan kechirdi.
- Bu uchun afsuslanasan bolakay!? - baqiradi Reina. Jungkook qiz bilan orasidagi mavjud masofani qisqartirdi. Endilikda erkakning qaynoq nafasini qayta his qilgan Rei koʻzlarini yumadi.
- Dominantlik menda... - erkak shivirlaydi qizning qulogʻiga. Jungkook qizdan uzoqlashgancha beliga qistirilgan siyoh qurolni olib oʻzini boshiga tiraydi.
- Nima qilyapsan Ahmoq?! - Rei yigitning bu harakatiga hayratga tushgan holda savol berdi. Biroq Jungkook jimlikli saqlaydi. Birdan tashqarida koʻp miqdorda erkaklarni ovozi quloqqa chalinadi. Qiz bir eshikka bir qarshisidagi yigitga qaradi.
- Game over Reina Kim... -honaning tashqari qismida eshitilgan koʻp miqdorda odamning oyoq bosilgan ovozlari. Qizning nigohi unga tikilib turgan yigitga tushadi. Jungkook ovozlari yaqinlashishi bilanoq qoʻligadi qurol bilan oʻz oyogʻiga otadi. Oʻq yigitni oyogiga tegishi bilanoq qon oqib chiqa boshlaydi. Jungkook keyin hech qanday vaqt yoqotmasdan qurolni qurolni Reinaga tutqazdi. Yigitning bu qilayotgan harakatlarini shunchaki jimlikni saqlangancha tomosha qilayotgan qiz ortiq uning keyingi rejalashtirgan harakatini tahmin qololmay qolgandi.
- Hozir politsiya kuchlari kelganda iltimos huddi meni yaralagandek tut, tushunarlimi olov parchasi? Aks holda ona yurtimizga surgun qilinolmay qolasan - miyigʻidan kulgan Jungkook. Shu on kuchli tepilish bilan sinib parchalanib ketgan eshik. Honaga kirib ketgan qora kiyingan qurolli erkaklar, biroz bular politsiya kuchlari emas edi. U oʻzi yaralagan oyogʻini qon chiqayi joyini ushlaydi. Qurollangan erkaklar honani toʻldirishdi ularning ortidan kirib kelgan kimsa Reinani hayratga ichida qolishiga sabab boʻladi. Suwon Aras Keremogʻli honaga kirgach Reinani qoʻlidagi qurol va Jungkookni yaradorligini koʻrib oladi. Hech o'ylanmasdan belidagi qurolni chiqarib Jungkookning tanasiga qurol ichidagi barcha o'qni boʻshatadi. Kutilmaganda tanasida paydo boʻlgan teshiklardan qon chiqa boshlaganini koʻrgan Jungkook oʻzining ogʻzidan qon chiqishi bilan yerga yiqiladi. Qulogʻi ostida bosilgan tepkidan qotib qolgan qizning hayolini yerga qonlar ichida yiqilgan yigit tortadi. Suwon qurolni tashlab darrov Reina yoniga boradi. Qizning yuzi oqarib ketgan edi.
- Reina yaxshimisan? U ablax senga hech narsa qilmadi shundaymi? Reina?.... Reina?!!! - biroq qizdan javob yoʻq koʻzlari yerda oxirgi nafasini olayotgan Jungkookda edi. Suwon Reinani nigohi qotgan joyga qaradi. Keyinchalik qizning qoʻlidan ushlab honadan olib chiqib ketadi.

Pov Jungkook.
Bu bunday yakun topmasligi kerak edi. Yoʻq. Hozir politsiya kuchlari kelib Reinani olib ketishi va uni Koreyaga surgun qilishi kerak edi. Va men uni davlatdan chiqish mobaynida uni olib qochishim kerak edi. U meniki boʻlishi kerak edi yoʻq... Aqlim hech narsa oʻylolmay qoldi. Tanamdagi chidab boʻlmas ogʻriq meni yeb bitirmoqda. Har nafas olganimda koʻkrak qafasim oʻlimni eslatgandek ogʻriq bermoqda. Demakki yakunim shu ekanda, quloqlarim hech qanday ovozni eshitmay boshladi. Koʻzlari hira koʻrish bilan birga ortiq kipriklarimni koʻtara olmaydigan holga keldim. Men bunday oʻlim topish uchun davlatimga hiyonat qilmagandim... Yo'......

Yigitning koʻzlari ochiq holatda bir nuqtaga umrbod holda qotib qoladi. Oʻlim uni shu joyda doimiy tarzda kuzatmoqda edi. Yigit oʻzi qolgan reja ishlamani uning bu olamdan ketishining bir sabablaridan biri edi. U orzu qilgan hayot uning faqatgina orzusida qoldi. Uni amalga oshirishni hohlaydigan shaxs ayni damda bu olamda mavjudlik yaratmayapdi.

Ikki soatdan keyin oʻsha eski uy oldida toʻxtatgan mashina. Hoseok telefonidagi Jungkookning telefonini oxirgi signali kelgan joyni koʻrsatib turgan moslama bilan birgalikdan mashinadan shoshgancha tushadi. Hoseok boshqa bir topshiriqda payti telefoniga kelgan habar uning topshirigʻini yarim tashlab chiqib ketishga majbur qiladi.

" Hoseok men boshqa davlatga ishlamayman. Men bilan qayta bogʻlaganishga harakat qilma..."
- Nimalar qilding Ahmoq bola.. - hoseok jimlik hukmronlik qilayotgan bu maskan boʻylab harakatlanadi Hoseok. Belidagi quroli bilan oldin bino atrofini aylanib keyinchalik siniq eshikdan uyga kiradi. Eshigi parchalangan yagona hona uni e'tiborini tortadi.
-Jungkook? - Hoseok honaga birdan bostirib kiradi. U koʻrgan bu manzara sabab nafasi ortga tortadi. Deyarli oʻn yilga yaqin tanigan, oʻziga uka deb bilgan insoni qonlar ichida koʻzlari ochiq holda polda yotmoqda edi.
- Jungkook? Bu yerda nima qilyapsan? Oʻrningdan tur - Hoseok uning jonsiz badani yoniga o'tirib sekin yeklasidan turtadi. Biroq qarshi harakat yoʻq.
- Jungkook.. - oʻzi bilmagan holda koʻzlariga yosh kelgan Hoseok lablarini qon chiqar darajasida qattiq tishlaydi. Yigʻlamasdan koʻksiga mushtini qoʻyadi u.
- Davlatga olib borgan hizmating ortidan bergan joningngni doim qalblarimizdan saqlaymiz Agent Jeon Jungkook.. - gapini yakunlashi bilanoq yigʻlab yuborgan erkak shunchaki kaftini tishlabgina ovoz chiqarmasdan oʻz matomini tutadi...

Parallel vaqtlar.

Bir maromda harakatlanayotgan mashina. Tun vaqti boʻlgani sabab tashqarida zulmatning soyalari kezmoqda. Qorongʻu zulmatning sherigi hisoblangan sukunat ham ayni damda mashinani qoʻlga olgan holda ipsiz bugʻmoqda edi odamni. Hali hamon yuz berganlarni ongiga singdira olmayotgan Reina uni quchib olgan Suwonga ham ahamiyat berilmayotgan edi u. Togʻri u Demon ya'ni Jungkookni oʻldirishni hohlagandi biroq uning ichida nimadir hato ekanligini hayqiriq ila unga aytmoqda goʻyo. Reina oʻzidan Suwonni itaradi. Suwon yanada qattiqroq quchadi. Reina yana bir bor itaradi, biroq yigit ham unga oson taslim boʻladiganlardan emas. Sekin Reina qoʻrqituvchi pichoqsiz kesadigan nigohini unga tikadi. Tishlarinini bir birga bosgan holda gapiradi;
- Qoʻlingni ming parchaga boʻlishimni istamasang yubor meni.!
- Oh.. Sekinroq. Seni tishlab olish niyatim yoʻq.. - Suwon qizdan qoʻlini oladi.
- Endi mashinani toʻxtat.. - yana bir buyruqli ohang.
- Endi buni qilolmayman. Bunday holatda hech qayerga borishinga ruxsat berolmayman.. - mashina oʻrindiqiga yaxshilab suyanib olgan Suwon choʻntagidan bir sigaret olib lablari orasiga soldi. - va uyim yaqin, tez orada yetib boramiz.
-Ruxsat berolmayman? Toʻxta, men toʻgri eshitdimmi? Senmi? Mengani? Axaxax.. Jin ursin!! Axaxax!! - qizning qahqaha oʻta boshlaganini koʻrgan Suwon qizdagi oʻzgarishni sezmadi emas.
- Fuck!!! Hech kim!!! Hech kimni ruxsatiga ehtiyojim yo'q meni!!! Hech kimni!!! Hech kim menga buyruq uni qiladi buni qil deyolmaydi!!! Mashinani toʻxtat deyapman!!!
- Yoʻq... - qiz bu safar yigitni kiyimini yoqasidan ushlab oʻziga tortadi.
-Bolakay, sabrimni sinamaganing ma'qul. Ablax boʻlmaginda mashinani toʻxtat..! Toʻxtat deyapman!!! - chuqur nafas olgan Suwom imo ishorasi bilan old oʻrindiqdagi odamiga imlaydi. Suwonni nimani aytayotganini tushungan erkak darrov bir matoga hushdan ayiruvchi doridan quyib yigitga uzatadi. Suwon qoʻliga matoni olishi bilan uni Reinani ogʻziga bosadi. Bir necha bor uni oʻziga itarishga urinadi Reina, biroq dorining ta'siri uning bu tanasiga tezda yoyila boshlagan edi. Bir necha soniya ichida hushidan ayrilgan qiz qayta yigitni quchogʻiga tushadi. Qizni yana quchib olgan Suwon miyigʻidan kulibgina qayta qizning bo'yniga yuzini bosadi. Shu holatda yana mashinani qoʻlgan olgan sukunat ila yoʻlga davom etadilar.

12 soatdan soʻng. Koreya Respublikasi.

Koreyaning milliy Aeroportiga kelib tushgan samalyot. Uning atrofini oʻrab olgan askarlar. Samolyot eshiklari ochilishi bilan koʻksida milliy askarlik kiyimini turgan yigitni rasmi bilan chiqqan Hoseok. Uning ortidan tushgan tobut. Yashirin fosh etuvchi jamgarmasi boshligi uning tobut ichidagi ogʻli ekanligini bilib koʻzlaridan yosh yoʻllana boshlaydi... Unga bu vazifadan tirik qaytishini vada qilib ketgandi u.....

𝘋𝘢𝘷𝘰𝘮𝘪 𝘣𝘰𝘳.... 𝘎𝘰𝘭𝘥𝘍𝘪𝘳𝘦.𝘧𝘪𝘤𝘵𝘪𝘰𝘯